Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar, ishning bajarish tartibi, xavfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari.
1.Qanday hollarda qattiq kavsharlar bilan kavsharlanadi?
2.Qattiq kavsharlar bilan qoviyalash qanday amalga oshiriladi?
3.Qattiq kavsharlar bilan kavsharlash uchun qanday flyuslar ishlatiladi?
4. Kavshrlash ishlarida mehnat xavfsizligi qoidalari.
30 – AMALIY ISh
PODShIPNIKLARNI OQARTIRISh VA ULARGA BABBIT QUYISh
Ishning maqsadi:
1. Oqartirish.
2. Podshipniklarga babbit quyish.
Taxminiy ish ob’ektlari: po‘lat listdan yasalgan buyumlar, podshipniklarning yaxlit va ajraladigan ichqo‘ymalari.
Jihozlar va asboblar: har xil egovlar, yassi va uch ѐqli shaberlar, temirchilik qisqichi, yassi jag‘li ombur, jilvir qog‘zi.
Moslama va materiallar: kavsharlash lampasi, kislotaga bardoshli vanna, yuvish vannasi, babbit eritiladigan 2-3 l sig‘imli tigel, babbit quyiladigan cho‘mich, xlorli rux eritmasi, xlorid kislotaning 25% li eritmasi, kaustik sodaning 10% li eritmasi, qalay, babbit, nashatir, latta-putta, kanop, tamponlar, brezent qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |