73-modda. Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi.
Deputat etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega bo‘ladi.
Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma shaklda ma’lum qilishi shart.
Qonunchilik palatasi deputatlariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘n kun ichida guvohnoma va ko‘krak nishoni beriladi.
44.
Saylovchilarning yagona elektron ro`yxati va u bilan ishlash tartibini tahlil qiling 630-son VMQ O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda SYER deb ataladi) shakllantirish, yuritish, yangilash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son) Oldingi tahrirga qarang. 2. SYER O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan (shu jumladan saylov kuni), doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manziliga ega bo‘lgan, muomalaga layoqatli, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlari uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanmayotgan fuqarolari (keyingi o‘rinlarda saylovchi fuqarolar deb ataladi) kiritiladigan davlat axborot resursi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda bo‘lsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi (davlat tilida, lotin yozuvida), tug‘ilgan sanasi (yyyy.oo.kk), doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash joyi manzili va uning kadastr raqami Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotlar hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son) 3. SYERga kiritilgan saylovchi fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan iborat bo‘lgan axborotlar bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (keyingi o‘rinlarda MSK deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
4. SYER saylov jarayonini boshqarish bo‘yicha axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda SJBAT deb ataladi) vositasida shakllantiriladi va uning tarkibiga kiradi.
Quyidagilar SJBATning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xavfsiz aloqa kanallari bo‘yicha idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalash orqali SYERni shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang. SYERga tuzatish kiritish imkoniyati bilan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchi fuqarolarni taqsimlash vositalarini taqdim etish;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son) saylovchi fuqarolarga o‘z saylov uchastkalariga oid axborotlar bilan tanishishga va saylov uchastkasini o‘zgartirishga so‘rovnoma yuborish imkonini berish;
SYERda saqlanadigan ma’lumotlardan foydalanuvchilarning foydalanish va saylov uchastkalari bo‘yicha ro‘yxatlarga tuzatish kiritish huquqlarini taqsimlash.
Oldingi tahrirga qarang. SYERdagi ma’lumotlarni saylov uchastkalari chegaralari doirasida avtomatik ravishda taqsimlash.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi SJBAT va uning tarkibiga kiruvchi SYER egasi hamda SJBAT va SYERni yanada takomillashtirish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)