133
sutkada sarflanadigan suv hajmi;
d)
suv manbalaridagi suvning sifati to’g’risida dalillar;
e)
yuza
oqova suvlarning oqish tartibi, faslga qarab ular
miqdorining o’zgarishi, suv xarajatlarining katta, o’rtacha va kichik
miqdorlarini aniqlash;
j) shimoliy zonalarda suv yuzasidagi muz qatlamlari harakat davrini
hisobga olish, aholi uchun taxminiy
suv xarajatini hisoblash, bunda yilning
eng kam suvli davri hisobga olinadi.
Markazlashgan vodoprovod suvi uchun yuza suv havzalari tanlanganda
suvning tarkibiy qismi va uning xossalari quyidagi gigienik talablarga javob
byermog’i kerak.
134
16- j a d v a l
Xo’jalik-ichimlik suv bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan ochiq suv havzasidagi
suvlarning tarkibi va xossalari
Ko’rsatkichlar
Gigienik talab va normalar
Suzib yuruvchi moddalar
Hidi, mazasi
Rangi
Suvning reakciyasi
Minyeral tarkib
Oksigenga bo’lgan bioximik talab
Suvning
baktyerial tarkibi
Kimyoviy toksik moddalar
Suv yuzasida suzib yuruvchi yog’ pardalari,
dog’lar, minyeral yog’lar va boshqa moddalar
yig’indisi bo’lmasligi lozim
Oddiy yoki xlorlangan suvning hidi, mazasi
ruxsat etilgan 2 balldan oshib ketmasligi kerak.
20 sm yuqoridan qaraganda suvning rangi
bo’lmasligi kerak.
rN 6,5—8,5 dan ortib ketmasligi kerak.
Quruq qoldiq 1 l suvda 1000 mg dan oshmasligi
kerak, shular ichida xloridlar 350; sul’fatlar 500
mg/l hisobida bo’ladi.
20° li 1 litr suvda oksigen uchun bo’lgan talab 3
mg dan ortmasligi kerak.
Suv iifekcion kasallik qo’zg’atuvchi patogen
mikroblarni ushlamasligi kerak. Ichak
tayoqchalari soni (koli-indeksi) 1 l suvda 10 000
dan ortmasligi lozim.
Sog’liqii saqlash
vazirligi tomonidan ruxsat
etilgan va tasdiqlangan normadan ortib
ketmasligi kerak.
Markazlashgan vodoprovod uchun mo’ljallangan suv havzalaridan
quyidagi usulda suv namunalari olinadi. Suv mo’ljallangan nuqtadan 1 km
yuqoriroqdan oqimga qarshi olinadi. Mobodo suv oqmaydigan bo’lsa (ko’l,
suv ombori va boshqalar), u holda suv olinadigan joydan ikkala tomonga
barobar 1 km li masofadan suv namunalari olinadi, Hozir doimiy suv olish
joylari mavjud bo’lsa, undan namunalar olish suv chiqarish motorlaridan
nariroqda amalga oshiriladi. Namunalar yiliga 12 marta olinadi, ya’ni har
oyda 1 marta suv namunasi olib turiladi. Suv havzasini tanlashda keyingi 3 yil
135
davomida olingan suv namunalari natijasidan ham foydalansa bo’ladi. Albatta
har bir suv namunasi analiz qilingandan so’ng maxsus protokol bilan
hujjatlashtiriladi va unga imzo chekiladi. Bu laboratoriya boshlig’i tomonidan
amalga oshiriladi.
Agar sanitariya-epidemiologiya sharoiti yaxshi bo’lmasa,
suvning koli-
indeksi 10 mingdan ortiq bo’lsa suv namunalari qo’shimcha patogen ichak
mikroblari, viruslar va axlat bilan ifloslanganligini bilish maqsadida
sinchkovlik bilan analiz qilinishi kerak.
Mabodo, tanlangan ochiq suv havzasi gigiena talabiga javob byer-masa,
sanitariya-epidemiologiya stanciyasi xodimlari bilan masla-hatlashib
qo’shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Suv sifati yaxshilanib, Davlat
standartiga to’g’ri keladigan darajaga etkaziladi.
Aholini markazlashgan vodoprovod suvi bilan ta’minlashda suv
manbaining o’z-o’zini tozalash xususiyatiga katta ahamiyat berish kerak.
Suvning o’z-o’zini tozalash jarayoni S. N. Stroganov tomonidan 1948 yilda
yaxshi o’rganilgan.
S.N. Stroganov olib borgan tajriba shuni ko’rsatdiki, ichak
tayoqchalarining nobud bo’lishi soatiga 2% ga teng bo’lsa, yoz vaqtida 48
soat davomida suvning baktyeriyalardan o’z-o’zini tozalashi 90% ga etishi
uchun kamida 3 kun vaqt kerak.
Steeb tomonidan tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, AQSH dagi
daryolar
suvi o’z-o’zini tozalashi natijasida 48 soatdan keyin unda ichak tayoqchasi
6,7% qolar ekan. Qish faslida suvning o’z-o’zini tozalash jarayoni ancha
uzoq, ya’ni 6 kunni talab etadi. Masalan, keyingi vaqtda Qoraqum kanalining
ifloslanish darajasi yuqorilab ketdi. Bunga minyeralligi yuqori bo’lgan
kollektor va zax suvlarning quyilishi sabab bo’lmoqda.
Kanal va daryo bo’ylari yaqinida joylashgan qishloq va posyolkalarning
ko’payishi, suvdan sport va dam olish maqsadlarida foydalanishlar suvning
sanitariya holatini buzib, epidemiologik nuqtai nazardan
anchagina xavfli
136
qilib qo’yishi mumkin. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, aholisi kam turar
joylarda mollarni sug’orish va ularni suv yoqalarida o’tlatish suvlarning
ifloslanishiga sabab bo’lgan, suvning koli-indeksini o’zgartirgan. Agar 1 km
2
maydondagi odamlar soni 300 dan ortib ketsa, suv havzalari juda tez va uzoq
masofalargacha ifloslanar ekan.
Kanal suvlaridan kir yuvish, cho’milish maqsadlarida foydalanilganda
suvning sifati tez buziladi, uning sanitariya holati pasayib, baktyeriologik
ko’rsatkichlari tezda yomonlashadi.
Sut fyermalari, tovuqxonalardan
chiqadigan chiqindi suvlar, ax-
latlarning suvga oqizilishi suvning sanitariya holatini buzib, or-ganoleptik
xususiyatlarini o’zgartiradi, kimyoviy ko’rsatkichlari esa yuqori bo’ladi.
Kanalni balchiq va botqoqliklardan tozalash vaqtida ham uning
baktyeriologik, kimyoviy va organoleptik xususiyatlari buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: