16-LАBORАTORIYA ISHI
Mavzu: Quritish jarayonining kinetikasi
Ishning maqsadi: Quritish tezligini qisqa vaqt davomida material namligini kamayishi orqali aniqlash.
Ishning ahamiyati: quritish egri chizig’I yordamida havoning nisbiy namligini aniqlash.
Ishning nazariy asoslari
Materiallarni quritish jarayonida namligini yo’qotish murakkab masalalardan hisoblanadi. Avval namlik materialning ichki qismlaridan uning yuzasiga tarqaladi, so’ngra material yuzasidan tashqariga chiqib ketadi. Material tarkibidan namlikning bug’latib chiqarish intensivligi t material yuzasi birligi F dan, vaqt birligi ichida bug’langan namlikning miqdori bilan o’lchanadi:
(16.1)
bu yerda W - quritish paytida materialdan ajralib chiqqan namlik massasi; g - quritish jarayonning umumiy vaqti.
Namlikning bug’lanish intensivligi, nam material va atrof-muxit o’rtasidagi issiqlik va massa almashinish mexanizmiga bog’liq. Bu mexanizm juda murakkab bo’lib, ikki bosqichdan iborat
a) namlikning material ichida siljishi;
b) material yuzasidan namlikning bug’lanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |