PESTICIDLARNING TASHQI MUHITDA AYLANIB YURISHI
Qishloq xo’jaligada o’simlik zararkunandalariga, kasalliklari-ga,
begona o’tlarga qarshi, shuningdek boshqa maqsadlar uchun foyda-
laniladigan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlanar ekan, bu ta’-sirchan
moddalar ma’lum miqdorda tashqi muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi.
Buning oqibatida suv, havo, tuproq, oziq-ovqat ekinlari, em-hashak va
boshqalarning pesticidlar bilan ifloslanib qolish xavfi tug’iladi. Buning
uchun birinchi galda zaharli ximi-katlar qanday yo’l bilan tashqi
muhitni ifloslantirishi mumkin-
ligini aniqlab olish kerak bo’ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda tashqi
muhit ta’siriga ancha chidamli bo’lgan pesticidlar - DDT, GXCG,
pentaxlorbenzol, polixlorpinen, polixlorkamfen va boshqalarning qanday
o’zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Sug’oriladigan, dehqonchilik rivojlangan nohiyalarda bu ta’sirchan
moddalarning tashqi muhitdagi bir ob’yektdan boshqasiga o’tib turishi
ancha oson bo’ladi, chunki bunday joylarda pesticidlar ekinlarga
byeriladigan suv orqali tashqi muhitning boshqa ob’yektlariga, ya’ni
suvdan tuproqqa, tuproqdan o’simlikka ko’proq o’tib turadi. Tashqi
muhitga chidamli pesticidlar ayniqsa xavflidir, chunki ularning turli
ob’yektlarga tinmay o’tib turishi, mazkur ob’yektlarda ularning asta-sekin
to’planib borishiga va shu tariqa odam hamda hayvonlar organizmiga ham
tushish xavfi tug’iladi. Pesticidlar suv, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari
bilan organizmga tushib, uning surunkali zaharlanib borishiga sabab
479
bo’lishi mumkin. Masalan, qand lavlagi ekilgan maydonlarga zaharli
ximikatlar xoh yerdan turib, xoh samolyot yordamida purkalmasin tuproq
ifloslanadi (har bir kilogramm tuproqda 4,40-0,74 mg rogar, 5,1-0,4 mg
metilmyerkaptofos borligi aniqlanadi). Havo harorati yuqori va namligi
kam bo’lsa, bu preparatlarning tuproq mag’zidan havoga o’tishi bir qadar
osonlashadi. Qavd lavlagi ildiz bitini yo’qotish maqsadida mana shu
pesticidlarning aerozollari ishlatilganidan keyin 72 soat o’tgach, ularning
miqdori (koncentraciyasi) havoda 0,0052 ml/ga, tuproqda 5,1-0,45 mg/kg
ga, lavlagi ildizlarida 3,0-0,4 mg/kg ga, palaklarida 2,85-27 mg/kg ga etadi.
Turli maqsadlarda ishlatiladigan pesticidlarning tashqi muhitdaga bir
ob’yektdan boshqasiga o’tishiga yana boshqa misollar keltirish mumkin.
Daryo, ko’l va hovuz suvlarini tekshirib ko’rish, bu suvlarda 0,025 kg/l
miqdorida, suv tagidagi cho’kindi va balchiqda esa 2,0 mg/l miqdorida
DDT preparati borligi aniqlangan.
Zaharli kimyoviy moddalarning tashqi muhitda to’planib borishi odam
organizmiga ham ta’sir qilish mumkin. Quyidagi raqamlar fikrimiz isboti
bo’la oladi. Appendektomiya (ko’richakning jarrohlik yo’li bilan olib
tashlanishi) vaqtida olib tashlangan to’qimalardan ajratib olingan yog’
to’qimasining 36% ida 0,8-2,5 mg/kg miqdorda DDT topilgan. Bu misol
pesticidlarning odam organizmida to’planib borishidan dalolat byeradi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sevin singari ayrim pesticid-larning
o’rtacha haroratda ham bir sfyeradan boshqa sfyeraga o’tib, odam
salomatligi uchun xavf soladigan miqdorda to’plana borishi aniqlangan.
CHunonchi, mazkur pesticid olma po’stidan o’tib, etida asta-sekin yig’ilib
boradi, tuproqda esa 1-2 yilgacha saqlanib qolish xususitiga ega, bu
tuproq yana boshqa ob’yektlarning iflosla-nishiga sabab bo’ladigan
ikkilamchi rezyervuar (manba) bo’lib qoli-shi mumkin (sevin tuproqning
shudgorlanadigan qatlamlariga o’tadi va bundan ham chuqurroqqa
singishi mumkin). Jumladan, sevin tup-
480
roqqa solinganidan keyin 3 oy o’tgach, uning 90 foizi o’simliklarning
ildiz sistemasi tarqalgan zonada aniqlangan.
Insoniyatni qurshab turgan tashqi muhit ob’yektlari (tuproq, suv,
atmosfera havosi, o’simliklar dunyosi, tabiat ne’matlari)ni nazorat qilish
yuzasidan olib borilgan ko’p yillik tekshirishlar natijasida bir qancha
pesticidlarning tabiatda aylanib yurishi aniqlandi. Quyida ularning tabiatda
aylanib yurishini ifodalovchi sistemani keltiramiz.
Ushbu
sxema
shuni
yaqqol ko’rsatib
turibdiki,
pesticidlar
ishlatilganidan
keyin
tashqi
muhitning barcha shohobchalariga va pirovard-natijada, odam hamda
hayvonlar organizmiga tushadi. Sababi, odamlar bilan hayvonlar hamisha
tashqi muhit bilan mustahkam bog’langan holda hayot kechiradi. Agar
shunday bo’ladigan bo’lsa, tashqi muhitning har bir omili tirik organizmga
ma’lum darajada ta’sir qilib, unda bir qator o’zgarishlarni keltirib
chiqaradigan manbaga aylanishi mumkin, bu ta’sirot odam uchun foydali
bo’lishi ham, zarar keltirishi ham mumkin. Hozir fan va texnika taraqqiyoti
natijasida paydo bo’lgan turli pesticidlarning qishloq xo’jaligida ishlatilishi
tashqi muhit ob’yektlari orqali ziyon etkazadigan ana shunday ta’sirot
bo’lib qolishi ehtimoldan xoli emas. SHu tufayli ham tashqi muhitning
kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish gigiena jihatidan juda
katta ahamiyatga molikdir.
Endi o’quvchilarimizga agrotexnika qoidalariga rioya qilmay,
kimyoviy ta’sirchan moddalarni ko’r-ko’rona, pala-partish ishlatish
481
natijasida ifloslanib qolishi mumkin bo’lgai tashqi muhit omillari ustida
to’xtalib o’tamiz.
S u v va s u v h a v z a l a r i. Qishloq xo’jaliginiig barcha
sug’oriladigan joylarida suv va suv havzalarining, hatto yer osti-sizot
suvlarining pesticidlar bilan ifloslanishi aniqlangan. O’simliklarga
kimyoviy ishlov berish jarayonida to’g’ridan to’g’ri suv va suv havzalari
zararlanishi mumkin. Boshqa vaqtlarda suvlar tuproq, atmosfera havosi
yordamida eararlanishi qayd qilinadi. Masalan, tuproqqa tushgan zaharli
moddalar suv bilan yuvilib, unda
erigan holda yoki suspenziya ko’rinishida suv havzalariga tushishi
mumkin.
O’rta Osiyo sharoitida suvning pesticidlar bilan zararlanishiga sabab
bo’ladigan bir qancha omillar bor. Bular orasida ekinlarni sug’orish asosiy
o’rinda turadi. Ma’lumki, O’rta Osiyoda yirik-yirik suv inshootlari qurilgan
va qurilmoqda. Sug’orish maqsadida qurilgan ana shu inshootlardan oqib
keladigan suv ekin maydonlariga taralib, kimyoviy moddalar ishlatilgan
yerlarni yuvib o’tadi va ifloslanib boradi. Bunda o’sha maydonlardagi
mavjud bo’lgan tuproqdagi zaharli moddalar suv tarkibiga o’tadi. Zaharli
kimyoviy moddalar bilan ifloslangan suv zovur, ariq va kanallardan oqib
o’tar ekan, undan aholi turli maqsadlarda foydalanishi, hayvon va
parrandalar esa undan ichishi mumkin. Demak, shuning o’zi organizmga
pesticid qoldiqlari tushish xavfini tug’diradi. Hozirda olib borilayotgan
ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, zovur (kollektor) suvlarida zaharli kimyoviy
moddalar bo’lmish DDT, GXCG, aldrin va boshqa ta’sirchan moddalar
ruxsat etilgan normadan 2-10 marta va undan ham ziyod miqdorda bo’lishi
aniqlangan.
Suv va suv havzalari o’z tarkibida zaharli kimyoviy moddalarning
qoldiqlarinigina emas, balki hozirda qishloq xo’jaligi ekinlarini (meva,
sabzavot, rezavor, poliz ekinlari, shuningdek texnik o’simliklar, paxta,
482
zig’ir, kanop va boshqa) etishtirishda foydalaniladigan minyeral o’g’it
qoldiqlarini ham saqlaydi.
A t m o s f e r a h a v o s i. Insoniyatga hayotbaxsh atmosfera
havosining kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi so’zsiz uni zaharli
manbaga aylantirgapi mumkin. Atmosfera havosining zaharli moddalar
bilan zaharlanishi borasida to’xtalar ekanmiz, shu ta’sirchan moddalarning
odamlar ishlaydigan zona havosida va umuman, aholi yashaydigan punktlar
havosida har xil miqdorda bo’lishini nazarda tutish kerak bo’ladi. SHunga
ko’ra pesticidlarning ish joyi havosida va aholi yashaydigan punktlar
havosida yo’l qo’yiladigan koncentraciyalar tafovut qilinadi. SHu narsa
ayonki, zaharli ximikatlar bilan ishlanadigan zonada, ya’ni ximikatlar
ishlab chiqaradigan korxona cexlari, mazkur moddalarning ishchi
eritmalari, dustlarni tayyorlaydigan joylarda, ximikatlar saqlanadigan
binolar havosida bu preparatlarning koncentradiyasi boshqa joylardagidan
farqli o’laroq, ko’proq bo’ladi. CHunki ular ish jarayonida, ishlab chiqarish
vaqtida changib, to’zib mayda-mayda zarralar holida havoga o’tadi.
Zaharli kimyoviy moddalarga xos yana bir tomon borki, bir qator
pesticidlar, jumladan fosfororganik birikmalar ayniqsa yozda, kun issig’ida
ko’proq bug’lanadi va ularning havodagi koncentraciyasi yanada ortib
ketadi. Aholi yashaydigan joylar havosida zaharli kimyoviy moddalarning
hosil bo’lishi asosan ikki sababga bog’liq:
Birinchidan, zaharli ximikatlar aksari turli texnika vosita-lari, qishloq
xo’jalik aviaciyasi, traktor purkagichlari yordamida sepiladi, purkaladi va
yana boshqa yo’llar bilan ishlov byeryladi.
SHu vositalardan foydalanish vaqtida sepilayotgan pesticidlar, tabiiyki,
avvalo havoga uchadi. Havoning kimyoviy moddalar o’tgan qatlami
keyinchalik boshqa qatlamlarga aralashib, pirovardida aholi yashaydigan
joylargacha etib borishi va arzimas miqdorda bo’lsa ham o’zi bilan birga
zaharli moddalarni olib kelishi mumkin. SHu boisdan ham aholi istiqomat
483
qiladigan joylar bilan kimyoviy ishlov byeriladigan ekinzorlar orasida
sanitariya-himoya zonasi bo’lishi talab etiladi.
Ikkinchidan, ekin maydoniga ishlatiladigan zaharli kimyoviy
moddalar o’simlik poyasi, barglari va tuproqdan bug’lanib, havoga o’tadi.
Ayniqsa, issiq sharoitda juda ko’p zaharli kimyoviy moddalar bug’lanish
xususiyatiga, ega, shu tufayli ham atmosfera havosi mazkur pesticidlar
qo’llanilgan joylarda tezda ifloslanadi. Pesticid bug’lari bilan ifloslangan
havo organizm uchun juda xavfli hisoblanadi.
SHuni aytish kerakki, zaharli kimyoviy moddalar aviaciya vositasida
sepilganida ifloslanish zonasi (doirasi) 1000-1500 m gacha cho’zilishi
mumkin. Bunda kimyoviy moddalar bilan ishlov byeriladigan maydon va
aholi turar joylar o’rtasidagi himoya masofasi zaharli ximikatlarning
uchuvchanlik xususiyatlarini, zaharlilik darajasini nazarda tutib hamda
ularning havoda muallaq turishi va sepilgan, purkalgan pesticidlar necha
kunga qadar havoda turib qolishini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Masalan, bir vaqtlar g’o’zaning defoliaciyasi uchun keng ko’lamda
ishlatilgan butifos uchun sanitariya masofasi 1500 m dan 2000 m gacha,
GXCG uchun 1000 m, defos uchun 500 m ga teng bo’lgan bunday
sanitariya-himoya zonalari ilmiy asosda, chuqur tadqiqotlar natijasida
tavsiya etilib, Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya Bosh
boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
43-j a d v a l
Do'stlaringiz bilan baham: |