1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


o’rganmay turib zaharlanishning oldini olish mushkul ish.  PESTICIDLARNING ORGANIZMGA TA’SIR QILISH MEXANIZMI



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

471
o’rganmay turib zaharlanishning oldini olish mushkul ish. 
PESTICIDLARNING ORGANIZMGA TA’SIR QILISH MEXANIZMI 
Ilmiy-texnika taraqqiyoti nihoyatda rivojlanayotgan hozirgi davrda 
qishloq xo’jaligi ekinlarini parvarishlashda, ularni zararkunanda hasharotlar 
va turli kasalliklardan himoya etishda qo’llanadigan pesticidlar yiliga 
yuzlab kashf etilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan pesticidlar xilma-xil 
moddalar turkumiga mansubligidan, ularning qanday principga asosan 
ta’sir qilishini izohlab berish murakkab ish. SHunga qaramay, bir qator 
pesticidlarning organizmga ta’sir qilish mexanizmi (mohiyati) ma’lum 
darajada aniqlangan. CHunonchi, fosfororganik kimyoviy birikmalar 
organizmning fyerment sistemasiga ta’sir ko’rsatadi va shu yo’l bilan 
organizmdagi biokimyoviy jarayonlarning borishini o’zgartiradi. Ma’lumki

organizm faoliyatida, aniqrog’i qo’zg’alish-larning bir nyerv hujayrasidan 
boshqasiga yoki nyerv oxiridan ijrochi organ hujayrasiga o’tishida 
mediatorlar deb ataladigan alohida kimyoviy moddalarning ahamiyati 
katta. O’z navbatida mediatorlar nyerv hujayralaridan ishlanib chiqadi va 
nyerv oxirlarida bo’ladi. Nyerv tolasidan kelayotgan nyerv impul’si nyerv 
oxiriga etganidan keyin mediator ajralib chiqadi va ijrochi hujayraning 
(ko’pincha, muskul yoki bez hujayrasining oqsil strukturalari bilan 
reakciyaga kirishadi, buning natijasida ijrochi hujayra qo’zg’alib, o’ziga 
xos ishni bajaradi (muskul hujayrasi qisqaradi, bez hujayrasi sekret ishlab 
chiqaradi). Fanda acetilxolin degan moddaning nyerv impul’slarini bir 
strukturadan ikkinchisiga o’tkazishda faol ishtirok etadigan 
mediatorlarning biri ekanligi aniqlangan. Normal sharoitlarda nyerv 
tolasidan uning oxiriga impul’s etib kelganda biroz acetilxolin ajralib 
chiqadi. U muskul tolasining qisqarishiga yoki bezning sekret ajratishiga 
sabab bo’ladi. Hujayraning o’ziga xos faoliyati shu yo’sinda davom etib, 
oxirida ortiqcha acetilxolin to’qimadagi alohida fyerment - xolinestyeraza 


472
fyermenti ta’sirida parchalanib ketadi. Natijada boyagi ishchi hujayra yana 
avvalgadek qo’zg’aluvchan holga keladi va navbatdagi nyerv impul’sini 
qabul qilishga tayyor bo’lib turadi. 
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, fosfororganik 
birikmalar xolinestyeraza fyermenti bilan reakciyaga kirishib, shu fyerment 
aktivligini pasaytirish xususiyatiga ega. Fyerment aktivligi pasayib 
qolganidan keyin nyerv qo’zg’alishlarida ajralib chiqadigan acetilxolinning 
parchalanishi to’xtaydi yoki xiyla kamayadi, natijada acetilxolin 
to’qimalarda to’planib qoladi va ishchi hujayraga endi ancha kuchli va 
uzoq ta’sir ko’rsatib turadi, shu yo’sinda zaharlanishga xos bir qancha 
o’zgarishlar yuzaga keladi, mazkur biokimyoviy jarayonga sirtdan 
qaraganda bunga tegishli nyervlar tonusining bir qadar kuchayishi sabab 
bo’ladi. 
Margimush (mish’yak), simob birikmalari ham asosan fyerment 
sistemalariga ta’sir ko’rsatadi. Lekin ular xolinestyerazaga ta’sir qilmay, 
balki boshqa fyermentlarning, xususan oltingugurt tutadigan va xilma-xil 
bioximiyaviy jarayonlarda ishtirok etadigan tiol fyermentlarining 
aktivligani pasaytiradi. 
Xlororganik asosga ega bo’lgan pesticidlar parenximatoz organlarga, 
jumladan jigarga ta’sir qilishi bilan ajralib turadi. Xlororganik birikmalar 
bilan zaharlangan odamlarda jigar funkciyalari izdan chiqib, organizmning 
himoya reakciyalari susayib qoladi. Organizmda uzluksiz sodir bo’lib 
turadigan oksidlanish jarayoni ham buziladi. 
So’z pesticidlarning organizmga ta’sir mexanizmi to’g’risida ketar 
ekan, aynan biror bir pesticid organizmning qandaydnr funkciyalarini izdan 
chiqaradi, boshqa sistemalarga ta’sir qilmaydi, deb aytish noto’g’ri bo’lur 
edi. Organizmga tushgan har qanday zaharli modda keng doirada ta’sir 
ko’rsatib, nyerv sistemasi, endokrin bezlar sistemasi, yurak-qon tomirlar 
sistemasi va boshqa organ va to’qimalarning ishini o’zgartiradi. Zaharli 


473
kimyoviy moddalarning organizmga ta’siri natijasida bunday xilma-xil 
o’zgarishlar orasida organizmning biror sistemasiga xos o’zgarishlar ustun 
turishi mum-kin. Organizmdaga qaysi sistemaning ko’proq o’zgarishga 
uchrashi har xil hodisada o’sha o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan 
kimyoviy moddaning tarkibiy tuzilishiga, tabiatgiga bog’liq bo’ladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish