59 Mavzu: Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tavsifi va ularning tuzilishi
Reja:
1 Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari
2 Mashg‘ulotlarning turlari
3 Jismoniy mashqlarga o‘rgatish metodlari
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy
mashqlarga muntazam o‘rgatishning asosiy shaklidir.
Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatining
mujassam shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va
tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir.
Bu vazifalarning bajarilishi jismoniy kamoloti, organizmning
funksional takomillashuvi, bola sog‘lig‘ining mustahkam-
lanishi, ular tomonidan to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarining
egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va
sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsni har
tomonlama yaxshi rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Mashg‘ulotlarda sog‘lomlashtirish vazifalarini amalga oshi
rishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo‘li bilan
erishiladi. Ular organizmdagi barcha fuksional jarayonni, uning
optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoli-
yatni kuchaytirishga yordam beradi.
Ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar mashg‘ulotlar jarayonida
bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, fizkultura
va sport sohasiga oid ba’zi turlar bilimlar va atamalarni ma’lum
qilish, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalari hamda jismoniy sifatlarni
tarbiyalash yo‘li bilan hal etiladi.Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va l shonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg‘ulotlar (yomg‘irli kunlardan tashqari) ochiq havoda, sport maydonchasida o‘tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o‘zaro aloqadadir: ular barcha sog‘lomlashtirish va ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydilar. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish sharoiti ularning ba’zi o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog‘lomlashtirish- gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan (deraza
fortochkalari ochiq, yengil kiyim va poyabzal) mashg‘ulotlar
harakatlarning to‘g‘ri, go‘zal va aniq bo‘lishini ta’minlaydi,
umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi. Ular turli predmetlar
bilan va musiqa jo‘rligida o‘tkazish mumkin.
Ochiq havodagi mashg‘ulotlar yuqori sog‘lomlashtirish
samarasiga ega, ular harakatlarni keng joy da bajarishga im-
kon beradi, jismoniy yuklamani kuchaytiradi, sport o‘yinlari,
estafetalarni o‘tkazishga keng imkoniyat yaratadi. Biroq
qalin kiyim va poyabzal harakatlarining aniq, ifodali, chiroyli
bo‘lishiga xalaqit beradi. Mashg‘ulotlar strukturasi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning ruhiyati (psixologiyasi)ni nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog‘liq.Mashg‘ulotning kirish-tayyorgarlik qismi vazifalari va mazmuni. Sport mashg‘ulotining birinchi qismiga qo‘yilgan
vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko‘ra
turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bir holda u kirish,
ikkinchi bir holda kirish-tayyorgarlik xarakterida bo‘lishi
mumkin. Mashg‘ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga
nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan,
diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat
ko‘nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin
mashg‘ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha faol
faoliyatga tayyorlashdan iborat.Mashg‘ulotning ikkinchi (asosiy) qismida quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi: bolalarga yangi mashqlar o‘rgatish, ilgari o‘tilgan mashqlarni takrorlash va mustahkamlash, harakatlar bo‘yicha bolalarning malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Mashg‘ulotning bu qismida bola organizmiga anchagina jismoniy ta’sir ko‘rsatiladi. Mashg‘ulotning asosiy qismiga asosiy harakatlarga oid hamda umumiy rivojlanish mashqlariga doir har xil mashqlar, harakatli o‘yinlar, sport o‘yini qismlari kiradi. Asosiy qismning boshlanishida umumrivojlantiruvchi
mashqlar bajariladi. Bu mashqlarni bir-biri bilan almashtirib
turishning tartibi quyidagicha: dastlab qo‘l va yelka muskullarini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar bajariladi.
Mashg‘ulotlarning turlari. Mashg‘ulotlar o‘zining
ta’limiy vazifasi va mazmuniga qarab turli xilda bo‘lishi
mumkin: 1) asosiy e’tibor yangi materialni o‘rganishga
qaratilgan mashg‘ulotlar; 2) ilgari o‘zlashtirishgan malaka va
ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar,
ular oldingi o‘tilgan materialni takrorlash asosiga quriladi; 3)
aralash xususiyatga ega mashg‘ulotlar, bularda yangi materialni
o‘rganish o‘tilganlarni takrorlash, mustahkamlash bilan olib
boriladi. Nazorat, hisob-kitob qilish mashg‘ulotlari, bularda
muayyan davrda qilingan ishlarga yakun yasaladi, u yoki bu
mashqlarni bajarish sohasida bolalarning bilim va mahoratlari tekshiriladi, harakatlarning sifati va miqdoriga, bolalarning
harakatli o‘yinlarni o‘ynay olish mahoratiga baho beriladi.
Bolalar bog‘chalarida asosan mashg‘ulotlarning aralash
xususiyatiga ega bo‘lgan mashg‘ulotlar ko‘proq qo‘llaniladi.
Jismoniy mashqlarga o‘rgatish metodlari. Bog‘cha
bolalari jismoniy tarbiyasi amaliyotida jismoniy mashqlarga o‘rgatishning quyidagi metod va usullari qo‘llaniladi: “So‘zlab berish” (mashqni tushunlirish, ko‘rsatma, buyruq berish, hikoya, suhbat), ko‘rgazmali mashg‘ulot (ko‘rsatib berish, imoishora – taqlid qilish, tovush va ko‘rish mo‘ljallari, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish), amaliy metod (mashqlar, aniq topshiriqlar, o‘yin usullari, madad va yordam berish).
Do'stlaringiz bilan baham: |