1. Saylov huquqi fani predmeti, maqsad va vazifalarini batafsil muhokama qiling



Download 0,65 Mb.
bet51/70
Sana07.03.2022
Hajmi0,65 Mb.
#485763
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Bog'liq
Saylov oraliq Javoblari

2-bob. SJBAT operatori
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi SJBAT operatori (keyingi o‘rinlarda Operator deb ataladi) hisoblanadi.
7. Quyidagilar Operatorning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
SJBATni yanada takomillashtirish va unga texnikaviy xizmat ko‘rsatish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
SJBATning samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
SJBATni idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalash;
SJBATning axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
3-bob. SYERni shakllantirish tartibi
8. SYER:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi (keyingi o‘rinlarda DPM deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomning 2-bandiga muvofiq taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi;
saylov kampaniyasi davrida saylovchilar ro‘yxatlarini aniqlashtirish orqali saylov komissiyalari tomonidan taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotlar asosida shakllantiriladi va yangilab boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
SYER har olti oyda bir marta, saylov kampaniyasi davrida esa MSK tomonidan DPM va Operator bilan kelishilgan holda tasdiqlangan jadvalga muvofiq yangilanadi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
9. Quyidagi davlat organlari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) DPMga tegishli ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etadilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
fuqarolarning doimiy va/yoki vaqtinchalik yashash manzili to‘g‘risida;
fuqaroligi belgilangan tartibda tugatilgan shaxslar to‘g‘risida;
Oldingi tahrirga qarang.
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar to‘g‘risida;
(9-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etilgan shaxslar to‘g‘risida;
vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar to‘g‘risida — saylov boshlanishidan uch oy avval;
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan va vazirlik tizimi harbiy qismlaridagi fuqarolar to‘g‘risida — saylov boshlanishidan olti oy avval;
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi — fuqarolarning o‘limini ro‘yxatga olish to‘g‘risida;
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
vazirlik tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar to‘g‘risida — saylov boshlanishidan ikki oy avval;
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan, harbiy qism hududidagi kazarmalar, yotoqxonalar va xizmat turar joylarida yashayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari to‘g‘risida — saylov boshlanishidan to‘rt oy avval;
oylik harbiy yig‘in o‘tayotgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari to‘g‘risida — saylov o‘tkaziladigan oyning ikkinchi o‘n kunligiga qadar;
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
g) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — sudlar tomonidan muomalaga layoqatsiz (layoqatli) deb topilgan fuqarolar to‘g‘risida;
Oldingi tahrirga qarang.
d) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
yashash davlatini (O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarini) ko‘rsatgan holda doimiy yoki vaqtinchalik konsullik hisobida turgan fuqarolar to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan o‘sha davlat hududida turgan fuqarolar to‘g‘risida;
(9-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi — fuqarolarning ko‘chmas mulk obyektlari kadastr raqamlari, ular joylashgan manzili va geolokatsiya (geokod) to‘g‘risida;
j) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
vazirlik (tashkilot) tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar to‘g‘risida — saylov boshlanishidan uch oy avval;
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan va harbiy qismlardagi fuqarolar to‘g‘risida — saylov boshlanishidan to‘rt oy avval.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qaroriga asosan “e” va “j” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Vakolatli organlar ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq DPMga ma’lumotlarni elektron shaklda jismoniy shaxsning identifikatsiya raqamini (agar mavjud bo‘lsa), pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda bo‘lsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami, tug‘ilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi, millati, familiyasi, ismi va otasining ismini (davlat tilida, lotin yozuvida) ko‘rsatgan holda, fuqarolarning yashash joyi manzili (davlatlar, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, tumanlari, aholi punktlari va ko‘chalari, kadastr raqamlari, ular joylashgan manzili va geolokatsiya (geokod) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni esa DPM va Operator bilan o‘zaro kelishilgan texnik yo‘riqnomadagi ma’lumotnomalar (keyingi o‘rinlarda ma’lumotnomalar deb ataladi) asosida yuboradilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
11. DPM quyidagilarni ta’minlaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 9-10 bandlariga muvofiq vakolatli organlardan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish va shakllantirish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
vakolatli organlardan kelgan ma’lumotni identifikatsiyalash;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxatidan saylash huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarni chiqarish;
ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotni elektron shaklda Operatorga taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
12. SYERni yangilash DPM tomonidan Operatorga harbiy xizmatchilardan tashqari, saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi ro‘yxatni elektron shaklda uzatish yo‘li bilan quyidagilarni ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi:
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda bo‘lsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va raqami;
davlat tili lotin yozuvida familiyasi, ismi va otasining ismi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining tug‘ilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi va millati;
ma’lumotnomalar asosida joylashuv (yashash) joyi manzillari.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish