SHAHAR KO’CHALARINI TOZA TUTISHNING GIGIENIK AHAMIYATI
SHahar sharoitida ko’cha va maydonlarni toza tutish, aholi turar
joylarini tozalashning majburiy tadbirlarining bir qismini tashkil qiladi.
Ayniqsa, yoz va kuz fasllarida ko’chalarda juda ko’p axlatlar to’planadi.
Masalan, 1000 m
2
maydonda bir yilda 15 m
3
axlat yig’iladi, bularning
tarkibiy qismi asosan qum, tuproq, qog’ozlar, xazonlar, papiros qoldiqlari
va boshqa narsalardan iborat.
SHuning uchun ko’cha va maydonlar har kuni tozalanishi kerak, aks
holda bu shahar ko’rkini buzish bilan birga inson salomatligiga yomon
ta’sir qiluvchi hasharot va kemiruvchilarning ko’payishiga sabab bo’ladi.
YOz oylarida ko’cha-kuylarni vaqtida supurib-sidirish ko’chalarimizning
orasta va ozoda bo’lishini ta’minlasa, qishda esa qor va muzlardan tozalash
yo’l harakati halokatlarining oldini oladi. Kuz oylarida esa ko’chalarimizni
xazonlardan tozalash zarurati tug’iladi.
Xazon va axlatlarni ko’cha va maydonlarda yoqish mutlaqo man
etiladi. Ko’cha va maydonlarni suv sepilgandan so’ng supurish havoga
chang va zararli mikroblar ko’tarilishining oldini oladi. Ko’cha va
maydonlarni tozalashni bolalar maktabga, kattalar esa ishga ketgan
410
vaqtlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Supurindi axlatlar
ko’chalarga qo’yilgan maxsus axlat solish uchun mo’ljallangan idishlarga
solinadi.
Ko’cha va maydonlarni supurishni mexanizaciyalashning ahamiyati
katta bo’lib, bu yo’l bilan bir vaqtda ham suv sepishni, ham supurishni
amalga oshirish mumkin. Odamlar yurishi uchun mo’ljallangan yo’lkalar
KO-78 yo’lka supurgich avtomobillari yordamida supuriladi.
Ilm-fan, texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda ko’cha va maydonlarni
ozoda va orasta tutish imkoni bor. Ammo, ayrim kommunal xo’jalik
xodimlarining o’z ishlariga bo’lgan sovuqqonliklari tufayli ba’zi bir shahar
va qishloqlarda buning aksini ko’rish mumkin. Bu o’z navbatida sanitariya
nazorati xodimlari ustiga katta mas’uliyat yuklaydi.
1960—70 yillarda Respublika sog’liqni saqlash vazirligining
tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasida ichki ishlar vazirligi bilan
kelishilgan holda sanitariya miliciya guruhlari tuzilgan edi. Ular ko’cha-
kuylarda yig’ilib qolgan axlatlarni o’z vaqtida olib ketilishini tekshirish
bilan birga axlatlarni suvga tashlamaslikni ham qattiq nazorat qiladilar.
Hozir bu masalaga e’tibor umuman yo’qolib, shahrimiz ko’chalarida bir
necha kunlab olib ketilmayotgan uyum-uyum axlatlarni ko’ramiz. Bu esa
atrof-muhitning va suv havzalarining ifloslanishiga sabab bo’lmoqda.
YOz oylarida ko’cha va maydonlarga suv sepish havoni mikrob va
changlardan tozalash bilan birga muayyan iqlimni yaxshilaydi ham.
SHuning uchun ko’chalar namligini uzoq saqlash maqsadida ba’zi bir
shaharlarda 1 m
2
maydonga 1 litr kal’ciy xlorid sepiladi, bunday eritma
namlikni uzoq vaqt saqlaydi.
Qishloq sharoitida turar joylarning tozaligini saqlash shahar talabi
darajasida bo’lishi kerak. Lekin, qishloq sharoitida turar-joylar tozaligini
saqlashning o’ziga xos qiyinchiliklari bor. Jumladan, qishloq aholisining
mehnat sharoiti xoh uyda, xoh dalada bo’lsin yer bilan bog’liq. Bahor
411
boshlanipsh bilan yerni chopish yoki haydash, yerga go’ng solish, ekin
ekishga tayyorgarlik ko’rish hamda har bir xonadonda uy hayvonlari va
parrandalarning bo’lishi o’z-o’zidan odamlarni doimo yer va hayvonlar
bilan muloqatda bo’lishini taqozo qiladi. SHuning uchun qishloq sharoitida
tuproqning turli mikroorganizm va gel’mint tuxumlari bilan
ifloslanishining oldini olish zarur. Qishloqdagi uy-joylarning katta yer
maydonlariga yaqinligi turar joylarning sanitariya holatini saqlash normasi
talabiga javob byermaydi.
Qishloq uy-joylarini loyihalashda ularning sanitariya holatini saqlash
kerak bo’ladi.
Qishloq sharoitida nohiya markazlarida, kichik maydonlarda ikki, uch
qavatli turar joylar va ma’muriy binolar qurilib ularga kanalizaciya
shohobchalari o’rnatilishi va ularning birlashtirilishi bu shohobchalarda
hosil bo’ladigan chiqindi suvlar ma’lum tozalanish jarayonidan o’tgandan
so’ng sug’orish maydonlariga oqizilishi mumkin.
Kolxozchilar uchun uy-joylar qurilganda hojatxonalarning qurilishiga
alohida ahamiyat byeriladi. Ayniqsa lyuftklozetlar qurish amalda keng
tarqalgan usuldir. Respublikamiz qishloqla-rida hojatxona qulayroq
joyga, turar joylardan 10—15 metr nariga qorong’iroq qilib quriladi.
Hojatxona qorong’i bo’lganda bu joyga pashsha kirmaydi. So’ngga
yillarda hojatxonalarni qorong’i qilib qurish sekin-asta yo’qolib bormoqda.
Tekshirish-lardan ma’lum bo’lishicha, qishloqdagi yer maydonlarining
ko’pchiligi (tuprog’i) mikroorganizmlar — gel’mint tuxumlari, ki-myoviy
moddalar bilan zararlanar ekan. Sababi, har qanday chiqindi-axlatlar
to’g’ridan-to’g’ri zararsizlantirilmay yer maydonlariga tashlanavyeradi.
Vaholanki, zararli chiqindi-axlat-
412
32 - rasm. Yirik chorvachilik fyermasi atrofidagi ammiak gazi miqdori.
larni uy sharoitida olti oy kichik o’ralarda kompost qilinib,
zararsizlantirilgandan keyin undan o’g’it sifatida foydalanish mumkin.
Kanalizaciyasi bo’lmagan jamoa muassasalaridaga hojatxonalar
lyuftklozet usulida quriladi.
YAna to’lib qolgan hojatxonalarning ustiga tuproq solib, komtostlab
ma’lum muddatdan so’ng ulardan o’g’it sifatida foydalanish mumkin.
Qishloq sharoitida uy hayvonlarining axlatini yig’ishni to’g’ri tashkil
qilish yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini oladi.
Jumladan, trixinellez, exinokokkoz, tenioz va boshqalar. Uy
hayvonlarining go’ng axlatlarini tomorqalardagi maxsus shibbalangan
maydonga yig’iladi va uning atrofi sim to’r bilan yoki taxta bilan o’rab
qo’yiladi. Katta molxonalarda maxsus go’ng saqlaydigan joylar bo’ladi.
Go’nglarni o’z vaqtida kompostlash gigiena jihatidan katta ahamiyatga ega.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, go’nglarning o’z vaqtida kompost-
413
lanmay yig’ilib qolishi atrof-muhitga, tuproqning sanitariya holatiga va suv
havzalariga salbiy ta’sir qiladi. Jumladan katta molxonalar atrofida yig’ilib
qolgan go’nglardan atrof-muhitga ammiak, vodorod sul’fid va shu bilan
birga inson salomatligiga putur etkazuvchi mikroblar tarqalishi mumkin.
Masalan, cho’chqa boqi-ladigan fyermalar atrofida 1 m
3
havoda 1000—
2125 ga yaqin mikrob
tarqalishi mumkinligi aniqlangan. Jumladan, cho’chqaxonadan 2000 metr
naridagi muhit havosiga ham ta’siri bo’lib, u yerdagi 1m
3
havoda 1350
gacha mikrob tarqalgani isbotlangan. Mikroblardan tashqari, yana ammiak
gazi ham ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |