Ekologiya, tabiiy resurslar va oziq-ovqat xavfsizligi e`tibordan chetda qolmaydi Jahon resurslar institutining ma`lum qilishicha, 2040 yilga borib O`zbekiston suv tanqisligi yuqori bo`lgan 33 mamlakat qatoridan joy oladi. Shu boisdan mamlakatda mavjud irrigasiya tizimlarini modernizasiya qilish yangilarini qurish zarurati tug`ilgan. Mamlakatdagi sug`orish tarmoqlarining 70 foizi antifiltrasion qoplamaga ega emas va buning natijasida yetkazib berish bosqichida suvning bir qismi yo`qolmoqda. Bugungi kunda qishloq xo`jaligini sug`orish suvi bilan ta`minlashdagi yo`qotishlar 40 foizga baholanmoqda.
Strategiyada ijtimoiy jihatlarga, oziq-ovqat xavfsizligiga, shuningdek, ekologiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.
Bugungi kunda ushbu muhim tarkibiy qismlarsiz qishloq xo`jaligining istiqbollari haqida gapirish mumkin emas.
– Strategiyada qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarning umumiy maydonini suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olishni 2018 yildagi 5 foizdan 2030 yilda 40 foizga oshirish vazifasi belgilangan. Ushbu maqsadda, yaqin kelajakda 2020-2030 yillarga mo`ljallangan Suv xo`jaligini rivojlantirish Konsepsiyasini qabul qilish hamda suv resurslarini boshqarish va irrigasiya sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
O`zbekiston Respublikasining qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo`ljallangan strategiyasida yer osti suvlaridan foydalanuvchilarning yagona davlat statistika hisobotlarini yuritish zarurligi qayd etilgan bo`lib, suvni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar va xaridorlarni qo`llab-quvvatlash, tuproqning sho`rlanish darajasini kuzatib borish uchun vertikal va yer osti meliorativ texnologiyalari va tizimlarini joriy etishning qo`shimcha mexanizmlarini ishlab chiqish ko`zda tutilgan.
Strategiyaga muvofiq 2021 yilda sug`orish va meliorasiya sohasida ilk davlat xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo`lib, sug`orish infratuzilmasi qisman klasterlar, kooperativlar va birlashgan ishlab chiqaruvchilarning boshqa shakllariga tezkor boshqaruvga beriladi.
Suv yo`qotilishini kamaytirishdan manfaatdor bo`lish fermerlarning sug`orish tizimining samaradorligi va mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladigan infratuzilma yaratilishiga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qiladi hamda bu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan xarajatlarni kamaytiradi. – 2022 yildan boshlab qishloq xo`jaligida suv ta`minoti xizmatlari uchun to`lov tizimini joriy etish ham taklif qilinmoqda. Hozirda suvning sezilarli darajada qadri tushib ketgan va bu ko`pincha suv iste`moli masalalariga loqaydlarcha munosabatda bo`lishga, suvning haddan tashqari ko`p sarflanishiga, buning natijasida sho`rlanish, tuproq minerallashuvi, uning qisman yoki to`liq buzilishi kabi ko`plab muammolarga olib keladi. Bundan tashqari, quruq iqlim hamda suv resurslarimiz cheklangan sharoitda bunday bema`ni yondoshuvlar nimaga olib kelishi mumkinligi haqida oldindan o`ylash muhim ahamiyatga egadir.