369
Qalinligi 6-12 sm li xonalar oralig’idagi devorlar
35-45
Bir qavatli taxtadan
tayyorlangan eshiklar
25-35
Ikki qavatli eshiklar
45-55
Bir qavatli oynali romlar
20-25
Ikki qavatli oynali romlar
35-40
SHuni
aytish lozimki, paxsa devorlar, g’ishtdan qurilgan devorlar
yuqori tovush o’tkazmaydigan xususiyatga ega.
SHuningdek, ikki qavatli
romlar, eshiklar ham tovushdan ancha muhofaza qilish xususiyatiga ega.
Demak, qurilish matyeriallarining tovush o’tkazuvchanlik
xususiyatini
nazarda tutib, uylarni va jamoa binolarini qurishda tovush chiqarish
manba’larini hisobga olib undan odamlarni muhofaza qilish yo’l-
yo’riqlarini izlab topish kerak bo’ladi. Jumladan, baland ovozda gapirish 70
dB, bir xonadan o’tib ikkinchi xona tinchligini buzmasligi uchun 30 dB
xona orasidagi devor
qalinligini, tovush o’tkazuvchi xususiyatini 40 dB ga
teng bo’lishi bilan ta’minlanadi, tovush o’tkazuvchanlik undan kam bo’lsa
30 dB tovush ikkinchi xonaga bemalol o’tishi mumkin, uy-joylarning
qavatlari orqali shovqin o’tmasligi uchun, qurilish matyerialining tovush
o’tkazuvchanligi 48 dB ga teng bo’lishi tavsiya etiladi.
Qurilish matyeriallarining yoki uskunalarning shovqin o’tkazmaslik
xususiyati 1 m
2
ga to’g’ri keladigan og’irligining kattaligiga bog’liqdir.
Demak, og’irroq, qalinroq, salmoqli devorlar, eshiklar tovushni yaxshi
o’tkazmaydi. Lekin, devor va eshiklarni hamda boshqa qurilish
matyeriallarini og’ir, qalin qilib tayyorlash iqtisod tomondan qimmatga
tushadi.
SHuning uchun ham, hozirgi zamon uy-joy qurilish tajribasida
kuzatilishicha
shovqin-surondan asrashni, shovqin-suron manba’larini
yo’qotishni uy-joylarvi loyihalashda hisobga olish kerak. Hozir qurilishda
tovushni singdiradigan matyeriallardan ya’ni rezina, oyia paxta,
shlakli jun
va maydalangan po’kaklardan foydalanilmoqda. Bu matyeriallar bilan
370
devorlarning ustki qavati, uylarning shiplari qoplanmoqda.
Ko’cha shovqinlarining uyga eshitilmasligining oldini olish uchun
qo’shqavatli dyerazalar, eshiklar quriladi. Uy xonalaridagi kovaklar,
yoriqlar va dyerazalarning tepshklari zichlab byerkitilishi kerak.
Ko’p qavatli uylarniig devorlari orasidagi bo’shliqni
oyna paxta bilan
to’ldirish kerak bo’ladi. SHundagina xonalarga shovqin kir-masligi
mumkin. Ko’p qavatli uylarda tinchlikni saqlash maqsadida radio,
televizor
va musiqa asboblaridan baland ovozda foydalanish soat 23 dan ertalab 8
gacha man etiladi. Uy-joy binolariga yaqin yerga suv isitish qozonlari,
nasosli transformatorlar, nasos stanciyalari va boshqa shovqinli ob’yektlar
qurilmaydi.
Uy-joylardagi noqulay iqlim sharoiti organizmga surunkali ravishda
ta’sir ko’rsatsa organizmning issiqlik sezish va issiqlikni boshqarish
xususiyati buziladi. Organizmning isib ketishi yoki sovib ketishi kuzatiladi.
Bunda organizmning infekciyaga qarshi kurashish qobiliyati- immuniteti
pasayadi. Bu esa, yuqori nafas yo’llarining shamollashi, angina,
revmatizm
va nevralgiya kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ammo, uy-joydagi
mikroiqlim sutka davomida o’zgarib turadi. Bunday o’zgaruvchan
mikroiqlim odam organizmini chiniqtiradi, ya’ni uni turli tashqi
ta’sirotlarga moslashtiradi.
Uy-joyning iqlim sharoitiga uning keng yoki kichik-oynavonli bo’lishi
ancha ta’sir ko’rsatadi. Ulardan tashqari uy-joy kichik iqlimiga isitish,
shamollatish, injenyerlik sistemasi ham katta ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: