Vаriаnt №17
1. Resurslar, mahsulotlar, daromadlarning doiraviy aylanish modeli va uning turlari.
2. Monopoliyaning turlari: Legal va sun'iy monopoliyalar.
3. Foyda normasiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar.
Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo’linadi: uy xo’jaliklari va
firmalar. Uy xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga
sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatla olishga ishlatadilar. Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan
daromadni uy xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.
Quyida keltirilgan 1-chizmadan ko’rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima
iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy
xo’jaliklari hal qiladi. Uy xo’jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab
chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo’lishi kerak. Firmalar, o’z navbatida,
noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim.
Nihoyat, uy xo’jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari
kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo’yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi
kerak bo’ladi.
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab
chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.
Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo’jaliklari sektori
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor
tovarlar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsa, talab va taklif
modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar
bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsalar model sotiladigan
resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi. Har bir bozor o’zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’ektiga ega: sotuvchilar
va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir
ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab
va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo’jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo’lib hisoblanadi.
Bunday axborot bir vaqtning o’zida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash
muammosini echish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining
oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash to’g’risida signal bo’lsa,
firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni
tiklash to’g’risida muhim axborot bo’lib xizmat qiladi.
Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni
ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va
resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish
masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bog’liq xarajatlarga
transaktsion xarajatlar deyiladi.
Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar
qarorlarini vaqt bo’yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers)
bozorining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi,
ularning narxlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga, ularning kelajakda nisbatan
noyobligi to’g’risida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar
bunday narx axborotlariga ko’ra, o’zlarining joriy xo’jalik rejalarini qayta ko’rib
chiqadilar va o’zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar.
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning
doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model
makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni
davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi
firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi (1-chizma).
Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy
resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib
olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor
mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar -
tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo’nalishda “daromadlar -
xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo’jaliklari o’zlari
etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va
xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar
uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad
oladilar.
«Monololiya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, yunoncha «topos» - yagona, bitta va «rogeo» - sotaman) tarkib topsada. biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha ta’riflash o’rinli deb hisoblaymiz: monopoliya -monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan xukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalarning birlashmalari). Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi. Ishlab chiqarish to’planishining asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko’paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo’shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo’shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o’sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendentsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to’planishining moddiy asosi bo’lib kapitalning to’planishi va markazlashuvi hisoblanadi.