Asosiy yo‘l qo‘yadigan xatolar hamda ularning oldini olish
Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlashda talabalar ko‘pincha yuzalarni kavsharlashdan oldin tozalashdi va kavsharlagichga qalay yugurtirishda qiynaladilar.
Yuza jilvir qog‘oz bilan emas, balki shaber bilan tozalash kerak. Tozalangan joyga qo‘l tekkizmaslik kerak, chunki bunda ham yuza moylanib koladi.
Kavsharlagichga qalay yugurtirishda uni ko‘pincha o‘ta qizdirib yuboradilar, natijada unda qasmoq hosil bo‘lib, qalayni o‘ziga yuqtirmaydi (kavsharlagichni yana egovlab tozalashga to‘g‘ri keladi).
Agar kavsharlagichning o‘lchami noto‘g‘ri tanlansa, ulkan detallarni kavsharlashda jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shu narsani hisobga olish kerakki, kichik o‘lchamli kavsharlagich bilan katta detallarni kavsharlash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |