Strategiyani amalga oshirish monitoringi
Tarkibiga manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlari kiradigan maxsus tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi kengash ish olib boradi. Strategiyani amalga oshirish doirasida har yili «yo`l xaritalari» qabul qilinadi va bu ham idoralararo darajada, ham hamkor tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni o`rnatish imkonini beradi.
Mazkur hujjat strategik ahamiyatga ega bo`lgan rivojlanish loyihalarining dastlabkisi. Strategiyasiz sohani rivojlantirishni tasavvur etish qiyin, mazkur hujjat iqtisodiyotimizni rivojlantirishning asosidir- Hujjat haqiqatan ham ikki jihatdan revolyusion ahamiyatga ega: hujjat tuzilmasi hamda unda ko`zda tutilgan islohotlar. Bir-biriga bog`liq bo`lgan muammolarni ajratilgan holda hal etish qiyin. Biz bozor iqtisodiyotiga mos bo`lmagan muammolarni bartaraf etmas ekanmiz, samarali natijaga ega bo`la olmaymiz. Strategiya aynan muhim muammolarni o`z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |