UY-JOY SHAROITIDA HAVONING HOLATI
Uy-joy xonalaridagi sharoitning yaxshi bo’lishi uning havosiga
bog’liq. Uy-joy xonalaridagi mo’tadil iqlim kishi organizmiga ijobiy ta’sir
qiladi. Buning uchun uy havosini vaqti-vaqtida almashtirib turish, havoni
oksigen bilan boyitishning ahamiyati juda katta. Tashqi havo bilan uy
371
havosining tabiiy ravishda almashinib turishi shamol bosimi va gravitaciya
harakatlariga bog’liq. Odatda 1 m
2
devordan o’tadigan havo 10 m
3
ga teng
bo’lib bu bir soat davomida amalga oshadi. Havo devor g’ovaklari orqali
juda sekin harakatlanadi.
Havoning sifati miqdoriy ko’rsatkichlar yordamida aniqlanishi
mumkin. Jumladan, havo tarkibida baktyeriyalar, kimyoviy moddalar va
gazlar bo’lishi mumkin. Havoning bunday ifloslanishi kishi organizmida
modda almashinishi, ovqat pishirish va boshqa jarayonlar oqibatida
kuzatiladi.
Uy-joy havosi ifloslanishining asosiy sabablaridan biri inson
organizmining fiziologik jarayonlari oqibatida ajralib chiqadigan
gazlarning yig’ilib qolishidir. Bunda ammiak, karbonat angidrid, vodorod
sul’fid, uchuvchi yog’ kislotalari, ammoniy birikmalari, indol, skabol va
boshqa zararli moddalar yig’ilib qoladi.
Birinchi bo’lib M. Pettenkoffyer karbonat angidridi gazining
miqdoriga qarab uy-joy havosining ifloslanishi mumkinligini aniqlagan.
Ammo karbonat angidrid gazining havoda kam yoki ko’p miqdorda
aniqlanishi uy havosini toza yoki iflosligidan dalolat byermaydi. Ko’pchilik
olimlarning fikricha xona havosida ammiak va uning birikmalarining
topilishi xona havosining ifloslangan-ligidan darak byeradi.
Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, ammiak va uning birikmalari bo’lgan
havodan bir necha soat nafas olgan odamning boshi og’rishi, charchashi va
ishlash qobiliyati pasayishi mumkin.
Havoning oksidlanish normasi 1 m
3
havoda taxminan 6 mg oksigenga
teng bo’lsa bunday havo toza hisoblanadi. 1 m
3
havoni oksidlash uchun 10-
20 mg O
2
sarflansa u havo ifloslangan havo hisoblanadi.
Inson 1 soat mobaynida 0,057 m
3
oksigen yutib, 0,014 m
3
SO
2
g
chiqaradi.
Uy-joylarni shamollatishdan maqsad xona havosini yangilash, ya’ni
bulg’angan uy havosini tashqi yanga havo bilan almashtirish. Uy-joylardagi
372
havoning almashtirish masalasi birinchi M. Petten-koffyer va K. Flyugge
tomonidan ko’tarnlgan edi. Ularning fikricha uy-joylarda karbonat
angidridning gigienik jihatdan yo’l qo’yiladigan normasi 0,07% ga teng.
O.B. Eliseevaning fikricha bu norma 0,05% tashkil etadi. Ammo M.
Pettenkoffyer va K. Flyugge tavsiya qilgan norma shu vaqtgacha o’zini
oqlab kelmoqda.
SO
2
odam organizmida moddalar almashinuvi jarayonida hosil
bo’ladigan gazdir. Kishi organizmidan SO
2
moddasidan tashqari boshqa bir
qancha moddalar ham ajralib, bu uy-joylarda yoqimsiz hidlar tarqalishiga
sabab bo’ladi.
Har bir kishiga uy havosi tozaligini saqlash uchun soatiga qancha m
3
toza havo kerak bo’ladi?
Bu savolga javob berish uchun M. Pettenkoffyer, A.P. Dobros-lavin,
F.F. Erisman, K. Flyuggelarning fikriga ko’ra yashash joyida har bir kishi
uchun qancha havo hajmi kerakligani aniqlash kerak bo’ladi. Bu esa uy-joy
havosi tarkibida SO
2
ning gigienik normasi bilan, atmosfera havosidagi
SO
2
ning tabiiy miqdori (0,04 %)ni aniqlashga yordam byeradi Hisob-
kitoblar natijasida har bir odam uchun havo hajmi - m
3
da - 37,7 ga teng.
Ammo, Medicina fanlar akademiyasiga qarashli Umumiy va kommunal
gigiena ilmiy-tekshirish institutining olib borgan ishlari oqibatida har bir
kishi uchun kerakli bo’lgan havo hajmi anchagina o’zgardi.
Sababi shundaki, tekshirish oqibatida uy havosida juda ko’p zararli
gazlarning, ya’ni, dimetilamin, vodorod sul’fid, sirka kis-
lotasi, aceton, fenol, azot oksidi, dietilamin, dietanelamin, metanol,
metiletilketon, butan, butilen, benzol, geksan, toluol, xinolin va
boshqalarying yig’ilib qolishi, odamlarning uy xonalarida qancha vaqt turib
qolishiga bog’liq bo’lib qoldi.
Bu moddalarning koncentraciyasi uy havosiga qancha toza havo
373
byerilishiga bog’liq. Masalan, soatiga 120 m
3
havo byerilsa yig’ilgan uy
havosidagi zararli gazlar miqdori 80-85% ga kamayadi. Bundan kelib
chiqadigan xulosa shuki har bir kishi uchun 1 soatda 120 m
3
havoni uy-
joyga berish atropotoksiyalarni, mikroblarni va chang zarrachalarining
kamayishiga yoki yo’qolishiga olib keladi.
Demak, uy havosini normal holatini saqlash uchun har bir kishining
yashash joyi maydoni 17,5 m
2
dan kam bo’lmasligi kerak.
Ayniqsa hojatxona, oshxonalarni tez-tez shamollatib turish kerak.
SHamollatish vositalarining yaxshi ishlamasligi uy havosining buzilishiga
sabab bo’ladi. Uylarda tabiiy gazdan foydalanish uy havosini buzadi.
Tabiiy gazning yonishi oqibatida havo tarkibidagi musbat zarrachali
og’ir ionlar miqdori oshib ketadi. Masalan, gaz plitasining 4 ta gorelkasini
bir necha minut yonishi bir qancha minutdan so’ng 1 sm
3
havodagi og’ir
ionlar soni 20-30 marotaba oshib, 200000 va undan ortiq musbat zarrali
ionlarni hosil qiladi. Uy xonasiga har bir kishi uchun 1 soatga - 30 m
3
,
kichik bolalar uchun - 20 m
3
havo berish tavsiya qilinadi. SHunda havo
tarkibi buzilmaydi. Ammo, bu norma qayta ko’rib chiqilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |