V bob. Saylovoldi tashviqotini o‘tkazish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish 48. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi butun hududida saylovoldi tashviqotini o‘tkazish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari va okrug saylov komissiyalari tegishli hududida saylovoldi tashviqotini o‘tkazish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
49. Saylovoldi tashviqotini o‘tkazish shartlari va tartibini buzganlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
50. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan kelishilgan.
31.
Ovoz berish binolari hamda uchastka saylov komissiyalari binolari va ularni jihozlashga doir talablarni tahlil qiling 1066 V bob. Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonalarini jihozlash 24. Saylov uchastkalarida ovoz berishni tashkil etish va uni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan binolar va jihozlarni davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar uchastka saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.
Lozim bo‘lgan darajada jihozlangan ovoz berish xonalari tuman va shahar hokimliklari tomonidan uchastka saylov komissiyalariga saylovdan kamida o‘n bir kun oldin taqdim etilishi kerak.
25. Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar o‘rnatilgan tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning ustida va ichida);
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);
saylov uchastkasining tartib raqami ko‘rsatilgan peshlavha (8a-ilova);
yorug‘ va keng ovoz berish xonasi;
qulflanadigan seyf yoki metall shkaf;
yozuv anjomlari bilan ta’minlangan va yorug‘ (zarurat bo‘lganda chiroq o‘rnatiladi) yashirin ovoz berish kabinalari (1000 nafargacha saylovchi uchun kamida 2 ta, 2000 nafargacha saylovchi uchun kamida 3 ta, 3000 nafargacha saylovchi uchun kamida 4 ta);
zarurat bo‘lsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan yashirin ovoz berish kabinalari;
statsionar saylov qutisi;
ko‘chma saylov qutisi;
plastmassali plombalar (umumiy 7 dona, shundan, 3 tasi statsionar saylov qutisi uchun, 1 tasi ko‘chma saylov qutisi uchun, 1 tasi qop uchun, 2 tasi zaxira uchun);
uchastka saylov komissiyasining muhri;
zarur mebellar, orgtexnika vositalari (kompyuter, printer, skaner, nusxa ko‘chiruvchi uskuna, UPS), telefon, televizor;
ikkitadan kam bo‘lmagan SJBAT talablariga javob beruvchi kompyuter va ularga kerakli bo‘lgan moslamalar (UPS, printer, skaner va boshqalar) hamda uzluksiz internet aloqasi;
kuzatuvchilar uchun alohida joylar;
yong‘inga qarshi vositalar.
Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va unga olib boruvchi yo‘laklar ozoda va ta’mirlangan, yoritish moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
26. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga taalluqli ma’lumotlar joylashtiriladigan stendlarda quyidagilar joylashtiriladi:
saylov sanasiga bag‘ishlangan plakatlar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga___kun qoldi);
saylov uchastkasining xaritasi;
uchastka saylov komissiyasi a’zolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchilik jadvali haqidagi axborot (8b-ilova);
ro‘yxatga olingan nomzodlarning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi (8v-ilova);
uchastka saylov komissiyasida saylovchilar murojaati uchun Markaziy saylov komissiyasining ishonch telefoni yoki elektron manzili, okrug saylov komissiyasi, tegishli tuman (shahar) sudi va prokuraturasining telefon raqamlari aks ettirilgan ma’lumotlar;
ovoz berish tartibi;
saylovchilar ro‘yxati (8g-ilova);
saylovga oid infografik ko‘rinishdagi tushuntirish materiallari.
27. Stendlarda joylashtiriladigan materiallarda saylovoldi tashviqotiga oid nishon va alomatlar bo‘lmasligi kerak.
28. Ovoz berish xonasiga olib boruvchi yo‘llarda saylov uchastkasining mazkur Nizomning 9-ilovasida belgilangan shakldagi ko‘rsatkichlari ko‘rinarli joylarga joylashtirilishi kerak.
29. Uchastka saylov komissiyasi binosiga kirish joyida nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yo‘laklari (panduslar) bo‘lishi va ularning belgilangan talablarga (eni kamida 90 santimetr, chiqish burchagi 300 dan ko‘p bo‘lmagan) mos kelishi kerak.
30. Uchastka saylov komissiyasida yuritiladigan quyidagi ish yuritish daftari va jildlari bo‘lishi lozim:
uchastka saylov komissiyasining qarorlari, bayonnomalari va dalolatnomalarining jildi;
kirish, chiqish hujjatlarini ro‘yxatga olish daftari va jildi;
kuzatuvchilarni ro‘yxatga olish daftari.