14
Qayum Sobirovich Zoirov
— professor, O’zbekiston va
Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan vrach, fan arbobi, olim va tashkilotchi.
U 227 ta ilmiy maqolalar, 5 ta kitob, 12 ta ilmiy-ommabop risola, 12 ta
qo’llanmalar muallifi. Uning gigiena sohasidagi ishlari 1951-1954 yillada
O’zbekiston sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari oliygohida boshlandi. Q.S.
Zoirov 1955—1963 yillarda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirining birinchi o’rinbosari, 1963-—1966 yillarda Toshkent vrachlar
malakasini oshi-rish oliy bilimgohining rektori va gigiena kafedrasi mudiri,
1966—1979 yillarda Respublika Sog’liqni saqlash vaziri, 1979 yildan boshlab
Toshkent Davlat vrachlar malakasini oshirish ilmgohining rektori
lavozimlarida ishlagan. U gigiena ilmiga, uning rivojiga katta hissa qo’shgan,
ayniqsa respublikada tibbiy xodimlar tayyorlashda katta xizmat qilgan
tashkilotchilardan biri. Uning ko’p ilmiy asarlari kommunal gigiena,
epidemiologayaga bag’ishlangan. Ayniqsa u aholini toza suv bilan ta’minlash,
turar joylar gigienasi va boshqalarga ahamiyat bergan.
Q.S. Zoirovning xalq sog’lig’ini saqlash yo’lida olib borgan ishlari
davlatimiz tomonidan yuqori baholandi. U 5 ta orden, 11 ta
medal, 4 ta O’zbekiston respublikasi Oliy Sovetining faxriy yorliqlari bilan
mukofotlangan. U Sog’liqni saqlash a’lochisi edi.
Ulug’ Vatan urushidan so’ng kommunal gigiena fani ham nazariy, ham
amaliy jihatdan anchagina rivoj topdi. Ko’pgina tajribalar qilindi, tashqi
muhitning ifloslanish sabablari o’rganib chiqildi. Bunday ilmiy ishlarda suv
havzalarining sanitariya normalari, suv omborlari va dengiz havzalarining
sanitariya holati, ayniqsa sanoat chiqindi suvlarining suv havzalariga
tashlanishi oqibatlari ishlab chiqildi.
Turli ilmiy ishlarning yozilishiga sabab sanoat korxonalari
chiqindilarining atmosfera havosini, suv havzalarini, turar joylarni
ifloslantirishi bo’ldi. Ilmiy-tekshirish ilmgohlari, maxsus laboratoriyalar,
gigiena kafedralarida ilmiy tajribalar olib borildi. Atmosfera havosi iflos
15
bo’lgan territoriyalardagi aholining sog’lig’i va turli kasalliklar o’rganib
chiqildi. Sanoat korxonalari bilan aholi yashaydigan joylar o’rtasida sanitariya
muhofaza zonasi o’rnatish amalga oshirildi.
Tajribalar va olib borilgan ilmiy ishlarda ko’pchilik zaharli
moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini ilmiy asosda aniqlashga va qonuniy
hujjatlar asosida ishlatilishiga muvaffaq bo’lindi. Ruxsat etiladigan miqdorlar
atmosfera havosi uchun, ichimlik suv va keyingi vaqtlarda hatto tuproqlar
uchun ham ishlab chiqilmoqda, Bunday miqdorlarning sanitariya amaliyotida
joriy etilishi, ogohlantirish va kundalik sanitariya nazoratini olib borish uchun
kerak bo’lgan hujjatdir.
Keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti juda ko’p sun’iy polimyer va
plastmassa matyeriallarni sintez qilishga va ularni xalq xo’jaligida joriy
qilishga katta yo’l ochib berdi. Gigiena fanining vazifasi sintetik
matyeriallarning bezararligiga to’g’ri baho berish, ularning gigienik
normalarini ishlab chiqish va amalda joriy qilishdir.
Ayniqsa, kimyo sanoatining taraqqiyoti fan oldiga katta vazifalar qo’ydi.
Sababi shundaki, kimyo sanoati har yili ko’plab zaharliligi, fizik va biologik
xossalari turlicha bo’lgan moddalar ishlab chiqarmoqda, sanoat chiqindi
suvlarida turli zaharli moddalar mavjud.
Gigiena qoidasiga ko’ra har qanday iflos chiqindilar tarkibidagi
kimyoviy modda miqdori ruxsat etiladiganidan oshib ketmasligi kerak.
Hozirgi kunning dolzarb masalalaridan eng asosiysi tashqi muhitni
ifloslanishdan muhofaza qilishdir.
1972 yilda qabul qilingan va gazetalarda e’lon qilingan «Tabiatni
muhofaza qilishni kuchaytirish va tabiiy boyliklardan rejali foydalanish
to’g’risida»gi qarorda tashqi muhitni asrash davlat ahamiyatiga molik bo’lgan
masala ekani yana bir bor tasdiqlandi.
Hozirgi kunda sanoat korxonalari qurilishi avj olmoqda. SHu sababli
ularni reja asosida qurish va sanoat korxonalari chiqin-dilarini aholi
16
salomatligiga zarar yetkazmaydigan qilib tashlashga
ahamiyat berish dolzarb vazifa hisoblanadi. SHuningdek, transport, qishloq
xo’jaligi mashinalarini gigiena qonun-qoidalariga rioya qilgan holda
taqsimlash, sanoat korxonalari va boshqalarni regionlarda to’g’ri joylashtirish,
aholini sanoat markazlariga to’g’ri bo’lish, tabiiy boyliklardan va mehnat
resurslaridan rejali foydalanish, ishchilarning mehnat va yashash sharoitlarini
yaxshilash, aholining dam olishini ta’minlash kompleks chora-tadbirlari
ishlab chiqildi.
Respublikamizda xalq salomatligani saqlash yo’lida keng ko’lamda
sanitariya-gigiena ishlari olib borilmoqda. Jumladan, epidemik ka-
salliklarning kelib chiqish sabablari va uning oldini olishni, aholiga
tushuntirish, tashqi muhit ob’yektlarini sog’lomlashtirish, tashkilotlar,
muassasalar, vazirliklar jalb qilinmoqda.
Asosiy masala shundaki, kishi organizmidagi o’zgarishlar va uning
sabablarini to’g’ri aniqlab organizmga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish,
juda bo’lmaganda ularning ta’sirini kamaytirish choralarini ishlab chiqish
zarur bo’ladi. Bu masalalarni hal qilishda albatta kommunal gigiena yordam
berishi mumkin. Kommunal gigiena tashqi muhitga salbiy ta’sir etuvchi
omillar, turar joylardagi ijtimoiy ahvolni o’rganib, odamlar sihat-salomatligini
asrash va tashqi muhit ob’yektlarini sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini
aniqlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qilishni o’rgatadi.
Inson salomatligini saqlash yo’lida ishlab chiqilayotgan qonun va
qoidalar, davlat standartlari, normalarining to’g’ri ishlatilishi sanitariya
nazorati tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat sanitariya nazorati nohiyalarda, viloyatlarda, respublikalarda
amalga oshiriladi. Masalan, qurilish ob’yekti qanday bo’lishidan qat’i nazar
unga yer maydoni ajratishda, ularning loyiha va planlarini ishlab chiqishda
sanitariya nazorati izchillik bilan olib boriladi.
Davlat sanitariya nazorati yuza va yer osti ichimlik suv havzalarini
17
ifloslanishdan muhofaza qiladi. Atmosfera havosini sanoat va xo’jalik
chiqindilari bilan ifloslanishining oldini oladi va ularning aholi sog’lig’iga,
yashash sharoitiga salbiy ta’sirining oldini olish tadbir-choralarini ishlab
chiqadi va ularni amalga oshirishni nazorat qiladi. Asosiy maqsad aholi turar
joylarini sog’lomlashtirish yo’li bilan inson sog’lig’ini muhofaza qilishdir.
Sanitariya nazoratini olib boruvchi idoralarga nizomda ko’rsatilgan
quyidagi huquqlar byeriladi:
1.
Vazirliklar, tashkilotlar, muassasalar, lavozimli shaxslar, ayrim
fuqarolardan sanitariya-epidemiologaya chora-tadbirlarini uyushtirish va
bajarilish vaqtini talab qilish.
2.
Aholi turar joylarini loyiha asosida qurilishiga, sanoat korxonalari va
har qanday qurilish ob’yektlariga to’g’ri joy ajra-tishga, aholini toza suv
bilan ta’minlash, ularga chiqindi suvlar
tushishiga yo’l qo’ymaslik va atmosfera havosining ifloslanmasligi
choralarini ko’rish.
3.
Foydalanishga topshirilayotgan uy-joylar, madaniy va maishiy xizmat
ko’rsatish idoralari, sanoat korxonalarining hozirgi sanitariya holati va u
yerda epidemik kasalliklar tarqalishi oldini olish qoidalarining normaga
to’g’ri kelishi haqida xulosa chiqarish.
4.
Ishlab turgan muassasalarda bundan keyin ham sanitariya va
epidemiologiya holatining buzilishiga yo’l qo’ymaslik, aks holda ularning
ishini to’xtatish.
5.
Zarur bo’lib qolgan hollarda gigienik xulosalar yozish uchun qaysi
vazirliklarga, tashkilotlarga qarashliligidan qat’i nazar sanitariya, gigiena va
epidemiologayaga tegishli bo’lgan ilmiy-tekshirish ilmgohlari laboratoriyalari
zimmasiga ekspyertiza qilish vazifasini yuklatish mumkin.
6.
Sanitariya nazorati ostidagi hamma ob’yektlarga sanitariya vrachlari
har qanday sharoitda, kunning qaysi vaqtida bo’lmasin o’zining
guvohnomasini ko’rsatib uning sanitariya holatini tekshirishi mumkin.
18
Shuni aytish kerakki, sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli sanitariya-
epidemiologiya muassasalari va idoralarining chiqargan qarorlari, xulosalari
Davlat idoralaridagi lavozimli shaxslar, korxona, tashkilot boshliqlari va
ayrim kishilar uchun qonuniydir.
Ogohlantirish sanitariya nazorati deganda nima tushuniladi?
Maqsad har bir ob’yektning sanitariya qoida va normalar asosida
qurilishini nazorat qilishdir. Ob’yektlar maxsus komissiya tuzgan aktlar bilan
hujjatlashtiriladi, komissiya a’zolari unga qo’l qo’yadilar. Komissiyaning har
bir a’zosi o’zining kasbi bo’yicha ob’yektni tekshirib, to’g’ri qurilganiga
ishonch hosil qilgach, hujjatga qo’l qo’yishi kerak.
Ishlab chiqarish korxonalarining Davlat qabul qilish komissiyasi
ob’yektni foydalanishga topshirayotganda aktga Davlat sanitariya nazorati
mehnatni muhofaza qilish inspekciyasi hamda buyurtmachining qo’li
qo’yilmagan bo’lsa, qabul qilish aktini noto’g’ri deb topadi.
Bu sanitariya nazorati idoralarining huquqi yuqori ekanligi va sanitariya
xodimlarining javobgar shaxs ekanliklaridan darak byeradi.
Kundalik sanitariya nazorati degani nima? Bu sanitariya-epidemiologiya
stanciyalari xodimlari tomonidan rejali ravishda bajariladigan kundalik ishdir.
Bu ishda sanitariya-epidemiologiya xodimlari inson organizmiga va ularning
sog’lig’iga salbiy ta’sir etuvchi omillarni turli usullar bilan aniqlaydilar.
Ularning ta’sirini kamaytirish yoki umuman yo’q qilish tadbir-choralari ishlab
chiqilishi va amalga oshirilshpini nazorat ostiga oladilar.
Kundalik sanitariya nazorati ogohlantirish sanitariya nazorati-ning
davomi bo’lib, foydalanish uchun topshirilgan ob’yektlarni boshqarish
jarayonida hosil bo’lgan ijobiy yoki salbiy tomonlarini
aniqlash va shu yo’llar bilan kishi sog’lig’ini saqlashda ishtirok etishdir.
Xulosa qilib shuni aytish zarurki, sanitariya nazorati ko’pchilik idoralar,
tashkilotlar, vazirliklarning tashqi muhitni muhofaza qiluvchi xodimlari bilan
hamkorlikda olib borilishi kerak ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |