Tashkilotning chet el va xalqaro tashkilotlari bilan o’zaro munosabatlari xaqida ma’lumot
Xalqaro moliya institutlari va chet el banklari bilan o’zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash ATB “Qishloq qurilish bank”ning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bankning vakillik munosabatlari, banklararo operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish bilan bog’liq faoliyatida ishonchli hamkorlari qatoriga Germaniyaning “Commerzbank AG” hamda Rossiyaning ATB “Promsvyazbank”, ATB “Russlavbank”, ATB “Aziya-Invest bank” va ATB “Novikombank” kiradi.
Bank mijozlarining xorijiy valyutadagi kredit resurslariga bo’lgan talablarini qondirish maqsadida bank tomonidan respublikamizda qishloq xo’jaligini rivojlantirish va modernizatsiyalashga yo’naltirilgan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA – 10,5 mln. AQSh dollari), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB – 10,0 mln. AQSh dollari), Xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasi (XQXRJ – 2,5 mln. AQSh dollari)ning imtiyozli kredit liniyalaridan, kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish maqsadida xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni xarid qilishlari uchun Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK – 11,0 mln. AQSh dollari) va Commerzbank AG (10,0 mln. Evro/AQSh dollari) mablag’laridan keng foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, muqobil energiya manbaalaridan foydalanishni qo’llab-quvvatlash va iqlim o’zgarishi ta’sirini kamaytirishga yo’naltirilgan Global ekologiya fondi (GEF – 1,0 mln. AQSh dollari)ning grant mablag’lari ham jalb qilingan. Bankning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan qishloq joylarda na’munaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni moliyalashtirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki (OTB – 425,5 mln. AQSh dollari) , Islom taraqqiyot bank (ITB – 100,0 mln. AQSh dollari), Saudiya taraqqiyot jamg’armasi (STJ – 60,0 mln. AQSh dollari) kabi xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit liniyalari jalb qilingan. Bugungi kenga kelib mazkur davlat dasturi doirasida qo’shimcha mablag’larni jalb qilish maqsadida bank tomonidan OTB va Xitoy Eksimbanki bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida bank tomonidan Western Union, MoneyGram, Zolotaya Korona, Asia Express va CONTACT tizimlari taklif qilib kelinmoqda. Shuningdek, Rossiyaning “Anelik RU” va Janubiy Koreyaning “Keb Hana” banklari bilan yangi pul o’tkazma tizimlarini yo’lga qo’yish bo’yicha ish tashkil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |