26. Doniyolbiy otaliq kimlarning qarshiligini sindira olmagan?
A) katta yer egalarining B) harbiylarning
C) Shayxulislomning D) saroy amaldorining
27 . Doniyolbiy otaliq hokimiyatni xalq orasida obro`si katta bo`lgan qaysi o`g`liga topshirgan?
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar
C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
28. Buxoro amirligida Amir Shohmurodning hukmronlik yillarini aniqlang
A) 1756-1758-yillar B) 1758-1785-yillar
C) 1785-1800-yillar D) 1800-1826-yillar
29. Quyidagi qaysi Buxoro amiriga xalq hurmat bilan «amiri ma`sum» (begunoh amir) unvonini bergan?
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar
C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
30. Qaysi Buxoro amiri yoshligida darveshona hayot kechirgan, kеyin pichoqqa qin yasab shu orqali ro`zg`or tebratgan?
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar
C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
31. Buxoro amirligida Amir Shohmurod davrida qaysi mansablarning nufuzi yanada orttirilgan?
A) muhtasib va mutavalli
B) muhtasib va qozi askar
C) qozi askar va mehtar
D) qozi askar va saroy qutvoli
Do'stlaringiz bilan baham: |