Talabalar duch keladigan qiyinchiliklar va yo‘l qo‘yadigan xatolar hamda ularning oldini olish
Talabalar rezba kesiladigan teshikni parmalash uchun parma diametrini noto‘g‘ri tanlaydilar, bunga ularning ma’lumotnoma jadvallaridan foydalanishni bilmasliklari sabab bo‘ladi.
Metchiklar bilan rezba kesishda talabalar ko‘pincha vorotok dastasining uchidan ushlaydilar, bu rezbaning qiyshayishiga olib keladi. Rezba kesish boshlanganida metchikka ѐki doiraviy plashkaga bosishni metchik ѐki sterjen o‘qi bo‘ylab yo‘naltirish lozim, buning uchun ishlovchining qo‘li vorotok uchida emas, balki asbobga yaqin joylashishi kerak; ba’zan o‘ng qo‘l asbobga yaqin bo‘lishi lozim; gohida o‘ng qo‘l bilan asbobga bosib, chap qo‘l bilan vorotokni aylantirish mumkin. Talabalar rezbaning ichki diametrini yanglish belgilab, uni teshikning haqiqiy diametri deb qabul qiladilar, bu ham ma’lumotnoma jadvallaridan foydalana bilmaslik oqibatidir (teshik diametri rezbaning ichki diametridan bir oz kattaroq bo‘lishi kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: |