Yakuniy nazorat ishi Psixologiya nazariyasi va tarixi (Fan nomi) Yo’nalishi : Pedagogika va psixologiya Familya ismi: Mavlonov Ilxom Guruh: 1-4 Variant – 18 1. savol. Amaliyotchi psixologning kasbiy sifatlarini yoriting. Bugungi kunda kopchilik umumiy orta talim maktablari ozining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va oqituvchilar kopincha psixologning qolidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa ozgarmaganini korishgach, ularda «Maktab psixologining ozi nima keragi bor?» degan tipdagi savollar tugiladi.
Shuni alohida takidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog organgan nazariy bilimlar etmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar kopincha amaliyotning ular oldiga qoygan muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak. Psixologik maslahatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy orta talim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:
1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan tolaqonli rivojlanishini taminlash, ularda oz-ozini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish:
2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik organilishini taminlash:
3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin bolgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog oqituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas.
Psixolog maktabda engib otishi kerak bolgan birinchi tosiq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qoshila olishdir. Bordi-yu, psixolog bu murakkab organizmga qoshilib keta olmasa, oz ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir.
Psixolog adaptastion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab boladi. Kopincha oqituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni orgatuvchi inson sifatida korib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. Oz- oziga ishonchi sust bolgan oqituvchilar psixologni goyo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning maktab sharoitiga tez konikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi.
Buning oldini olish uchun psixolog oqituvchilar bilan ozaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham ozini bilagon qilib korsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, oqituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul qilsinlar.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog mamuriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmas-ligini,mojizalar korsatish uning qolidan kelmasligini tushuntirishi lozim.
Oqituvchi bilan bolgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik muammo bolmagani uchun u boyicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan qorqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qoyishda ota-onalar bilan aloqa ornatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bolishi va ozi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni ajratishi lozim.
Demak, umumiy orta talim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:
1. Ozining pedagoglar jamoasi va maktab mamuriyati bilan bolgan munosabatlarni togri yolga qoyishi.
2. Oz ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini taminlash ekanini doim yodda saqlashi.
3. Ozining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bogliq bolgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida etibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan uning oldini olgan maqulroq- da) lozim boladi.