34. Qaysi hukmdor Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‘i yozib berdi. Unga ko‘ra, aholi savdo daromadidan to‘laydigan boj solig’idan ozod etildi?
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar
C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
35. Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda … o‘tkazgan pul islohoti ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Islohotga ko‘ra, sof kumush tanga muomalaga kiritildi. Shuningdek, kimda kumush bo’lsa, zarbxonaga kelib undan pul zarb ettirib olishiga ruxsat etildi. Bu kumush chayqovchiligining oldini oldi. Nuqtalar o’rniga hukmdor nomini qo’ying.
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar
C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
36. Buxoroda hokimiyat amalda mang`itlar sulolasi qo`liga o`tgan yilni aniqlang?
A) 1747-yil B) 1750-yil C) 1753-yil D) 1756-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |