1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SHAHAR VA QISHLOQLARNI LOYIHALASHTIRISH



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SHAHAR VA QISHLOQLARNI LOYIHALASHTIRISH 
Keyingi vaqtlarda ko’pgana shaharlar qaytadan kurilmoqda, yangi-yangi 
shaharlar paydo bo’lmoqda. Bularning hammasi yangi zamonaviy loyihalar 
ishlab chiqish va ularni amalda joriy etishga da’vat etdi. Bu sanitariya 
vrachlari, gigiena fani oldiga shu loyihalarni, qurilishlarni nazoratga oliga 
vazifasini qo’ydi. 


32
Uy-joylar qurish, yanga-yangi turar joylar barpo etish, ularning xalq 
talabiga javob byeradigan holda bo’lishi yuzasidan davlatimiz ko’p qarorlar 
chiqardi. Asosiy maqsad turar joylarni ko’proq qurish va sifatiga e’tibor 
berishdir. 
YAngi loyiha asosida qurilayotgan shaharlar havosi toza, zaharli gazlar 
chiqaruvchi korxonalardan uzoqroq joyda bo’lgani ma’qul. 
Sanitariya vrachlari, gigienistlar shaharlarni loyihalashtirishda, qurishda 
va qayta qurishda ishtirok etadilar. YAngi shaharlar qurilishiga yangi-yangi 
gigienik talablar qo’yiladi, jumladan binolarni zich qilib qurmaslik, sanoat 
korxonalari zonalarini barpo etish, aholi turar joylari bilan sanoat korxonalari 
orasida sanitariya-himoya zonalari bo’lishiga ahamiyat berish, 
ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish shular jumlasidandir. Oqibatda 
yangi, zamonaviy uylar o’zining gigiena talablariga javob berishi, 
gazlashtirilganligi, elektrlashtirilganligi, issiq va sovuq suvlar bilan 
ta’minlanganligi bilan ilgari qurilgan uylardan farq qiladi. Bu uy-joy 
muammosi hozirgi kunda 100 foiz hal bo’ldi degan so’z emas. Masalan, 
O’zbekiston jumhuriyatidagi qishloqlarning faqat 70 foizga yaqini 
gazlashtirilgan. 
1955 yilda Davlat tomonidan chiqarilgan «Uy-joy qurilishini 
industrlashtirish, arzonlashtirish, sifatini yaxshilash chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi qaror va boshqalar mamlakatda uy-joy qurilishi ishlarining 
rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Bu vaqt ichida uy-joy qurilishi ko’odyib, aholi 
soni 211 mln ga etdi. Bu degan so’z aholi soni 1913 yilga nisbatan 20 foizga 
ko’paydi. 
Aholining zichlashuvi, transport vositalarining va sanoat korxonalari 
qurilishining ko’payishi atmosfera havosining ifloslanishiga olib bormoqda. 
Bu esa aholi salomatligiga ta’sir etmay qolmaydi, albatta. 
Demak, shaharlar havosi ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik, ochiq suv 


33
havzalarini zararli chiqindilardan ifloslanishining oldini olish va aholini 
shovqin-surondan muhofaza qilish asosiy masalalardan biri bo’lib qoldi. 
Tashqi muhitning shu holga tushib qolishi shahar loyihasini qayta ko’rib 
chiqib yangi ixtisoslashtirilgan norma va qoidalar ishlab chiqishni taqozo etdi. 
1958 yilda shplab chiqilgan yangi qonunda shahar territoriyasini turli 
funkcional zonalarga bo’lish, sanoat korxonalarini aholiga zarari tegmaydigan 
qilib joylashtirish, transport qatnovi uchun ravon yo’llar qurish va boshqalar 
ko’zda tutildi. SHaharlarni kichik-kichik rayonlarga bo’lish, aholi ehtiyojini 
qondirish maqsadida savdo markazlari tashkil qilish, maktab va maktab 
yoshiga etmagan bolalar muassasalari qurish ko’zda tutiladi. Aholining dam 
olishi va fizkul’tura, sport bilan shug’ullanishiga imkon yaratilmoqda. 
Davlat tomonidan keyingi yillarda chiqqan qarorlarda ham «Turar 
joylarni yangi ixtisoslashtirilgan, mukammalashtirilgan loyihalar asosida ko’p 
qavatli qilib qurish, mehnatkashlarning turar joylarga bo’lgan ehtiyojini 
qondirish masalalari ko’zda tutiladi». 
SHaharlarda, posyolkalarda va qishloqlarda yashash uchun sharoit 
yaratish, sanitariya-epidemiologaya stanciyasi xodimlari oldiga bir qancha 
vazifalar qo’yadi. Bunda ularga yaxshi sharoit yaratish, sog’lig’ini himoya 
qilish ko’zda tutiladi, Maxsus moddada shunday deyiladi: albatta, qurilish 
uchun maydonlar ajratilganda, loyihalarning normalarini, aholi turar joylarini 
loyihalash va qurilish planlarini tasdiqlashda sanitariya-epidemiologiya 
muassasalarining oxirgi xulosasi talab etilishi zarur. SHuning uchun turar 
joylarni rejalashtirish va qurishda sanitariya vrachini ogohlantirish, sanitariya 
nazoratini olib borishdaga javobgarligini oshirish ko’zda tutilgan. Bunday 
qiyin ishlarni olib borish uchun vrachlar kommunal gigiena fanining ko’p 
qirrali tomonlaridan xabardor bo’lmoqlari zarur. 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish