ZAHARLI KIMYOVIY MODDALAR GIGIENASI
Hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida hayotning turli jabhalarida
kimyo sanoati mahsulotlari keng ko’lamda qo’llanilmoqda. SHuningdek
qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirishda ham kimyoviy moddalardan
foydalaniladi.
Syerquyosh O’zbekistonning o’ziga xos iqlim sharoiti ziroatchilikning
barcha jabhalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish bilan birga,
qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar etkazuvchi har xil hasharotlar va
zamburug’ kasalliklarining ko’payishiga sabab bo’ladi. Og’ir mehnatlar
evaziga etishtiriladigan qishloq xo’jalik ekinlariga har xil kanalar,
442
baktyeriyalar, zamburug’lar, viruslar va boshqa bir qator zararkunandalar
juda katta zarar etkazishi aniq.
Jahonning ko’pgina mamlakatlarida xalq boshiga ocharchilikdek
kulfatni soladigan, og’ir ofatlarning sababchilaridan biri o’simlik
zararkunandalari va kasalliklaridir. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti
(VOZ) ning bergan ma’lumotlariga qaraganda, dunyo bo’yicha yiliga
qishloq xo’jaligiga har xil turdagi zararkunavdalar etkaza-
yotgan zarar 75 milliard dollardan oshadi. CHigirtkalar bulutdek yopirilib
million-million gektar maydondagi ekinzorlarni yo’q qilib
yuborayotganligi haqida ma’lumotlar olingan. Butun-butun o’rmonlar,
mevazor bog’lar, tokzorlar hasharotlar tufayli kasallikka uchrab qurib
ketmoqda. Qishloq xo’jalik zararkunandalari va kasalliklariga karshi
kurashning qanchalik muhim ekani shundan ko’rinib turibdi. O’simliklarni
ofatlardan saqlashda yaxshi yordam byeruvchi pesticidlar hamda minyeral
o’g’itlar qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi.
Butunittifoq o’simliklarni himoya qilish ilmiy tekshirish institutining
bergan ma’lumotlariga ko’ra, o’simlik zararkunandalari va kasalliklariga
qarshi kurash chora-tadbirlari yaxshi yo’lga qo’yilganida har yili
qo’shimcha ravishda 600 ming tonna paxta, 25 million tonna don, 260
ming tonna qand lavlagi va boshqa qimmatli noz-ne’matlarni etishtirish
mumkin bo’ladi.
Hozirda o’simliklarni himoya qilishda kimyoviy va boshqa turli
omillardan samarali foydalanishning ahamiyati katta bo’lmoqda.
O’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish uchun
ishlatilayotgan kimyoviy vositalarning aksariyati univyersal ta’sir kuchiga
egaligi bilan ajralib turadi. Mazkur ta’sirchan kimyoviy moddalarni barcha
ekin turlarida, har xil tuproq va suvlarda uchraydigan zararkunandalarga,
kasallik tarqatuvchilarga, parazitlar va begona o’tlarga qarshi qo’llash
mumkin. SHuningdek, omborlarni, xonalarni, tegirmon-elevatorlarni va
443
boshqa inshootlarni dorilashda ham foydalanish mumkin.
Ayrim ta’sirchan kimyoviy moddalardan o’simliklarning barg-larini
to’kishda, yana bir turidan o’simlikning o’sishini jadallashti-rishda, mo’l
hosil olishda foydalaniladi. Jahonning turli mamlakatlarida hozirda 1000 ga
yaqin turli xil kimyoviy moddalar keng miqyosda ishlatilmoqda. Yiliga
minglarcha yangi xil kimyoviy moddalar kashf etilib, ularning ma’lum bir
qismi qishloq xo’ja-ligida qo’llash uchun tavsiya etiladi. Har yili 100 mln
gektardan ziyod ekinzor va mevazorlarga har xil kimyoviy vositalar bilan
ishlov byerilmoqda.
Zaharli kimyoviy moddalarni keng ko’lamda ishlatilishi gigiena fani
zimmasiga ko’p muammolarni yechish masalasini ko’ndalang qilib
qo’yadi. Zaharli kimyoviy moddalar o’z nomi bilan zahardir. Mazkur
moddalarning ta’siri faqatgina hasharotlar, o’simlik kasallik-larini
chaqiruvchi mikroblar, viruslar uchungina bo’lmay, balki hayvonlar va
inson uchun ham zararlidir. Keyingi vaqtlarda qishloq xo’jaligida kuchli
kimyo moddalarning ishlatilishi tabiatda ekologik tashvishlarni keltirib
chiqarmoqda. Qo’llanilayotgan zaharli kimyoviy moddalar biologik
jihatdan aktiv ekanligini inobatga olgan holda, shuningdek ular xalq
xo’jaligida ko’p ishlatilishi munosabati bilan mazkur moddalarning tashqi
muhitga bo’ladigan ta’sirini hisobga olish lozim bo’ladi.
Ma’lumki, inson organizmi tashqi muhit bilan uzviy va chambarchas
bog’langan. Demak, tashqi muhitning zaharli kimyoviy moddalar bilan
zararlanishi (ifloslanishi), o’z navbatida aholi
sog’lig’iga va barcha jonivorlarga salbiy ta’sirini ko’rsatmay qo’ymaydi.
SHuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo’jaligida ko’plab
ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek atmosfera
havosini, suv havzalari va tuproqni korxonalarning chiqindi hamda
oqavalaridan asrash yo’llarini o’ylab ko’rish dolzarb muammolardan
hisoblanadi.
444
Qishloq xo’jaligida qo’llanuvchi zaharli kimyoviy moddalarning
turlari juda ko’p bo’lib, ular o’zining ta’sir ko’lami, kimyoviy tarkibi va
xossalari bilan bir-biridan farq qiladi. Mazkur ta’sirchan kimyoviy
moddalarni sinchiklab o’rganish, sinab ko’rish va lozim ko’rilganda
qo’llanishiga oid tavsiyalarni ishlab chiqishga doir barcha masalalarni hal
qilishda qishloq xo’jaligi bilan bevosita shug’ullanuvchi Davlat
qomissiyasi bo’lib, u o’simlik zararkunandalari, kasalliklari hamda begona
o’tlarga qarshi kimyoviy vositalar bilan kurash borasida faollik ko’rsatadi.
Zaharli kimyoviy moddalarga sanitariya-gigiena jihatidan baho
berishga aloqador masalalar «Pesticidlar, polimyer va plastik massalar
gigienasi va toksikologiyasini tadqiq etuvchi sobiq Butunittifoq ilmiy
tekshirish instituti» tomonidan boshqarib turilgan. Hozirda respublika
hududida ishlatilishga ruxsat byerilgan zaharli kimyoviy moddalarning
barchasi toksikologik jihatdan mukammal va chuqur o’rganib chiqilgan.
Sog’liqni saqlash vazirligining talabiga ko’ra, turli ilmiy muassasalarda
kashf etilgan, ishlab chiqariladigan, shuningdek xorijiy mamlakatlardan
xarid etib olinadigan zaharli kimyoviy modda namunalari har taraflama
chuqur tekshirilmasdan turib qishloq xo’jaligida ishlatishga ruxsat
etilmaydi.
Hayotga, qishloq xo’jaligiga tadbiq etiluvchi har bir kimyoviy
ta’sirchan moddalarga oid maxsus hujjat, metodik tavsiyanomalar, ulardan
foydalanish yo’llari, qo’llashdagi me’yori, favqulodda zaharlanganda
ko’rsatiladigan dastlabki tibbiy yordam haqidagi ma’lumotlar bo’ladi.
Bulardan tashqari, qishloq xo’jaligida qo’llanuvchi zaharli kimyoviy
moddalarning omborlarda asrash yo’llari, saqlanish muddatini ko’rsatuvchi
ma’lumotlar ham bo’ladi.
Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo’jaligida qo’llash jarayonida
aholi salomatligini o’ylab va muhofaza etishni nazarda tutib mazkur
moddalarga nisbatan qo’yiladigan gigienik talablar ham ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |