2. Mis qotishmalari. Latunlar. Bronzalar.
Mis qotishmalari — mis asosidagi qotishmalar. Inson yaratgan birinchi metall qotishma (qarang Jez davri). Bronza, jez va asosiy legirlovchi elementa nikel boʻlgan misnikel qotishmalari (qarang Melxior) Mis qotishmalari jumlasiga kiradi. Mis qotishmalari quyma, deformatsiyalanadigan va kukunsimon xillarga boʻlinadi. Quyma Mis qotishmalari suyuqlanganda oquvchan boʻladi, qotganda uncha kirishmaydi. Deformatsiyalanadigan Mis qotishmalari issiqlayin yoki sovuqlayin bosim bilan yaxshi ishlanadi. Kukunsimon Mis qotishmalari kukunsimon materillar jumlasiga kiradi (q. Kukun metallurgiyasi). Mis qotishmalari antifriksion (ishqalanishga qarshi), issiqbardosh, konstruksion, korroziyabardosh (zanglashga qarshi), prujinabop va elektrotexnika materiallari sifatida keng qoʻllanadi. Bular asbobsozlik, mashinasozlik, aviatsiya va kemasozlikda, suv-bugʻ armaturasi, badiiy buyumlar, idishtovoklar yasash va boshqa sohalarda ishlatiladi. Latunlar. Jez, latun — asosan, mis bilan ruxdan (50% gacha) iborat qotishma. J. olish qadimdan (mil. av.) maʼlum. Ilgari (18-asrgacha) misni pista koʻmir qoʻshilgan pyx rudasi bilan birga eritib J. olishgan, 19-asrga kelib misni toʻgʻridan-toʻgʻri pyx bilan birga eritib ola boshlashgan. Tarkibida rux miqdori ortgan sari J. rangi qizgʻishdan och sariq ranggacha oʻzgaradi. Koʻrkamligi, arzonligi, mexanik xossalari yaxshiligi uchun mis qotishmalari ichida J. eng koʻp ishlatiladi. Latun Cu bilan Zn ning qotishmasi bo‘lib, uning mexanik va texnologik xossalari yuqori bo‘ladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42% gacha bo‘ladi. Latunlarning mexanik va texnologik xossalarini yanada yaxshilashi uchun ularga ma’lum miqdorda Al, Cu, Fe, Zn va boshqa elementlar qo‘shib maxsus latunlar olinadi. Latunlarga qo‘shiladigan elementlarning turi va miqdori qotishmadan kutilgan xossalarga qarab belgilanadi. Latunlarning texnologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan (deformatsiya beriladigan) va quymalar olinadigan xillariga ajratiladi. Quyidagi 12-jadvalda latunlar markalari, asosiy mexanik xossalari va ishlatilish joylariga misollar keltirilgan. Bosim bilan ishlanadigan latunlar yuqori plastik xossaga ega bo‘lib, ulardan olingan quymalar bosim bilan ishlanib listlar, lentalar, trubalar tayyorlanadi. Quyma latunlarning oquvchanligi yuqori bo‘lib, likvatsiyaga kam beriluvchi antifriksion xossaga ega bo‘ladi.
Bu qotishmalardan podshipniklar, vtulkalar, chervyakli vintlarning zagotovkalari qoliplarga quyish yoli bilan tayyorlanadi.
Latunlarning markalanishi. GOST 2060-73 bo‘yicha oddiy latunlar L harfi va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, L96 da L harfi latun ekanligini, 96 raqami esa qotishma tarkibida 96% mis borligini bildiradi, qolgani esa Zn bo‘ladi. Maxsus latunlarni markalardagi L harfidan keyin qotishma tarkibiga kiritilgan elementlar nomlarining bosh harfi, so‘ngra raqamlar yoziladi. Masalan, LAJ60-1-1 markada 60% Cu, 1% Al, 1% Fe qolgan, ya’ni 38%i rux bo‘ladi.
Cu bilan Sn ni qotishmasiga bronza deyiladi. Ma’lumki, qalay qimmatbaho metall bo‘lganligi sababli uni tejash hamda qotishma xossalarini zarur tomonga o‘zgartirish maqsadida bronza tarkibidagi qalay qisman yoki to‘la Al, Pb, Si va boshqa elementlar bilan almashtiriladi. Masalan, Al kiritish bilan alyuminiyli bronzalar (masalan, BrA6, BrA7), Pb kiritish bilan qo‘rg‘oshinli bronzalar (masalan, BrS30), Si kiritish bilan kremniyli bronzalar (BrKMs3-l) va boshqalar olinadi.
Bronza, birinj 1) texnikada — misning qalay, alyuminiy, kremniy, berilliy, qoʻrgʻoshin va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Masalan, mis bilan qalay qotishmasi qalayli Bronza deb ataladi. Qalayli Bronza ishqalanishga yaxshi chidaydi, suv va bugʻda deyarli zanglamaydi, qolipga yaxshi quyiladi, quyilganda 1% dan ham kam kirishadi. Ishqalanadigan detallar, joʻmraklar, uch yoʻllik (troynik)lar va boshqa tayyorlash uchun ishlatiladi. Bronza.ning mexanik xossalari tarkibidagi qalay miqdoriga bogʻliq boʻladi: qalay 20% dan sal oshguncha mustahkamligi ortib borib, soʻngra tez pasayadi, qalay taxminan 5% dan ortgach, plastiklik xossasi pasaya boradi. Qalayli Bronza.larga legirlovchi elementlar sifatida rux, qoʻrgʻoshin, nikel va boshqa baʼzi elementlar qoʻshiladi. Alyuminiyli Bronza mexanik xossasi, kimyoviy taʼsirlarga chidamliligi, suyuq holatda oquvchanligi va boshqa baʼzi xossalari jihatidan qalayli Bronzadan ustun turadi. Termik ishlov berib, ularning mexanik xossalarini yaxshilash mumkin. Bular xilmaxil vtulkalar, shesternyalar, yoʻnaltiruvchilar va boshqa muhim detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bronzalarning markalanishi. Bronzalar GOST 613 -79 bo‘yicha Br harflar va raqamlar bilan quyidagicha markalanadi. Masalan, BrAllJ6Nb, bu yerda Br bronzaligini, A qotishmada^ alyuminiy 11%, J temir 6 %, N nikel 6 % ligini bildiradi, qolgan qismi esa misdan iborat bo‘ladi. Bronzalar ham texnologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan va quymalar olinadigan bronzalarga ajratiladi. Bosim bilan ishlanadigan bronzalar (BrOSCN3- 75-l, BrOSS5-5-5 va bosh-qalar)dan listlar, sterjenlar, truba va boshqalar olinadi. Quyma bronzalar (BrAJ9-4L-BrOF10-l va bosh-qalar)dan vint, vtulka, chervyak va boshqa detallar buyumlari quyish yo‘li bilan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |