321
ZAHARLI XIMIKATLARNING TASHQI MUHIT OB’YEKTLARI UCHUN
NORMASI (ME’YORI) NI ISHLAB CHIQISH
Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash jarayonida ularning tashqi
muhit ob’yektlaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga bo’ladigan
ta’sirining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada sanitariya
muassasalarining olib boradigan sanitariya nazorat ishlari odamlarni zaharli
kimyoviy moddalarning qoldiqlari ta’siridan asrashga qaratilgan.
Zaharli kimyoviy moddalar qo’llanganida, ularning qoldiqlari atrof
muhit ob’yektlari bo’lmish mehnat qilish zonasidagi havoda, turar
joylarning atmosfera havosida, suv va suv havzalarida, tuproqda va boshqa
ob’yektlarda pesticidlarning qoldiq miqdorini aniqlash, shu miqdorning
kam yoki ko’pligani gigienik asosdan ishlab chiqilgan normalari bilan
taqqoslash maqsadida gigiena ilmi hayotda qo’llaniladigan barcha zaharli
kimyoviy moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorni belgilaydi.
Mazkur qo’llanmaning boshqa boblarida zaharli kimyoviy modda-
larning atmosfera havosi, suv va suv manbalari uchun ishlab chiqil-gan
gigienik normalarining asosi to’g’risida ma’lumotlar byerilgan edi. Bu
bobda esa zaharli kimyoviy moddalarning tuproq uchun ishlab chiqilgan
gigienik normalarining principlari ustida to’xtalib o’tamiz.
Tuproq uchun zaharli kimyoviy moddalarning ruxsat etiladigan
miqdorini ilmiy-tajriba asosida ishlab chiqish tuproqlarning mazkur
ta’sirchan moddalar bilan ifloslanish darajasini aniqlashga, qolavyersa,
ularni gigienik nuqtai nazardan muhofaza qilishga imkon byeradi. Bu esa,
o’z navbatida odamlarni ta’sirchan kimyoviy moddalardan tuproq orqali
zararlanishining oldini oladi.
Rasmiy tasdiqlangan qo’llanmaga asosan tuproqqa tushadigan har bir
zaharli kimyoviy moddaning gigienik normasi ishlab chiqilishi zarur.
Qo’llanuvchi kimyoviy preparatning ruxsat etiladigan miqdorini ishlab
chiqish usul va principlari metodik jihatdan to’g’ri va aniq bo’lmog’i shart.
322
Sababi, kimyoviy moddalar, zaharli preparatlar va minyeral o’g’itlarning
tuproq uchun gigienik normalari
ishlab chiqilganidagina atrof muhitni himoya qilish va inson
salomatligini
saqlash imkonini byeradi.
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproqdagi normasini ishlab
chiqishda quyidagi talablarga alohida ahamiyat byeriladi. Birinchi navbatda
chidamli pesticidlar va ularning metabolitlari, metal tuzlari,
mikroelementlar, neft mahsulotlari, sul’fit birikmalari, minyeral o’g’itlar va
muntazam ravishda tuproqqa tushib turadigan boshqa moddalar
normallashtiriladi. Biroq kimyoviy moddalarning tuproq tarkibida ruxsat
etiladigan miqdorini o’sha moddalarning avvalo atmosfera havosi, suv va
suv
havzalari, oziq-ovqat mahsulotlari uchun ruxsat etiladigan miqdori
ishlab chiqilgan bo’lishi shart, shuningdek mazkur preparatlarning
toksikologik va boshqa tomonlari atroflicha o’rganilgan bo’lishi darkor.
Tuproq uchun ruxsat etilgan kimyoviy moddaning miqdori tuproqning
1 kg sidagi ta’sirchan moddaning mg miqdori) bevosita yoki bilvosita
odam sog’lig’iga zarar etkazmaydi. Tuproqning tabiiy o’z-o’zini
zararsizlantirish (tozalash) jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproq uchun gigienik normasini
ishlab chiqishda uning 4 ta zararli ko’rsatkichi nazarda chunonchi:
a)
zaharli moddalar qishloq xo’jaligi ekinlarining ildiz sistemasi
orqali o’tishi, uning ko’k massasi va mevalarida to’planishini ta’riflash:
b)
zaharli moddalarning tuproq orqali yer osti, yer havzalariga
tarqalishini ta’riflash;
v)
zaharli moddalarning tuproqdan atmosfera havosiga o’ta olish
xususiyatini ta’riflash;
g)
tuproqqa tushgan zaharli moddalarning tuproqqa xos
umumsanitariya, ya’ni o’z-o’zini tozalash jarayoniga va uning biologik
aktivligiga ta’sirini ta’riflashdir.
323
Zaharli kimyoviy omillar uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4 ta zararli
ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning bo’sag’a osti koncentraciyasini aniqlash
yo’li bilan olib boriladi. Bo’sag’a osti koncentraciyasi esa tuproqdagi
kimyoviy ta’sirchan moddalarning mutlok quruq tuproqning kg siga
nisbatan mg lar hisobida olinadi. Bunda:
-
tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayonlariga va tuprokdagi
mikrobiocenozga (umumsanitariya ko’rsatgachi) ta’sir kursatmaydigan
xamda mazkur moddaning o’simlik tanasiga, uning mevasiga (yig’ib-tyerib
olinayotgan vaqtda) to’plangan kimyoviy modda o’simlik uchun ruxsat
etilgan miqdordan ko’payib ketmasligi inobatga olinadi.
—
yer osti, yuza suv manbalariga tuproq orqali tarqaladigan zaharli
kimyoviy moddalar suv uchun belgilangan miqdordan oshib ketmasligi
kerak.
—
-atmosfera havosiga tuproq orqali tarqaladigan zaharli kimyoviy
moddalar atmosfera havosi uchun ruxsat etilgan miqdordan oshib
ketmasligi nazarda tutilmog’i darkor.
Mazkur kimyoviy moddalarning zaharlilik darajasini belgilaydigan 4
ta miqdoriy ko’rsatkichlarning eng kichigi cheklovchi ko’rsatkichi bo’lib,
uning tuproqdagi ruxsat etiladigan miqdori, ya’ni normasi hisoblanadi.
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproq uchun yo’l qo’ysa bo’ladigan
miqdori maxsus laboratoriyalarda tegashli tajribalar asosida
aniqlanadi.
Zaruriyat tug’ilganda bunday tajribalar tabiiy sharoitlarda, ya’ni dala
sharoitida o’tkaziladi. Bunda tuproqning tiplari, tarkibi, xususiyatlari,
muhiti (rN), gumus miqdori, namlanish hajmi, xullas tuproqning
agrokimyoviy pasportidan ma’lum darajada foydalaniladi.
Misol: Tuproq tarkibidagi zaharli kimyoviy moddaning miqdori 3
mg/kg bo’lsa, unda o’simlik ildizlari orqali o’tgan preparat mazkur
o’simlikning hosildor o’simliklar uchun ruxsat etiladigan miqdoridan
324
oshib ketmaydi;
Tuproqdagi zaharli kimyoviy moddaning miqdori 10 mg/kg bo’lsa,
tuproqdan atmosfera havosiga o’tadigan zaharli moddaning miqdori
atmosfera havosi uchun belgilangan normadan oshmaydi.
Agar tuproq tarkibidagi zaharli kimyoviy modda 25 mg/kg atrofida
bo’lsa, uning tuproqdan suv manbalariga o’tadigan miqdori suv uchun
belgilangan normadan oshmaydi.
Tuproq tarkibidagi 50 mg/kg miqdoridagi kimyoviy modda tuproq
sharoitida kechadigan mikrobiocenozga va o’z-o’zini tozalash jarayoniga
ta’sir ko’rsatmaydi.
YUqorida zikr etilgan kimyoviy moddaning tuproqdagi 4 ta kon-
centraciyasi (3; 10; 25; 50 mg/kg) ichida eng kichik bo’sag’a osti
miqdori 3 mg/kg bo’lib, bu tuproqdagi norma hisobida ishlatiladi. YA’ni
bo’sag’a osti eng kichik cheklovchi ko’rsatgich hisoblanadi.
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproqdagi normasini belgilash
ularning atmosfera havosida, suvda va oziq-ovqat mahsulotlarida ishlab
chiqilgan normalari kabi muhim gigienik ahamiyatga ega. Ta’sirchan
moddalarning gigienik nuqtai nazardan ruxsat etiladigan miqdorlarini
belgilash, tashqi muhit ob’yektlarini muhofaza qilishda katta yordam
byeradi.
Atrof muhitni muhofaza qilish hamda inson salomatligani saqlash
uchun zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashga taalluqli maxsus sanitariya
va agrotexnika qoidalariga so’zsiz amal qilish lozim.
Tuproqning turli zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini
muhofaza qilish Davlat standarti (17.4.1.02-83) asosida olib boriladi.
Mazkur standartga muvofiq tuproqni zaharli kimyoviy moddalar bilan
ifloslanishi ustidan nazorat qilish moddalarning zararli darajasiga qarab
tasnif (klassifikaciya) qilinadi. Davlat standartiga asosan kimyoviy
moddalarning xavfli (zararli) darajasiga qarab 3 sinfga bo’linadi,
325
chunonchi:
1)
O’ta xavfli moddalar.
2)
O’rta miyona xavfli moddalar.
3)
Kam xavfli moddalar.
Zaharli kimyoviy moddalarning xavfliligi qaysi sinfga taaluqli
bo’lmasin, ular kamida 3 ko’rsatkich bilan aniqlanadi.
45-j a d v a l
Do'stlaringiz bilan baham: |