Quritish tezligi va davrlari
Quritgichlarni hisoblash va loyihalash uchun quritish tezligini bilish zarur. Quritish tezligi U cheksiz qisqa vaqt dτ davomida material namligining kamayishi dW orqali aniqlanadi:
(16.4)
Quritish tezligi tajriba yo’li bilan laboratoriya qurilmalarida topiladi. Bu qurilma ventilyator, elektr isitkich, quritish kamerasi va tarozidan tashkil topgan. Elektr isitkichda qizdirilgan havo ventilyator yordamida quritish kamerasiga uzatiladi. Kameraning eshikchasi orqali nam material taroziniig bir pallasiga joylashtiriladi. Quritish jarayoni davomida materialning massasi (namligi) kamayib boradi. Olingan tajriba natijalari asosida quritish egri chizigi quriladi. Quruq va ho’l termo-metrlar yordamida havoning nisbiy namligi aniqlanadi.
Material namligi W ning vaqt davomida havo parametrlari o’zgarmas bo’lganda (t = const, φ = const, ω = const) olingan grafik bog’liqligi quritish egri chizig’i deb yuritiladi (16.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |