1. Quyidagi javoblardan qaysi biri ma’naviyat xazinasiga muqoyasa etilgan?



Download 37,78 Kb.
Sana26.11.2019
Hajmi37,78 Kb.
#27171
Bog'liq
6 sinf adabiyot fanidan testlar


Aim.Uz

6-SINF

1. Quyidagi javoblardan qaysi biri ma’naviyat xazinasiga muqoyasa etilgan?

A) adabiyot B) nutq C) D) ona tili D) A, B

2. Qaysi adib adabiyot haqida “Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o’tin yorishga sarflamaslik kerak” degan ibratomuz fikrni aytgan edi?

A) Chingiz Aytmatov B) Abdulla Oripov C) Abdulla Qahhor D) Oybek

3. Qaysi adib tarjimai holida “Ruhi pok bo’lgan, tarbiyaga quloq soladigan, bolalar dunyosida ishlasam qanday bo’lar ekan”, - deb o’ylay boshladim va qaror ham qabul qildim, bolalar, o’smirlar dunyosiga paqqos o’tib ketdim, deb ta’kidlaydi?

A) G’afur G’ulom B) Xudoyberdi To’xtaboyev C) Chingiz Aytmatov D) Jonatan Svift

4. Qaysi qatorda Xudoyberdi To’xtaboyevning bolalarga bag’ishlangan qissasi berilgan?

A) “Omonboy va Davronboy sarguzashti” B) “Jannati odamlar” C) “Qasoskorning oltin boshi” D) A va C

5. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon sehrli qalpoqcha haqida kimdan eshitadi?

A) Anorboy tog’adan B) onasidan C) o’qituvchisidan D) buvisidan

6. Xudoyberdi To’xtaboyevning qaysi asari ko’pgina jahon tillariga – jami 24 tilga tarjima qilingan va buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodari tahsiniga sazovar bo’lgan?

A) “Sariq devni minib” B) “Shirin qovunlar mamlakatida” C) “Qasoskorning oltin boshi” D) “Sariq devning o’limi”

7. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon qalpoqchaning sehriga to’liq amin bo’lgach, uning sehrli kuchini dastlab nima maqsadda ishlatadi?

A) o’qituvchilarning konspektlarini ko’chirishda B) qishlog’idagi folbinning yolg’onchiligini fosh qilishda C) agranom bo’lish uchun ishlatadi D) o’rtoqlarini qo’rqitish uchun ishlatadi

8. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asaridagi “bolangni jin urgan”, “otaginam sizga dev hamla qilgan”, – deb odamlarni aldagan va dorixonada sotiladigan oddiy dorilarni “Xudoi taolo ato qilgan noyob dorilar” – deb pullagan persanajni aniqlang.

A) Mirobiddinxo’ja B) Soraxon C) Anorboy tog’a D) Hayitvoy

9. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon qaysi cho’lning o’zlashtirilayotgan paytiga duch kelib qoladi?

A) Qarshi cho’li B) Mirzacho’l C) Jizzax cho’li D) Qizilqum cho’li

10. “Sariq devni minib” asarida Hoshimjonning qishlogidagi bo’lar-bo’lmasga ham baqiradigan savodsiz agranom kim edi?

A) Polvon tog’a B) O’rmon aka C) Anorboy tog’a D) Shokirjon

11. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asaridagi qaysi qahramoni jinday quv, ayyor, bir qadar lofchi bo’lsa-da, aslida sofdil, ko’ngli beg’araz inson sifatida tasvirlanadi?

A) Hoshimjon B) Shokirjon C) Hayitvoy D) Mirobiddinxo’ja

12. “Sariq devni minib” asarida Hoshimjon kimning yordami bilan agranom bo’ladi?

A) Akbar Nosirovich B) O’rmon aka C) Polvon tog’a D) Rahimjon

13. Qalami o’tkir jurnalist, jamiyatdagi illatlarni fosh etuvchi 300 dan ortiq feleton yozgan, bola va o’smir ruhidagi go’zallikni himoyalashga e’tibor beruvchi adib…

A) Jonatan Svift B) A.Qahhor C) Xudoyberdi To’xtaboyev D) O’.Hoshimov

14. “Sariq devni minib” asarining ikkinchi bobi qanday nomlanadi?

A) Shaytonning yelkasiga igna sanchdim. B) Hashoratni kaltaklashga buyurdim. C) Baxtim kulib boqqan edi. D) Barbod bo’lgan o’ylarim.

15. O’sha kuni ikkovimiz uning “Villis”iga o’tirib, dala aylandik, “Sariq devni minib” asaridagi Hoshimjonning hamrohi qaysi qatordab to’g’ri berilgan?

A) Polvon tog’a B) Hayitvoy C) Akbar aka Nosirov D) Xursanali Sharafiddinovich

16. “Shum bola” qisasidagi Sariboyni laqqillatish sujetida shum bola yolg’onlarini qaysi yolg’oni bilan boshlaydi?

A) Bo’riboyvachchaning terakdan yiqilib o’lishi bilan B) Dandon sopli pichoqning sinishi bilan C) Qo’rg’onning yonishi bilan D) Otning o’lishi bilan

17. Quyidagi badiiy tasvir vositalari G’afur G’ulomning qaysi asarida uchraydi?

“To’ti patlarining rang-barangligi Oysha chevarning qutisidagi ipaklarday tovlanar edi”; “It quvlagan tulkiday Omon menga ergashdi”; “Orqamdan o’lik quvlab kelayotgandek orqamga qayrilib boqar edim”; “Har ikkovimizning yuragimiz dard tekkan terak yaprog’iday qaltirab to’ribdi”. A) “Mening o’g’rigina bolam” B) “Yodg’or” C) “Netay” D) “Shum bola”

18. “Shum bola” qisasidagi “Sariboyni laqqillatish sujetida” Sariboy shum bolaning qaysi yolg’onini eshitib xushidan ketib yiqiladi?

A) o’rtancha qizining dunyoga arziydigan o’g’ilcha tuqqani haqidagi yolg’onni eshitib B) qo’rg’onga o’t ketganini eshitib C) Bo’riboyvachchaning o’lganini eshitib D) omborining yonganini eshitib

19. 1936- yilda yaratilib, 60- yillarda mukammal holga kelgan, ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilingan asar va muallifini aniqlang.

A) Said Ahmad “Ufq” B) A. Qahhor “Sarob” C) G’. G’ulom “Shum bola” D) X. To’xtaboyev “Sariq devni minib”

20. Tong azonda turib, o’tov egalari, er-xotin bilan xayrlashib, … Qoravoy qayerga otlanadi?

A) Qovunchiga B) Sayramga C) Sariog’ochga D) Yusuf kontorning yoniga

21. Qachondan boshlab Muqimiy ijodini jiddiy va samarali o’rganish boshlandi?

A) XX sarning boshlarida B) XX asrning 30- yillarida C) XIX asr oxiri XX asr boshlarida D) XX asrning 50- yillarida

22. “Muqimiy bayozi” deb nomlangan to’plam qaysi adibimiz tamonidan tuzilgan?

A) O.Yoqubov B) Oybek C) G’afur G’ulom D) A.Qahhor

23. Qaysi shoir Qo’qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Mahayyir, G’arbiy, Nasimiy, Mavlaviy va bosha shoirlardan tashlik topgan adabiy guruhga boshchilik qilgan?

A) Muqimiy B) Zavqiy C) Furqat D) Mavlaviy

24. Muqimiyning bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi necha misrani tashkil etadi?

A) 9 ming B) 13 ming C) 469 D) 10 ming

25. Muqimiyning qaysi asari amaldorlar zulmiga yo’liqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi?

A) “Sayohatnoma” B) “Tanobchilar” C) “Saylov” D) “Dar shikoyat Laxtin”

26. Muqimiy qaysi asarida Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasini o’tkir, ta’sirchan misralarda fosh qiladi?

A) “Saylov” B) “Moskobchiboy” C) “Tanobchilar” D) “To’yi Iqonbachcha”

27. “Hujrai tang va torlikda bekaslik va g’arblik chirog’ini yoqib” muhtojlikda umr o’tkazgan shoir yoki yozuvchi kim?

A) Boborahim Mashrab B) Muqimiy C) Mujrim Obid D) A.Navoiy

28. Xizr payg’ambar nomi Muqimiyning qaysi she’riga keltiriladi?

A) “Tanobchilar” B) “Aroba” C) “Darbadar” D) she’riy maktubda

29. Muqimiyning “Tanobchilar” she’rida “kunda pix” so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping.

A) pixini yorgan o’g’ri B) mashhur kishilarga nisbatan ishlatiladigan so’z D) to’nkaday qo’pol

30. Qahhorning ilk qissasi qaysi qatorda berilgan?

A) “Qishloq hukm ostida” B) “Zilzila” C) “Muhabbat” D) “Sinchalak”

31. Qaysi adibimiz dastlabki asarlari ostiga “Norin Shilpiq”, “Sarimsoq” singari taxalluslar qo’llagan?

A) Qahhor B) Cho’lpon C) Abdulla Qodiriy D) G’.G’ulom

32. Qahhorning qaysi asarida qishloq xo’jaligini kolxozlashtirish mavzusi yoritilgan?

A) “Sinchalak” B) “Qishloq hukm ostida” C) “Og’riq tushlar” D) “Qo’shchinor chiroqlari”

33. “Bemor” hikoyasiga epigraf qilib olingan maqol keltirilgan qatorni toping?

A) Yo’g’on cho’zilguncha, ingichka uziladi B) Osmon yiroq, yer qattiq C) Otning o’limi, itning bayrami D) Olganga o’nta ham kam, berganga bitta ham ko’p

34. Qahhorning “Bemor” hikoyasida doktorxona deganda Sotiboldining ko’z oldiga nima kelar edi?

A) Izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so’mlik

B) Salqin, tinch bog’da, daraxtlar ichiga ko’milgan baland va chiroyli imorat C) Xo’jayinining ombori D) Shahardagi katta oq imorat

35. Qaysi asar qahramoni “bemorning ko’ngliga armon bo’lmasin” deb to’qigan savatchalariniulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz ko’tarib “chilyosin” qildiradi?

A) “Bemor” B) “Og’riq tushlar” C) “Tobutdan tovush” D) “Shohi so’zana”

36. Men bir qora kunda tug’ildim,

Tug’ildim-u, shu on bo’g’ildim, – so’zlari qaysi adibga tegishli?

A) Hamid Olimjon B) Aziz Nesin C) Qahhor D) Muqimiy

37.“Qo’shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”, “Muhabbat”, “Zilzila” asarlarining muallifi kim?

A) A.Qahhor B) Said Ahmad C) O.Yoqubov D) Zohir Alam

38. A.Qahhorning tugallanmagan asari qaysi?

A) “Ayajonlarim” B) “Zilzila” C) “Sinchalak” D) “Qishloq hukm ostida”

39. Butun jamiyat bemor – xasta, najotga zor, tuzalishga muhtojligi nazarda tutilgan hikoya qanday nomlanadi?

A) A.Qahhor “Bemor” B) O’.Hoshimov “Urushning so’nggi qurboni”

C) O.Yoqubov “Diyonat” D) P.Qodirov “Najot”

40. Quyidagilarning qaysi biri qissa janriga mansub emas?

A) “Zilzila” B) “Muhabbat” C) “Ayajonlarim” D) “Sinchalak”

41. Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari qanday nomlangan?

A) “Chin muhabbat” B) “Bahor sog’inchlari” C) “Tong nafasi” D) “Tengdoshlar”

42. “Yurak yonmog’i kerak”, “Olma gullaganda”, “Izlayman” asarlari muallifi kim?

A) O.Yoqubov B) P.Qodirov C) Ch.Aytmatov D) O’.Hoshimov

43. Odil Yoqubov qaysi asarida o’z otasi misolida qatog’on davrlarining dahshatlari aks etgan bolalik xotiralari qalamga olinadi?

A) “Qanot juft bo’ladi” B) “Muqaddas” C) “Adolat manzili” D) “Muzqaymoq”

44. “Tong lavhasi”, “Kamtarlik haqida”, “Buloq”, “Sevgi” she’rlarining muallifi kim?

A) Abdulla Oripov B) Saida Zununova C) Zulfiya D) E.Vohidov

43. Nemis shoiri Gyotening “Faust” asarini o’zbek tiliga qaysi shoirimiz tarjima qilgan?

A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov C) S.Ahmad D) Xurshid Davron

44. “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani” kabi qator dostonlar muallifini aniqlang.

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) Azim Suyun D) Shavkat Rahmon

45. 44- yil

Sentabr tongi otdi.

Meni cheksiz quvonch bilan baxt uyg’otdi.

Ko’k jildimda alifbe va bir burda non,

Birinchi bor qadam qo’ydim maktab tamon. Ushbu parcha E.Vohidovning qaysi she’ridan olingan?

A) “Nido” B) “Lerika” C) “Yoshlik devoni” D) “Quyosh maskani”

46. Erkin Vohidov dostonlari sanalgan qatorni toping.

A) “Nido”, “Lirika”, “Iztirob” B) “Orzu chashmasi”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni” C) “Ishq savdosi”, “Umr daryosi”, “Nido” D) barcha javoblar to’g’ri

47. E.Vohidovning ilk to’plami qanday nomlangan?

A) “Tong nafasi” B) “tirik sayyoralar” C) “Hozirgi yoshlar” D) “Mening yulduzim”

48. A.Qahhorning nazariga tushgan allomalardan “Sof samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladigan asar” yozgani uchun maqtov olgan yozuvchini aniqlang.

A) G’afur G’ulom B) O’.Hoshimov C) S.Ahmad D) Ch.Aytmatov

49. “Tushda kechgan umrlar”, “Dunyoning ishlari”, “Qatag’on” kabi asarlar muallifini aniqlang.

A) O’.Hoshimov B) O’.Umarbekov C) Xudoyberdi To’xtaboyev D) O.Yoqubov

50. Umri xola, Shoikrom, Xadicha qaysi asar qahramonlari sanaladi?

A) “Urushning so’nggi qurboni” B) “Ikki eshik orasi” C) “Tushda kechgan umrlar” D) “Nur borki, soya bor”

51. O’Hoshimov dramalari berilgan qatorni toping.

A) “To’ylar muborak”, “Qatog’on” B) “Inson sadoqati”, “Muhabbat” D) “Shamollar esaveradi”, “Urushning so’nggi qurboni”

52. Umri xola Shoikromning yonboshiga, shaparak ko’rpachaga o’tirdi. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so’z qanday ma’no anglatadi?

A) eski B) yangi C) qovilmagan D) mato turini

53. "Azaldan qurimsoq edi, zamon og'irlashgandan beri battar bo'ldi" "Urishning so'ngi qurboni" asarida kimga shunday tarif berilgan?

A) Umri xola B) Xadicha C) Shoikrom D) Shone'mat.

54. To'qqiz kecha ma'rosimi qayasi asarda uchraydi.

A) Bemor B) Do'nan C) Urishning so'ngi qurboni D) Shum bola

55."Maslahatli to'n tor kelmas" iborasi qaysi asarda uchraydi?

A) Shum bola B) Urushning so'nggi qurboni C) Bemor D) Do'nan.

56."Shahzoda plombir" ertagi qaysi turkumdan olingan?

A)"Uchtadan oxiri bor ertaklar" B) Telefonda aytilgan ertaklar C) Rim ertaklari. D) Osmondagi tort.

57."Hurishni eplolmagan kuchikcha" ertagining ikkinchi tugashida kuchikcha nimaga (kimga) duch keladi?

A) kuchikka B) ovchiga C) molga D) dehqonga

58. Gogilning "Revizor" asarining janri qanaqa

A) hikoya B) romanC) pyesa D) she'r

59.Abdulla Qahhorning qaysi asari tugallanmagan

A) Sinchalak B) Zilzila C) Muhabbat D) O'tmishdan ertaklar

60."Millat tanaaidan qon oldirgan bemor" iborasinin kim aytgan.

A) Abdulla Qahhor B) Abdulhami cho'lpon C) Hamza Hakimzoda Niyoziy D) O'tkirHoshimov


53. “Ishqiboz” nomli hajviy hikoyasi o’n olti yoshlarida “Mushtum” jurnalida chop etilgan ushbu parcha qaysi adibga tegishli?

A) Muqimiy B) G’afur G’ulom C) S.Ahmad D) Turdi

54. Said Ahmadning “Qaplon” hikoyasi qahramonlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

A) Tillayev, Qurbonboy, kabobchi B) Qoplonboy, Toshov, Saida C) Tillayev, Tursunboy, Toshov D) Toshov, Tursunboy, Umri xola

55. Said Ahmadning Qoplon hikoyasi qanday asarlar sirasiga kiradi?

A) dramatik asar B) satirik asar C) yumor, qisman falsafiy D) adabiy asar

56. Toshkent shahrining “Samarqand darboza” mahallasida tavallud topgan adibni aniqlang.

A) Abdulla Qodiriy B) S.Ahmad C) O.Sharafiddinov D) O.Yoqubov

57. S.Ahmad peysalari berilgan qatorni toping.

A) “Kelinlar qo’zg’aloni”, “Kuyov” B) “Bir o’pichning bahosi”, “Xandon pista” C) “Muhabbat”, “Kuyov” D) barcha javoblar to’g’ri

58. “Qadrdon dalalar”, “Hukm” qissalari muallifini aniqlang.

A) T.Murod B) X.Do’stmuhammad C) S.Ahmad D) O.Yoqubov

59. A.Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni necha bobdan iborat?

A) 50 bob B) 52 bob C) 63 bob D) 62 bob

60. Nazmki ma’ni anga marg’ub emas,

Ahli maoniy qoshida xo’p emas. Ushbu parcha Navoiyning qaysi asaridan olingan?

A) “Hayrat ul-abror” B) “Farhod va Shirin” C) “Layli va Majnun” D) “Saddi Iskandariy”

61. A.Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonining So’z ta’rifida bobida to’rt sadaf deb nimalar aytilgan?

A) suv, yurak, non tuproq B) suv, havo, o’t, tuproq C) borliq, nur, zulmat, tuproq D) tuproq, vatan, suv, non

62. Arab tilida to’rtlik ma’nosini anglatuvchi so’z aruz vaznidagi to’rt misradan iborat lirik she’r qanday nomlanadi?

A) qit’a B) ruboiy C) bayt D) misra

63. Chun g’araz so’zdin erur ma’ni anga,

Noqil o’lsa xoh xotun, xoh er. A.Navoiyning ushbu she’ri qaysi janrda bitilganligini aniqlang.

A) qit’a B) ruboiy C) fard D) masnaviy

64. Kamol et kasbkim, olam uyidin

Sanga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq. Navoiyning ushbu she’ri qaysi janrda yozilgan va unda qo’llangan “olam uyi” so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan qator qaysi?

A) ruboiy, dunyo B) fard, olloh huzurida C) qit’a, dunyo D) qasida, qabr

65. 63 bobdan iborat bo’lib, kishilardagi yaxshi, ibratli fazilatlar ayrim yomon illatlar haqida hikoya qiluvchi dostonni aniqlang.

A) “Maxzan ul-asror” B) “gul va Navro’z” C) “Mahbub ul-qulub” D) “Hayrat ul-abror”

66. “Hayrat ul-abror” dostonning XIV-XV boblari nima haqida?

A) Husayn Boyqaro va shohlar B) So’z ta’rifi C) Qanoat haqida D) Muruvvat va ehson to’g’risida

67. “Silsilat uz-zahob” asari muallifi kim?

A) Hofiz Sheroziy B) Xusrov Dehlaviy C) Gulxaniy D) Jomiy

68. Gulxaniyning bizgacha qancha g’azali yetib kelgan?

A) 15 ta B) 30 ta C) 12 ta D) 10 ta

69. Qaysi asarda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyatdan iborat asar berilgan qatorni aniqlang.

A) “Zarbulmasal” B) “Silsilat uz-zahab”

C) “Yapaloqqush hikoyasi” D) A va B

70. “Abay” taxallusi bilan ijod qilgan buyuk qozoq shoirining asl ismi kim?

A) Muhammad B) Umar C) Chingiz D) Ibrohim

71. Qozoq milliy og’zaki ijodi kuylab kelingan o’lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan shoir kim?

A) Nizomiy B) Abay C) Fuzuliy D) to’g’ri javob yo’q

72. Abay kuy bastalagan qancha o’lan hozirgacha oqinlar tamonidan sevib ijro etilmoqda?

A) 15 ta B) 18 ta C) 17 ta D) 20 ta

73. Xalqaro “Nilufar” Javoharlal Neru nomidagi mukofotlari sohibasi bo’lgan o’zbek shoirasini aniqlang.

A) Oydin Hojiyeva B) Zulfiya Isroilova C) Halima Xudoyberdiyeva D) Saida Zunnunova

74. Zulfiya Hamid Olimjonning qaysi dostonlari asosida pyesa va opera lebrettolar yaratgan?

A) “Zaynab va Omon” B) “Oygul va Baxtiyor” C) “Semurg’” D) A va C

75. Zulfiya qalamiga mansub poemalar berilgan qatorni aniqlang.

A) “Quyoshli qalam”, “Mushoira”, “Xotira siniqlari” B) “Qizlar qo’shig’i”, “O’ylar” C) “Shalola”, “Mushoira” D) “Xotira siniqlari”, “O’ylar”

76. Zulfiyaning Hamod Olijon xotirasiga bag’ishlab yozgan she’rlari berilgan qatorni aniqlang.

A) “Oydinda”, “Tun” B) “Tong qo’shig’i” C) “Bahor keldi seni so’roqlab”, “Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh” D) “Shalola”

77. Ritorik so’roq gaplar asosan qaysi turdagi she’rlarda ko’p uchraydi?

A) lirik she’rlarda B) satirik she’rlarda C) yumor she’rlarda D) barcha javoblar to’g’ri

78. “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim?

A) M.M.Do’st B) T.Murod C) X.Sultonov D) E.A’zam

79. E.A’zam asarlari sanalgan qatorni toping.

A) “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” B) Otoyining tug’ilgan yili, “Javob” C) “Yozning yolg’iz yodgori”, “Ko’ngil ozodadur” D) “Kiyik ko’zlari”, “Muqaddima”

80. Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi?

A) “Yulduzlar mangu yonadi” B) “Otamdan qolgan dalalar” C) “Ot kishnagan oqshom” D) “Oydinda yurgan odamlar”

81. 1985- yilda yaratilgan “qo’shiq” qissasining muallifini aniqlang.

A) Sh.Xolmirzayev B) X.Sultonov C) T.Murod D) X.Do’stmuhammad

82. T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani qachon yozib tugatilgan?

A) 1994 B) 1992 C) 1995 D) 1993

83. T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani asosida ishlangan badiiy film rejissori kim?

A) Shuhrat Abbosov B) Melis Abzalov C) M.Rajabov D) A.Shahobiddinov

84. Buncha bino qo’yma zarrin choponlarga,

Saratonda yaproq bo’lgin dehqonlarga,

Suyangani tayoq bo’lgin cho’ponlarga,

Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun? Misralar muallifini aniqlang.

A) Muhammad Yusuf B) Azim Suyun C) Iqbol Mirzo D) Muhammad Ali

85. “Xalq nimasi bilan xalq? O’zining urf-odatlari bilan xalq! Ko’p urf-odatlarimizni birovlar … birovlar o’ziniki qilib oldi! Biz qo’limizni burnimizga tiqib qoldik. Shunday ketaversak, hademay… o’zimizni-da boy berib qo’yamiz! ” Ushbu jumlalar qaysi asarda uchraydi?

A) Cho’lpon “Kecha va kunduz” B) T.Murod “Yulduzlar mangu yonadi”

C) A.Qodiriy “O’tkan kunlar” D) O.Yoqubov “Er boshiga ish tushsa”

86. T.Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi qachon yozilgan?

A) 1984- yil B) 1972- yil C) 1976- yil D) 1993- yil

87. P.Qodirov qissalari sanalgan qatorni toping.

A) “Erk”, “Najot” B) “Qadrim”, “Meros”

C) “Qora ko’zlar”, “Yayra institutga kirmoqchi” D) A va B

88. P.Qodirov romanlari to’g’ri sanalgan qatorni toping.

A) “Erk”, “Uch ildiz” B) “Qora ko’zlar”, “Olmos kamar” C) “yulduzli tunlar”, “Najot” D) barcha javoblar to’gri

89. P.Qodirovning qaysi romanlari paxtakorlar hayoti qalamga olinadi?

A) “Meros” B) “Qadrim” C) “Uch ildiz” D) “Qora ko’zlar”

90. P.Qodirovning “Uch ildiz” romanida qanday soha kishilarining hayoti aks ettiriladi?

A) paxtakorlar B) ziyolilar C) neftchilar D) chorvodorlar

91. P.Qodirovning qaysi romanida neft konlari izlovchilarning hayoti tasvirlangan?

A) “Meros” B) “Uch ildiz” C) “Qadrim” D) “Qadrim”

92. Quyidagi adiblardan qaysi biri tarixiy romani uchun sho’ro davrida tarixga to’g’ri yondashuvni bilmaslikda, zolim podsholarni ulug’lashda, o’tmishni ideallashtirishda ayblangan?

A) Oybek “Navoiy” B) M.Shayxzoda “ulug’bek”

C) O.Yoqubov “Ulug’bek xazinasi” D) P.Qodirov “Yulduzli tunlar”

93. Maqsud Shayxzodaning 30- yillarda chop etilgan she’riy to’plamlari berilgan qatorni aniqlang.

A) “O’n she’r”, “Undoshlarim”, “Uchunchi kitob”, “Jumhuriyat”

B) “Kurash nechun”, “Jang va qo’shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko’ngil deydi-ku…”

C) “Kurash nechun”, “Jang va qo’shiq”, “Uchunchi kitob”, “Jumhuriyat”

D) “Chorak asr devoni”, “Zamon torlari”, “Shu’la”, “Olqishlarim”

94. «Ma’rifatdan, hayotga muhabbatdan kam bo‘lmagan darajadagi ehtiyoj sanalmog‘i darkor». Ushbu fikr kimga tegishli va unda nima nazarda tutilgan?

A) Maqsud Shayxzoda, she’riyat B) Cho’lpon, ishq-muhabbat C) Erkin Azamov, ota-onaga hurmat D) Azim Suyun, yigit kishining ilm-hunar o‘rganishi

95. “Kapitan Gastello” she’riy to’plamining muallifini aniqlang.

A) Zohir A’lam B) Maqsud Shayxzoda C) Azim Suyun D) Erkin Azamov

96. Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida toshbaqa qayerdamn qayerga borayotgan edi?

a) Iroqdan Shomga b) Hijozdan Iroqqa c) Shomdan Iroqqa d) Iroqdan Hijozga

97. Yurtboshimiz Islom Karimovning fikrlariga ko`ra yozuvchilar….

a) inson ruhining muhandislari b) qalblarni yoritguvchi fonuslar

c) hayotning en ilgo`r qatlami vakillari d) insonlar hayotining ta`birchilari

98. Quyida keltirilgan xalq maqollari orasida G.`G`ulomning “Shum bola” asariga ma`no jihatdan yaqin bo`lmagan maqolni toping.

a) “Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko`r”

b) “Yo`g`on cho`zilguncha, ingichka uziladi”

c) “Qo`ylar xuddi sutga tushgan sichqonday boshlarini ko`tarib suzar edilar”

d) “Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit”

99. Badiiy asarlar bo`linishiga doir quyidagi fiklar orasidan notog`risini toping

a) Badiiy asarlar epik, lirik va dramatik turlarga bo`linadi.

b) epik,lirik, dramatic asarlar o`zlarining nutqiy shakllanishi jihatidan bib-biri bilan farqlanadi

c) Badiiy asarlar hajman va shaklan epik, lirik, dramatic turlarga bo`linadi

d) Epik janrlar badiiy qamrash ko`lamiga ko`ra 3 turga bo`linadi.

100. Turob To`la asarlarini to`g`ri izohlang.

a) “Kamalak” 1. pyesa

b) “Furqat” 2. to`plam

c) “Zulmatdan ziyo” 3. balet libretto

d) “Momo yer” 4. adabiy portret – xotiralar kitobi

e) “Samarqand afsonasi” 5.kinossenariy

f) “Tabassum” 6. opera libretto

a) 1-a. 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f c) 1-c, 2-a, 3-e, 4-b, 5-d, 6-f

b) 1-d, 2-f, 3-e, 4-a, 5-b, 6-c d) 1-d, 2-f, 3-e, 4-b, 5-a, 6-c

101.”Adabiyot yashasa, millat yashaydi” deya adabiyotga yuksak baho bergan shaxs nomi qaysi qatorda to`g`ri berilgan?

a) Avloniy b) Islom Karimov c) Cho`lpon d) Abdulla Oripov

102.Adabiyotning atomdan kuchli ekanligi , lekin uning kuchini o`tin yorishga sarflamaslik kerakligi haqidagi fikrlar kimga tegishli?

a) Cho`lpon b) Said Ahmad c) Chingiz Aytmatov d) Abdulla Qahhor

103. “Shum bola” qissasida qaysi gapdan so`ng Sariboy hushidan ketib qoladi?

a) Bo`ri boyvachchaning jon berganini eshitib

b) Boyning Adol ismli qizining farzandli bo`lganini eshitib

c) Qo`rg`onga o`t ketganini eshitib

d) To`riq qashqaning o`lganini eshitib

104. “..Chang bosgan kipriklar tagidagi qo`y ko`zlar menga juda tanish” Ushbu tasvir qaysi asarda uchraydi?

a) “Hellados ” b) “Sariq devni minib” c) “Uloqda” d) “Shum bola”

105. “Shum bola” qissasining bosh qahramoni necha yoshda edi?

a) 14 b) 16 c) 17 d)15

106. Esse epik turning qaysi birigakiradi?

a) o`rta b) katta c) kichik d) esse lirik turga mansub

107. “Sumbula” she`rining muallifi kim?

a) Boqiy b) Turob To`la c) Somiy d)Abdulhaq Homid

108. “Yetti zog`ora qissasi”da “sharq adabiyotining vallomatlaridan biri , butun Osiyoni aql-idroki bilan tebratgan “ shaxs kim edi?

a) Navoiy b)Otoyi c) Ismil ota d)Ahmad Yassaviy

109. Turob To`laning “Do`nan ” hikoyasida “Shang`illab butun hovlini boishiga ko`taradigan ” obraz kim edi?

a) Baxor b) Toshtemir c) Baxshilla d)Fayzi dasturxonchi

110.Kimning ertagida bugungi uy-ro`zg`or buyumlaridan tortib, to fazoviy kemalargacha bo`lgan ashyolarni uchratamiz?

a) Hans Kristian Andersen b) Antuaun de Sent Ekzyuperi c)Janni Rodari d) Jonatan Svift

111.”Yovuz niyatli kishi” hikoyasining muallifini toping.

a) Ne`mat Aminov b) Chexov c) Abdulla Qahhor d) Erkin A`zamov

112. “Birlari mo`ltinamo, hiylagar , Birlaridir kunda pix-u gavda xar”ushbu satrlarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan?

a) o`xshatish b) mubolag`a c) istiora d)sifatlash

113. Qaysi ijodkor millatni tanasidan qon oldirgan bemorga o`xshatadi?

a) Fitrat b) Abdulla Qahhor c) Abdulla Avloniy d) Hamza Hakimzoda Niyoziy

114.Musa Jalilning “Maobit daftari” to`plamini o`zbek tiliga kim tarjima qilgan?

a) Mirtemir b) Mammarasul Boboyev c) Asil Rashidov d) Erkin Vohidov

115. “O`lim ”deyish mumkinmi axir , Yengib o`lgan bunday o`limni “ ushbu satrlar muallifini toping.

a) Usmon Nosir b) Musa Jalil c) Sergey Yesenin d) Erkin Vohidov

116. Xalq qo`shiqlarining qaysi birida “qilich bilan chopish”, “baxmal bilan yopish” tasvirlari uchraydi?

a) “Boychechak ” b) “Chittigul” c)”Boshginam og`riydi” d)”Maydagul”

117.Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”asari necha qismga bo`linadi va ular qaysilar?

a) 3 qismga - har xil odamlarning fe`l-atvori haqida; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar

b) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar

c)2 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida.

d) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; safar fazilatlari to`g`risida

118.”Bahoriston” asarining muallifi kim?

a) Sa`diy Sheroziy b) Jomiy c) Hofiz Sheroziy d) Navoiy

119. “Mahbub ul-qulub”da kimlar sichqon ovlovchi kalxatga o`xshatiladi?

a) behimmatlar b) sabrsizlar c) yolgonchilar d) askarlar

120. “Sadoqatnoma” asari kimga tegishli?

a) Sa`diy Sheroziy b) Avloniy c) Xo`jandiy d) Nosir Xisrav

121. “Ko`p degan ko`p yengilur, ko`p yegan ko`p yiqilur” hikmatli so`zlar kimga tegishli?

a) Navoiy b) Abay c) Gulxaniy d) Imom Buxoriy

122. “Silsilat iz-zahab” asarining muallifi kim?

a) Jomiy b) Sa`diy Sheroziy c) Hofiz Sheroziy d) Nosir Xisrav

123.”Zarbulmasal” da qaysi obraz “Ulug`ni borgohinda xiradmandi donnish va aqli xiradi boxush har qancha ko`p bo`lsa ham , oz bo`lur” deya nasihat qiladi?

a) Yapaloqqush b) Boyo`g`li c) Ko`rqush d) Kordon

124. Abay “Nasihatlar”ining o`n to`qqizinchi so`zi nima haqida?

a) ilm o`rganish b) g`ayrat c) mol-dunyo d) aql kasali

125.”Otang bolasi bo`lma , odam bolasi bo`l” ushbu hikmatli so`zlar qaysi ijodkorlar asarlarida uchraydi?

a) Erkin Vohidov , G`G`ulom c) Erkin Vohidov. A.Navoiy

b) Xudoyberdi To`xtaboyev, Gulxaniy d) Erkin Vohidov, Abay

126. Zulfiyaning “Nevara”, “Bog`lar qiyg`os gulda” kabi she`rlari shoiraning qaysi turkumi kirgan?

a) “O`ylar ” b) “Aziz tuyg`ular”

c) “Yuragimga yaqin kishilar” d) “Kuylarim sizga”

127. “Avlodlar dovoni” romanida “qoshlari qalin , ko`zlari ko`kish, qirra burun , kalta qirqilgan soqoli va qayrilma mo`ylovi o`ziga juda yarashgan dutkun gavdali ” deya ta`riflangan personaj nomini toping.

a) Bayramxon b) Humoyun c) Sherxon d) Pakavira

128. “Doxunda” romanining muallifi kim?

a) Said Ahmad b) Sadriddin Ayniy c) Balzak d) Sadriddin Salim Buxoriy

129. Tog`ay Murodning qaysi asari asosida kinorejissor Shuhrat Abbosov ikki qismli badiiy filmni suratga olgan?

a) “Otamdan qolgan dalalar” b) “Ot kishnagan oqshom” c) “Oydinda yurgan odamlar”

d) “Yulduzlar mangu yonadi”

130. “Xalq nimasi bilan xalq? O`zining urf-odatlari bilan xalq” ushbu tasvirlar qaysi asarda uchraydi?

a) “O`zbeklar” b) “Yetti zog`ora qissasi” c) “Yulduzlar mangu yonadi” d) “Nasihatlar”

131. Erkin Vohidovning “Nido” dostonida nimaga “zanjiday qaro” ta`rifi berilgan?

a) og`ir hayotga b) bolalikka c) dunyoga d)ko`zlarga

132.”Nazm ul-javohir” asarining muallifini toping.

a) Alisher Navoiy b) Jomiy c) Xusrav Dehlaviy d) Avaz O`tar

133. Avaz O`tarning “Fidoyi xalqim bo`lsun tanda jonim ” misralari bilan boshlanuvchi she`ri qaysi janrda yozilgan?

a) fard b) g`azal c) murabba d) qit`a

134. Qaysi javobda Ibroyim Yusupovning librettosi nomi to`g`ri ko`rsatilgan?

a) “Umirbek laqqi” b) “Qirq qiz” c) “Aktrisaning iqboli” d) “Ajiniyoz”

135.Kimning she`rida inson tabiatidagi qonuniyatdan tashqari lirik qahramonnning o`zi tug`ilib o`sgan joylardan ketganiga juda uzoq yillar bo`lgani , uni bilgan keksalar endi uni unutayozgani, u yo`q yillar tug`ilgan bolalarni esa tanimasligidek holat aks etgan?

a) Ibroyim Yusupov b) Mirtemir c) R.Hamzatov d) Asqad Muxtor

136. “Qizil kendir bilan tolning shivirlashishi “tasviri kimning asarida uchraydi?

a) Musa Jalil b) Shavkat Rahmon c) Ibroyim Yusupov d) Mirtemir

137.”Sobit-u sayyoralar, oy-u quyosh , Toki bormen , jism aro so`z fan menga” ushbu satlar muallifi kim?

a) Erkin Vohidov b) Maqsud Shayxzoda c) A.Oripov d) Jumaniyoz Jabborov

138. “Yulduzlar mangu yonadi” qissaaida “Zarang tayoqday ekan” o`xshatishi kimga nisbatan qo`llanilgan?

a) Abray b) Maksim c) Tilovberdi d) Ismoil

139. “Farzandlar hayotga beparvo qaraydi. Musibat bilan xursandchilik farqiga bormaydi ” ushbu tashvishli mulohazalar qaysi asarda uchraydi?

a) “Yulduzlar mangu yonadi” b) “ Chinor” c) “Nasihatlar” d) “Oq kema”

140. “Bugun buni yo`qota bersak, ertaga uni yo`qota bersak , podadan nima farqimiz qoladi?” iztirobga to`la ushbu tasvirlar qaysi asarda uchraydi?

a) “O`tkan kunlar” b) “Qora kamar” c) “Padarkush” d) “Yulduzlar mangu yonadi”

141.Arbadi so`zining ma`nosini toping.

a) chalqancha b) chalg`itdi c) to`xtadi d) poylab

142.Odil Yoqubovning romanlari berilmagan qatorni toping.

a) “Bir koshona sirlari”, “Adolat manzili” b) “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar”

c) “Diyonat”, “Ko`hna dunyo” d) “Muzaffar Temur”, “Chin muhabbat”

143. “G`ayaratsiz jahl – tul , qayg`usiz oshiq – tul, shogirdsiz olim – tul ” ushbu purma`no so`zlar qaysi ijodkorga tegishli?

a) Navoiy b) Abay c) G`.G`ulom d) T.Murod

144. Qaysi shoir o`z she`rida “bechoral;arga chora ” topib beradigan “bir chora zamon ” bormikan deb, kuyinadi?

a) Muqimiy b) Zavqiy c) Avaz O`tar d) Uvaysiy

145. Qaysi ijodkorning asari til o`rganishga, ayniqsa, “g`ayri tilni bilishga sa`y qilish”ga, yangi chet tillarini o`rganishga da`vat qilishi bilan muhim?

a) Avloniy b) Behbudiy c) Fitrat d) Avaz O`tar

146. Ispaniyalik adib Lope de Vega qaysi janrningt ajoyib namunalarini yaratgan?

a)hikoya b) masal c)roman d) ertak-doston

147. Bodiya so`zining ma`nosini toping.

a) sahro bl katta daryo c) nishon d) afzal

148. Gulxaniyning “Zarbulmasal ” idagi qaysi masalda Xusrav Dehlaviyning nomi tilga olinadi?

a) “Kabutar bilan zog`” c)”Toshbaqa bilan chayon”

b) “Maymun bilan Najjor” d) “Tuya bilan bo`taloq”

149. Janni Rodari sazovor bo`lgan mukofot berilgan qatorni toping.

a) Italiya xalq yozuvchisi b) “Elliot” mukofoti c) Nobel mukofoti d) H.K.Andersen mukofot

150.”Qissasi Rabg`uziy”, “Zarbulmasal” hamda “Yulduzlar mangu yonadi” asarlarini birlashtirib turuvchi umumiy tomoni nimada?

a) uchalasi ham qissa janrida yozilgan b) pand-nasihat ruhida yozilgan c) umumxalq tilidan foydalanilgan d) yuqoridagi asarlarning umumiy tomoni yo`q

151. “Chittigul ” qo`shig`ini kimlar ijro etishadi?

a) kichik yoshdagi o`g`il bolalar c)kampirlar

b) kichik yoshdagi qiz bolalar d) chollar

152. ”Boshginam og`riydi” qo`shig`idan onadan so`ralgan oxirgi narsa nima edi?

a) bo`yintumor b) tillaqosh c) uzuk d) oltin sirg`a

153. “Yurtim, seni qo`limdan bersam, nima qolar menga olamda?” ushbu misralar qaysi muallifga tegishli?

a) Shuhrat b) Mirtemir c) Erkin Vohidov d) Musa Jalil

154. “Bayrog`inga qon bilan yozgan otin” tasviri kimning she`rida uchraydi?

a) G`.G`ulom b) Shuhrat c) Musa Jalil d) A.Oripov

155. Tarvuzni butun yutib o`yin ko`rsatadigan polvon qaysi ijodkor asarida uchraydi?

a) X.To`xtaboyev b) T.Murod c) G`.G`ulom d) Said Ahmad

156. X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib” romanidagi “Baxtim kulib boqqan edi” bobida Hojimjonnnig qaysi sarguzashtlari to`g`risida hikoya qilinadi?

a) Hoshimjonning Soraxon folbin va uning o`g`lining nayranglarini fosh etishi

b) Hoshimjonning qalpoqcha tufayli diplomli bo`lgani, Krupskaya maktab-internatidagi sarguzashtlari

c) Hoshimjonning 1200 gektar paxta maydoni-yu, 12 ta brigadaga agronom bo`lib tayinlanganligi

d) Hoshimjonning tashlandiq uydan sehrli qalpoqchani topib olishi

157. “Nido ” dostonida kim ilk bor bolaga “otang bolasi bo`lma, odam bolasi bo`l “degan edi?

a) onasi b) muallimi c) otasi d) qo`shnisi

158. “Qashqirdan tug`ilgan qashqircha” tasviri qaysi asarda uchraydi?

a) “Kecha va kunduz” b) “Yulduzlar mangu yonadi” c) “Muzqaymoq” d) “Qoplon”

159. Pavlik Morozov obrazi qaysi asarda uchraydi?

a) “Qutlug` qon ” b) “Kecha va kunduz” c) “Qorako`z majnun” d) “Muzqaymoq”

160.Qaysi javobda Chexovning asari keltirilgan?

a) “O`n ikki stul” b) “Qiyshiq oyna ” c) “Oltin buzoqcha” d) “Revizor”

161. Alamon so`zining ma`nosini toping.

a) ulug` b) so`z c) xarob d) odil

162.Muqimiyning “Tanobchilar”ida tanobchilar kimni tog`amiz deb aytishadi?

a) Erhubbi b) Nurato c) Xizr d) Chimlig` asirlar

163. Qaysi janr Muqimiy ijodida uchramaydi?

a) fard b) tuyuq c) ruboi d) qit`a

164. X.To`xtaboyevning qiisa janrida yozilgan asarini toping.

a) “Mungli ko`zlar” b) “Jannati odamlar”

c) “Omonboy va Davronboy sarguzashti” d) “Qasoskorning oltin boshi”

165. J.Rodarining qaysi ertagi zamonaviyligi bilan ajralib turadi?

a) “Qutbdagi gunafsha” b) “Sahrodagi uy”

c) “Shahzoda Plombir” d) “Hech qayoqqa olib bormaydigan yo`l”

166. J.Rodarining qaysi ertagida Lun-lun nomli yurt tilga olinadi?

a) “Sahrodagi uy” b) “Shahzoda Plombir” c) “Qutbdagi gunafsha” d) “Hech qayoqqa olib bormaydigan yo`l”

167. J.Rodarining ertagidagi Lun-lun so`zining ma`nosini toping.

a) qum bosgan muzlik b) katta muzlik c) gul bosgan muzlik d)qahraton qish

168. “Shahzoda Plombir” ertagidagi marsliklar kemasining yonilg`isi nima edi?

a) ko`mir b) quyosh energiyasi c) yomg`ir d) yangi yoqqan qor

169. Ilhom samovarchi obrazi qaysi asarda uchraydi?

a) “Mening o`g`rigina bolam” c) “Ko`k eshik”

b) “Ufq” d) “Urushning so`nggi qurboni ”

170. J.Rodarining “Qutbdagi gunafsha” ertagida Gunafshani ko`rish uchun birinchi bo`lib qaysi jonzot yetib keladi?

a) bug`ular b) zag`izg`onlar c) morj va tyulenlar d) tulki

171. J.Rodarining “Hurishni eplolmagan kuchukcha”ertagidagi “Ertakning ikkinchi tugashi”

qismida kuchukcha kim yoki nima bilan uchrashadi?


  1. dehqon b) sigir c) kuchuk d) ovchi

172. X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib” romaniga nima uchun shu nom asos asos bo`lgan?

a) Hojimjonnig sehrli qalpoqchasi borligi b) Hoshimjonning ko`zga ko`rinmaslik xususiyatiga ega ekanligi c) Soraxon folbin va uning o`g`lining nayranglarini fosh etishga bag`ishlangan o`rinlari borligi uchun d) Hoshimjon shoir bo`lganligi uchun

173. “.. o`zi qorachadan kelgan oriq , ko`zlari yirik-yirik, burni angishvonaga o`xshaydi” ta`riflangan obraz qaysi asarda uchraydi?

a) “Avlodlar dovoni” b) “Sariq devni minib” c) “Hellados” d)”Chinor”



174. Said Ahmadning “Qoplon” hikoyasida Tillayev qaysi kasallik tufayli yotib qoladi?

a)yurak xuruji b) sariq c) bod d) zotiljam
Download 37,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish