1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


O’SIMLIKLARNI HIMOYA QILISHDA ISHLATILADIGAN KIMYOVIY



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

445
O’SIMLIKLARNI HIMOYA QILISHDA ISHLATILADIGAN KIMYOVIY 
VOSITALAR 
O’simliklarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o’tlardan asrash 
uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalarning umumiy atamasi pesticid
(lotincha pestis — zahar, sid — o’ldirmoq, yo’q qilmoq degan so’zlardan 
olingan) bo’lib, ular kimyoviy tarkibi, qaysi maqsadlar uchun
qo’llanishiga qarab, shuningdek zararkunandalar or- 
ganizmiga o’tish usuli hamda qanday ta’sir qilishiga qarab guruhlarga 
bo’linadi (klassifikaciya qilinadi). 
Kimyoviy tarkibiga ko’ra pesticidlarning uchta asosiy guruhi qayd 
qilinadi: 
1.
Anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, 
oltingugurt birikmalari, shuningdek xloratlar va boratlar). 
2.
O’simliklar, baktyeriyalar zamburug’lardan olinadigan pesticidlar 
(pirstiroidlar, anabazin, nikotin, baktyerial preparatlar, antibiotiklar va 
boshqalar). 
3.
Organik birikmalar. Mazkur guruhga taalluqli pesticidlar fiziologik 
ta’siri jihatdan juda aktiv bo’lgan moddalarni tashkil qiladi. Bu guruhga 
tegishli moddalar quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
a) xlororganik birikmalar (geksaxlorciklogeksan, polixlorpinen,
polixlorkampfen, geptaxlor, keltan, efir sul’fonat, DDT, azotoks, ditoks, 
geklatoks va boshqalar); 
b) fosfororganik birikmalar (metafos, trixlormetafos-3, metilnitrofos, 
rogor, karbofos, DDVF, cidial, fazalon, ftalafos, kil’val’, antio, 
metilmyerkaptafos, sayros, metation, bazudin va boshqalar); 
v) karbomat kislota, tio va ditiokarbominat kislota hosilalari (sevin, - 
karbation, eptam, IFK, xlor IFK, cineb, ciram, TMGD va boshqalar); 
g) fenollarning nitro hosilalari (DNOK, dinitroortokrezol, nitrofen, 
pentoxlorfenol, pentoxlorbenzol, pentoxlornitrobenzol va boshqalar); 


446
d) ftalamidlar (kaptan, ftalan va boshqalar); 
e) minyeral moylar va yana boshqa turdagi kimyoviy ta’sirchan 
moddalar. 
Pesticidlar qavday maqsadda qo’llanilishiga qarab quyidagi 
guruhlarga bo’linadi: 
1. O’simlik zararkunandalariga qarshi qo’llaniladigan ta’sirchan 
vositalar: insekticidlar (insectum — hasharot, sid —o’ldirmoq,
yo’q qilmoq degan so’zlardan olingan) nomi bilan yuritiluvchi moddalar, 
o’z navbatida hasharot va kanalarning tuxumlarini quritish, yo’q qilish 
uchun ishlatiladigan akaricidlar (asarius — kana) va lichinkalarni yo’q
qiladigan lavricidlar, dumaloq chuvalchanglarni qirish uchun 
ishlatiladigan moddalar — nematocidlar (nematos); shilliq qurtlar va 
buzoqboshilarni nobud qiladigan limacidlar (lima — shilliq qurt); 
kemiruvchi hayvonlarni o’ldirish uchun ishlatiladigan pesticidlar bo’lmish 
zoocidlar (zoon — hayvon) kabi ta’sirchan moddalar turi qayd qilinadi. 
2. O’simliklarning zamburug’lar va baktyeriyalardan paydo 
bo’ladigan kasallanishiga qarshi ishlatiladigan moddalar: f u n g i -cidlar
va baktyericidlar. Mazkur turkum moddalardan urug’liklarni, ekinlarni va 
tuproqni dorilashda keng ko’lamda foydalaniladi. 
Begona, yovvoyi o’tlarga qarshi ishlatiladigan ta’sirchan kimyoviy 
modda turlari — gyerbicidlar nomi bilan yuritiladi. 
3.
Paxta hosilini mexanizaciya vositasdda yig’ib-tyerib olishga 
g’o’zalarni tayyorlash maqsadida o’simlik barglarini sun’iy yo’l bilan 
to’kish uchun ishlatiladigan moddalar — defoliantlardir. 
4.
O’simliklarni qovjiratib, ildizini quritish uchun ishlatiladigan 
kimyoviy moddalar— desikantlardan ham foydalaniladi. 
5.
Xalaqit byeradigan ortiqcha dov-daraxtlarni quritish uchun 
ishlatiladigan ta’sirchan kimyoviy moddalar — arboricidlardir. 


447
6.
Suv o’tlarini yo’qotish uchun ishlatiladigan ta’sirchan kimyoviy 
moddalar-al’gicidlar deyiladi. 
Pesticidlar qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab shartli ravishda 
guruhlarga bo’lingan. CHunki talaygina pesticidlar ko’p tomonlama ta’sir 
ko’rsatish xususiyatiga ega. Ular zararkunanda hasharotlar, ularning 
tuxumi, g’umbak-lichinkalarini ham nobud qila oladi. Bir qator 
gyerbicidlar normadan ortiq ishlatilsa, u holda mazkur moddalar dov-
daraxtlarni, shuningdek boshqa o’simliklarni ham quritishi mumkin. 
Pesticidlar zararkunandalar organizmiga qanday yo’l bilan tushishi, 
qanday ta’sir ko’rsatishiga qarab og’iz orqali va muloqat yo’li bilan ta’sir 
ko’rsatadigan pesticidlarga va fumigantlarga bo’linadi. 
Kimyoviy ishlov byerilganda pesticidlar hasharot va lichinkalar 
ichagiga og’iz orqali tushadi. Bu xodisa ular zaharli kimyoviy moddalar 
sepilgan o’simliklar bilan oziqlanayotganda sodir bo’ladi. Bevosita 
muloqat yo’li bilan ta’sir qiladigan pesticidlar zararkunandalar organizmiga 
tanasi orqali o’tadi. 
Pesticidlarning fumigantlar deb ataladigan turi hasharotlar va 
zararkunanda jonivorlarga gaz yoki bug’ ko’rinishida nafas yo’llari orqali 
o’tib, o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Pesticiddarning bunday tavsifi shartli hisoblanadi, chunki bir qator 
zaharli kimyoviy moddalar bir vaqtning o’zida ham og’iz orqali ham 
muloqat yo’li bilan ta’sir etish xususiyatiga ega. 
Hozirda juda ko’p pesticid namunalari beeosita o’simlik orqali ta’sir 
ko’rsatib yaxshi samara berishi bilan qishloq xo’jaligida keng 
qo’llanilmoqda. Ular o’simliklar tanasiga tez ta’sir qilib, zararkunanda 
hasharotlar — tripslar, kanalar, o’simlik bitlari va boshqalarga ozuqa 
bo’ladigan o’simlik shiralarini ma’lum davrgacha zaharlab qo’yish 
xususiyatiga ega. Zaharlangan shiralar bilan oziqlangan zararkunanda 
hasharotlar tez qiriladi. Og’iz orqali ta’sir ko’rsatadigan anorganik 


448
insekticidlardan kemiruvchi hasharotlar (g’umbaklar, qo’ng’izlar, 
chigirtkasimon hasharotlar va boshqalar)ni nobud qilish uchun 
foydalaniladi, bevosita o’simliklarga ta’sir ko’rsatadigan organik asosga 
ega bo’lgan insekticidlar esa asosan so’ruvchi hasharotlar (o’simlik bitlari, 
tripslar, shuningdek o’simlik-kanalari)ga qarshi ishlatiladi. 
Zararkunandalarga o’simlik orqali ta’sir ko’rsatadigan pesticidlarning 
afzalligi shundaki, ular ishlatilganda foydali, ya’ni zararkunandalarning 
kushandasi bo’lgan hasharotlar va parazitlar zaharlanishdan asrab qolinadi. 
Ammo mazkur pestididlarning aksariyati odam va hayvonlarning 
favqulodda zaharlanib qolishiga sabab bo’ladi. Zaharlanish holati 
pesticidlar tasodifan og’izga tushib qolgandagina yuz byermasdan, balki 
tyeriga tushib qolganida ham sodir bo’ladi, sababi bu pesticidlar 
shikastlanmagan tyeri orqali ham or-ganizmga osonlik bilan o’tishi 
mumkin. 
SHunday qilib, pesticidlar faqat o’simlik zararkunandalariga zaharli 
ta’sir etibgina qolmasdan, balki boshqa tirik organizmlarga ham, ya’ni 
odam, hayvon va parrandalar organizmiga ham zaharli ta’sir qiladi. 
Pesticidlar barcha organizmlar uchun zaharli ekani tufayli, qishloq 
xo’jaligida o’simliklarni har qanday zararkunandalardan muhofaza etishda, 
kasalliklariga barham berishda va boshqa maqsadlar uchun qo’llanuvchi 
barcha kimyoviy ta’sirchan moddalar qo’llanishga tatbiq etilishidan oldin 
har tomonlama chuqur tekshiruvlardan o’tkazilib, turli jihatdan sinab 
ko’rilishi shart. Zaharli kimyovrsh moddalarga baho berish deganda ana 
shu atroflicha tekshiruv va sinovlarda qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga 
asoslanib chiqariladigan yakun — xulosa ko’zda tutiladi. 
Pesticid namunasiniig ustidan o’tkaziladigan tadqiqot, tekshi-ruv va 
sinovlar asosan ikki maqsadni ko’zlab olib boriladi: birin-chidan, kimyoviy 
modda qishloq xo’jaligida igalatilganda uning qan-chalik samara berishi 
mumkinligini aniqlash maqsadida, ikkinchidan odam va hayvonlar 


449
organizmiga tushib qolgudek bo’lsa, qanchalik zaharli ta’sir ko’rsata 
olishiii aniqlash maqsadida olib boriladi. 
Kimyoviy yo’l bilan sintez qilingan har bir zaharli kimyoviy 
moddaning qanday samara berishi dastlab qishloq xo’jalik 
muassasalarining laboratoriyalarida, tajriba uchastkalarida, maxsus 
maydonlarda sinab ko’riladi. Sinov natijalari ijobiy bo’lib chiqsa, mazkur 
kimyoviy modda kolxoz va sovxoz ekin maydonlarida ham sinab ko’rishga 
topshiriladi. 
Ta’sirchan kimyoviy moddani ekin maydonlarida sinab ko’rish uchun 
davlat sanitariya inspekciyasidan tegashli ruxsat olingan bo’lishi va sinov 
yashlari o’sha kimyoviy modda uchun belgilangan vaqtinchalik — 
muvaqqat instrukciyalarga muvofiq olib borilishi darkor. Modomiki 
shunday ekan, ta’sirchan kimyoviy moddani gigiena va toksikologaya 
jihatidan tekshirish ekin maydonlarida sinab ko’rishdan avval boshlanadi. 
Pesticidlar tekshirilganda, uning turli hayvonlar uchun qanchalik zaharli 
ekanligi tajriba yo’li bilan amalda aniqlanadi. 
Olib borilgan mazkur tajribalarda moddaning hayvonlarga 
ko’rsatadigan mahalliy (ayrim organlarga) va umumiy (butun organizmga) 
ta’siri, jumladan nafas yo’llari, me’da-ichak yo’li, shikast etmagan tyeri va 
shilliq pardalar orqali yaxshi so’rilish- 
so’rilmasligi aniqlanadi va shu yo’sinda uning qay darajada zaharliligi 
belgilanadi. 
Har bir pesticid namunasining organizm uchun zaharlilik darajasini 
belgilash uchun toksikologiyada eng kam zaharli doza, o’ldiradigan eng 
kam doza, o’ldiradigan o’rtacha doza, o’ldiradigan eng kam doza, 
o’ldiradigan o’rtacha doza, o’ldiradigan eng katta — absolyut doza deb 
nomlanuvchi iboralardan foydalaniladi. 
3 a h a r deb organizmga juda oz miqdorda tushganida ham uning 
to’qimalariga ta’sir qiladigan va uning normal hayot faoliyatini izdan 
chiqaradigan moddaga aytiladi. 


450
Zaharlanish — organizmga zaharli modda ta’sir etganida 
organizmning normal hayot faoliyati buzilib, kasal bo’lib qolishidir. 
Zaharlilik, ya’ni toksiklik deb kimyoviy moddalar (pesticidlar) ning 
organizm hayot faoliyatini qanchalik izdan chiqarib, zaharlay olishiga 
aytiladi. Toksiklik — moddaning hayot bilan chiqisha olmaslik mezoni 
turli kattaliklar bilan belgilanadi
1
. Biror pesticidning toksikligi uning 
kimyoviy hamda fizik-kimyoviy xossalariga bog’liq bo’ladi va muntazam 
o’zgarib turadi. Zaharlanish, ya’ni organizmda ro’y byeradigan o’zgarishlar 
zaharlarning organizmga ta’sir qilishini belgilab byeradigan bir qancha 
shart-sharoitlarga bog’liq. Zaharning dozasi, organizmga qanday o’tishi, 
qancha muddat ta’sir qilayotgailigi, organizmning ahvoli va boshqalar ana 
shunday shart-sharoitlarning eng muhimlari hisoblanadi. 
Zaharli moddalarning ta’sirini belgilab byeradigan asosiy omillardan 
biri ularning qanday doza yoki koncentraciyada organizmga ta’sir 
qilishidir. «Zahar» tushunchasining o’zi hamisha moddaning dozasi, 
miqdori, ta’sir etish vaqtining qisqa va uzunligiga aloqador bo’ladi. 
D o z a deb zaharning ma’lum og’irlik yoki hajm birliklarida ifoda 
qilinadigan miqdoriga aytiladi. Odatda u mg/kg bilan belgilanadi. 
Koncentraciya deb pesticidniyag turli (havo, suv, qon va boshqalarda) 
sharoitda suyulish darajasiga aytiladi va mg/l va mg/m
3
lar bilan 
ifodalanadi. 
Zaharli kimyoviy moddalar organizmga xoh bir yo’la kirgan bo’lsin, 
xoh ko’p marta qayta-qayta kirgan bo’lsin, ularning ta’sirchan miqdori 
bo’sag’a dozasi, toksik doza va o’ldiradigan dozaga bo’linadi. 
Bo’sag’a doza yoki koncentraciya deb kimyoviy moddaning 
organizmni fiziologik funkciyalarida o’ta sezgir tekshirish metodlaridan 
foydalanilganda qayd qilinadigan ma’lum o’zgarishlarni keltirib 
chiqaruvchi eng kam miqdorga aytiladi. Bo’sag’a miqdori tufayli izdan 
chiqqan fiziologik funkciyalar tez orada tiklanib asl holiga qaytadi. 


451
___________ 
1Quyiga qaralsin. 
Toksik —zaharli miqdor (yoki koncentraciya) ma’lum klinik belgilar 
bilan o’tadigan ro’y-rost zaharlanish hodisasiga sabab bo’ladi. 
O’ldiradigan doza (yoki koncentraciya) zaharlanish hodisasini o’lim 
bilan tugashiga olib keladi. Mutlaqo o’ldiradigan doza (koncentraciya) 
zaharli moddaning hamisha o’limga olib keladigan eng kam miqdori 
(dozasi, koncentraciyasy)dir
.
O’ldiradigan o’rtacha doza yoki koncentraciya
(LD yoki LK),
bu 
50 50 
tajriba uchun zaharlangan hayvoilarning 50 %i ni o’ldiradigan 
dozadir. O’ldiradigan o’rtacha doza probit-analiz usuli bilan hisoblab 
chiqiladi. 
Odatda turli zaharlarning bo’sag’a, toksik va o’ldiradigan doza hamda 
koncentracilarini bir-biriga solishitrib ko’rish yo’li bilan o’sha 
moddalarning qanchalik zaharliliga to’g’risida fikr yuritiladi. 
Pesticidlarning zaharlilik darajasini belgilash uchun boshqa 
tushunchalardan ham foydalaiiladi. 
Surunkali (xronik) ta’sir dozasi deb pesticid o’tkir bo’sag’a 
miqdorining surunkali ta’sir bo’sag’asi nisbatiga aytiladi. 
Ekin maydonlarida pesticidlarning qo’llanilishi dehqonlarning 
salomatligiga salbiy ta’snr qilmasligi lozim. 
Pesticidlar ishlatiladigan zona havosidagi uning yo’l qo’ysa 
bo’ladigan koncentraciyasi —odam organizmida o’zgarishlarga sabab 
bo’lmaydigan koncentraciyadir. 
Yo’l qo’ysa bo’ladigan qoldiq miqdor—oziq-ovqat mahsulotlari 
organizmga tushganda fiziologik normal holatni buzmaydigan miqdordir. 
Zahira koefficient (xavfsizlik indeksi, ishonchlilik koefficienti) —- 
surunkali ta’sir bo’sag’asining yo’l qo’ysa bo’ladigan eng katta 
koncentraciyaga nisbati hisoblanadi. 
Toksikologiya (yunoncha — zahar, ta’limot, o’rganish degan 


452
so’zlardan olingan) zaharlanish hodisalarining oldini olish va davolash 
uchun samarali vositalarni qidirib topish maqsadida zaharli moddalar 
hamda ularning hayvon organizmida keltirib chiqaradigan patologik 
o’zgarishlarini o’rganadigan fandir. Zaharli moddalar to’g’risidagi fan 
sifatida toksikologiya aslida shu moddalarga aloqador jami masalalar 
kompleksini o’z ichiga oladi. Biroq, uning asosiy mazmuni zaharli modda 
tufayli organizmda ro’y byeradigan patologik jarayonlar (zaharlanish 
hodisasi) mohiyatini o’rganishdan iborat. Toksikologiya — tirik organizm 
bilan kimyoviy agent o’rtasida bo’ladigan o’zaro ta’sir turlaridan birini 
o’rganuvchi fandir. Toksikologiya matyeriya harakatining ikki shakli — 
kimyoviy shakli hamda biologik shaklining o’zaro ta’sir jarayonlarini 
o’rganadi. 
Toksikologiya fanining yutuqlaridan kommunal gigiena sohasida keng 
ko’lamda foydalaniladi. Jumladan bu atmosfera havosi yoki suv havzalari 
uchun zaharli moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini ishlab chiqishda 
juda zarur. 
Toksikologiya fanining eng muhim vazifasi moddalarning zaharlilik 
darajasini ilmiy asosda aniqlash, ular organizmga bir marta yoki qayta-
qayta ta’sir ko’rsatganda ro’y byeradigan zaharlanish manzarasini 
tasvirlash, organizmdagi ayrim funkciyalarning qanday bo’lmasin biror 
a’zo yoki sistemaning boshqalardan ko’proq yoki kamroq zararlanipshni 
topish va ularni patomorfologik jihatdan ta’riflab berishdir. 
Toksikologiyaning yana bir vazifasi zaharlar kuchini kesadigan 
(kamaytiradigan) moddalar, ya’ni kuchli ziddi-zaharlarni qidirib topish, 
shuningdek zaharlanish hodisalarini oldini olish usullarini ishlab chiqishdir. 
Toksikologiyaning eng muhim va shu bilan birga qiyin masalalaridan biri 
moddalarning organizmga ko’rsatadigan zaharli ta’sir mexanizmini 
o’rganish ve zaharning biologik ta’siri asosida yotuvchi birlamchi 
biokimyoviy reakciyalarni aniqlab olishdir. 


453
Zaharning organizmni qanday o’zgarishlarga olib borishi ko’p 
jihatdan uning organizmda qanday o’zgarishlarga uchrashiga bog’liq. 
Ma’lum vaqt mobaynida organizmga tushgan zahar undan tashqariga 
chiqariladigan va zararsizlantiriladigan miqdoridan kam bo’lsa, u 
organizmda asta-sekin to’planib boradi. YA’ni kumulyaciya jarayoni 
vujudga keladi. Kumulyaciya jarayoni moddiy va funkcional holatda 
kechadi. 
Moddiy kumulyaciya — bu, organizmda zaharning to’planib borib, 
organizm to’qimalari bilan mahkam birikishi va ularda qaytmas 
o’zgarishlar keltirib chiqarishidir. Moddiy kumulyaciyaga olib boradigan 
zaharlar uchun koncentraciya (doza)ning ahamiyati yo’q, bunday zaharlar 
uchun ularning nechog’li uzoq ta’sir qilib kelayotgani, ya’ni vaqt katta 
ahamiyatga ega. 
Funkcional kumulyaciya — zaharning organizm hujayra va 
to’qimalariga ko’rsatadigan ta’sirining to’planib borishidir. Bunda 
to’qimalarda asliga qaytmas o’zgarishlar kelib chiqmaydiyu, lekin, 
zaharning ular funkciyasiga ko’rsatadigan ta’sir kuchi ortib boradi. Bu 
guruhga kiradigan zaharlar uchun ularning koncentraciyasi (dozasi) hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Koncentraciya bo’sag’a 
koncentraciyasidan past bo’lsa, organizmda fiziologik o’zgarishlar yuzaga 
kelmaydi. 
Keyingi vaqtlarda qishloq xo’jaligida turli pesticid aralashmasidan 
foydalanish keng tus olmoqda. Modomiki shunday ekan, pesticidlar 
organizmga aralash mujassam ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Pesticidlar 
aralashmasining ta’siri o’zining tabiati hamda kuchi jihatidan o’sha 
foydalanilayotgan aralashma tarkibiga kiradigan ayrim zaharlar ta’siridan 
ancha boshqacha bo’lishi mumkin. 
Agar bir nechta zaharli modda birgalikda organizmga ta’sir 
ko’rsatadigan bo’lsa, sinyergizm (ta’sirning kuchayish hodisasi) yoki 


454
antagonizm (ta’sirning susayib qolishi) yoki additiv ta’sir hodisalari sodir 
bo’lishi mumkin. 
Sinyergizm deganda aralashma ta’sirining uning tarkibiga kiradigan 
har bir modda ta’siridan kuchli bo’lishi ko’zda tutiladi. 
Boshqacha qilib aytganda, sinyergazmda pesticid aralashma 
tarkibidagi ayrim moddalarning ja’midan ko’ra kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. 
A d e k t i v t a ‘ s i r deb aralashmaning undagi har bir tarkibiy qism 
ta’siri bilan teng ta’sir ko’rsatishiga aytiladi. 
Fanda moddalarning fiziologik antagonizmi deb aralashmaga 
kiradigan ayrim moddalarning ma’lum a’zo, fiziologik sistema va 
regulyator mexanizmlarga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatishi yoki funkcional 
jihatdan bir-birdga zid ishlaydigan elementlar (masalan, funkciyalarni 
stimullash, susaytirish)ga bir xil ta’sir ko’rsatishi tushuniladi. 
Odatda kimyoviy antagonizm deb aralashma tarkibiga kiradigan 
moddalarning o’zaro reakciyaga kirishib, kam zaharli yoki bezarar 
birikmalar hosil qilish xususiyatiga aytiladi. Biroq, pesticidlar 
aralashmasiga tatbiqan olganda buning ahamiyati yo’q, chunki aralash-
malar tayyorlashda moddalarning bu xususiyati inobatga olingan bo’ladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish