1. Rejalash asboblaridan foydalanish



Download 3,82 Mb.
bet138/144
Sana04.02.2022
Hajmi3,82 Mb.
#430631
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144
Bog'liq
(CHILANGARLIK)

Taxminiy ish ob’ektlari: uchlikli mis naychalar, kalta naychali flaneslar, plastinkali qisqichlar.
Jihozlar va asboblar: turli egovlar, qo‘l qaychi, o‘tkir jag‘li ombur, yassi jag‘li ombur, temirchilik qisqichi.
Moslama va materiallar: kavsharlash lampasi, ko‘ra, mufelli pech ѐki gaz gorelkasi, bura, mis-ruxli kavshar (qalinligi 0,5- 0,7 mm. li taxta, 1,0-1,2 mm. li metall chiviq), 0,5-0,6 mm. li to‘qish simi (po‘lat ѐki nixrom), xlorid kislotaning 25% li eritmasi.


Ishning bajarish tartibi



Kavsharlashga tayѐrlash

1.Detallarni kavsharlashga tayѐrlash.



1.Detallarning kavsharlanadigan joyi bir-biriga moslanadi.Ular o‘zaro qanchalik jips moslashtirilgan bo‘lsa, kavsharlash shunchalik sifatli chiqadi. Detallarning kavsharlanadigan joylari ang,ifloslikdan tozalanib, xlorid kislotaning 25% li eritmasi bilan yuviladi.

2.Kavshar tayѐrlash va uni qoliplarga quyish.



2.Taxtasimon mis-ruxli kavshardan plastinkalar qirqiladi. Ularning o‘lchami kavsharlanadngan joyga bog‘liq. Kavsharni bura va kavshar qirindisidan (2:1 nisbatida) iborat kukun ko‘rinishda ham tayѐrlash mumkin. Qalay-qo‘rg‘oshinli POS-30 qotishmasi keng tarqalgan kavsharlardan kavshar tayѐrlash (agar kerak bo‘lsa) ish vaqtida ajralib chiqadigan bug‘lar va gazlarning zararli ta’siridan ishchilarni himoyalaydigan umumiy shamollatish qurilmalari va mahalliy havo so‘rish qurilmalari bilan jihozlangan alohida xonada bajariladi (a). Tigel ѐki po‘at cho‘ich iflosliklar va zangdan tozalanadi, ular tortish - zonti bilan ihozlangan gorndagi taglikka puxta o‘rnatilgan bo‘ladi. Suv bug‘lanib ketishi uchun cho‘mich qizdiriladi, so‘ngra unga qiyin eriydigan metall (qo‘rg‘oshin) solib eritiladi. Shundan keyin erigan qo‘rg‘oshinga oz-ozdan qalay (massasi bo‘yicha qo‘rg‘oshindan ikki baravar ko‘p qalay to‘liq suyuqlanib ketguniga qadar) qo‘shiladi. Suyuqlanish vaqtida kuyib va oksidlanib ketmasligi uchun suyuq qotishma yuziga maydalangan pista ko‘mir sepiladi. Kavshar butunlay suyulganida uning sirtidagi toshqol olib tashlanadi, so‘ngra kavshar qolipga quyiladi. Quyish paytida odatda, burchaklik po‘latdan tayѐrlangan toza yuzali qolipdan foydalniladi, kavshar uzunligi 300-500 mm.li kichikroq kesimli chiviqlar tarzida olinadi (b). Suyulgan kavshar tomchilaridan kuyib qolishning oldini olish uchun quyish vaqtida himoya kuzoynaklarini taqish va qo‘lqoplar kiyish kerak.

3.Kavsharlanadigan detallarni biriktirish.

3.Kavsharlanadigan joy ustiga kavshar bo‘lakchalari qo‘yiladi va detallar kavshar bilan ingichka to‘qima sim ѐrdamida bog‘lanadi. Kukun bilan kavsharlanganda, kavsharlanadigan joy kavshar bilan qoplanmaydi.

4.Issiqlik manbaini tayѐrlash

4.Kavsharlash lampasi tayѐrlanadi, mufelli pech ishga tushiriladi ѐki gaz gorelkasi alangalatiladi. Issiqlik manbaini tayѐrlashda xavfsizlik texnikasi va ѐng‘inga qarshi kurash qoidalariga amal qilish kerak

Detallarni qattiq qotishma bilan kavsharlash

1.Kavsharlashni bajarish.


1.1-usul.Kavsharlash joyi unga mahkamlangan kavshar plastinkalari bilan birga bura bilan qoplanadi va bura kukuni erigunicha qizdiriladi. Bundan keyin ikkinchi marta bura cepiladi va kavshar erigunicha qizdirish davom ettiriladi, kavshar bir-biri bilan biriktirilaѐtgan detallar orasidagi tirqishga to‘ldiriladi. 2-usul.Kavsharlanadigan joy (kavshar bo‘lakchalarisiz) qizil tus olgunicha qizdirilib, bura hamda kavshar qirindisining aralashmasi bilan qoplanadi, so‘ngra kavshar eriguncha qizdiriladi. 3-usul.Kavsharlanadigan joy (kavshar bulakchalarisiz) qirmizi rangga kirgunicha qizdirilib, bura bilan qoplanadi, so‘ng unga ingichka kavshar chivig‘iniig uchi yaqinlashtirilib, qizdirish davom ettiriladi (chiviq erib, kavshar biriktiriladigan detallar orasidagi tirqishga o‘tadi). Kavsharlangandan so‘ng detallar sovitiladi, yuviladi va kavsharlangan joy bura, kavshar va to‘qima sim qoldiqlaridan tozalanadi.

2.Kavsharlash sifatini tekshirish.

2.Kavsharlangan joy dastlab ko‘zdan kechiriladi. Chokning puxtaligini tekshirish uchun kavsharlangan joyga og‘ir metall bilan urib ko‘riladi. Kavsharlash sifatsiz bo‘lsa, detal kavsharlangan joyidan sinadi.




Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish