1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

ASSENIZACIYA SHUDGORLARI 
Assenizaciya
shudgorlari uchun quruq tuproqli, havo yaxshi 
almashinadigan, suvni yaxshi o’tkazadigan, bahavo yerlar tanlanadi. 
Jumladan, qumli, qum-tuproqli, qora tuproqli xududlarni assenizaciya 
shudgorlari uchun tanlash yaramaydi. Assenizaciya shudgorlarini issiq 
iqlimli regionlarda tashkil qilish yaxshi natija byeradi. O’rta Osiyo 
respublikalarida, Kavkaz, Moldaviya, Ukraina va Qozog’istonning janubiy 
rayonlarida najas — suyuq axlatlarni zararsizlantirishni keng rivojlantirish 
mumkin. 
Assenizaciya shudgorlari og’ir tuproqli, yer osti suvlari yaqin 
joilashgan, botqoqlik joylarda tashkil qilinmaydi. Sababi, unday 
tuproqlarda o’z-o’zini tozalash jarayoni past bo’lib, najasning zararlanishi
yaxshi bo’lmaydi. Organik moddaning minyeral tuzlarga 


419
35- rasm. Assenizaciya shudgorlari. 
1—yozgi kartalar; 2 — qishki kartalar; 3 — vaqtincha o’tish yo’li; 4 — doimiy yo’l; 5 — 
o’tish ko’prigi; 6 — suv to’planadigan ariq; 7 — suv tashlanadigan zovur; 8 — tuproqdan 
ko’tarilgan to’siqlar; 9 — xo’jalik maydoni; 10 — assenizaciya mashinalarini yuvish uchun 
maxsus joy. 
 
 
YOzgi maydonpar 
36- rasm. Assenizaciya shudgorlariga navbati bilan chiqindi suvlarni bostirish va 


420
undan foydalanish. 
aylanishi juda qiyin kechadi. Undan tashqari, sr osti suvlarining ifloslanish 
xavfi tug’iladi. 
Assenizaciya shudgorlari bilan aholi turar joylari orasidagi masofa 
1000 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Assenizaciya shudgorlark uchun 
turar joylarga qarama-qarshi tomonga shamol esadigan yerlarni tanlash 
maqsadga muvofiqdir. Aks holda shamol bilan noxush hidlar kelib aholi 
tabiatini buzishi mumkin. Assenizaciya shudgorlark uchun tekis yerlar 
tanlanadi. Aks holda qiya joylarga tashlangan suyuq chiqindilar pastga oqib 
ketib ko’p joylarni ifloslantirishi mumkin. Assenizaciya shudgorlarini 
kelgusida ekin ekish maqsadida uchastkalarga bo’linib, atrofi 20—30 sm 
balandlikda tuproq bilan shibbalanadi. SHunday qilinganda bir uchastkadan 
ikkinchi uchastkaga axlat oqib ketmaydi. 
SHunday qilib, shudgorlarda almashlab ekish uchun bir qancha 
uchastkalar tashkil qilinadi. SHudgorlar ikkita katta uchastkaga bo’linib, 
yoz va qish fasllarida axlat to’kishga mo’ljallanadi. Bu uchastkalar o’z 
navbatida paykallarga bo’linib, ularga axlatlar galma-galdan solinadi. 
Assenizaciya shudgorlari yaqinida ishchilar uchun yuvinadigan, 
ovqatlanadigan va asbob-uskunalar saqlanadigan xonalar bo’lishi kerak. 
SHu bilan birga bu yerga axlat mashinalarini yuvish uchun vodoprovodlar 
ham o’rnatilishi kerak. Mashinalar axlatdan bo’shagandan so’ng rezina 
shlankalar yordamida bosim bilan yuviladi. 
YOzgi paykallarga axlat solishni tartibli ravishda olib borish talab 
qilinadi. YA’ni, paykallar oldindan haydalib, shundan so’ng axlat bir 
tekisda solinishi kerak. Tuproqning turiga qarab har 10 m maydonga 1 m
3
dan 2 m
2
gacha axlat solish tavsiya etiladi. Solingan axlatlar qurishi bilan 
maydonlar yana haydaladi. SHunday qilib, yoz fasli uchun mo’ljallangan 
uchastkalarga 2—3 marotaba axlat to’kiladi. Axlat 1—1,5 oy oralatib 


421
solinadi. Oxirgi solingan axlat qurigandan so’ng yer yana haydalib keyingi 
bahor fasligacha qoldiriladi. 
Qishga mo’ljallangan uchastkalarga bir marta, har 10 m
2
maydonga 1 
- 2 m
3
axlat solinadi va qishi bilan qoldirilib erta bahorda yana qaytadan 
haydaladi. 
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, har gektar yerga solinadigan axlat 
normasi yil davomida 1000 m
3
dan oshmasligi kerak. 
Agar tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayoni yaxshi bo’lmasa, bunda 
solinadigan axlat normasini 500 m
3
ga kamaytirish, aksi bo’lsa 1000 dan 
2000 m
3
ga ko’paytirish mumkin. Endi almashlab ekish masalasiga kelsak, 
buning uchun eng qisqa vaqt uch yil bo’lib, har uch yilda yer maydoniga 
bir marta axlat solinadi va haydalib, kelasi bahorgacha qoldiriladi. Bahor 
kelgach, bu yerga xomligicha iste’mol qilinadigan ekinlar ekilmaydi. 
Sanitariya talabiga javob byeradigan 4 yillik almashlab ekish 
quyidagicha amalga oshiriladi. Birinchi yil maydonga suyuq axlat quyiladi,
ikkinchi yili yer haydalib, hayvonlar uchun ozuqa bo’ladigan ekinlar
ekiladi. Masalan, o’tlar, donli o’simliklar va 
boshqalar, uchinchi yili mollar uchun ozuqabop lavlagi, shuningdek qizil 
lavlagi ekish mumkin, to’rtinchi yili kartoshka ekilsa bo’ladi. Bizning 
sharoitda texnika ekinlarining, ya’ni kanop va paxtani ikkinchi-uchinchi 
yillarda eksa bo’lavyeradi. 
Bunday maydonlarga ekilgan ekinlardan yuqori hosil olish mumkin. 
Assenizaciya maydonlarining har 1000 kishiga mo’ljallab ishlab chiqilgan 
normasiga ko’ra yil davomida kishi boshiga yig’iladigan suyuq axlat 
miqdori o’rtacha 0,5 m
3
bo’lsa, 1000 kishiga 500 m

yig’iladi, agar 
shudgorga o’rtacha axlat quyish normasi gektariga 1000 m
3
teng bo’lsa, 
1000 kishiga 0,5 gektar maydon etarli bo’lar ekan. 
Uch paykalli almashlab ekish maydoni tashkil qilinmoqchi bo’lsa, 
unda 0,5x3-1,5 gektar maydon ajratilib, yo’llar, novlar uchun atrofi 20—25 


422
sm li balandlikda shibbalangan tuproq bilan to’siladi. Buning uchun yer 
maydonining 20% i yoki 0,3 gektar qo’shimcha yer kerak bo’ladi. Hamma 
maydoning umumiy hajmi 1,5+0,3-1,8 ga teng bo’ladi. 1000 kishilik 
aholiga 4 paykallik almashlab ekishni tashkil qilish uchun 2,4 gektar 
maydon kerak bo’ladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish