Ish bo‘yicha hisobotda: Ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar, ishning bajarish tartibi, havfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari.
1.Ichki rezba qanday kesiladi?
2.Rezba kesishda asboblarni nima uchun moylanadi?
3.Rezba kesishda qanday sovutish suyuqliklaridan foydalaniladi?
4.Rezba kesishda uchraydigan nuqsonlarni ayting.
19 – AMALIY ISh
PARChINLI BIRIKMALAR YaSASh
Ishning maqsadi:
- parchin mix birikmalarining turlarini; parchinlashning vazifasi va usullarini; bu ishda qo‘llaniladigan asbob va moslamalarni; ish o‘rnini tashkil qilish, ishlash xavfsizligi qoidalarini; parchinlash bolg‘achalari bilan ishlash usullarini foydalanish kabi qoidalarini o‘rganishlari.
-teshiklar rejalash, parmalash va zenkerlash; yarim doiraviy, yashirin va yarim yashirin kallakli parchin mixlarning uzunligini aniqlash; sharnirli choklarni, bitta va ikkita ustqo‘yma bilan va ustma-ust qo‘yib parchinlash; pnevmatik bolg‘achalarda ishlash; ish o‘rnini tashkil qilish; xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish kabi amallarni egallashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |