KIRISH
1. Qadimgi dunyo tarixi qachon va qanday tugagan?
A) 473-yil Angliya burjua
inqilobi boshlanishi bilan
B) 474-yil Sharqiy Rim imperiyasi qulashi bilan
C) 475-yil Rossiya burjua inqilobi boshlanishi bilan
D) 476-yil G`arbiy Rim imperiyasi qulashi bilan
2. ”Avesto” qaysi xalq tarixi haqida hikoya qiladi?
A) Hindlar B) O‘rta Osiyo
C) Yunonlar D) Misrliklar
3. Eng qadimgi shaharlar va davlatlar tashkil topishi davrini olimlar nima deb ataydilar?
A) Sivilizatsiya B) Urbanizatsiya
C) Emigratsiya D) Korporatsiya
4. Tangalarni tadqiq etish bilan qaysi fan shug‘ullanadi?
A) Biografiya B) Numizmatika
C) Geografiya D) Epigrafika
5. Moxenjodaro qayerda joylashgan?
A) Hind vodiysida B) Gang vodiysida
C) Tigr vodiysida D) Dajla vodiysida
6. Qaysi fanni buyuk o‘qituvchi deb atshadi?
A) Kimyo B) Fizika
C) Tarix D) Mantiq
7. Yer yuzida odam odam paydo bo‘lganidan to milodiy 476-yilda G`arbiy Rim imperiyasi qulashiga qadar bo‘lgan voqealar qaysi tarixni tashkil etadi?
A) Ibtidoiy jamoa tarixi B) Ilk o‘rta asrlar tarixi
C) Qadimgi dunyo tarixi D) Ibtidoiy rivojlanish tarixi
8. Voqealarning yilma-yil qayd etib borilishi nima deb ataladi?
A) Biografiya B) Yilnoma
C) Qaydnoma D) Xronologiya
9. Tarjimayi hol qanday ataladi?
A) Biografiya B) Numizmatika
C) Geografiya D) Epigrafika
10. Krit oroli qayerda joylashgan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
11. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi avval qayerda, so‘ng qayerda boshlangan?
A) Avval Qadimgi G‘arbda, so‘ng Kipr orolida
B) Avval Qadimgi Janubda, so‘ng Sitsiliyada
C) Avval Qadimgi Sharqda, so‘ng Krit orolida
D) Avval Qadimgi Shimolda, so‘ng Sardiniyada
12. Qadimgi bitiklarni o‘rganish bilan qaysi fan shug‘ullanadi?
A) Biografiya B) Numizmatika
C) Geografiya D) Epigrafika
13. "Piramidalar matnlari" va "Marhumlar kitobi" qaysi xalq tarixi haqida hikoya qiladi.
A) Hindlar B) O‘rta Osiyo
C) Yunonlar D) Misrliklar
14. Bobil qaysi daryolar oralig‘ida joylashgan?
A) Sind va Hind B) Panjob va Bengal
C) Frot va Dajla D) Tigr va Dajla
15. Qadimgi dunyo tarixi qachon boshlangan?
A) Yer yuzida qurol paydo bo‘lgandan B) Yer yuzida shahar paydo bo‘lgandan
C) Yer yuzida odam paydo bo‘lgandan D) Yer yuzida davlat paydo bo‘lgandan
16. "Rigveda" qaysi xalq tarixi haqida hikoya qiladi?
A) Hindlar B) Yahudiylar
C) Yunonlar D) Misrliklar
1-§. Qadimgi tarix-taraqqiyotning boshlanishi
1. Nima sabab bilan eng qadimgi urug`chilik tizimi ham yakunlandi?
A) Matriarxatga o‘tilishi bilan B) Patriarxatga o‘tilishi bilan
C) Paleolit davriga o‘tish bilan D) Mezolit davriga o‘tish bilan
2. .... - birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan qarindoshlar jamoasidir?
A) Urug‘ B) Davlat
C) To‘da D) Qabila
3. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi manba?
A) "Avesto" B) "Injil"
C) "Qur'on" D) "Bibliya"
4. Qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq) ni sinchiklab tekshirib ko‘rgan ... ularning tashqi ko‘rinishini qaytadan yaratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni nazardan o‘tkazishga harakat qiladilar?
A) Arxeologlar B) Antropologlar
C) Etnograflar D) Lingvistlar
5. O‘zbekistonning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o‘rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. O‘lkamizdagi o‘sha davrlarga oid ko‘hna qadamjolarni o‘rganish chog‘ida arxeologlar qaysi o‘lkalarning hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan?
A) Hindiston, Xitoy va Vizantiya B) Hindiston, Eron va Mesopotamiya
C) Hindixitoy, Eron va Mesopotamiya D) Hindiston, Arabiston va Kichik Osiyo
6. Matriarxat bu?
A) Ona urug‘i B) Ota urug‘i
C) Juft urug‘i D) Katta oila
7. Insoniyat tarixining boshlang`ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan, hamma baravar ishlagan, bu davr qanday ataladi?
A) Urug‘chilik tuzumi B) Ibtidoiy jamoa tuzumi
C) Qabilachilik tuzumi D) Feodal tuzumi
8. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning...?
A) Ibtidoiy to‘daga birlashuvi bo‘lgan B) Urug‘ jamoasiga birlashuvi bo‘lgan
C) Davlat tuzumiga birlashuvi bo‘lgan D) Feodal aloqalarga birlashuvi bo‘lgan
9. Behistun qoyalari qayerda joylashgan?
A) Erondagi Mozandaron shahrida B) Erondagi Hamadon shahrida
C) Erondagi Kirmonshoh shahrida D) Erondagi Persepol shahrida
10. Quyidagilardan qaysi birida qadimgi odamlarning kata jamoasi mujassam bo‘lgan?
A) Urug‘ jamoasi B) Feodal tuzum
C) Ibtidoiy to‘da D) Qabila ittifoqi
11. Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan asar va u kimniki?
A) "Aleksandrning harbiy yurishlari", Arrianniki
B) "Buyuk Aleksandr tarixi", Kvint Kursiy Rufniki
C) " Aleksandr yurishlari tarixi", Arrianniki
D) "Aleksandrning yurishi", Arrianniki
12. Tarixda manbalar necha turga bo‘linadi?
1. Arxeologlar manbalar
2. Antropologlar manbalar
3. Yozma manbalar 4. Etnograflar manbalar
5. Moddiy manbalar 6. Lingvistik manbalar
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 3, 5 D) 4, 6
13. Behistun yozuvlari qaysi hukmdor buyrug‘i bilan yozilgan?
A) Kir II B) Kserks C) Kambiz D) Doro I
14. Kimlar qadim o‘tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar?
A) Arxeologlar B) Antropologlar
C) Etnograflar D) Lingvistlar
15. Ko‘hna qadamjolarni qazish chog‘ida arxeologlarqayerlik hunarmandlar tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan?
1. Misr 2. Xitoy 3. Yunoniston 4. Hindiston
5. Eron 6. Mesopotamiya
A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
16. Gerodot qanday asar yozgan?
A) "Tarix"
B) "Geografiya"
C) "Aleksandrning harbiy yurishlari"
D) "Tarixiy yilnomalar"
17. Gerodot qachon yashagan va u qayerlik tarixchi?
A) Mil. avv. VIII asr. Qadimgi Xitoy tarixchisi B) Mil. avv. VII asr. Qadimgi Rim tarixchisi
C) Mil. avv. VI asr. Qadimgi Yunon tarixchisi D) Mil. avv. V asr. Qadimgi Yunon tarixchisi
18. Kimlar hozir ham barhayot qabilalar va xalqlarni, qadimgi odamlarning saqlanib qolgan ko‘pgina udumlari, xo‘jalik va madaniyat an'analarini o‘rganadilar?
A) Arxeologlar B) Antropologlar
C) Etnograflar D) Lingvistlar
19. Quyidagi qaysi asarda O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma’lumotlar beriladi?
A) “Tarix” B) “Geografiya”
C) “Tarixiy yilnomalar D) “Makedoniyalik aleksandr tarixi”
20. Mis-tosh davri bu?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
21. Kvint Kursiy Ruf qanday asar yozgan?
A) "Tarix" B) "Aleksandrning harbiy yurishlari"
C) "Geografiya" D) "Makedoniylik Aleksandr tarixi"
22. Jahondagi barcha xalqlar tarixi nimadan boshlangan?
A) Urug‘chilik tuzumi B) Ibtidoiy jamoa tuzumi
C) Qabilachilik tuzumi D) Feodal tuzumi
23. Strabon qachon yashagan va u qayerlik tarixchi va geograf?
A) Mil. avv. IV asr. Xitoy tarixchisi va geografi
B) Mil. avv. I asr. Rim tarixchisi va geografi
C) Mil. avv. II asr. Misr tarixchisi va geografi
D) Mil. avv. I asr. Yunon tarixchisi va geografi
24. "Avesto" da yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari- ... aholisi madaniyatlari to‘g‘risida hikoya qilinadi?
1. So‘g‘diyona 2. Midiya 3. Xorazm 4. Parfiya
5. Baqtriya 6. Marg‘iyona
A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6
C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
25. O‘rta tosh davri bu?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
26. ... - turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir?
A) Urug‘ jamoasi B) Feodal tuzum
C) Ibtidoiy to‘da D) Qabila ittifoqi
27. Kvint Kursiy Ruf qachon yashagan va u qayerlik tarixchi?
A) I asr. Qadimgi Rim tarixchisi B) II asr. Qadimgi Xitoy tarixchisi
C) III asr. Qadimgi Yunon tarixchisi D) IV asr. Qadimgi Misr tarixchisi
28.O‘rta paleolit nechanchi mingyilliklarni o‘z ichiga oladi?
A) Mil.avv. 1 mln – 100 ming yilliklar
B) Mil.avv. 100 – 40 ming yilliklar
C) Mil. Avv. 100 – 12 ming yilliklar
D) Mil.avv 40 – 12 ming yilliklar
29. Quyidagi qaysi voqeadan keyin jamoadagi yetakchilik asta-sekin erkak kishiga o‘ta boshlaydi?
A) Buyuk muzlik davri boshlanishi
B) Metallurgiya rivoji
C) mehnat qurollari va xo‘jalik shakllari takomillashuvi
D) Tevarak atrof haqida bilimlar boyib borishi
30. “Eneus” so‘zi qaysi tildan olingan?
A) Yunon B) Lotin
C) Ingliz D) Sanskrit
31. Arxeologlar insoniyat tarixini ibtidosini nima uchun "tosh davri" deb atashadi?
A) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini suyakdan yasagani uchun
B) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini temirdan yasagani uchun
C) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini sopoldan yasagani uchun
D) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani uchun
32. Ilk paleolit nechanchi mingyilliklarni o‘z ichiga oladi?
A) Mil. avv. 4 mln 400 ming yilliklar
B) Mil. avv. 3 mln 300 ming yilliklar
C) Mil. avv. 2 mln 200 ming yilliklar
D) Mil. avv. 1 mln 100 ming yilliklar
33. Tosh davrining bosqichlarini ketma-ketlikda joylashtiring?
A) Mezolit-Poleolit-Eneolit-Neolit
B) Neolit-Eneolit- Paleolit-Mezolit
C) Paleolit-Mezolit- Neolit-Eneolit
D) Eneolit-Neolit- Mezolit- Paleolit
34. So‘ngi paleolit nechanchi mingyilliklarni o‘z ichiga oladi?
A) Mil.avv. 1 mln – 100 ming yilliklar
B) Mil.avv. 100 – 40 ming yilliklar
C) Mil. Avv. 100 – 12 ming yilliklar
D) Mil.avv 40 – 12 ming yilliklar
35. Patriarxat bu?
A) Ona urug‘i B) Ota urug‘i
C) Juft oila D) Katta oila
36. Arrian qachon yashagan va u qayerlik tarixchi?
A) I asr. Qadimgi Xitoy tarixchisi
B) II asr. Qadimgi Yunon tarixchisi
C) III asr. Qadimgi Rim tarixchisi
D) IV asr. Qadimgi Misr tarixchisi
37. Insoniyat tarixida patriarxat bilan …
A) ibtidoiy jamoa tuzumi ham o‘z nihoyasiga yetdi
B) eng qadimgi urug‘chilik tuzumi ham nihoyasiga yetdi
C) buyuk muzlik davri ham o‘z nihoyasiga yetdi
D) ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish amalga oshdi
38. Strabon qanday asar yozgan?
A) "Tarix"
B) "Aleksandrning harbiy yurishlari"
C) "Geogafiya"
D) "Tarixiy yilnomalar"
39. Qadimgi manbalarning qaysi birida O‘lkamizning qadimgi tarixiy viloyatlari Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm aholisi madaniyati to‘g‘risida hikoya qilinadi.
A) Behistun yozuvlari
B) Avesto
C) Sim Syan "Tarixiy yilnomalar"
D) Gerodotning 'Tarix" asari
40. Yangi tosh davri nima deb atalgan?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
41. Qadimgi tosh davri bu?
A) Paleolit B) Mezolit C) Neolit D) Eneolit
42. Behistun yozuvlarida qaysi davlatlar sanab o‘tiladi?
1. So‘g‘diyona 2. Midiya 3. Xorazm4. Parfiya
5. Baqtriya6. Marg‘iyona
A) 1, 3, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 6 D) 2, 4, 5
43. “Aleksandrning harbiy yurishlari” asari yunoncha atalishi qanday?
A) “Aleksandr derbisi”
B) “Aleksandr aressiyasi”
C) “Aleksandr anabasisi”
D) “Aleksandr urubanans”
44. "Tarix" asari necha kitobdan iborat?
A) 9B) 10 C) 11 D) 12
45. Quyidagi qaysi asarda o‘lkamiz qadimgi aholisi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi ?
A) “Tarix” B) “Geografiya”C) “Tarixiy yilnomalar” D) “Behistun bitiklari”
2-§. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari
1. Zinj vodiysi qayerda joylashgan?
A) Sharqiy Afikada B) G‘arbiy Afrikada
C) Shimoliy Afrikada D) Janubiy Afrikada
2. Selungur manzilgohi qayerda joylashgan?
A) Toshkent B) Buxoro
C) Xorazm D) Farg‘ona
3. Qaysi manzilgohdagi murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e'tiqodlar bilan bog‘liq?
A) Teshiktosh B) Ko‘lbuloq
C) Selungur D) Zarautsoy
4. So‘ngi paleolit davriga oid odam nima deb ataladi?
A) Kromanyon B) Neandertal
C) Sinantrop D) Zinjantrop
5. Nima dastlabki diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq edi?
A) Hayvonlarni muqaddas bilish
B) Murdani dafn etish
C) Rassomchilik
D) Ovga tayyorgarlik ko‘rish
6. Odamlar ..... bo‘lajak ovda o‘zlariga yordam beradi, deya ishonishgan?
A) Ibodat qilish
B) Ov oldididan qurbonlik berish
C) Rasmlar
D) Ovga tayyorgarlik ko‘rish marosimi
7. Ibtidoiy odamlar sig‘ingan tabiat kuchlari xato berilgan javobni toping
A) Momaqaldiroq B) Shamol
C) Yomg‘ir D) Vulqon
8. Insonni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning borligiga ishonish nima deb ataladi?
A) Fetishizm B) Totemizm
C) Animizm D) Shovinizm
9. O‘rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari qayerlardan topilgan?
A) Samarqand va Buxoro
B) Xorazm va Andijon
C) Farg‘ona va Toshkent
D) Navoiy va Jizzax
10. Nima rivojlangan davrda inson o‘zini tabiiy muhitdan hamda hayvonot va o‘simliklar olamidan ajratmagan?
A) Ovchilik B) Termachilik
C) Chorvachilik D) A va B
11. Ilk paleolitning so‘nggi davrida sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) buyuk muzlashning boshlanishi
B) urug‘ jamoalari shakllanishi
C) ilk diniy tasavurlarning paydo bo‘lishi
D) muzlik chekinishi va tezyurar mayda hayvoniar paydo bo‘lishi
12. Indoneziyaning Yava orolidan qaysi odam suyaklari qoldiqlari topilgan?
A) Pitekantrop B) Sinantrop
C) Zinjantrop D) Avstralopitek
13. Ko‘lbuloq manzilgohi qayerda joylashgan?
A)Toshkent B) Buxoro
C) Xorazm D) Farg‘ona
14. Quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy e’tiqodlar bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi?
A) odamlarni dunyoni tushunishga intilishlari
B) so‘nggi paleolit davriga oid bo‘lgan qoya rasmlarini topilishi
C) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo‘rqib, to‘da bo‘lib ov qilganliklari
D) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o‘rganishlari
15. Sharqiy Afrikadan qaysi odam suyaklari qoldiqlari topilgan?
A) Pitekantrop B) Sinantrop
C) Zinjantrop D) Avstralopitek
16. Neandertal vodiysi qayerda joylashgan?
A) Fransiya B) Angliya
C) Ispaniya D) Germaniya
17. Odam qanday paydo bo‘lganligi haqida ilmiy, diniy, afsonaviy va dunyoviy naqllar mavjud bo‘lib, biz uni qanday ma’lumotlarga tayangan holda o‘rganamiz?
A) Lingvistika va axeologiya
B) Antroplogiya va etnologiya
C) Arxeologiya va Antropologiya
D) Etnologiya va Arxeologiya
18. Termachilik va ovchilik nima deb ataladi?
A) Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik
B) Qishloq xo‘jalik
C) O‘zlashtiruvchi xo‘jalik
D) Natural xo‘jalik
19. Eng qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo qazoni bartaraf etishiga e'tiqod qilishlari qanday nomlangan?
A) Fetishizm B) Totemizm
C) Animizm D) Shovinizm
20. Bir tomoni urib o‘tkirlangan tosh qurollari arxeologiya fanida nima deb ataladi?
A) Mikrolit B) Qirg‘ich
C) Nukleus D) Chopper
21. Janubiy Afrikadan qaysi odam suyaklari qoldiqlari topilgan?
A) Pitekantrop B) Sinantrop
C) Zinjantrop D) Avstralopitek
22. Nima insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o‘zgartirib yuboradi?
A) odamlarni dunyoni tushunishga intilishlari
B) Mehnat faoliyati, tevarak olam haqida to‘plagan bilimlari
C) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo‘rqib, to‘da bo‘lib ov qilganliklari
D) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o‘rganishlari
23. Teshiktosh g‘oridan topilgan bola jasadi atrofiga nima qo‘yilgan?
A) Fil suyagi B) Sher tishlari
C) Tog` echkisi shoxlari D) Ilon terisi
24. Ilk paleolit davri odamlari qanday manzilgohlarda yashagan edi?
A) Katta to‘g‘larning g‘orlarida yoki daraxtlarning ichida
B) Katta qavatli hovlilarda yoki toshdan qurilgan qasrlarda
C) Okeanlardagi orollarda yoki qum ustidagi chaylalarda
D) Kichkina daryolar yoki buloqlar yaqinidagi tepaliklarda
25. Qaysi davrda hozirgi qiyofadagi odam-kramanyon odam yashagan?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B, C
26. Qachon Buyuk muzlash boshlandi?
A) Ilk paleolitning boshlanish davrlarida
B) Ilk paleolitning so‘nggi davrlarida
C) O‘rta paleolitning boshlanish davrlarida
D) O‘rta paleolitning so‘ngi davrlarida
27. Xitoy hududidan qaysi odam suyaklari qoldiqlari topilgan?
A) Pitekantrop B) Sinantrop
C) Zinjantrop D) Avstralopitek
28. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari qayerdan topilgan?
A) Ispaniyadagi Altamir
B) Fransiyadagi Lasko
C) Boshqirdistondagi Kapova
D) A, B,C
29. Ilk paleolitning oxirgi davrlarida odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga nima undadi?
A) Buyuk muzlash boshlandi
B) O‘q-yoy kashf etildi
C) Dehqonchilik boshlandi
D) Davlat tashkil topdi
30. Hozirgi qiyofadagi odam?
A) Kromanyon B) Neandartal
C) Sinantrop D) Zinjantrop
31. Ilk qoyatosh rasmlari qaysi davrga oid?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B,C
32. Odamlarning eng qadimgi mashg‘uloti nima bo‘lgan?
A) Dehqonchilik va chorvachilik
B) Chorvachilik va termachilik
C) Termachilik va ovchilik
D) Ovchilik va dehqonchilik
33. Qadimgi odamlar ov oldidan raqsga tushishib nimani mashq qilishgan?
A) Kamondan o‘q uzish B) Xanjar sanchish
C) Nayza uloqtirish D) Teri shilish
34. Ilk paleolit odamlari?
A) Avstralopitek, Zinjantrop
B) Neandertal, Kromanyon
C) Pitekantrop, Sinantrop
D) A, C
35. Biror hayvon yoki o‘simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish fanda nima deyiladi?
A) Fetishizm B) Totemizm
C) Animizm D) Shovinizm
36. 8-9 yashar neandertal bolaning suyaklari qoldiqlari qayerdan topilgan?
A) Teshiktosh B) Ko‘lbuloq
C) Selung‘ur D) Zarautsoy
37. Teshiktosh g‘ori qaysi davrga oid?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B, C
38. Nima eng qadimgi tasviriy san`at rivojlanish uchun asos bo‘lib xizmat qildi?
A) Odamlarning qoyatosh rasmlarini ko‘plab chizishi
B) Odamning o‘zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushinishga intilishi
C) Insonni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish
D) Hayvonot olamidan qo‘rquv
39. Kromanyon g‘ori qayerda joylashgan?
A) Fransiya B) Angliya
C) Ispaniya D)Germaniya
40. O‘rta paleolit davriga oid odam nima deb ataladi?
A) Kromanyon B) Neandertal
C) Sinantrop D) Zinjantrop
41. Quyidagilardan qoyatosh rasmlar yodgorliklarining eng qadimgilari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) Kapova, Zarautsoy, Teshiktosh
B) Altamir, Lasko, Kapova
C) Olduvoy, Kapova, Lasko
D) Lasko, Yava, Olduvoy
42.Teshiktosh g‘oridan qaysi odam suyaklari qoldiqlari topilgan?
A) Kromanyon B) Neandertal
C) Sinantrop D) Zinjantrop
43. Teshiktosh g‘ori qaysi tog‘dan topilgan?
A) Hisor B) Boysun
C) Nurota D) Urgut
3-§.Urug‘chilik jamiyati
1. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni qo‘llaydilar?
A) Paleolit va mezolit B) Mezolit va neolit
C) Neolit va eneolit D) Eneolit va bronza
2. Nimaning rivojlanishi hunarmandchilikning shakllanishiga olib keladi?
A) Sopol idishlar yasash B) Mikrolitlar yasash
C) Dehqonchilik va chorvachilik D) Kulolchilik va to‘quvchilik
3. Qaysi davrda urug‘ jamoalari ajralib chiqishdi?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B, C
4. So‘nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi?
A) O‘q-yoyning kashf etilishi
B) Turar joylar qurilishi
C) Ziroatchilik paydo bo‘lishi
D) Olov ixtiro qilinishi
5. So‘ngi paleolit davrida yasalgan munchoq nimadan yasalgan?
A) Jezdan B) Mamont suyagidan
C) Rangli toshlardan D) Misdan
6. Quyidagi voqea va jarayonlardan so‘nggi poleolit davriga xos bo‘lmaganini aniqlang.
A) Insonlar munchoq, tumor va uzuklar yasay boshladilar
B) Urug‘ jamoalari vujudga kela boshladi
C) Insonlar mikrolitlar- mayda tosh qurollardan foydalana boshladi
D) Sun’iy olov kashf etildi
7. Qachondan boshlab odamlar kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisini ishlatishgan?
A) Mil. avv. 500-300 ming yilliklar
B) Mil. avv. 300-100 ming yilliklar
C) Mil. avv. 100-40 ming yilliklar
D) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
8. Quyidagi insoniyat hayotidagi yangiliklarning qaysi birlari so‘nggi paleolit davriga taalluqli emas?
1) tabiiy olovdan foydalanish;
2) zeb-ziynat buyumlari yasash;
3) sun’iy boshpanalar qurish;
4) qoyatosh suratlari;
5) to‘quvchilik;
6) mikrolit qurollar yasash;
7) sun’iy olovdan foydalanish;
8) dastlabki dafn etish tartiblarining vujudga kelishi.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 5, 6, 8
C) 2, 6, 7, 8 D) 1, 4, 5, 6
9. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan?
A) ilk paleolit B) o‘rta paleolit
C) so‘nggi paleolit D) mezolit
10. Qachon urug‘ jamoalari ajralib chiqishdi?
A) Mil. avv. 500-300 ming yilliklar
B) Mil. avv. 300-100 ming yilliklar
C) Mil. avv. 100-40 ming yilliklar
D) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
11. Tiriklayin tutib olib, yegulik zahirasi sifatida saqlab qo‘ya boshlagan hayvon turlari xato berilgan javobni toping?
A) To‘ng‘izcha B) Uloqcha
C) Qo‘zichoq D) Buzoqcha
12. Neolit davrida o‘troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning …
A) dastlabki su’niy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi
B) dehqonchilikka o‘tish imkoniyatini vujudga keltirdi
13. Mikrolitlar – mayda tosh qurollar qaysi davrda kashf etilgan?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
14. Qaysi davr boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga yetdi?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
15. Inson qachondan va qaysi davrdan boshlab taqinchoqlar - munchoqlar, tumorlar va uzuklar yasay boshladi?
A) Mil. avv. 12-7 ming yilliklar
B) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
C) Mil. avv. 4-3 ming yilliklar
D) Mil. avv. 3-2 ming yilliklar
16. Mezolit davriga oid manzilgohlar?
A) Selungur, Ko‘lbuloq, Teshiktosh
B) Obishir, Qo‘shilish, Machay
C) Oltintepa, Namozgoh, Sarazm
D) Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqo‘ton
17. Qachon urug‘ jamoalarining manzilgohlari shakllanib boradi?
A) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
B) Mil. avv. 12-7 ming yilliklar
C) Mil. avv. 6-4 ming yilliklar
D) Mil. avv. 4-3 ming yilliklar
18. So‘ngi paleolit davri odamlari qayerdan topilgan?
A) Samarqand B) Toshkent
C) Farg‘ona D) A, B, C
19. Qaysi davrda Old Osiyoda xo‘jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi?
A) Mezolit davri boshida
B) Mezolit davri oxirida
C) Neolit davri boshida
D) Neolit davri oxirida
20. Quyidagi ixtirolardan so‘nggi paleolit davriga taalluqlilarini aniqlang?
1) tabiiy olovdan foydalanish;
2) g‘orlarda yashashning o‘zlashtirilishi;
3) zeb-ziynat buyumlari yasashning boshlanishi;
4) turar joylar qurilishi;
5) mikrolit qurollar yasash;
6) kulolchilikning ixtiro qilinishi;
7) sun’iy olovning kashf etilishi;
8) o‘q-yoyning ixtiro qilinishi;
9) kesuvchi, arralovchi va parmalovchi qurollar yasay boshlanishi;
10) paxsa uylar qurishning boshlanishi;
11) eng qadimiy dafn tartiblari vujudga kelishi;
12) qoyatosh suratlari paydo bo‘lishi.
A) 3, 4, 7, 9, 12 B) 2, 3, 5, 7, 8, 9, 12
C) 4, 5, 7, 9, 10 D) 1, 3, 4, 5, 7, 9, 11
21. Odamlar qachondan va qaysi davrdan boshlab kesuvchi, arralovchi va parmalochi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishgan?
A) Mil. avv. 12-7 ming yilliklar
B) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
C) Mil. avv. 4-3 ming yilliklar
D) Mil. avv. 3-2 ming yilliklar
22.Qachonga kelib insoniyat o‘z rivojida yana bir pog‘onaga yuksaladi?
A) ilk paleolit B) o‘rta paleolit
C) so‘nggi paleolit D) mezolit
23. Obishir, Qo‘shilish, Machay qaysi davrga oid?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
24. Qaysi davrda paxsa imoratlar qurish boshlandi
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
25. Mezolit davriga xos xususiyatlarni ko‘rsating.
1. muzlik davri payoniga etgan
2. iqlim ancha iligan
3. odamlar turmushida o‘zgarishlar bo‘lgan
4. diniy qarashlar vujudga keldi
5. olov kashf etilgan
6. o‘q-yoy kashf etilgan
7. kromanyon odam yashagan
8. hayvonlar qo‘lga o‘rgatila boshlandi
9. odamlar hayotida katta o‘zgarish bo‘lmagan
A) 1, 2, 3, 4, 5, 8 B) 1, 2, 4, 6, 8, 9
C) 2, 4, 5, 6, 7, 9 D) 1, 2, 3, 6, 8
26. Nimaning kashf etilishi ibtidoiy odamlarda chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyatini beradi?
A) Nayza B) Changak
C) O‘q-yoy D) to‘r
27. Nealit davrining muhim kashfiyoti va ixtirosi nima edi?
A) Sopol idishlar yasash
B) Mikrolitlar yasash
C) Dehqonchilik va chorvachilik
D) Kulolchilik va to‘quvchilik
28. Qachondan boshlab odamlar turar joylar qura boshladilar?
A) Mil. avv. 500-300 ming yilliklar
B) Mil. avv. 300-100 ming yilliklar
C) Mil. avv. 100-40 ming yilliklar
D) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
29. Qachondan boshlab odamlar sun'iy tarzda olov hosil qilishgan?
A) Mil. avv. 500-300 ming yilliklar
B) Mil. avv. 300-100 ming yilliklar
C) Mil. avv. 100-40 ming yilliklar
D) mil. avv. 40-12 ming yilliklar
30. Bugungi kunda mezolit davriga oid qanchadan ortiq manzilgohlar ochilgan?
A) 50 ortiq B) 100 ortiq
C) 150 ortiq D) 200 ortiq
31. Qaysi davrda odamlar sun'iy tarzda olov hosil qilishgan?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B, C
32. Nealit davrida kiyim-kechaklar nimadan tayyorlangan?
A) Teri B) Tola va jun
C) Daraxt novdasi D) A va B
33. Qaysi davrda Qadimgi sharqning turli viloyatlarida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik- dehqonchilik va chorvachilikka o‘ta boshlaydi?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
34. Qaysi davr oxirida inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladi?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
35. Yurtimizda mezolit davriga oid bo‘lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o‘rganilgan?
A) Zarautsoy B) Qo‘shilish
C) Teshiktosh D) Jarqo‘ton
36. Qaysi davrlarda odam toshga ishlov berishning silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalashni qo‘llay boshladi?
A) Paleolit va mezolit B) Mezolit va neolit
C) Neolit va eneolit D) Eneolit va bronza
37. Neolit davri boshlanishini nima bilan belgilaydilar?
A) Mis ko‘zgular kashf etilishi bilan
B) Suyakdan musiqa asboblari kashf etilishi bilan
C) G‘ildirakning kashf etilishi bilan
D) Sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan
38. Zarautsoy qoyatosh rasmlari qaysi davrga oid?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
39. Qaysi davrda aksariyat qabilalar o‘troq turmush tarziga o‘tib, doimiy turar joylar qura boshlagan?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
40. Qaysi davrda odamlar kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisini ishlatishgan?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B, C
41. Nima bilan ov qilinganda o‘lja oldingisiga qaraganda mo‘l-ko‘l bo‘ldi?
A) Nayza B) To‘r
C) O‘q-yoy D Itlar
42. Mezolit davri oxirida ... xo‘jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi?
A) O‘rta Osiyo B) Old Osiyo
C) Sharqiy Osiyo D) Janubiy Osiyo
43. Kulolchilik va to‘quvchilik qaysi davrda vujudga kelgan?
A) paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
44. Neolit davrining eng kata ixtirosi?
A) Sopol idishlar
B) Mikrolitlar
C) Dehqonchilik va chorvachilik
D) Kulolchilik va to‘quvchilik
45. Qaysi manzilgoh Ohangaron daryosi vodiysida joylashgan?
A) Teshiktosh B) Ko‘lbuloq
C) Selungur D) Zarautsoy
46. Quyidagi qaysi devrga kelib toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o‘zgaradi?
A) Mil. avv. 500-300 ming yilliklar
B) Mil. avv. 300-100 ming yilliklar
C) Mil. avv. 100-40 ming yilliklar
D) mil. avv. 40-12 ming yilliklar
47. Old Osiyoda ibtidoiy ziroatchilikka o‘tish qachon
boshlandi?
A) so‘nggi paleolitda B) mezolitda
C) neolitda D) eneolitda
48. Qachon o‘q-yoy ixtiro qilindi?
A) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
B) Mil. avv. 12-7 ming yilliklar
C) Mil. avv. 4-3 ming yilliklar
D) Mil. avv. 3-2 ming yilliklar
49. Mezolit davriga oid manzilgohlar qayerdan topilgan?
A) Farg`ona vodiysining tog`oldi va tog`li tumanlarida
B) Toshkent vohasida hamda O‘zbekiston janubida
C) Xorazm viloyati Amudaryo qirg`ogidan
D) A,B
50. Qachondan inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladilar?
A) Mezolit davri boshida
B) Mezolit davri oxirida
C) Neolit davri boshida
D) Neolit davri oxirida
C) kulolchilik xumdonini kashf qilinishiga sabab bo‘ldi
D) xo‘jalikning yangi tarmoqlari ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi
51. Ibtidoiy jamoa tuzimining qaysi davrida odamlar o‘troq hayotga o‘tdi?
A) Neolitda B) O‘rta paleolitda
C) So‘nggi paleolitda D) Mezolitda
4-§. Eneolit va bronza davri
1. Qaysi davrda misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari va qurol-yaroqlar yasashga o‘tildi?
A) Mezolit davri boshida
B) Eneolit davri oxirida
C) Neolit davri boshida
D) Neolit davri oxirida
2. Qaysi davrda qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi?
A) Mezolit B) Neolit
C) Eneolit D) Bronza
3. Qaysi davrda chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi?
A) Mezolit B) Neolit
C) Eneolit D) Bronza
4. O‘zbekiston tarixida quyidagi qaysi davridan boshlab ibodatxonalar qurilgan?
A) Bronza davridan
B) Eneolit davridan
C) mil. avv. IX—VIII asrlarda ilk davlat birlashmalari tashkil topishi bilan
D) mil. av. VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar bunyod etilishi bilan
5. Bronza davri aholisi qaysi sohalarda kata yutuqlarga erishadi?
1. hunarmandchilik 2. to‘quvchilik
3. kulolchilik 4. zeb-ziynat buyumlar yasash
5. qurilish
A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5
6. Qaysi manzilgohdan ilk ibodatxona topilgan?
A) Jarqo‘ton B) Amirobod
C) Sopollitepa D) Zamonbobo
7. Qaysi davrda sopol idishlar hayvonlar, qushlar, o‘simliksimon naqshlar bilan bezatiladigan bo‘ldi?
A) Mezolit B) Neolit
C) Eneolit D) Bronza
8. Dastlabki aravalar qachon vujudga kelgan?
A) Mezolit B) Neolit
C) Eneolit D) Bronza
9. Ilon tasviri tushirilgan tumor nimadan yasalgan?
A) Bronza B) Mis
C) Qo‘rg‘oshin D) Tosh
10. Ibtidoiy odamlar misni eritib nima qo‘shish orqali bronza hosil qiladilar?
A) Qalay B) Qo‘rg‘oshin
C) Rux D) A, B, C
11. O‘zbekistonning qaysi hududlaridan bronza davriga oid eng qadimgi dehqonchilik manzilgohlari topilgan?
1) Xorazmdan;
2) Toshkent viloyatidan;
3) Buxoro viloyatidan;
4) Farg‘ona vodiysidan;
5) Surxondaryo viloyatidan;
6) Samarqand shahri hududidan.
A) 2, 3, 5 B) 3, 4, 5
C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
12. Qaysi manzilgoh rejasida shaharning ilk alomatlari ko‘zga tashlanadi?
A) Jarqo‘ton B) Amirobod
C) Sopollitepa D) Zamonbobo
13. Qachon sopol idishlar hayvonlar, qushlar, o‘simliksimon naqshlar bilan bezatiladigan bo‘ldi?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
14. Jarqo‘ton manzilgohidagi qal’a va uning atroflarida kimlarning uylari joylashgan?
A) Kohinlar
B) Dehqonlar va hunarmandlar
C) Askarlar
D) Urug‘ oqsoqollari
15. Qachon odamlar idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishdi?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
16. Qaysi davrda O‘rta Osiyo janubida sug‘orma dehqonchilik vujudga keldi?
A) Mezolit B) Neolit
C) Eneolit D) Bronza
17. Sopollitepa manzilgohi qayerda joylashgan?
A) Sherobod B) Jalolobod
C) Muzrabod D) Qorako‘l
18. Sopollitepadagi uy-joylar nimadan qurilgan?
A) Xom g‘isht B) Guvala
C) Pishiq g‘isht D) Paxsa
19. Qachon patriarxat davri boshlandi?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
20. Qachon Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
21. Qaysi davrda patriarxat davri boshlandi?
A) Mezolit B) Neolit
C) Eneolit D) Bronza
22. Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan manzilgoh?
A) Jarqo‘ton B) Amirobod
C) Sopollitepa D) Zamonbobo
23. Qaysi davrda odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar?
A) Mezolit B) Neolit
C) Eneolit D) Bronza
24. Bronza davri dehqonlarning manzilgohlaridan qaysi biridan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan?
A) Jarqo‘ton B) Amirobod
C) Sopollitepa D) Zamonbobo
25. Qachon O‘rta Osiyo janubida sug‘orma dehqonchilik vujudga keldi?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
26.Bronza misdan ko‘ra ancha qattiqligi uchun undan nima tayyorlashda foydalanilgan?
A) Zeb-ziynat B) Qurol-yarog‘
C) Mehnat qurollari D) A, B,C
27. Qaysi manzilgohdan yirik-yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan?
A) Jarqo‘ton B) Amirobod
C) Sopollitepa D) Zamonbobo
28. Bronzadan yasalgan to‘g‘nog‘ich va tosh munchoqlar nechanchi asrga oid?
A) Mil. avv. XII asr B) Mil. avv.
XVII asr
C) Mil. avv. X asr D) Mil. avv. XVIII asr
29. Qaysi davrda xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi?
A) Mezolit B) Neolit
C) Eneolit D) Bronza
30. Bronza davrini belgilang?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) mil. avv. 4 ming yillik- 3 ming yillik o‘rtalari
D) mil. avv. 3 ming yillik o‘rtalari - 2 ming yillik
31. Arxeologlar topgan qadimgi ziroatchilar manzilgohini belgilang?
A) Jarqo‘ton B) Amirobod
C) Sopollitepa D) Zamonbobo
32. Qachon xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
33. Qaysi manzilgoh ikki qismga ajratilgan edi?
A) Jarqo‘ton B) Amirobod
C) Sopollitepa D) Zamonbobo
34. Bronza mehnat quroliga ega bo‘lgan odamlar. . . .?
A) Dalalarga durust ishlov bera boshlaydilar
B) Ekin maydonlarini kengaytiradilar
C) Ortiqcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ega bo‘ladilar
D) A, B,C
35. Bronzadan yasalgan bilakuzuk nechanchi asrga oid?
A) Mil. avv. XII asr B) Mil. avv. XI asr
C) Mil. avv. X asr D) Mil. avv. XVII asr
36. Bronza misdan ko‘ra ancha qattiqligi uchun qachondan turli buyumlar yasashda asosiy ashyoga aylanib qoladi?
A) Mil. avv. 3 ming yillik o‘rtasi
B) Mil. avv. 3 ming yillik boshi
C) Mil. avv. 3 ming yillikda oxiri
D) Mil. avv. 2 ming yillikda boshi
37. Sopollitepa manzilgohidan qazishmalar davomida nimalar topilgan?
1. uy-joy 2. maishiy va xo‘jalikbop xonadonlardan tarkib topgan paxsa imorat;
3. ilk ibodatxona; 4. sopol buyumlar;
5. hukmdor qarorgohi; 6. hunarmandlar va savdogarlarning arkni qurshab turgan uylari;
7. bronzadan ishlangan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasaladigan ustaxona qoldiqlari;
8. yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va sholi qoldiqlari.
A) 3, 4, 5, 8 B) 3, 5, 6
C) 1, 2, 4, 7, 8 D) 1, 3, 4, 7
38. Bronza davriga oid manzilgohlar?
A) Selungur, Ko‘lbuloq, Teshiktosh
B) Obishir, Qo‘shilish, Machay
C) Oltintepa, Namozgoh, Sarazm
D) Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqo‘ton
39. Bronza ko‘zgular qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Jarqo‘ton B) Amirobod
C) Sopollitepa D) Zamonbobo
40. Eneolit davrini belgilang?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) mil. avv. 4 ming yillik- 3 ming yillik o‘rtalari
D) mil. avv. 3 ming yillik o‘rtalari - 2 ming yillik
41. Jarqo‘ton manzilgohi hozirgi qayerda joylashgan?
A) Sherobod B) Jalolobod
C) Muzrabod D) Qorako‘l
42. Ilonlar rasmi tushurilgan tumor nechanchi ming yillikka oid?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
43. Mil. avv. III – II ming yillikka oid manzilgohlar?
A) Selungur, Ko‘lbuloq, Teshiktosh
B) Obishir, Qo‘shilish, Machay
C) Oltintepa, Namozgoh, Sarazm
D) Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqo‘ton
44. Zarafshon daryosi havzasidagi manzilgoh qaysi davrga oid?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillik oxiri – 2 ming yillik
C) mil. avv. 4 ming yillik- 3 ming yillik o‘rtalari
D) mil. avv. 3 ming yillik o‘rtalari - 2 ming yillik
45. Nima ibtidoiy odamlarning larning moddiy va ma’naviy madaniyatiga kata t’sir ko‘rsatadi?
A) Hunarmandchilik paydo bo‘lishi
B) Metallurgiya rivoji
C) Chorvachilik ajralib chiqishi
D) G‘ildirak kashf etilishi
46. Qaysi davrda odamlar idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishdi?
A) Mezolit B) Neolit
C) Eneolit D) Bronza
47. Ilon tasviri tushirilgan tumor qayerdan topilgan?
A) Surxon vohasi B) Xorazm
C) Farg‘ona D) Buxoro
48. Jarqo‘ton manzilgohi qayerda vujudga kelgan?
A) Xorazm B) Surxandaryo
C) Buxoro D) Navoiy
5-§.Temir davriga o‘tishda O‘rta Osiyoning rivojlanishi
1. Qabilalar ittifoqi bu?
A) "Nmana" B) Dah'yu"
C) "Varzana" D) "Zantu"
2. Qabilalar ittifoqiga kimlardan saylangan sardorlar rahbarlik qilgan?
A) Kohinlar B)Hunarmandlar
C) Harbiylar D) Dehqonlar
3. Quyidagilardan qaysi biri O‘rta Osiyo jamiyati asosini tashkil etgan?
A) “Zantu” B) “Vis”
C) “Nmana” D) “Dax’yu”
4. Bronzadan yasalgan qozon nechanchi asrga oid?
A) Mil. avv. IX -VIII asrlar
B) Mil. avv. VIII-VII asrlar
C) Mil. avv. VI-V asrlar
D) Mil. avv. VII-V asrlar
5. Qachon O‘rta Osiyo aholisi to‘rt guruhga bo‘linadi?
A) Bronza davri oxirida
B) Temir davri boshida
C) Temir davri o‘rtalarida
D) Temir davri oxirida
6. Temirdan yasalgan buyumlar Kavkazdagi qaysi yodgorlikdan topilgan?
A) Kapova B) Dog‘iston
C) Maykop D) Abxaziya
7. O‘rta Osiyo jamiyati asosi haqida m’lumotlarni qaysi manbada aks etgan?
A) Behistun yozuvlari
B) Geradotning “Tarix” asari
C) “Avesto”
D) “Kultegin” bitiktoshi
8. Mehnat qurollarining temirdan yasalishi nimaning rivojiga ta’sir qildi?
A) Hunarmandchilik B) Dehqonchilik
C) Metallurgiya D) Qurilish
9. O‘rta Osiyodan topilgan ilk temirdan yasalgan buyumlar nechanchi asrlarga oid?
A) Mil. avv. IX -VIII asrlar
B) Mil. avv. VIII-VII asrlar
C) Mil. avv. VII-VI asrlar
D) Mil. avv. VI-V asrlar
10. Temir davrida katta maydonlarda dehqonchilikning rivojlanishiga imkon yaratib bergan mehnat qurollarini ko‘rsating.
1. Ketmon 2. Bolta 3. Belkurak
4. Omoch 5. Tesha
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 3
11. Temirdan birinchi bo‘lib kimlar foydalana boshlaganlar?
A) Urartlar B) Hindlar
C) Yunonlar D) Xettlar
12. Nima uchun bir qancha qabilalar "dah'yu" ga uyushishgan?
A) Sug‘orish ishlarini yaxshilash uchun
B) Yangi yerlarni bosib olish uchun
C) O‘z hududini himoya qilish uchun
D) Savdodan ko‘p foyda olish uchun
13. Temirdan ishlangan xanjar va qin nechanchi ming yillikka oid?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
14. Urug‘ jamoasi bu?
A) "Nmana" B) "Vis" C) "Varzana" D) " Zantu"
15. O‘rta Osiyoda aholi to‘rt guruhga bo‘lingan bo‘lib, ularni ketma-ketlikda joylashtiring?
1. Kohinlar 2. Jangchilar
3. Dehqonlar 4. Hunarmandlar
A) 1, 2, 3, 4 B) 4, 3, 2, 1
C) 1, 3, 2, 4 D) 2, 4, 1, 3
16. Temirdan birinchi bo‘lib nechanchi asrlarda foydalana boshlaganlar?
A) Mil. avv. XVI-XV asrlarda
B) Mil. avv. XV- XIV asrlarda
C) Mil. avv. XIV- XIII asrlarda
D) Mil. avv. XIII-XII asrlarda
17. Sof temir tabiatda kamyob metal bo‘lgani uchun undan dastlab nimada foydalanishgan?
A) Qurol-yarog‘ yasashda
B) Zeb-ziynat yasashda
C) Mehnat qurollari yasashda
D) Qurilishda
18. Katta patriarxat oila bu?
A) "Nmana" B) "Vis"
C) "Varzana" D) " Zantu"
19. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang.
A) Falastin va Hindistonda
B) Misr va Kavkazortida
C) Kichik Osiyo va Eronda
D) Mesopotamiya va Indoneziyada
20. Temirdan birinchi bo‘lib qayerda foydalana boshlaganlar?
A) Kichik Osiyo B) Janubiy Osiyo
C) O‘rta Osiyo D) Sharqiy Osiyo
21. Temir necha gradusda eriydi?
A) 1300°C B) 1400°C C) 1500°C D) 1600°C
22. Temirdan yasalgan buyumlar qaysi fir’avn maqbarasidan topilgan?
A) Ramzes B) Amenxatep C) Tutmos D) Tutanxamon
23.Qabila bu?
A) "Nmana" B) Dah'yu"
C) "Varzana" D) "Zantu"
24. Temirdan xettlardan so‘ng qaysi mamlakat xalqlari foydalana boshlaganlar?
A) Misr, Gretsiya, Italiya
B) Xitoy, Hindiston, Yaponiya
C) Falastin, Suriya, Livan
D) Kavkazorti, Eron, Mesopotamiya
25. O‘rta Osiyoda temir asriga o‘tish davrida jamiyat tuzilishini ketma-ketlikda belgilang.
1.“dax’yu” 2.“vis” 3.“nmana” 4.“zantu” 5.“varzana”
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 4, 5, 3, 1
C) 3, 2, 5, 4, 1 D) 3, 2, 4, 5, 1
26. Temir davrida jamiyat qanday tamoyil asosida yashay boshlagan?
A) Harbiy demokratiya
B) Harbiy aristokratiya
C) Urug‘-qabila
D) Ibtidoiy demokratiya
27. Hududiy qo‘shnichilik jamoasi bu?
A) "Nmana" B) "Vis"
C) "Varzana" D) " Zantu"
28. Doimiy harbiy to‘qnashuvlar sharoitida ... paydo bo‘ldi.
A) Qabilalar ittifoqi paydo bo‘ldi
B) Davlat paydo bo‘ldi
C) Shaharlar paydo bo‘ldi
D) Qurol paydo bo‘ldi
29. Ijtimoiy tuzum taraqqiyotini ketma-ketlikda joylashtiring?
1. Ibtidoiy to‘da 2.Qabila 3. Urug‘ 4. Qabilalar ittfoqi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 4, 3, 2, 1
C) 1, 3, 2, 4 D) 2, 4, 1, 3
30. Odamlar … va … ga ishlov bergan davrlardan ko‘p asrlar o‘tib, temirdan mehnat qurollari yasash imkoni paydo bo‘ladi?
A) Qalay va qo‘rg‘oshin B) Mis va bronza
C) Bronza va rux D) Qalay va mis
6-§. Nil vodiysi va uning aholisi
1. Nil daryosi qaysi dengizga quyiladi?
A) Qora dengiz B) Arabiston dengizi
C) Sariq dengiz D) O‘rtayer dengizi
2. Misrliklar o‘z yurtini nima deb atashgan?
A) Nil inomi B) Qora tuproq
C) Qizil tuproq D) A, B
3. Quyi Misr deb Misrning qaysi qismiga
aytilgan?
A) Shimoliy B) Janubiy
C) Sharqiy D) G‘arbiy
4. Qadimgi Misr tarixida hukmronlik qilgan podsholik davrlarini ketma-ketlikda joylashtiring?
1. Ilk podsholik 2. Qadimgi podsholik
3. O‘rta podsholik 4. Yangi podsholik
5. So‘ngi podsholik
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 5, 4, 3, 2, 1
C) 1, 3, 5, 2, 4 D) 2, 4, 5, 1, 3
5. Kim birlashgan Misr mamlakatining birinchi hukmdori, ya'ni fir'avni bo‘ldi?
A) Yaxmos B) Ramzes
C) Tutmos D) Menes
6. Misr podsholarining tojlari qanday ranglarda bo‘lgan?
A) Qora va ko‘k B) Oq va qizil C) Sariq va yashil D) Moviy va pushti
7. Misrda zodogonlarning uyi nimadan qurilgan?
A) Olovbardosh kattakon xumdonlarda qizdirilgan mustahkam pishiq g‘ishtdan
B) Oftobda quritilgan xom g‘ishtdan
C) Qo‘shni davlatlarning savdogarlari tomonidan keltirilgan noyob yog‘ochdan
D) Nil daryosi bo‘yida o‘simlikdan qurilgan, loy suvalgan papirus poyalaridan
8. Misrning dastlabki poytaxti?
A) Geliopol B) Fiva
C) Abidos D) Memfis
9. Mil. avv 3000 -yilda Misrni kim birlashtirgan?
A) Yaxmos B) Ramzes
C) Tutmos D) Menes
10. Tarixiy Asvon shahari qaysi davlatda joylashgan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
11. Misrda hukmdor fir'avnlar saroylari va ibodatxonalar nimadan barpo etilgan?
A) Oltindan B) G‘ishtdan
C) Toshdan D) Betondan
12. Misrda qaysi oylarda misrliklar dam olishar, urug‘likni ekishga hozirlashardi?
A) Yanvar-mart B) Aprel- iyun
C) Iyul-sentabr D) Oktabr-dekabr
13. Nil daryosi quyilishini yunonlar nima deb atashgan?
A) Alfa B) Betta
C) Gamma D) Delta
14. Misrlik kemasozlar qayiqni nimadan qurishardi?
A) Somondan B) Papirusdan
C) Yog‘ochdan D) Qamishdan
15. Misrda qaysi faslda dalalarga urug‘ ekilar edi?
A) Qish B) Bahor
C) Yoz D) Kuz
16. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
A) Fiva shahri B) Abidos shahri
C) Memfis shahri D) Baolbek shahri
17. Misrda har bir davlatni kim boshqargan?
A) Shoh B) Firavn
C) Nomarx D) Sulton
18. Dastlab Misrda qancha podsho hukmdorlik qilgan?
A) 2 ta B) 3 ta
C) 4 ta D) 5 ta
19. Misrlik kemasozlar kemani nimadan qurishardi?
A) Somondan B) Papirusdan
C) Yog‘ochdan D) Qamishdan
20. Qaysi mamlakat Nil in'omi hisoblanadi?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
21. O‘rta podsholikning poytaxti?
A) Geliopol B) Fiva
C) Abidos D) Memfis
22. Qachon odamlar Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga bel bog‘laydilar?
A) Mil. avv. 4 ming yillik boshlarida
B) Mil. avv. 4 ming yillik oxirlarida
C) Mil. avv. 3 ming yillik boshlarida
D) Mil. avv. 3 ming yillik oxirlarida
23. Misrda o‘roqlar nimadan yasalgan?
A) Temir B) Bronza
C) Oltin D) Mis
24. Misr hunarmandlari haqida xato fikrni toping.
A) Duradgorlar deraza va eshiklar yasashar edi
B) To‘quvchilar kiyim-kechak uchun gazmol tayyorlashar edi
C) Tikuvchilar liboslar tikishar edi
D) Miskarlar misni eritib, undan jang qurollari quyishar edi
25. Qadimgi Misr tarixi necha davrga bo‘linadi?
A) 2 B) 3
C) 4 D) 5
26. Oddiy misrliklarning uyi nimadan qurilgan?
A) Somon qo‘shilgan pishiq g‘ishtdan
B) Oftobda quritilgan xom g‘ishtdan
C) Kedr qatronli noyob yog‘ochdan
D) Loy suvalgan papirus poyasidan
27. Misrdagi tarqoq manzilgohlar nima deb atalgan davlatlarga birlashgan?
A) Sepat B) Kent
C) Polis D) Nom
28. Misrda qaysi faslda hosil yig‘im-terim payti boshlangan?
A) Qish B) Bahor
C) Yoz D) Kuz
29. Menes Misrning qaysi qismida hukmdorlik qilar edi?
A) Quyi Misr B) Yuqori Misr
C) Shimoliy Misr D) B vaC
30. Qadimgi misr hunarmandlarining nechadan ziyod kasb-korlari bo‘lgan?
A) 30B) 40 C) 50 D) 60
31. Misrda qaysi oylarda barcha dalalarni suv bosgan bo‘lardi?
A) Yanvar-mart B) Aprel-iyun
C) Iyul-sentabr D) Oktabr-dekabr
7-§. Qadimgi Misr
1. Quyidagilardan noto‘g‘ri javobni toping?
A) Giksoslarning asosiy kuchi jangovar aravalar bo‘gan
B) Giksoslar qo‘shinida bir askar otni boshqarsa, ikkinchisi kamondan o‘q uzgan
C) Yuqori Misrni bosib olgan giksoslar misrliklarning shahar va qishloqlariga hujum qiladilar, aholisini asirlikka haydab ketadi
D) O‘rta podsholik mayda “nom”larga bo‘linib, giksoslarga soliq to‘lar edilar
2. Qayerga misrliklar Nil bo‘ylab tovarlarini ayriboshlash uchun borishardi?
A) Suriya B) Liviya
C) Finikiya D)
Nubiya
3. Qachon Misr yana yagona davlatga birlashdi?
A) Mil. avv. VIII asr B) Mil. avv. VII asr
C) Mil. avv. VI asr D) Mil. avv. V asr
4. Giksoslar istibdodidan xalos bo‘lish taraddudiga tushib qolgan "nom" lar hukmdorlari qaysi shahar tevaragida birlasha boshlashdi?
A) Geliopol B) Fiva
C) Abidos D) Memfis
5. Tutmos II davrida qaysi hududlar bosib olindi?
A) Finikiya B) Falastin
C) Suriya D) A, B,C
6. Qaysi fir'avn giksoslarni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan haydab chiqardi?
A) Yaxmos B) Ramzes
C) Tutmos D) Menes
7. Misrliklarda hosildorlik xudosi?
A) Isida B) Xapi
C) Apis D) Set
8. Qayerdan misrliklar hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlarni olib kelishardi?
A) Falastin va Suriya B) Bolqon va Liviya
C) Kavkaz va Finikiya D) Yaman va Nubiya
9. Qaysi podsho jangchilari shaharga hujum qilish tasviri saqlanib qolgan?
A) Yaxmos I B) Ramzes
C) Tutmos II D) Tutmos III
10. Forslardan ulkan lashkar to‘plagan shahanshoh kim edi?
A) Kir II B) Doro III
C) Kambiz II D) Kserks III
11. Qaysi podsho davrida Old Osiyoda misrliklar hukmronligi o‘rnatildi?
A) Yaxmos I B) Ramzes
C) Tutmos II D) Tutmos III
12. Memfis shahri qayerda joylashgan?
A) Quyi Misrda B) O‘rta Misrda
C) Yuqori Misrda D) Sinayda
13. Qaysi podsholik davrida mahalliy qabilalar Misrga soliq to‘lay boshlaydilar?
A) O‘rta podsholik B) Qadimgi podsholik
C) Yangi podsholik D) So‘ngi podsholik
14. Giksoslar qanday xalq(qabila) edi?
A) O‘troq B) Ko‘chmanchi
C) Savdogar D) Dengiz
15. Misr g‘arbida qaysi cho‘l joylashgan?
A) Sahroyi Kabir B) Sinay cho‘li
C) Suriya cho‘li D) Liviya cho‘li
16. Misrliklar nubiyaga Nil bo‘ylab nimalarni ayirboshlash uchun borishgan?
1. oltin 2. fil suyagi 3. yog‘och 4. qog‘oz 5. qatron 6. mis
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 2, 4, 5
C) 1, 2, 3, 6 D) 1, 2, 5, 6
17. Nima Yangi podsholik firavnlari sillasini quritgan va podsholik alohida “nom” larga tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi?
A) Forslarning hujumi
B) Iqtisodiy tanazzul
C) Mahalliy qabilalar bilan urush
D) Giksoslar bilan raqobat
18. Qaysi shahar orqali o‘tadigan yo‘l Sinay yarmoraliga olib borgan?
A) Sans B) Asvon
C) Memfis D) Avarna
19. Sinay yarimorolidan nima qazib olinar edi?
A) Temir B) Bronza
C) Oltin D) Mis
20. Falastinning yonboshida qayer joylashgan edi?
A) Suriya B) Liviya
C) Finikiya D) Nubiya
21. Misrliklarning qo‘shini qanday ko‘rinishda edi?
A) Piyoda B) Otliq
C) Dengiz floti C) A, B, C
22. Misr o‘rta podsholik davrida egallagan hududlarni aniqlang.
1) Arabiston yarim oroli; 2) Sinay yarim oroli;
3) Liviya; 4) Falastin;
5) Nubiya; 6) Janubiy Falastin;
7) Shimoliy Nubiya; 8) Suriya
A) 1, 2, 3, 5 B) 4, 5, 7
C) 6, 7 D) 4, 5
23. Qaysi fir'avn zamonidan Yangi podsholik davri boshlandi?
A) Yaxmos B) Ramzes
C) Tutmos D) Menes
24. Yangi podsholik davrida bosqinchi sifatida qayerlarga hujumni boshlab yuboradilar?
A) Falastin va Finikiya
B) Nubiya va Old Osiyo
C) Suriya va Kichik Osiyo
D) Sinay va Old Osiyo
25. Qadimgi Misr podsholigi davrida …
A) janubiy Falastin yerlari va Nubiyaning shimoli zabt etildi
B) deyarli butun Nubiya va Falastin yerlari zabt etildi, Liviya qabilalari o‘lpon to‘lay boshladi
C) Old Osiyo va Liviya zabt etildi, Sinay yarim oroli aholisi o‘lpon to‘lay boshladi
D) Sinay yarim oroli bosib olindi, Nubiya va Liviyaga yurishlar qilindi
26. Misrliklar hosildorlik xudosi qanday ko‘rinishda tasvirlangan
A) Sigir B) Buqa
C) Qo‘y D) Cho‘chqa
27. Giksoslar qachon Misrga hujum qiladilar?
A) Mil. avv XVIII asr boshi
B) Mil. avv XIV asr o‘rtasi
C) Mil. avv XVIII asr oxiri
D) Mil. avv XVI asr boshi
28. Misrni forslar qachon bosib oldi?
A) Mil. avv. 528-yil B) Mil. avv. 527-yil
C) Mil. avv. 526-yil D) Mil. avv. 525-yil
29. Mil. avv. VII asrda Misr …
A) giksoslar tomonidan bosib olindi
B) o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi
C) Eron Ahamoniylari tomonidan bosib olindi
D) iqtisodiyoti va madaniyati yuksalishi boshlandi
30. Fir'avn so‘zining ma'nosi?
A) "Ulug‘ xonadon" B) "Oliy unvon"
C) "Katta odam" D) "Quyosh o‘g‘li"
31. Qaysi podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi?
A) O‘rta podsholik B) Qadimgi podsholik
C) So‘nggi podsholik D) Yangi podsholik
32. Sinay yarimorolidan shimolroqda qayer joylashgan edi?
A) Bolqon B) Falastin
C) Yaman D) Kavkaz
33. Qaysi mamlakatlar mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy bo‘lgan
A) Falastin va Suriya B) Bolqon va Liviya
C) Kavkaz va Finikiya D) Yaman va Nubiya
34. Misr janubda qaysi davlat bilan chegaradosh?
A) Suriya B) Liviya
C) Finikiya D) Nubiya
35. Mil. avv. XVIII asrda kimlar Misrga hujum qildi?
A) Axeylar B) Doriylar
C) Oriylar D) Giksoslar
36. Qaysi podsholik fir'avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo‘shib olishga muyassar bo‘ldilar?
A) O‘rta podsholik B) Qadimgi podsholik
C) So‘nggi podsholik D) Yangi podsholik
37. Qaysi shahar hukmdorlari giksoslarga itoat qilmadilar?
A) Geliopol B) Fiva
C) Abidos D) Memfis
38. Liviya aholisi mashg‘uloti?
A) Savdo B) Dehqonchilik
C) Hunarmandchilik D)
Chorvachilik
39. Misrni bosib olgan forslarning shahanshohi?
A) Kir II B) Kserks
C) Kambiz II D) Doro I
40. Misr g‘arbda qaysi davlat bilan chegaradosh?
A) Suriya B) Liviya
C) Finikiya D) Nubiya
8-§. Qadimgi Misrda din
1. Misrda fir'avnlar qaysi xudo o‘g‘illaridir?
A) Amon B) Ra
C) Ptax D) Osiris
2. Misrliklarda haqiqat, adolat va xudosi?
A) Anubis B) Tot
C) Xatxor D) Maat
3. Misrliklarda yerosti saltanati xudosi?
A) Amon B) Xapi
C) Ptax D) Osiris
4. Misrliklarda Fiva shahri homiysi?
A) Amon B) Ra
C) Ptax D) Osiris
5. Misrliklarda oy, donishmandlik xudosi?
A) Anubis B) Tot
C) Xatxor D) Maat
6. Nima uchun barcha marhumlar mumyolangan?
A) Osiris oldida go’zal qiyofada qad rostlash uchun
B) Ichki a’zolari yaxshi saqlanishi uchun
C) Anubis oldida yaxshi ko‘rinishi uchun
D) Tabiatni iflos qilib yubormaslik uchun
7. Misrliklarda musiqa, go‘zallik va muhabbat xudosi?
A) Anubis B) Tot
C) Xatxor D) Maat
8. Qaysi davlatda xudolar odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
9. Ptax degan xudoning yer yuzidagi qiyofasi?
A) Isida B) Xapi
C) Apis D) Set
10. Qachondan boshlab quyosh xudosi fir'avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
11. Misrliklarda Nil xudosi, hayotning birlamchi manbayi va posboni hisoblangan xudo?
A) Isida B) Xapi
C) Apis D) Set
12. Misrda odamlar va xudolar o‘rtasida kimlar vositachi bo‘lishgan?
A) Kohinlar B) Fir’avnlar
C) Xaykallar D) Folbinlar
13. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfis shahrining xudosi?
A) Amon B) Ra
C) Ptax D) Osiris
14. Qadimgi Misr xudolaridan bo‘lgan Xatxorga quyidagi xususiyatlarning qaysi biri taalluqli emasligini aniqlang?
A) musiqa xudosi B) muhabbat xudosi
C) sheriyat xudosi D) go‘zallik xudosi
15. Misr fir'avnlarining bosh ilohi va homiysi hisoblangan xudo?
A) Amon-Ra B) Ptax-Set
C) Isida-Tot D) Apis-Maat
16. Isida kimning xotini?
A) Amon B) Xapi
C) Ptax D) Osiris
17. Set qaysi xudoni o‘ldiradi?
A) Amon B) Xapi
C) Ptax D) Osiris
18. Misrliklarda marhumlar, mumiyolanganlar va ko‘milganlar xudosi?
A) Anubis B) Tot
C) Xatxor D) Maat
19. Qaysi xudo belida va peshonasida oq qashqasi bo‘lgan qora ho‘kiz timsolida tasavvur etilgan?
A) Isida B) Xapi
C) Apis D) Set
20. Qaysi davlatda hukmdorlar hamma ishni o‘zining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
21. Mil. avv. nechanchi ming yillikdan boshlab Amon-Ra Misr fir’avnlarining bosh ilohi va homiysi hisoblangan?
A) mil. avv. I ming yillik
B) mil. avv. II ming yillik
C) mil. avv. III ming yillik
D) mil. avv. IV ming yillik
22. Misrliklarda Quyosh xudosi?
A) Amon B) Ra
C) Ptax D) Osiris
23. Misrliklarda qaysi xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko‘rishning iloji yo‘q?
A) Amon B) Ra
C) Ptax D) Osiris
24. Qaysi xudo Misrning ilk podsholaridan biri bo‘lgan?
A) Amon B) Xapi
C) Ptax D) Osiris
25. Misrliklarda tabobat xudosi?
A) Anubis B) Tot
C) Xatxor D)Maat
26. Osiris o‘z xalqini nimaga o‘rgatadi?
A) Hunarmandchilik B) Quruvchilik
C) Dehqonchilik D) Chorvachilik
27. Misirliklarda Firavnlar hamma ishni kimning amri bilan bajaradi degan qarash mavjud edi?
A) Quyosh xudosi
B) Bosh kohin
C) Samoviy otasi
D) A va C
28. Misrliklar - “xudolarning bir qancha joni bo‘ladi: biri hayvonlarda va yana biri … da bo‘ladi” deb hisoblashgan. Nuqtalar o‘rnida nima nazarda tutilgan?
A) Odamlarda B) Fir’avnlarda
C) Kohinlarda D) Haykallarda
29. Isida qaysi xudoni mumiyolagan va qayta tiriltirgan?
A) Amon B) Xapi
C) Ptax D) Osiris
9-§. Piramidalar va daxmalar
1. Misrda nimalar fir'avnni himoya qilishi va o‘zga hayotga o‘tayotganda unga yordam berishi mo‘ljallangan?
A) Yilnomalar va sulolalardan qolgan bitiklar
B) Ziyofatlar va musobaqalardan iborat bitiklar
C) Jangnomalar va urushlardan iborat bitiklar
D) Munojotlar va qarg‘ishlardan iborat bitiklar
2. Tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo‘lgan ulkan haykallar qanday ataladi?
A) Sfinks B) Kentavr
C) Mumiyo D) Amulet
3. Xufu piramidasi qachon qurilgan?
A) Mil. avv. 2800-yil B) Mil. avv. 2700-yil
C) Mil. avv. 2600-yil D) Mil. avv. 2500-yil
4. Misrda mumiyolash necha kun davom etgan?
A) 40 kun B) 1 oy
C) 70 kun D) 3 kun
5. Qaysi podsholik davrida boshqa ehrom qurmay qo‘yishdi?
A) O‘rta podsholik
B) Qadimgi podsholik
C) So‘nggi podsholik
D) Yangi podsholik
6. Qaysi podsholiklar davrida misirliklar ulkan piramidalar barpo qilganlar?
A) Qadimgi va O‘rta podsholik
B) Ilk va So‘ngi podsholik
C) O‘rta va yangi podsholik
D) Yangi va So‘ngi podsholik
7. Sfinks haykali balandligi qancha?
A) 25 metr B) 30 metr
C) 20 metr D) 40 met
8. Piramidalar qancha vaqtdan beri o‘zgarmasdan turibdi?
A) 3000 yil B) 2500 yil
C) 4000 ming yil D) 2700 yil
9. Quyidagilardan notog‘ri ma’lumotni aniqlang?
A) Kohinlar Nil toshqini vaqtini aniq bilishgan
B) Fir’avnlar ibodatxonalarga katta-katta boyliklar yerlar hadya etishar edi
C) Kohinlar qurbonlik o‘tkazishar edi
D) Kohinlar fir’avnlar va odamlar o‘rtasida vositachi bo‘lishgan
10. Osiris sudiga ko‘ra agar tarozi pallalari teng kelsa marhum…?
A) nargi dunyoda ajoyib sharoitda umrini davom ettiradi
B) Badbashara mahluqlarga yem bo‘ladi
C) Qayta tiriladi
D) Boqiy hayotga erishadi
11. Misrliklarda Bastet qanday xudo?
A) Yovuzlik B) Go‘zallik
C) Ovchilik D) Tabiblik
12. Nima uchun qadimgi Misrda dahmalar ichiga munojotlar va qarg‘ishlardan iborat bitiklar yozilgan?
A) ular fir’avnni himoya qilishi va o‘zga hayotga o‘tayotganida unga yordam berishi uchun
B) kohinlar bunday yozuvlar orqali kishilarni itoat va qo‘rquvda ushlab turishni mo‘ljallashgan
C) ular vafot etgan kishilarning ruhlari erkin uchib yurishini ta’minlashi kerak bo‘lganligi uchun
D) vafot etgan kishilarning ruhlari ular yordamida xudolarga iltijo qilishlari uchun
13. Misrliklar inson jasadini nima uchun mumiyolashgan?
A) Jasad chirib yo‘qolib ketmasligi uchun
B) Marhumlar saltanatida umrini davom ettirishi uchun
C) Tabiatni iflos qilib yubormaslik uchun
D) Osiris qarshisida go‘zal qiyofada qad rostlash uchun
14. Piramidalar qurilishi uchun toshlar qayerdan olib kelingan?
A) Suriyadan
B) Falastindan
C) Nil sohilidagi tog‘dan
D) Sinay yarim orolidan
15. Eng mashhur piramidalar?
A) Senmut, Edfu, Denter
B) Panteon, Parfenon, Giza
C) Joser, Snofru, Ramzes
D) Xufu, Xafra, Menkaura
16. Fir'avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut qanday ataladi?
A) Sarkofag B) Changak
C) Nekropol D)Tabarzin
17. Xufu piramidasiga qancha tosh ishlatilgan?
A) 1 mln B) 1,5 mln
C) 2 mln D) 2,5 mln
18. Piramida so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
A) Maqbara B) Ibodatxona
C) Fir’avanlar qabri D) A va C
19. Qadimgi misrda ” Sahro shohi” nima?
A) Sfinks B) Kentavr
C) Mumiyo D) Amulet
20. Piramidalarni qo‘riqlaydiganlar qanday ataladi?
A) Sfinks B) Kentavr
C) Nekropol D) Tabarzin
21. Xufu piramidasining balandligi?
A) 145 metr B) 146 metr
C) 147 metr D) 148 metr
22. Osiris sudiga ko‘ra tarozining pallalariga nima qo‘yilgan?
A) Keltirgan in’omi va va tovus pati
B) Marhumning ko‘zi va yoqut
C) Marhumning yuragi va qush pati
D) Marhumning kallasi va Anubis hassasi
23. Misrliklarda Bastet qanday hayvon qiyofasida gavdalangan?
A) Burgut B) Qo‘ng‘iz
C) Ho‘kiz D) Mushuk
24. Misrdagi dahmalar ichi nima bilan to‘ldirilgan?
A) Yilnomalar va sulolalardan qolgan bitiklar
B) Ziyofatlar va musobaqalardan iborat bitiklar
C) Jangnomalar va urushlardan iborat bitiklar
D) Munojotlar va qarg‘ishlardan iborat bitiklar
25. Piramida uchun ishlatilgan har bir tosh og‘irligi qancha edi?
A) 1 tonnaga yaqin B) 2 tonnadan ortiq
C) 2,5 tonna D) 1146 kg
26. Eng mashhur fir'avn maqbarasi?
A) Mentuxatep B) Amenxotep
C) Petubastis D) Tutanxamon
27. Misrliklar fikricha,marhumlar saltanatidagi hayot ....?
A) Piramidaning qurilishiga bog‘liq
B) Mumiyoning go‘zal yuziga bog‘liq
C) Osiris sudining natijalariga bog‘liq
D) Insonning yaxshi ishlariga bog‘liq
28. Jasadni kimlar mumyolashgan
A) Kohinlar B) Qullar
C) Qarindoshlari D) A va C
29. Xufu,Xafra,Menkaura piramidalari Misrning qaysi shahri yonida barpo etilgan?
A) Geliopol B) Fiva
C) Abidos D) Memfis
10-§.Qadimgi Misr madaniyati
1. Misrliklar yozuv uchun nimadan foydalanishgan?
A) Oppoq qog‘ozlar va maxsus ipak o‘ramlardan
B) Maqbaralar devorlari va xudolar haykallaridan
C) Qotmagan loy taxtachalarga
D) Tosh va sopoldan
2. Qanday kishilar qadimgi Misrda yuksak saviyadagi ma'lumotli va savodxon hisoblangan?
A) husnixat san'atini egallagan kishilar
B) harbiy a'yonlar
C) jamoadagi yuqori martabali kishilar
D) o‘qishni o‘zlashtirgan kishilar
3. Misrliklar iyerogliflarni yozadigan qilqalam nimadan yasalgan?
A) Metaldan B) Yog‘ochdan
C) Novdadan D) Qamishdan
4. “Tirsak” qanday uzunlikka teng edi?
A) Tirsakdan bosh barmoqqacha
B) Tirsakdsan barmoqlar uchigacha
C) Tirsakdan kaftgacha
D) Tirsakdan jimjiloqqacha
5. Misr va qadimgi yunon tillaridagi bir xil ma’nodagi birik qayerdan topilgan?
A) Qohira shahri yaqinidagi shahardan
B) Iskandariya yaqinidan
C) Abidos shahar harobasidan
D) Damanxur shahri yaqinidan
6. Misrda vaqt nima yordamida o‘lchangan?
A) Qum soatlari B) Suv soatlari
C) quyosh soatlari D) A, B, C
7. "Podsho tirsagi" necha santimetrga teng bo‘lgan?
A) 30,3 sm B) 44,4 sm
C) 52,5 sm D) 63,9 sm
8.Qaysi mamlakatda yozuvni papirusga yozishgan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
9. Misrliklar alifbosi necha iyeroglifdan iborat bo‘lgan?
A) 550 B) 650 C) 750 D) 850
10. Quyidagi notog‘ri ma’lumotni toping.
A) Misr yozuvida har bir so‘z bir qancha timsol va ramzlarni ifoda etgan
B) Yozuvni papyrus poyasidan ishlangan qog‘ozga yozganlar
C) Iyerogliflarni o‘rganish ancha oson bo‘lgan
D) Mineral bo‘yoqlar siyoh vazifasini o‘tagan
11. Misrliklar yozuvdan qanday maqsadda foydalanishgan?
A) Yilnomalar va sulolalardan qolgan bitiklar
B) Ziyofatlar va musobaqalardan iborat bitiklar
C) Jangnomalar va urushlardan iborat bitiklar
D) Duolar va marosimlarni yozib borishda
12. Misrda asosiy o‘lchov birligi nima bo‘lgan?
A) Tanob B) Tirsak C) Mino D) Milya
13. Misrda nazariy bilimlarning yuzaga kelishi va rivoj topishi nima bilan bog‘liq edi?
A) Din B) Urushlar
C) Kundalik hayot D) A, B,C
14. Misrda vaqt nechta bo‘lmaga ajratilgan maxsus idishdan iborat soatdan iborat bo‘lgan?
A) 21 ta B) 22 ta C) 24 ta D) 32 ta
15. Nefertiti qaysi mamlakat malikasi bo‘lgan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
16. Misrda kimlar kata imtiyozga ega bo‘lib, izzat-hurmatda bo‘lganlar?
A) husnixat san'atini egallagan kishilar
B) harbiy a'yonlar
C) jamoadagi yuqori martabali kishilar
D) o‘qishni o‘zlashtirgan kishilar
17. Ta’lim olayotgan bolalar nimaga yozishgan?
A) Sopol parchasi va ohaktoshga
B) Papirus poyasiga
C) Loytaxtalarga
D) Sopol parchalariga
18. Birinchi bo‘lib Misr matnlarini o‘qishga erishgan shaxs?
A) A. Dyupperon B) F. Shampolyon
C) M. Blyua D) G. Shliman
19. … kuzata turib misrliklar yil davomiyligini aniq-raso belgilashgan.
A) Quyoshni B) Yulduzlarni C) Oyni D) Nilning oqimini
20. Rozett bitiktoshi qaysi muzeyda saqlanmoqda?
A) Peterburgdagi Ermitaj muzeyida
B) Madriddagi Prado muzeyida
C) Londondagi Britaniya muzeyida
D) Parijdagi Luvr muzeyida
21. Misrliklar bir yilni nechta kunga bo‘lishgan?
A) 354 kun B) 355 kun C) 365 kun D) 366 kun
22. Quyidagilardan noto‘g‘ri javobni toping.
A) Rozzet bitiktoshi Misr sivilizatsiyasini o‘rganish uchun muhim va ishonchli manbadir
B) Misrliklar kalendarda ortib qolgan besh kunni ibodat qilib o‘tkazishgan
C) Misr soatida bir bo‘lmadan ikkinchi bo‘lmaga o‘tadigan suyuqlik hajmi 1 soat deb belgilangan
D) Yer yuzasini o‘lchash ilmi Misrda yuzaga keladi
23. Misrda marhumlar dunyosi hukmdori?
A) Anubis B) Isida C) Osiris D) Maat
24. Birinchi taqvim qayerda tuzilgan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
25. Qachon Misr iyerogliflarini o‘qish kaliti topiladi?
A) 1821-yi B) 1822-yil
C) 1823-yil D) 1824-yil
26. Bir tirsak nechta kaftga teng?
A) 7 ta B) 8 ta
C) 6 ta D) 11 ta
27. Rozzet bitiktoshini o‘qishga erishgan shaxs millati qaysi?
A) Fransuz B) Nemis
C) Italian D) Ingliz
28. Qayerda yozuvni "xudolar kalomi" deb nomlashgan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
29. “Podsho tirsagi” nechta barmoqqa teng bo‘lgan?
A) 24 ta B) 28 ta
C) 35 ta D) 40 ta
30. Qaysi so‘z "toshga chekilgan muqaddas bitiklar" ma'nosini anglatadi?
A) "Iyeroglif" B) "Petroglif"
C) "Metroglif" D) "Ayroglif"
31. Misrda yozuvlar nimaga o‘yib yozilgan?
A) Oppoq qog‘ozlarga va maxsus ipak o‘ramlarga
B) Maqbaralar devorlariga va xudolar haykallariga
C) Qotmagan loy taxtachalarga va uzun shohlarga
D) Ibodatxonalar peshtoqiga va saroylar ustiniga
32. Misrda avvalliga yozuvlar qanday bo‘lgan?
A) Iyeroglif B) Rasmli
C) Ustunli D) Tugunli
11-§.Mesopotamiya sivilizatsiyalari
1. Muntazam qo‘shin lashkari necha nafar jangchidan iborat bo‘lgan?
A) 5300 B) 5400
C) 5500 D) 5600
2. Nima sabab Sargon I barcha shaharlar uchun yagona uzunlik, o‘g‘irlik, maydon o‘lchovlarini joriy qiladi?
A) Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun
B) Dehqonchilikni rivojlantirish uchun
C) Narx-navo barqarorligi uchun
D) Savdo-sotiqni rivojlantirish uchun
3. Uruk podshosi kim bilan do‘st tutinadi?
A) Dehqon B) Pahlavon
C) Bog‘bon D) Uchuvchi
4. Mesopotomiyani shimoli nima deb atalgan?
A) Bobil B) Akkad
C) Fayum D) Shumer
5. Mesopotamiyada qaysi shaharlar vujudga kela boshladi?
A) Uruk Umma, Lagash, Ur
B) Uruk, Umma, Moxenjadaro, Tushpa
C) Asvon, Umma, Lagash, Ur
D) Xarappa, Tushpa, Kadesh
6. Mesopotamiya rivoyatlarining eng sevimli qahramoni qayerning podshosi edi?
A) Lagash B) Uruk C) Kadesh D) Umma
7. Mesopotamiyada kumushga barobar bo‘lgan og‘irlik o‘lchovi nima deb atalgan?
A) Tanob B) Tirsak
C) Mino D) Milya
8. 52. Mesopotamiyada kata yer-mulklari kimning qo‘l ostida edi?
A) Kohin B) Hukmdor
C) Zodagon D) A, B
9. Quyidagilardan noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang?
A) Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o‘ralgan
B) Bosh darvozadan boshlangan ko‘cha markaziy maydonga olib brogan
C) Ibodatxonalar xudolar haykallari bilan bezatilgan
D) Shahar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi hech qanday yerga ega emas edi
10. Mesopotamiyaning eng sevimli qahramoni?
A) Manishtusu B) Samsuilun
C) Urunimgin D) Gilgamish
11. Jarga uloqtirilgan Gilgamishni nima asrab qoladi?
A) Lochin B) Burgut
C) Bo‘ri D) Laylak
12. “Mino” necha gramm kumushga barobar edi?
A) 445 gr B) 550 gr
C) 455 gr D) 505 gr
13. Mesopotamiyada og‘irlik o‘lchovi nima bo‘lgan?
A) Tanob B) Tirsak
C) Mino D) Milya
14. Mesopotamiyada sevgi ilohasi kim kim bo‘lgan?
A) Sina B) Ishtar
C) Ea D) Shamash
15. Mesopotamiyada hokimiyat markazi qayer edi?
A) Hukmdor saroyi B) Xudolar ibodatxonasi
C) Devonxona D) Zodagonlar kengashi
16. Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi vodiyni yunonlar nima deb nomlashgan?
A) Niderlandiya B) Kappadokiya
C) Skandinaviya D) Mesopotamiya
17. Afsonada aytilishicha, Gilgamish nima uni himoya qilishini tushinib yetadi?
A) jonajon shahri devorlari B) ota-onasining duolari
C) ezgu ishlari D) Sodiq jangchilari
18. Mesopotamiyada hosildorlik, urush va g‘alaba ilohasi?
A) Sina B) Ishtar
C) Ea D) Shamash
19.Uruk podshosi kim bo‘lgan?
A) Manishtusu B) Samsuilun
C) Urunimgin D) Gilgamish
20. Mesopotamiyada yovuz ishlari uchun odamlarni sud qilgan oliy hakam hisoblangan xudo?
A) Sina B) Ishtar
C) Ea D) Shamash
21. Mesopotamiyada dalalarga kimlar ishlov berishgan?
A) Kambag‘allar B) Qullar
C) Yollanma ishchilar D) B, C
22. Mesopotamiyada podsho davlatni kimlarga tayangan holda idora qilgan?
1. Amaldorlar 2. Kohinlar
3. Aslzodalar 4. Harbiylar
A) 1,2 B) 1,3,4
C) 1,2,3,4 D) 1,3
23. Qachon Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda D) Mil. avv. 1 ming yillikda
24. Mesopotamiyaning janubi nima deb atalgan?
A) Bobil B) Akkad
C) Fayum D) Shumer
25. Mesopotamiyga qo‘shni davlatlardan nimalar keltirilgan?
1. Oltin 2. Smola 3. Qalay 4. Kumush
5. Qatron 6. Don 7. Mis
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4, 6
C) 1, 3, 4, 7 D) 2, 3, 5, 7
26. Kim jahon tarixida birinchi bo‘lib muntazam qo‘shin tuzadi?
A) Sargon I B) Sargon II
C) Sargon III D) Sargon IV
27. Mesopotamiyaga qayerlardan donga ayirboshlab, noyob toshlarni keltirishardi?
A) Misr va Yaman B) Suriya va Falastin
C) Finikiya va Bolqon D) Kavkazorti va Eron
28. Mixxat yozuvi qachon vujudga kelgan?
A) Mil. avv. 4 ming yillik
B) Mil. avv. 3 ming yillik
C) Mil. avv. 2 ming yillik
D) Mil. avv. 1 ming yillik
29. Kim barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchovini joriy etadi?
A) Sargon I B) Sargon II
C) Sargon III D) Sargon IV
30. Mesopotamiyada Xudo nomidan kimlar hukmronlik qilgan?
A) Kohinlar B) Hukmdor
C) Zodagonlar D) B, C
31. Quyidagi Mesopotamiyaga oid to‘g‘ri ma’lumotni toping?
A) Don mahsulotlari ko‘p bo‘lgan
B) aholisi savdo-sotiq bilan shug‘ullanishardi
C) Yog‘och va metal bo‘lmagan
D) A, B, C
32. Qachon Sargon I Akkadni o‘z hokimiyati ostida birlashtiradi?
A) Mil. avv. 4 ming yillik o‘rtalarida
B) Mil. avv. 3 ming yillikning ikkinchi yarmida
C) Mil. avv. 2 ming yillikning ikkinchi yarmida
D) Mil. avv. 1 ming yillik o‘rtalarida
33.Qachon Shumer-Akkad davlati ko‘chmanchi qabilalar zarbasidan parchalanadi?
A) Mil. avv. 3 ming yillik oxiri
B) Mil. avv. 2 ming yillik o‘rtasi
C) Mil. avv. 2 ming yillik boshi
D) Mil. avv. 2 ming yillik oxiri
34. Mixxat yozuvini kimlar ixtiro qilishgan?
A) Xettlar B) Shumerlar
C) Urartlar D) Ossurlar
35. Qayerda jahondagi eng qadimiy
miflardan biri - Yer yuzini butunlay suv bosishi to‘g‘risidagi To‘fon rivoyati dunyoga keldi?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
36. Gilgamish do‘st tutingan pahlavonning ismi nima edi?
A) Erikdu B) Enkidu C) Plombir D) Azikur
37. Gilgamishni kim parvarishlab tarbiyalaydi?
A) Dehqon B) Jangchi
C) Bog‘bon D) Pahlavon
38. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg‘uloti nima bo‘lgan?
A) Hunarmandchilik B) Chorvachilik
C) Dehqonchilik D) Savdo-sotiq
39. Akkadlar nima bilan shug‘ullangan?
A) Hunarmandchilik B) Chorvachilik
C) Dehqonchilik D) Savdo-sotiq
40. Mesopotamiyada oy xudosi?
A) Sina B) Ishtar
C) Ea D) Shamash
41. Boqiy hayotga erishish uchun yordam beradigan sehrli giyohni ilon o‘g‘irlab ketgach, Gilgamish uni nima umrboqiy qilishini tushunib yetadi?
A) jonajon shahri devorlari
B) ota-onasining duolari
C) ezgu ishlari
D) A va C javoblar to‘g‘ri
42. Qaysi so‘zning ma'nosi " Ikki daryo oralig‘i" degan ma'noni anglatadi?
A) Niderlandiya B) Kappadokiya
C) Skandinaviya D) Mesopotamiya
43. Mixxat yozuvi qayerda ixtiro qilingan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
44. Mesopotamiyada Quyosh xudosi?
A) Sina B) Ishtar
C) Ea D) Shamash
45. Mesopotamiyada podsho va ibodatxona mulklariga kimlar ishlov berganlar?
A) Kambag‘allar B) Qullar
C) Yollanma ishchilar D) B, C
46. Mesopotamiyada suv xudosi?
A) Sina B) Ishtar
C) Ea D) Shamash
47. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari - zikkuratlar nimadan qurilgan?
A) Pishgan g‘ishtdan B) Nefrit toshdan
C) Xom g‘ishtdan D) Marmar toshdan
48. Tarixiy Kish va Sippar shahri qayerda joylashgan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
49. Mesopotamiyada, ayniqsa, nimalar qadrlangan?
1. Metall buyumlar 2. zeb-ziynatlar
3. qurol yarog` 4. kulolchilik buyumlari
A) 1, 3, 4 B) 3, 4
C) 1, 3 D) 1, 2, 3, 4
50.Mesopotamiyada qurilishda nimadan foydalanishgan?
A) Tosh B) Xom g‘isht
C) Pishiq g‘isht D) A, B,C
12-§. Bobil podsholigi
1. Kim turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘isht ishlatish to‘g‘risida farmon beradi?
A) Salmanasar B) Oshshurbanapal
C) Xammurapi D) Navuxodonosor II
2. Xammurapi vafotidan keyin kimlarning bosqini Bobil zavolga yuz tutishiga zamin hozirladi?
A) Elamiylar B) Xurritlar
C) Amoriylar D) Kassitlar
3.Quyidagi voqealardan qaysi biriQadimgi Mesopotamiya tarixiga oid emas?
A) Quyosh va oy taqvimini yaratishi B) Mixxat yozuvining ixtiro qilinishi
C) Sanoq tizimini yaratishi D) Shaxmat yaratilishi
4. Navuxodonosor II hukmronlik qilgan davrda Bobil shahrining qancha darvozasi bo‘lgan?
A) 4 ta B) 8 ta
C) 12 ta D) 16 ta
5. Xammurapi qonunlarida qanday ayblanuvchi o‘zganing mulkiga tajovuz qilgan joyda o‘ldirilar, o‘sha yerning o‘zida ko‘mib yuborilar edi?
A) Davlat sotqini B) Bosqinchi o‘g‘ri
C) Qulfbuzar o‘g‘ri D) Qarzdor kishi
6. Qaysi sohadagi bilimlar shumerliklar va Bobilliklarni kemalarda dengiz bo‘ylab suzishlarida qo‘l keladi?
A) Astronomiya B) Kemasozlik
C) Geografiya D) Matematika
7. Bobilda o‘quvchilar loy taxtachalarga nimadan yasalgan tayoqchalar bilan yozishgan?
A) Metal B) Suyak
C) Yog‘och D) B, C
8. Qaysi so‘z "Xudolar darvozasi" degan ma'noni bildiradi?
A) "Elam" B) "Bobil"
C) "Troya" D) "Akkad"
9. Xammurapi qonunlarida shifokor amalga oshirgan jarrohlik muolajasi natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokor qanday jazolangan?
A) Qo‘llari kesilgan B) Olovga otilgan
C) Qatl etilgan D) Ko‘zlari
jarohatlangan
10. Bobilda qaysi darvoza afsonaviy hayvonlar tasviri bilan bezalgan?
A) Ea B) Shamash
C) Sina D) Ishtar
11. Kimning hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi?
A) Salmanasar B) Oshshurbanapal
C) Xammurapi D) Navuxodonosor II
12. Xammurapi qonunlarida yong‘in mahalida o‘g‘irlik ustida qo‘lga tushgan kimsa qanday jazolangan?
A) Qo‘llari kesilgan B) Olovga otilgan
C) Qatl etilgan D) Ko‘zlari jarohatlangan
13. Xammurapi vafotidan keyin kimlarning bosqini Bobil zavolga yuz tutishiga zamin hozirladi?
A) Elamiylar B) Xurritlar
C) Amoriylar D) Kassitlar
14. Olam yaratilishi haqidagi eng qadimgi asotirlardan biri qayerda yaratilgan edi?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
15. Shumer mixxati dastavval qanday so‘zlarni anglatgan rasmlardan iborat edi?
A) Oy va Quyosh B) Yer va Osmon
C) Suv va Quyosh D) Oy va Yulduzlar
16. Qaysi shaharning bosh ko‘chasi iloha Ishtar darvozasi bilan tugallangan?
A) Elam B) Bobil
C) Troya D) Akkad
17. Bobil minorasi rasmi kim tomonidan yaratilgan?
A) P. Breygel B) O. Shley
C) G. Bexaym D) D. Luis
18. Qaysi hukmdor Iyerusalim (Quddus) ni vayron qilib tashlaydi?
A) Salmanasar B) Oshshurbanapal
C) Xammurapi D) Navuxodonosor II
19. Forslar qachon Bobilni bosib oldilar
A) Mil. avv. 540-yil B) Mil. avv. 539-yil
C) Mil. avv. 538-yil D) Mil. avv. 537-yil
20. Qaysi hukmdor Misrni yangi Bobil podsholigiga qo‘shib oladi?
A) Salmanasar B) Oshshurbanapal
C) Xammurapi D) Navuxodonosor II
21. Kim mil. avv XVIII asrda butun Mesopotamiyani yagona podsholik atrofida birlashtiradi?
A) Salmanasar B) Oshshurbanapal
C) Xammurapi D) Navuxodonosor II
22. Xammurapi qonunlarida binokor qurgan uy to‘satdan qulab, biror kishini bosib qolsa, arxitektor qanday jazo olgan?
A) Qo‘llari kesilgan B) Olovga otilgan
C) Qatl etilgan D) Ko‘zlari jarohatlangan
23. Kimning hukmronligi davrida Yangi Bobil o‘z ravnaqi cho‘qqisiga erishadi?
A) Salmanasar B) Oshshurbanapal
C) Xammurapi D) Navuxodonosor II
24. Xammurapi qanday nom qoldirgan?
A) Ko‘plab hudularni zabt etgan hukmdor
B) Qonunlar tuzgan hukmdor
C)Birinchi bo‘lib Quddusni vayron qilgan hukmdor
D) Ibodatxona qurdirgan hukmdor
25. Shumerliklarda Quyosh yili necha kundan iborat bo‘lgan?
A) 365 kun B) 366 kun
C) 367 kun D) 368 kun
26. Xammurapi qonunlari nimani to‘xtatishda ahamiyatli bo‘ldi?
A) Talon-taroj va o‘g‘irlik B) Odam o‘ldirish
C) Firibgarlik D) Yolg‘onchilik
27. Mesopotamiyaning qayerlarida zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzandlari ta'lim oluvchi maktablar tashkil qilingan edi?
A) Hunarmandlar sexlari va madrasalarda
B) Savdogarlar maktablari va zikkuratlarda
C) Ajnabiylar palestrlari va gimnaziyalarda
D) Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda
28. Qayer Frot va Dajla daryolari o‘zanlari deyarli bir-biriga qo‘shilib ketadigan bir makonda joylashgandi?
A) Elam B) Bobil
C) Troya D) Akkad
29. Shumerliklarda Oy yili necha kundan iborat bo‘lgan?
A) 352 kun B) 353 kun
C) 354 kun D) 355 kun
30. Bobil minorasi rasmi qachon chizilgan?
A) 1523-yil B) 1563-yil
C) 1578-yil D) 1595-yil
31. Mil. avv. II ming yillikda qaysi podsholik Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi?
A) Elam B) Bobil
C) Troya D) Akkad
32. Qaysi qonun nomigagina podshoning qarori bo‘lmasdan, xudolar xohish-irodasi sifatida talqin etilgan, shuning uchun ham so‘zsiz, og‘ishmasdan bajarish talab qilinardi?
A) Solon qonunlari
B) Xammurapi qonunlari
C) Perikl qonunlari
D) Drakont qonunlar
33. Xammurapi vafotidan keyin kimlarning bosqini Bobil zavolga yuz tutishiga zamin hozirladi?
A) Elamiylar B) Xurritlar
C) Amoriylar D) Kassitlar
34. Qachon YangiBobil podsholigi vujudga keldi?
A) Mil. avv. VIII asr B) Mil. avv. VII asr
C) Mil. avv. VI asr D) Mil. avv. V asr
13-§. Old Osiyo davlatlari
1. Quyidagi Old Osiyo davlatlaridan qaysi biri Bobil podsholigi tomonidan bosib olinishi oqibatida barham topgan?
A) Tir-Sidon podsholig B) Yahudiya podsholigi
C) Urartu podsholigi D) Isroil podsholigi
2. Kimning hukmronligi yillarida Nineviyada eng yirik, sopol taxtachalardan iborat bo'lgan kutubxona mavjud edi?
A) Salmanasar B) Oshshurbanapal
C) Xammurapi D) Navuxodonosor II
3. Urartu davlatining poytaxtini aniqlang?
A) Tushpa B) Suza
C) Xattusa D) Nineviya
4. “Bibliya” qaysi xalqlarning diniy kitbi sanaladi?
A) Finikiyaliklar B) Mesopatamiyaliklar
C) Bobilliklar D) Yahudiylar
5. Quyidagi qaysi javob xato?
A) Mil. avv. VII asrda Karxamish shahri Urartu tarkibida edi
B) Xettlar shimollik xalq bo’lgan
C) Xettlar urushlarda jangovar aravalar va temir uchli nayzalardan foydalanishgan
D) Finikiyaliklar alifbosida unli harf bo’lmagan
6. Tarixiy Teyshebaini shahri qayerda joylashgan?
A) Urartu B) Elam C) Bobil D) Xett
7. Xett podsholigining poytaxti qaysi shahar bo'lgan?
A) Tushpa B) Suza
C) Xattusa D) Nineviya
8. Ossuriyaliklarning asosiy mashg'uloti nima edi?
A) Chorvachilik va savdo-sotiq
B) Dehqonchilik va chorvachilik
C) Dehqonchilik va savdo-sotiq
D) Hunarmandchilik va ovchilik
9. Xett podsholigi qachon tashkil topgan?
A) Mil. avv. XX asr B) Mil. avv. XIX asr
C) Mil. avv. XVIII asr D) Mil. avv. XVII asr
10. Isroil podsholigi qachon vujudga keldi?
A) Mil. avv. XII asr B) Mil. avv. XI asr
C) Mil. avv. X asr D) Mil. avv. IX asr
11. Urartu davlati qaysi hududlarda joylashgan?
1. Kavkazorti 2. Turkiyaning Sharqi
3. Ozarbayjon 4. Armaniston
5. Turkiyaning g’arbi
A) 1,2,3 B) 1,4,5 C) 1,2,4 D) 1,3,5
12. Tir, Sidon, Ugarit singari yirik dengiz bo'yi shaharlari qaysi dengiz sohilida vujudga keldi?
A) Qora dengiz B) Arabiston dengizi
C) Sariq dengiz D) O'rtayer dengizi
13. Finikiyaliklarning asosiy mashg’ulotini aniqlang?
A) Hunarmandchilik B) Chorvachilik
C) Dehqonchilik D) Savdo-sotiq
14. Kimlar o’z alifbosini Finikiya alifbosidan o'zlashtirib oldilar?
A) Rimliklar B) Yunonlar
C) Kushonlar D) Baqtriyaliklar
15. Xettlarning asosiy mashg'uloti nima edi?
A) Chorvachilik va savdo-sotiq
B) Dehqonchilik va Chorvachilik
C) Dehqonchilik va savdo-sotiq
D) Hunarmandchilik va dehqonchilik
16.Qachon Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo'lgan alifbo yaratildi?
A) Mil. avv. XII asr B) Mil. avv. XI asr
C) Mil. avv. X asr D) Mil. avv. IX asr
17. "Dengiz xalqlari" qaysi davlat poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirdi?
A) Urartu B) Elam C) Bobil D) Xett
18. Ossuriyaning ikkita poytaxtini aniqlang?
A) Avval Xattusa, keyin Tushpa B) Avval Oshshur, keyin Suza
C) Avval Nineviya, keyin Xattusa D) Avval Oshshur, keyin Nineviya
19. Qaysi davlatlar birlashib qachon Ossuriya qo’shinini qirib tashlaydi?
A) Urartu va Xett, mil. avv. 607-yil
B) Bobil va Midiya, mil. avv. 605-yil
C) Lidiya va Troya, mil. avv. 607-yil
D) Bobil va Mitanni mil. avv. 605-yil
20. Kimlar urushlarda otliq qo’shindan foydalanishgan?
A) Xettlar B) Mitanniliklar
C) Urartlar D) Ossurlar
21. Isroil podsholigi qaysi podsholikka birlashtirildi?
A) Parfiya B) Yahudiya
C) Midiya D) Ossuriya
22. Qachon Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi?
A) Mil. avv. 3-ming yillik
B) Mil. avv. 1-ming yillik
C) Mil. avv. 2-ming yillik
D) Mil. avv. 4-ming yillik
23. Ossurlar qanday xalq bo'lgan?
A) Mehmondo'st B) Xushchaqchaq
C) Jangari D) Hunarmand
24. Nechanchi asrlarda Urartu gullab-yashnaydi?
A) Mil. avv. IX-VIII asrlarda
B) Mil. avv. VIII-VII asrlarda
C) Mil. avv. VII-VI asrlarda
D) Mil. avv. VI-V asrlarda
14-§. Ahamoniylar davlati
1. Kim Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi?
A) Kir II B) Kserks
C) Kambiz II D) Doro
2.Qachon Ahamoniylar sulolasidan bo'lgan podsho barcha forslarni birlashtirdi?
A) Mil. avv. 560-yil B) Mil. avv. 559-yil
C) Mil. avv. 558-yil D) Mil. avv. 557-yil
3. Qachon Midiya Bobil bilan ittifoq bo'lib Ossuriyani bosib oldi?
A) Mil. Avv. 608-yil B) Mil. avv. 607-yil
C) Mil. avv. 606-yil D) Mil. avv. 605-yil
4. Qachon Midiya qudratli davlatga aylandi?
A) Mil. avv. VIII asr B) Mil. avv. VII asr
C) Mil. avv. VI asr D) Mil. avv. V asr
5. Qaysi podsholikni bo'ysundirgandan so'ng Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi?
A) Parfiya B) Yahudiya C) Midiya D) Ossuriya
6. Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi qachon vujudga keldi?
A) Mil. avv. VIII asr B) Mil. avv. VII asr
C) Mil. avv. VI asr D) Mil. avv. V asr
7. Elam podsholigining poytaxti qaysi shahar bo'lgan?
A) Tushpa B) Suza C) Xattusa D) Nineviya
8. Fors shohlarining qayerlarga o’yib yozilgan mixxat bitiklari hozirgacha saqlanib qolgan?
1. Naqshi Rustam qoyalariga;
2. Ekbatana shahri devorlariga;
3. Behistun qoyalariga;
4. Suza shahri devorlariga;
5. Kiropolis saroyi devorlariga;
6. Persepol saroyi devorlariga.
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 6 C) 3, 5, 6 D) 1, 3, 6
9. Hozirgi qaysi davlat hududida Fors podsholigi vujudga keldi?
A) Turkiya B) Eron C) Suriya D) Misr
10. Kim Fors podsholigiga asos solgan?
A) Kir II B) Kserks C) Kambiz D) Doro I
11. Doro I hukumronligi davrida qayerdan qayerga qadar yastangan ulkan davlat barpo etildi?
A) Sariq dengizdan, O’rtayer dengiziga qadar
B) Kaspiy dengizdan, O’rtayer dengiziga qadar
C) Hindiston shimolidan, O’rtayer dengiziga qadar
D) Xitoydan, O’rtayer dengiziga qadar
12. Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri fors shohi Doro I faoliyati bilan bog’liq?
1. Misrning zabt etilishi;
2. Bobilning zabt etilishi;
3. mamlakatning satraplikka bo’linishi;
4. Midiyaning qo’shib olinishi;
5. “darik” deb nomlangan oltin tangalarning muomalaga kiritilishi:
6. Persepoldan O’rtayer dengiziga qadar “Shoh yo’li” deb nomlangan savdo yo’lining qurilishi.
A) 1, 5, 6 B) 2, 3, 5 C) 3, 4, 5 D) 3, 5, 6
13. Eron hududida qadim zamonlarda qaysi qabilalar yashab kelgan?
A) Midiyaliklar va forslar
B) Shumerlar va akkadlar
C) Parfiyaliklar va saklar
D) Kassiylar va elamiylar
14. Mil. avv. IX asrda Eron hududiga kimlar ko'chib o'rnashadi?
A) Midiyaliklar va forslar
B) Shumerlar va akkadlar
C) Parfiyaliklar va saklar
D) Kassiylar va elamiylar
15. Quyidagi voqealar qaysi fors shohi hukmronligi davrida yuz berganligini aniqlang.
1. Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarining bosib olinishi;
2. Falastin egallanishi
3. Misrning bosib olinishi;
a) Doro I b) Kambiz c) Kir II.
A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-a, 3-b
C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-b, 3-c
16. Elam davlati qayerda vujudga kelgan?
A) Eronning janubi-g‘arbiy qismida
B) Eronning janubi-sharqiy qismida
C) Eronning shimoli-g‘arbiy qismida
D) Eronning shimoli-sharqiy qismida
17. Qaysi shaharda yuz ustunli zali bo'lgan saroyning qoldiqlari saqlanib qolingan?
A) Suza B) Ekbatana
C) Persepol D) Kiropolis
18.Qadimgi forslar yozuvi qanday bo’lgan?
A) rasm-belgili shaklda
B) turli chizmalar shaklida
C) mixxatsimon belgilar shaklida
D) alifbo ko’rinishini eslatuvchi belgilar shaklida
19. Ahamoniylardan kimlarning yuz ustunli zali bo'lgan saroyning qoldiqlari saqlanib qolingan?
1. Kir II 2. Kserks 3. Kambiz 4. Doro I
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 2, 4
20. Qachon Elam davlati vujudga keldi?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
21.Kimning hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylandi?
A) Astiag B) Menua C) Kiaksar D) Sardur
22.Persopol bo`rtma naqshlarida Ahamoniylar bo`ysindirgan ko`pgina xalqlar va elatlarning nomlari saqlanib qolingan, ularda asosan …
A) Eron shohlaribilan shartnoma tuzish tasvirlangan
B) Eron shohi bilan janglari aks etirilgan
C) Eronliklar tamonidan bosib olinish jarayonlari aks etirilgan
D) Fors shohlariga o‘lpon keltirayotgan holatda tasvirlangan
23. Qachon Fors davlati barham topdi?
A) Mil. avv. III asr B) Mil. avv. 530-yil
C) Mil. avv. 330-yil D) Mil. avv. 539-yil
24. Quyidagi qaysi javob Doro I bilan bog’liq emas?
A) Qora dengiz bo’ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi
B) Persepol shahridan O‘rtayer dengiziga qadar
«shoh yo‘li» degan savdo yo‘lini qurdirgan
C) Finikiyani bo’ysundirdi
D) Oltin tanga zarb ettirdi
25.Fors davlatini kim bosib oldi?
A) Konstantin B) Aleksanrd
C) Salavka D) Gannibal
26. Elamda jahondagi eng qadimiy ...
A) Din vujudga kelgan
B) Yozuv vujudga kelgan
C) Tanga zarb etilgan
D) Zeb-ziynat buyumlari yaratilgan
27. Quyidagi qaysi hududni Kir II zabt etmagan?
A) Armaniston B) Bobil
C) Lidiya D) Frakiya
28. Ahamoniylardan qaysi hukmdor qo’shinlarni qaytadan tuzdi?
A) Kir II B) Kserks C) Kambiz D) Doro I
29. Midiya joylashgan hududni aniqlang?
A) O’rtayer dengizi janubi-g’arbi
B) Kaspiy dengizi janubi-g’arbi
C) Kaspiy dengizi shimoli-g’arbi
D) O’rtayer dengizi shimoli-g’arbi
30. Doro I qachon taxtga o’tirgan?
A) Mil. avv. 522-yilda
B) Mil. avv. 523-yilda
C) Mil. avv. 524-yilda
D) Mil. avv. 525-yilda
15-§. Qadimgi Hindiston sivilizatsiyasi
1. Moxenjodaro va Xarappa shaharlari ... havzasining eng yirik shaharlari edi?
A) Dajla daryosi B) Gang daryosi
C) Hind daryosi D) Frot daryosi
2. Hindlarda xizmatkorlar va qullar qaysi tabaqaga kirgan?
A) Kshatriy B) Shudra
C) Braxman D) Vayshi
3. Hindlarda boshi filnikiga o'xshash donishmand xudo?
A) Ganesha B) Indra C) Krishna D) Shiva
4. Qadimgi Hindistonda odamlar qaysi omil asosida tabaqalarga ajratilgan edi?
A) qanday hayvon turini muqaddas bilishiga qarab
B) qanday yumushlar bilan shug’ullanishiga qarab
C) qaysi dinga etiqod qilishiga qarab
D) mol-mulkining miqdoriga qarab
5.Hindlarda kimlar xudo Braxmanning tovonidan yaratilgan?
A) Kshatriy B) Shudra
C) Braxman D) Vayshi
6. Qaysi so'z "hazar qilinganlar" degan ma'noni bildiradi?
A) "Kasta" B) "Chandal"
C) "Metek" D) "Varvar"
7. Moxenjodaro aholisining asosiy mashg'uloti nima bo'lgan?
A) Chorvachilik B) Dehqonchilik C) Savdo-sotiq D) Hunarmandchilik
8.Hindlarda momaqaldiroq xudosi?
A) Ganesha B) Indra C) Krishna D) Shiva
9.Qachon Hind daryosi vodiysida yagona davlatga birlashgan katta shaharlar vujudga kela boshladi?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
10. Quyidagi qaysi ma’lumot xato?
A) Kohinlar Braxmaning og‘zidan chiqqan
B)Kshatriylar Braxmaning qovurg‘asidan chiqqan
C) Bolalar hamisha ota-onalari tabaqasiga mansub deb topilgan. Bir tabaqadan boshqasiga o‘tishning ham iloji bo‘lmagan
D) Dehqon, hunarmand va savdogarlar – vayshilar
11.Hindlarda jangchilar qaysi tabaqaga kirgan?
A) Kshatriy B) Shudra
C) Braxman D) Vayshi
12. ... har tongda oltin aravada osmon bo’ylab yo’lga tushadi, ... tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug’lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko’taradi”. Nuqtalar o’rnini to’ldiring?
A) Oy xudosi B) Momaqaldiroq xudosi
C) Quyosh xudosi D) Donishmandlik xudosi
13.Hindlarda kohinlar qaysi tabaqaga kirgan?
A) Kshatriy B) Shudra
C) Braxman D) Vayshi
14. Qachondan boshlab Hind daryosi vodiysi shaharlari tez-tez ro‘y beruvchi toshqinlar, o‘rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutib, butunlay vayronaga aylanadi
A) Mil. avv. XVII asr B) Mil. avv. XVIII asr
C) Mil. avv. XIX asr D) Mil. avv. XIII asr
15. Hindistonni ... ... dushmanlar va sovuq shamollar tajovuzidan o‘ziga xos tabiiy «mudofaa devori» bo‘lib xizmat qilgan.
A) Himolay, shimoli-sharqdan
B) Himolay, shimoli-g’arbdan
C) Hindikush, shimoli-sharqdan
D) Himolay,
janubi-sharqdan
16. Hindlar orasida muqaddas hayvon bu ...?
A) Arslon B) Chumoli
C) Sigir D) Fil
16-§. Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston
1. Qaysi din "xudolarsiz din"?
A) Xristianlik B) Zardushtiylik
C) Shomonlik D) Buddaviylik
2. Miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda …
A) Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo’lmish sanskrit ishlab chiqilgan.
B) Maurya davlati o’z ravnaqi cho’qqisiga erishgan.
C) Magadxa, Koshala va Malla kabi davlatlar vujudga kelgan.
D) Buddaviylik ta’limotiga asos solingan.
3. Qadimgi Maurya davlatiga ...asos solgan, bu davlatning poytaxti sifatida ...shahri mashhur edi. Maurya davlati podsho ...hukmronligi davrida o’z taraqqiyotining eng yuqori cho’qqisiga ko’tarildi.
A) Ashoka/ Braxmaputra/Chandragupta
B) Chandragupta/Pataliputra/Ashoka
C) Gupta/ Pataliputra/ Ashoka
D) Gupta/ Koshala/ Ashoka
4. Hindistonda yunon-makedon qo'shinlariga qarshi kurashda kim sardorlik qildi?
A) Bindusara B) Chandragupta
C) Ajatashtru D) Rabindranat
5.Budda nomini olgan shahzoda?
A) Ugrasen Nand B) Mahatma Gandi
C) Javaharla'l Neru D) Siddhartha Gautama
6. Qachon Hindistonda Magadha, Koshala, Malla davlatlari vujudga keldi?
A) Mil. avv. IX-VIII asrlarda
B) Mil. avv. VIII-VII asrlarda
C) Mil. avv. VII-VI asrlarda
D) Mil. avv. VI-V asrlarda
7. Qachon Maurya rivojlanishda yuksak pog'onalarga erishdi?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. III asr
C) Mil. avv. II asr D) Mil. avv. I asr
8. Quyidagi javoblardan hindlarga xos bo’lgani nechta?
1. Birinchi bo‘lib shakarqamishdan shakar olganlar.
2. Metallarga ishlov berish sohasida kishini lol qoldirgulik natijalarga erishdilar.
3. Yil hisobining 360 kundan tarkib topgan taqvimini tuzadilar
4. «nol»ni ifodalovchi maxsus belgini o‘ylab topishadi
5. Shaxmatni ixtiro qilishgan
6. Alifbo yaratishgan
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
9. Makedoniyalik Aleksandr ... ni
zabt etganidan so‘ng ... o‘lkasi hududiga bostirib kiradi?
A) Old Osiyo, Panjob
B) O‘rta Osiyo, Panjob
C) Kichik Osiyo, Bengaliya
D) O’rta Osiyo, Sind
10. Qadimiy Hindistonda qaysi fanlar yuksak darjaga erishgan?
1. Geografiya 2. Astronomiya
3. Matematika 4. Geometriya
A) 1, 2 B) 2, 4 C) 3, 4 D) 2, 3
17-§. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalari
1. Qaysi davlat hukmdorlari o'zlarini "Osmon o'g'illari" deb atashadi?
A) Shan B) Xan C) Chjou D) Sin
2. Qadimgi Xitoy tarixiga oid Panyuy atamasi qaysi shaharning qadimiy nomi bo’lgan?
A) Guanchjou B) Sian
C) Loyan D) Yanchjou
3. Buyuk Xitoy devori kimlarning hujumidan himoyalanish uchun bunyod etilgan?
A) Saklar B) Xunnlar
C) Daklar D) Skiflar
4.Qachon Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi?
A) Mil. avv. IX-VIII asrlarda
B) Mil. avv. VIII-VII asrlarda
C) Mil. avv. VII-VI asrlarda
D) Mil. avv. VI-V asrlarda
5. Xitoyda asosiy dehqonchilik ekinlari nima bo'lgan?
1. Arpa 2. Sholi 3. Javdar 4. Bug'doy
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 2, 4
6. Xitoydagi sholi urug'i qayerdan keltirilgan?
A) Vyetnam B) Mo'gu'liston
C) Tailand D) Hindiston
7.Qadimgi Xitoy hududidagi ilk davlat qayerda vujudga keladi?
A) Yansizi daryosining o'rta oqimi
B) Yansizi daryosining quyi oqimi
C) Xuanxe daryosining o'rta oqimi
D) Xuanxe daryosining quyi oqimi
8.Xitoy tarixida nechanchi asrlar "ko'p podsholiklar" nomini olgan?
A) Mil. avv. IX-VIII asrlarda B) Mil. avv. VIII-VII asrlarda
C) Mil. avv. VII-V asrlarda D) Mil. avv. VI-V asrlarda
9. "Zafaryor" - imperiyasining oliy hukmdorlari bilan ajralib chiqqan davlatlar hukmdorlari o'rtasida boshlangan urushlar necha yildan uzoqroq davom etdi?
A) 100 yil B) 200 yil C) 300 yil D) 400 yil
10. Xitoydagi ilk davlatni qaysi sulola boshqargan?
A) Chjou B) Shan C) Sin D) Sya
11. Xitoyda azaldan e’tiborli va faxrli kasb bu ...
A) Dehqonchilik B) Chorvachilik
C) Hunarmandchilik D) Savdo-sotiq
12.Szi shahrining ikkinchi nomi?
A) Pekin B) Sian C) Panyuy D) Shan
13 ... daraxti yetishtirish Xitoy aholisining asosiy mashg'ulotlaridan biri bo'lgan?
A) Choy B) Xurmo C) Uzum D) Tut
14. Qachon Xitoy hududida ilk davlat vujudga keladi?
A) Mil. avv. 3-ming yillik boshi
B) Mil. avv. 2-ming yillik boshi
C) Mil. avv. 3-ming yillik oxiri
D) Mil. avv. 3-ming yillik
15. Qachon Shanga qo’shni Chjou qabilasi bostirib kiradi?
A) Mil. avv. 3-ming yillik
B) Mil. avv. 2-ming yillik
C) Mil. avv. 1-ming yillik
D) Mil. avv. 4-ming yillik
16. Nima sababdan Chjou hukmdorlari davlatni «Osmon ostidagi podsholik» deb atashgan?
A) Qabilalar ittifoqi asosida tashkil topganligi bois
B) Davlat ulkanligi bois
C) Davlat katta kuchga tayangani bois
D) Aholisi ko’pligi bois
17.Xao shahrining ikkinchi nomi?
A) Pekin B) Sian C) Panyuy D) Shan
18-§. Miloddan avvalgi III-milodiy IIasrlarda Xitoy
1. Qachon Xitoyda Sin davlati tashkil topdi?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. III asr
C) Mil. avv. II asr D) Mil. avv. I asr
2. Xitoyda qaysi sulola hukmronligi davrida “sariq ro’mollilar” qo’zg’oloni bo’lib o’tdi?
A) Sin B) Xan C) Shan D) Chjou
3. Sin Shixuandi maqbarasini necha ming odam bunyod etgan?
A) 710 ming B) 720 ming
C) 730 ming D) 740 ming
4. Qachon Xitoy imperiyasi uchta podsholikka parchalanib ketdi?
A) I asr B) II asr C) III asr D) IV asr
5. Sin sulolasiga qarshi dehqonlar qo'zg'oloni qachon yuz bergan?
A) Mil. avv. 208-yil B) Mil. avv. 207-yil
C) Mil. avv. 206-yil D) Mil. avv. 205-yil
6. Xitoyliklar kashf etgan kompas dastasi hamma vaqt qayerni ko'rsatib turgan?
A) Sharqni B) shimolni
C) janubni D) g'arbni
7. Sin imperiyasi vayronalarida qaysi sulola boshchiligida yangi davlat barpo etildi?
A) Min sulolasi B) Suy sulolasi
C) Xan sulolasi D) Tan sulolasi
8. Xitoyda qaysi fanlar rivoj topgan?
1. Tarix 2. Astronomiya 3. Tibbiyot
4. Geografiya 5. Musiqa 6. Matematika
A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
9. Xitoyga Xunlar hujumlarining zo'rayishi bilan davlat ham kuchsizlanib, ...
A) Imperiya uchta podsholikka ajralib ketdi.
B) Uning butun hududida xalq qo'zg'olonlari avj oldi.
C) Imperiya 10 dan ortiq mustaqil davlatlarga bo'linib ketdi.
D) Xitoy butunlay Xunniar ta'siriga tushib qoldi
10. Sin sulolasiga qarshi ko'tarilgan qo'zg'alonga kim boshchilik qilgan?
A) Chen Tan B) U Di C) Lyu Ban D) Pu I
11. Buyuk Xitoy devorining qalinligi necha metrni tashkil etadi?
A) 5-8 metr B) 6-8 metr
C) 7-8 metr D) 8-9 metr
12. Xitoyda qog'oz qachon ixtiro qilindi?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. III asr
C) Mil. avv. IIasr D) Mil. avv. I asr
13. Sin Shixuandi qabridan imperatorni "qo'riqlash" uchun o'rnatilgan necha mingta sopol askarlar haykallari topilgan?
A) 2000 ta B) 4000 ta
C) 6000 ta D) 8000 ta
14. Kimning hukmronligi davrida Xitoy gullab-yashnadi?
A) Den Syaopin B) Szyan Szemin
C) Sun yatsen D) Sin Shixuandi
15. Sin Shixuandi maqbarasi necha yil mobaynida bunyod etilgan?
A) 37 yil B) 38 yil C) 39 yil D) 40 yil
16. Zilzilani oldindan aytib beruvchi asbob?
A) Fonograf B) Piktograf
C) Telegraf D) Seysmograf
17. Xitoyda ro'y bergan qaysi qo'zg'olon butun mamlakat hududini qamrab olgan?
A) mil. avv. 206-yilda bo'lgan Lyu Ban boshchiligidagi dehqonlar qo'zg'oloni
B) mil. II asrda bo'lib o'tgan "Sariq ro'mollilar qo'zg'oloni"
C) Xan sulolasiga qarshi ko'tarilgan "Qizilqoshlar qo'zg'oloni"
D) Tan sulolasiga qarshi ko'tarilgan "Yashil qo'shinlar qo'zg'oloni"
18. Sin Shixuandi o'z davlati hududini necha viloyatga taqsimlagan?
A) 33 viloyat B) 34 viloyat
C) 35 viloyat D) 36 viloyat
19. Sin Shixuandi so'zining ma'nosi?
A) "Sinning birinchi hukmdori"
B) "Sinning ikkinchi hukmdori"
C) "Sinning uchinchi hukmdori"
D) "Sinning to'rtinchi hukmdori"
20. Qadimiy xitoyliklar qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishganlar?
1. Me’morchilik 2. Haykaltaroshilik
3. Kulolchilik 4. Zargarlik
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 2
21. Bundan 2,5 ming yil muqaddam yozuv uchun ... o‘rnida ... dan foydalanishga o‘tildi?
A) Bambuk, shoyi B) Shoyi, qog’oz
C) Bambuk, qog’oz D) Shoyi, bambuk
22. Qaysi hukmdor davrida Xan davlati eng qudratli davlatga aylandi?
A) Sin Shixuandi B) Lyu Ban
C) U Di D) Chjan Syan
23. Sin Shixuandi Xitoyda nechanchi yillar hukmronlik qilgan?
A) Mil. avv. 248-212-yillarda
B) Mil. avv. 247-211-yillarda
C) Mil. avv. 246-210-yillarda
D) Mil. avv. 245-209-yillarda
24.Buyuk Xitoy devorining uzunligi necha kilometrni tashkil etadi?
A) 2000 B) 4000 C) 6000 D) 8000
25.Buyuk Xitoy devorining balandligi necha metrni tashkil etadi?
A) 8-9 metr B) 6-10 metr
C) 9-11 metr D) 8-12 metr
26. "Sariq ro'mollilar qo'zg'oloni" qachon bo'ldi?
A) I asr B) II asr C) III asr D) IV asr
27. Dastlab xitoyliklar yozuvni nimaga yozishgan?
A) Qog'ozga B) Bambuk
C) Ipak D) Papirus
28. Buyuk Xitoy devori qurilishi qachon boshlangan?
A) I asr B) II asr C) III asr D) IV asr
19-§. O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar
1. Daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb kimlar atalgan?
A) Saka-tiay-taradarayya
B) Saka-tigra-xauda
C) Saka-xau-movarka
D) Saka-massa-geta
2. O’rta Osiyoda mil. avv. VII-VI asrlarda qadimiy shaharlar rivojiga turtki bo’lgan asosiy omillar nima edi?
A) Qabila-elatlarning tinch-totuv yashaganligi va vayronkor urushlarning bo’lmaganligi
B) Ddehqonchilik rivojlanishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi
C) Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi
D) O’zaro urushlar kuchayishi sharoitida qabilalarning yirik birlashmalarga uyushishga majbur bo’lganligi
3. Yaksart qaysi daryoning qadimgi nomi?
A) Sirdaryo B) Amudaryo
C) Zarafshon D) Chirchiq
4. Afrosiyob shahriga qachon asos solingan?
A) Mil. avv. IX-VIII asrlarda
B) Mil. avv. VIII-VII asrlarda
C) Mil. avv. VII-VI asrlarda
D) Mil. avv. VI-V asrlarda
5. O'rta Osiyoning tog'lik, dasht va cho'l yerlarida qaysi qabilalar istiqomat qilishgan?
A) Saklar B) Massagetlar
C) Baqtriyaliklar D) Sug’diylar
6. Yunon-rim mualliflari Baqtriyani nima deb ataganlar?
A) Baqtrish B) Baqtriana
C) Baqtriya D) B, C.
7. Saklarning ko'pchilik qismi nima deb atalgan?
A) Saka-tiay-taradarayya
B) Saka-tigraxauda
C) Saka-xaumovarka
D) Saka-massa-geta
8. Quyidagi qadimiy shaharlardan qaysi birlari Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirganligini aniqlang?
A) Qiziltepa,Yerqo’rg’on
B) Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir
C) Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir, Afrosiyob
D) Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir,Afrosiyob, Ko’zaliqir
9. Saka-xau-movarkalar qaysi hududda yashaganlar?
A) Atlantika okeani sohillarida va Rossiya o'rmonlarida?
B) Pomirning tog'li tumanlarida va Farg'onada
C) Orol dengizi bo'ylarida va Sirdaryoning quyi oqimida
D) Toshkent viloyati va Janubiy Qozog'istonda
10. O'zbekiston hududidagi eng qadimgi shaharlarning yoshi necha yildan kam emas?
A) 2800 yildan B) 2700 yildan
C) 2600 yildan D) 2500 yildan
11. Miloddan avvalgi VII asrda Marg’iyona va So’g’diyona hududlari quyidagi qaysi davlatning siyosiy va madaniy ta’siri ostida bo’lgan?
A) Xorazm B) Parfiya
C) Baqtriya D) Qang’ davlati
12. Mil. avv. VII-VI asrlarda Xorazm, So’g’diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan?
A) chorvachilik va ovchilik
B) dehqonchilik va baliqchilik
C) sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik
D) sun’iy sug’orishga asoslanmagan dehqonchilik va chorvachilik
13. Saka-tiay-taradarayyalar qaysi hududda yashaganlar?
A) Atlantika okeani sohillarida va Rossiya o'rmonlarida?
B) Pomirning tog'li tumanlarida va Farg'onada
C) Orol dengizi bo'ylarida va Sirdaryoning quyi oqimida
D) Toshkent viloyati va Janibiy Qozog'istonda
14. Quyidagi qaysi xalq cho’llar va Amudaryo bo’ylarida yashagan?
A) Saklar B) Massagetlar
C) Baqtriyaliklar D) Sug’diylar
15. Qadimgi baqtriyaliklar joylashgan hududlarni aniqlang?
1. Surxon vohasi 2. Sharqiy Eron
3. Afgonistonning shimoli 4. Tojikistonning janubi 5. Tojikison shimoli
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5
16. O'tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb kimlar atalgan?
A) Saka-tiay-taradarayya
B) Saka-tigra-xauda
C) Saka-xau-movarka
D) Saka-massa-geta
17. Ko'zaliqir shahri qaysi viloyatda joylashgan?
A) Samarqand B) Surxandaryo
C) Xorazm D) Qashqadaryo
18. Qiziltepa shahri qaysi viloyatda joylashgan?
A) Samarqand B) Surxondaryo
C) Xorazm D) Qashqadaryo
19. Yerqo'rg'on va Uzunqir shaharlari qaysi viloyatda joylashgan?
A) Samarqand B) Surxandaryo
C) Xorazm D) Qashqadaryo
20. Saka-tigra-xaudalar qaysi hududda yashaganlar?
A) Atlantika okeani sohillarida va Rossiya o'rmonlarida?
B) Pomirning tog'li tumanlarida va Farg'onada
C) Orol dengizi bo'ylarida va Sirdaryoning quyi oqimida
D) Toshkent viloyati va Janubiy Qozog'istonda
21. Qadimgi Baqtriya davlati qachon tashkil topgan?
A) Mil. avv. IX asrlarda B) Mil. avv. VIII asrlarda
C) Mil. avv. VII asrlarda D) Mil. avv. VI asrlarda
22. Afrosiyob shahri qaysi viloyatda joylashgan?
A) Samarqand B) Surxandaryo
C) Xorazm D) Qashqadaryo
23. Qadimgi Xorazmda qaysi sohalar yuksak darajada rivojlangan?
1. Hunarmandchilik 2. Binokorlik
3. Savdo-sotiq 4. Kulolchilik
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 3
24. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Baqtriya uy-joy qoldiqlari. Mil. avv. VI-V asrlarga oid
B) So‘g‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari
baqtriyaliklar bo‘lgan
C) Saka-xaumovarka - muqaddas ichimlikka sig‘inuvchi saklardir
D) Afrosiyob hozirgi Samarqandning g’arbidir
20-§. Zardushtiylik
1. Zardushtiylik dinida hosildorlik va suv ilohasi?
A) Mitra B) Anaxita
C) Ahuramazda D) Ahriman
2. Zardushtiylar e’tiqodicha, insonning asosiy burchi, eng avvalo, nima hisoblangan?
A) Yaxshilikka intilish B) Chin e’tiqod
C) Adolatli turmush tarzi D) Yuksak axloq
3. Kim ilk marotaba "Avesto" ning alohida qismlarini tarjima qilish baxtiga muyassar bo'lgan?
A) F. Rixtgofen B) G. Shlimann
C) F. Shampolyon D) A. Dyuperron
4. Zardusht necha yoshida payg'ambar bo'lgan?
A) 10 yosh B) 20 yosh
C) 30 yosh D) 40 yosh
5. Qachon O'rta Osiyoda zardushtiylik keng tarqaladi?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
6. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning nima haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko’rsatdi?
A) Yaxshilik va yomonlik haqidagi
B) Ezgulik va yovuzlik haqidagi
C) E’tiqod va e’tiqodsizlik haqidagi
D) Aadolat va johillik haqidagi
7. Avesto" ning ilk qismlari qachon paydo bo'lgan?
A) Mil. avv. IX-VIII asrlarda
B) Mil. avv. VIII-VII asrlarda
C) Mil. avv. VII-VI asrlarda
D) Mil. avv. III asrda
8. Yunonistonda payg'ambar Zardushtning ismi "Zoroastr" shaklida jarangladi (yunoncha "astron" - "yulduz" so'zidan), negaki Yunonistonda uni birinchi galda kim sifatida bilishar edi?
A) Donishmand B) Yulduzshunos
C) Munajjim D) A, C
9. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi nimalardan iborat bo‘lgan?
A) Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal
B) Chin e’tiqod
C) Adolatli turmush tarzi
D) Yuksak axloq
10. Ilk marotaba “Avesto” ning alohida qismlarini tarjima qilish baxtiga muyassar bo’lgan olim qaysi millat vakili bo’lgan?
A) Nemis B) Ispan C) Fransuz D) Yunon
11. Avesto matnlariga sharh nima deb yuritiladi?
A) "Sura" B) "Oyat" C) "Zantu" D) "Zand"
12. Qaysi shaharda xudo Ahuramazdaning saroy devoridagi tasviri bor?
A) Ekbatan B) Ktesifon
C) Isfahon D) Persepol
13. Zardusht va'zlari matnlarining hammasi qachon 21 kitobga jamlangan?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. III asr
C) Mil. avv. II asr D) Mil. avv. IX-VIII asrlarda
14. Zardushtiylik dinida Quyosh va yorug'lik xudosi?
A) Mitra B) Anaxita
C) Ahuramazda D) Ahriman
15.Zardushtiylik Ahriman qanday xudo?
1. Yovuzlik 2. Qasos 3. O'lim 4. Zulmat
A) 1, 2 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3
16. Zardushtiylarning ulug' va donishmand oliy xudosi?
A) Mitra B) Anaxita
C) Ahuramazda D) Ahriman
17. Qaysi so'z "qat'iy belgilangan qonun qoidalar" degan ma'noni anglatadi?
A) "Avesto" B) ”Zand"
C) "Qur'on" D) "Bibliya"
18. Qaysi dinda diniy marosimlar ochiq osmon, gulxan qarshisida yoki uydagi o'choq olovi atrofida o'tkazilgan?
A) Xristianlik B) Zardushtiylik
C) Shomonlik D) Buddaviylik
19. Zardushtiylar nimalarga sig’inishgan?
1. Olov 2. Tuproq 3. Suv 4. Yulduzlar
5. Havo 6. Quyosh
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
21-§. Antik tarixning boshlanishi
1. Yunonistonning eng baland tog'i uning qaysi tomonida joylashgan?
A) Janubi g'arbiy B) Shimoli g'arbiy
C) Janubi sharqiy D) Shimoli sharqiy
2. Odamlar yashaydigan hududlarni yunonlar nima deb atashgan?
A) Oykumena B) Zikkurat
C) Dominion D) Kommuna
3. Yunonlar qadim zamonlardan qaysi sohalar bilan shug‘ullanishgan?
A) Dehqonchilik va savdo-sotiq
B) Dehqonchilik va chorvachilik
C) Dehqonchilik
D) Dehqonchilik va hunarmandchilik
4. Mil. avv. 2- ming yillikda qaysi hududlarda ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshladi?
A) Shimoliy Yunoniston va Krit orolida
B) Krit va Peloponnesda
C) Janubiy Yunoniston va Krit orolida
D) Lakonika va Janubiy Yunonistonda
5. Krit orolidagi sivilizatsiyani nima deb atashgan?
A) Minoy sivilizatsiyasi B) Miron sivilizatsiyasi
C) Menes sivilizatsiyas C) Miken sivilizatsiyasi
6. Yunonistonning qaysi viloyatida Messena va Pilos shaharlari joylashgan?
A) Lakonika B) Messeniya
C) Attika D) Peloponnes
7. Kimlar Miken davlatini yakson qilib, Sparta davlatiga asos soldilar?
A) Axeylar B) Doriylar
C) Oriylar D) Giksoslar
8. Shimol tarafidan tashqari Qadimgi Yunonistonni qaysi dengiz o'rab turadi?
A) Qora dengiz B) Arabiston dengizi
C) Sariq dengiz D) O'rtayer dengizi
9. Qaysi hududlarda yunonlar uchun nihoyatda qadrli bo‘lgan ninabargli o‘rmonlar o‘sgan?
A) Yunonistonning shimoli va Peloponnes
B) Shimoliy Yunoniston va Krit oroli
C) Krit va Peloponnes
D) Yunonistonning janubi va Peloponnes
10. Minoy svilizatsiyasi nimaning oqibatida vayron bo’lgan?
A) Zilzila B) Suv toshqini
C) Vulqon otilishi D) A, B, C
11. Kimlar Minoy sivilizatsiyasi barbod bo‘lishini nihoyasiga yetkazdilar?
A) Axeylar B) Doriylar
C) Oriylar D) Giksoslar
12. Yunonistonning eng baland tog’i bu ... ?
A) Alp B) Yura C) Olimp D) And
13. Tajribali dengizchilar esa yelkanlardan foydalanib, olis sayohatlarga – qaysi hududlardagi shaharlarga suzib borishgan?
1. Misr 2. O‘rtayer dengizi 3. Qora dengiz
4. Italiya 5. Gibraltar bo’g’ozi
A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 3
14. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Bolqon yarimoroli va O‘rtayer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi Qadimgi Yunoniston deb atalgan.
B) Yunoniston hududining uchdan bir qismini tog‘lar egallagan
C) Olimp tog‘i Yunonistonning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan
D) Yunonlar qadim zamonlardan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishgan.
22-§. Qadimgi Yunonistonning yuksalishi
1. Afinada necha yoshdan boshlab bolalarga yozuv va hisob o'rgatilgan?
A) 5 yosh B) 6 yosh C) 7 yosh D) 8 yosh
2. Yunonistonda og'ir qurollangan askarlar nima deb atalgan?
A) Liktor B) Goplit C) Ritsar D) Konung
3. Afinaning asosiy portiga aylangan bandargoh?
A) Brest B) Fasis C) Pirey D) Varna
4. Spartaliklar tomonidan qulga aylantirilgan mahalliy aholi nima deb atalgan?
A) Mulat B) Saks C) Kreol D) Ilot
5. Qayerda hamma uylar bir-biriga o'xshash edi?
A) Afina B) Fiva C) Korinf D) Sparta
6. Yunonistonda o`g`il bolalar necha yoshdan gimnastika bilan shug'ullanardilar?
A) 13 yosh B) 14 yosh
C) 15 yosh D) 16 yosh
7. Yunonistonda shahar-davlatlar nima deb atalgan?
A) Sepat B) Kent C) Polis D) Nom
8. Yunonistonda nimaning rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib boradi?
1. Chorvachilik 2. Dehqonchilik
3. Savdogarchilik 4. Hunarmandchilik
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 2, 4
9. Kimlar Sparta davlatiga asos soldilar?
A) Axeylar B) Doriylar
C) Oriylar D) Giksoslar
10. Qayerda kuchli va chidamli jangchilar qadrlanar edi?
A) Afina B) Fiva C) Korinf D) Sparta
11. Qayer urushga tayyorgarlik ko'rayotgan bir shaharga o'xshab qolgan?
A) Afina B) Fiva C) Korinf D) Sparta
12. Qaysi so'zning ma'nosi "Yuqori shahar" degani?
A) Akveduk B) Ajnabiy
C) Akropol D) Apostol
13. Faqat jangchilar yashaydigan shaharda to'la-to'kis huquqlarga ega bo'lmagan fuqarolar qanday atalgan?
A) Palestr B) Periek C) Pedogog D) Protest
14. Akropol tevaragida qaysi shahar dunyoga keldi?
A) Afina B) Fiva C) Korinf D) Sparta
15. "Diskobol" haykalini kim yaratgan?
A) Dedal B) Fidiy C) Miron D) Poliklet
16. Qachon Attikaning
g'arbiy qismida yunonlar "Akropol" quradilar?
A) Mil. avv. 4 ming yillikda
B) Mil. avv. 3 ming yillikda
C) Mil. avv. 2 ming yillikda
D) Mil. avv. 1 ming yillikda
17. Qachon Janubiy Yunoniston hududiga doriylar bostirib kirdi?
A) Mil. avv. X asrda
B) Mil. avv. XI asrda
C) Mil. avv. XII asrda
D) Mil. avv. XIII asrda
18. Yunonistonda yozish uchun mo'ljallangan metall tayoqcha nima deb atalgan?
A) Plug B) Togu C) Kipu D) Stil
19. Kimlar Afina fuqarosi bo’la olar edi?
A) Qullardan tashqari barcha qatlamlar
B) Otasi va onasi ozod afinalik bo’lgan erkaklar
C) Afinada tug’ilib o’sgan barcha shaxslar
D) Faqat otasi ozod afinalik bo’lgan
fuqarolar
20. Qayerning aholisi uch katta guruhga bo'lingan edi, jumladan: qullar, meteklar-chet eliklar va fuqarolar?
A) Lakonika B) Messeniya
C) Attika D) Beotiya
21. Nima Afina davlatiga katta daromad keltirar edi?
A) Oltin konlari mahsulotlari va tuz qazib olish
B) Olmos konlari mahsulotlari va tuz qazib olish
C) Mis konlari mahsulotlari va ko'mir qazib olish
D) Kumush konlari mahsulotlari va tuz qazib olish
22. Qaysi so'z "bolani yo'lda kuzatib boruvchi" ma'nosini anglatadi?
A) Palestr B) Periyek C) Pedogog D) Protest
23. Quyidagi qaysi javobda xatolikka yo’l qo’yilgan?
A) Yunon shaharlarining ko‘pchiligi bir qancha manzilgohlar birlashishi yo‘li bilan tashkil topadi
B) Afinada faqat fuqarolargina barcha huquqlardan foydalana olardilar. Ular og‘ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan edilar
C) Afinada davlat maktablari bo‘lmagan
D) Spartada qonun bo‘yicha faqat o‘g‘il bolalar uchun ta’lim olish majburiy bo‘lgan
24. Attika viloyati qayerda joylashgan?
A) O’rta Yunonistonda
B) O’rta Yunonistonning shimoli-sharqida
C) O’rta Yunoniston janubi-sharqida
D) O’rta Yunoniston janubi-g’arbida
25. Yunonistonning qanday o’quv yurtlarida
adabiyot o'qitilar, she'r yozish va musiqa o'rgatilar edi?
A) Palestr ( Xususiy gimnastika)
B) Periyek
C) Pedogog
D) Oliy o’quv yurtlari
26. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Janubiy Yunoniston - Lakonika
B) Spartaliklar esa faqat jangchi edilar. Ular dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug‘ullanmaganlar
C) Afinada yigirma yoshga to‘lgan hamma yigitlar jangchi qo‘shinlariga qabul qilinib, qo‘shinda keksa yoshga qadar xizmat qilganlar
D) Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish muddati 3-4 yil davom etgan
27. Afinada oliy o’quv yurtlarida qaysi fanlar o’qitilardi?
1. Astronomiya 2. Matematika 3. Falsafa
4. Geometriya 5. Geografiya 6. Tarix
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 4, 5, 6
C) 2, 3, 5, 6 D) 2, 4, 5, 6
23-§. Yunon koloniyalari
1. Kimlar o'zini yagona xalq - ellinlar deya atashar edi?
A) Yunonlar B) Xitoyliklar
C) Hindlar D) Rimliklar
2.Buyuk yunon koloniyalashtirishi qanday oqibatlarga olib keldi?
1) Yunon madaniyatini boyitdi
2) Olimpiada o'yinlariga asos solindi
3) Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga keldi
4) Boshqaruvda demokratiyaga asos solindi;
5) Koloniyalar va yunon shaharlari o'rtasidagi mahsulot ayirboshlash, savdo-sotiq va hunarmandchilikning ravnaq topishiga zamin yaratdi.
A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5
3. Yunonlar alifbosi nechta harfdan iborat bo'lgan?
A) 22 B) 24 C) 26 D) 28
4. Qachon Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga keldi?
A) Mil. avv. VIII asr B) MIl. avv. VII asr
C) MIl. avv. VI asr D) Mil. avv. V asr
5. Qaysi davr tarixda Buyuk yunon koloniyalashtirishi nomini olgan?
A) Mil. avv. IX-VII asrlar
B) Mil. avv. VIII-VI asrlar
C) Mil. avv. VII-V asrlar
D) Mil. avv. VI-IV asrlar
6. Qora dengiz sohillarida vujudga kelgan koloniyalar?
A) Olviya B) Xerosones
B) Pantikapey D) A, B, C
7. Yunonlar o‘zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo‘lmagan xalqlarni nima deb atashgan?
A) «Varvarlar» B) “Dahriylar”
C) “Barbarlar” D) “Sikxlar”
8. Koloniyalarda qaysi sohalar rivojlangan?
A) Savdo-sotiq va hunarmandchilik
B) Dehqonchilik va chorvachilik
C) Dehqonchilik va savdo-sotiq
D) Hunarmandchilik va dehqonchilk
9. Koloniyalardan Elladaga qanday mahsulotlar olib kelingan?
1. G’alla 2. Gazlama 3. Qul 4. Metall
5. Chorva mollari
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 4
10. Yunonistondan ko‘chib kelganlar qaysi hududlarga o‘rnashdilar?
A) Sitsiliya va Apennin shimoliga
B) Appenin va Sardiniya
C) Sardiniya va Apennin janubiga
D) Sitsiliya va Apennin janubiga
11. Yunonistondan ko’chib ketayotganlar o‘zlari bilan birga ... ham olishgan. Ayni mahalda bu narsa ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi edi.
A) Tuproq B) Haykal
C) Olov D) Bayroq
24-§. Afinada demokratiya
1. Afinada qaysi organ yangi inshootlar qurilishiga, armiyaga va boshqalarga mablag' ajratish to'g'risida qaror qabul qilar edi?
A) Xalq majlisi B) Xalq sudi
C) Xalq kengashi D) Oqsoqollar kengashi
2.Qonunni arzimagan darajada buzganlik uchun ham Drakont qanday jazo belgilagan?
A) Surgun B) Qamoq C) Jarima D) O'lim
3. Kimning hukmonligi davrida Afina eng qudratli davlat bo'ldi, mamlakatda demokratiya ravnaq topdi?
A) Leonid B) Miltiad C) Solon D) Perikl
4. Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig'ilishi joyi, markaziy maydon nima deb yuritiladi?
A) Forum B) Senat C) Agora D) Villa
5. Afinaliklar qaysi qonunga "siyoh qolib, qon bilan yozilgan deya ta'rif berishgan?
A) Solon qonunlari B) Xammurapi qonunlari
C) Perikl qonunlari D) Drakont qonunlari
6. Necha yoshga to'lgan fuqarolar Afinada Xalq sudi faoliyatida ishtirok etar edilar?
A) 10 yosh B) 20 yosh
C) 30 yosh D) 40 yosh
7. Solon qachon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o'zgartirdi?
A) Mil. avv. 596-yil B) Mil. avv. 595-yil
C) Mil. avv. 594-yil D) MIl. avv. 593-yil
8. Afinada Beshyuzlar kengashiga kim rahbarlik qilgan?
A) Arxont B) Diktator C) Konsul D) Strateg
9. Kim tarixchi Gerodot, haykaltarosh Fidiy bilan do'st tutingan edi?
A) Leonid B) Miltiad C) Solon D) Perikl
10. Afinada mansabdor shaxslarni lavozimga kim tayinlagan yoki saylagan?
A) Aholining o’zi ko’rsatgan nomzodlarni xalq majlisi tasdiqlab bergan.
B) Har yili aholi o’rtasida o’tkaziladigan saylovlar orqali saylangan.
C) Strateg tomonidan tayinlangan va xalq majlisi tomonidan tasdiqlangan.
D) Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylangan va majlisga hisobot berishgan.
11. Kimning hukmronligi davrida Akropoldagi Parfenon - iloha Afina ibodatxonasi qurilgan?
A) Leonid B) Miltiad C) Solon D) Perikl
12. Qaysi davr "Perikl asri" deb atalgan?
A) Mil. avv. 446-432-yil B) Mil. avv. 445-431-yil
C) Mil. avv. 444-430-yil D) Mil. avv. 443-429-yil
13. Quyidagilardan qaysi biri Solon islohotlariga mos emas?
A) Afina davlatida dehqonlar qarzlarini va qullikni bekor qilish
B) Aristokratiya boshqaruv shaklini demokratiyaga almashtirish
C) Xalq majlisi faoliyatini tiklash
D) Xalq majlisi lavozimlariga ish haqi to’lashni joriy etish
14. Afinada erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar necha yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar?
A) 10 yosh B) 20 yosh
C) 30 yosh D) 40 yosh
15. Qachon Afinada Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarini yozadi va amalga kiritadi?
A) Mil. avv. 624-yil B) Mil. avv. 623-yil
C) Mil. avv. 622-yil D) Mil. avv. 621-yil
16. Perikl necha marta strateg lavozimiga qayta saylangan?
A) 13 B) 14 C) 15 D) 16
17. Qadimgi Afinada mavjud bo'lgan boshqaruvning demokratiya shaklini bildiradigan to'g'ri javobni toping.
A) davlatning xalq tomonidan saylangan oqsoqollar tomonidan boshqarilishi
B) hokimiyatning faqat fuqarolar tomonidan boshqarilishi
C) qonunlarning Oqsoqollar kengashi tomonidan qabul qilinishi
D) barcha qarorlarning ovoz berish yo'li bilan qabul qilinishi
18. Afinada Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan o’zgarishlarni ko’rsating.
1) Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to’lash joriy etildi;
2) Parfenon ibodatxonasi qurildi;
3) Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi;
4) mamlakatda demokratiya ravnaq topdi;
5) Afinadan Pirey portigacha mudofaa devorlari qurish to’g’risida buyruq berdi;
6) yolg’onchi chaqimchilikka asoslanib qatl etishni bekor qildi;
7) davlat boshqaruvi tizimini o’zgartirib, aristokratiyani demokratiyaga almashtirdi.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 3, 4, 5, 6
19. Quyidagi qaysi organ kundalik joriy masalalarni hal qilardi?
A) Xalq majlisi B) Beshyuzlar kengashi
C) Xalq kengashi D) Oqsoqollar kengashi
20. Aristokratlar - ...
A) Dehqonlar B) Oddiy xalq
C) Zodagonlar D) Chet elliklar
21. ... hokimlar va sudyalarni saylagan?
A) Xalq majlisi B) Beshyuzlar kengashi
C) Xalq kengashi D) Oqsoqollar kengashi
22. Solon islohotlariga ko’ra qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdilar?
1. Fuqarolar 2. Ayollar 3. Meteklar
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 1, 3
25-§. Yunon-fors urushlari
1. Triyera soatiga necha kilometr tezlikda suza olardi?
A) 17 km B) 18 km C) 19 km D) 20 km
2. Qaysi jangda forslar g'alaba qozongan?
A) Salamin jangi B) Plateya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
3. Yunonistonning qaysi shahri aholisi fors elchilarini chuqur quduqqa tashlab yuborgan va zaharxanda bilan: " Yetarlicha suvni ham, yerni ham quduq tubidan topasiz-da" deyishgan ekan?
A) Afina B) Fiva C) Korinf D) Sparta
4. Marafon jangi qachon bo'lgan?
A) Mil. avv. 480-yil B) Mil. avv. 491-yil
C) Mil. avv. 490-yil D) Mil.avv. 479-yil
5. Qaysi jang bo'g'ozda bo'lib o'tgan?
A) Salamin jangi B) Plateya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
6. Leonid qayerning podshosi bo'lgan?
A) Afina B) Fiva C) Korinf D) Sparta
7. Yunon-fors urushlari qachon bo'lgan?
A) Mil. avv. 492-451-yillarda
B) Mil. avv. 491-450-yillarda
C) Mil. avv. 490-449-yillarda
D) Mil. avv. 489-448-yillarda
8. Yunonistonning qaysi shahri aholisi fors elchilarini o'ldirib, qoyadan tashlab yuboradilar?
A) Afina B) Fiva C) Korinf D) Sparta
9. Qaysi jangda yunonlar forslarning yettita kemasini egallab olishdi?
A) Salamin jangi B) Plateya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
10. Marafon jangida yunon qo'shinlariga kim sarkardalik qiladi?
A) Leonid B) Miltiad C) Solon D) Perikl
11. Marafon jangidagi g’alabani Afinaga yetkazish uchun bir jangchi necha km yo’lni chopib o’tdi?
A) 39 km B) 40 km C) 41 km D) 42 km
12. Mil avv. 490-yilning sentabrida fors harbiy floti qaysi dengizni kesib o'tdi va Attika sohiliga langar tashladi?
A) Marmar dengizi B) Egey dengizi
C) Ioniya dengizi D) Tirren dengizi
13. Fermopil jangi qachon bo'lgan?
A) Mil. avv. 480-yil B) Mil. avv. 479-yil
C) Mil. avv. 478-yil D) Mil. avv. 490-yil
14. Qaysi jangdagi voqea "300 spartalik jasorati" deb nom olgan?
A) Salamin jangi B) Plateya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
15. Qaysi jangdan keyin fors qo‘shinlari O‘rta Yunonistonga yetib borib, Afinani ishg‘ol qilganlar?
A) Salamin jangi B) Plateya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
16. Yunonlar va forslar o‘rtasidagi hal qiluvchi dengiz jangi bu ... ?
A) Salamin jangi B) Plateya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
17. Quyidagi janglardan qay birlari bir yilda sodir bo’lgan?
1. Salamin jangi 2. Plateya jangi
3. Fermopil jangi 4. Marafon jangi
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 3
18. Yunon-fors urushlaridagi eng yirik jang bu ... ?
A) Salamin jangi B) Plateya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
19. Quyidagi qaysi jangda Doro I ishtirok etgan?
A) Salamin jangi B) Plateya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
20. Qachon Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi?
A) Mil. avv. V asr boshlarida
B) Mil. avv. V asr oxirida
C) Mil. avv. VI asr boshlarida
D) Mil. avv. VI asr oxirida
21. Quyidagi qaysi javob xato?
A) Fors shohi dastlab Kichik Osiyodagi yunon
shaharlarini bosib oldi
B) Marafon jangida Yunonlar forslarga qaraganda ko’p edi.
C) Plateya jangi mil. avv. 479-yilda sodir bo’lgan
D) Yunonlarda 200 ta triyera mavjud edi
26-§. Yunonistonning Makedoniyatomonidan bosib olinishi
1. “U o’smirligidanoq notiq bo’lishni orzu qilardi. Lekin juda past ovozda gapirar va duduqlanardi. Ovozini oshirishni mashq qilarkan, u dengiz shovqinidan balandroq baqirishga harakat qilar edi”.Ushbu fikrlar qaysi tarixiy shaxs haqida bormoqda?
A) Suqrot B) Diogen
C) Demokrit D) Demosfen
2. Makedoniyaning qaysi podshosi Elladani bosib olish maqsadida jang taktikasini takomillashtirdi va qo'shin yig'di?
A) Antiox B) Mitridat I
C) Diodot D) Filipp II
3. Qachon barcha yunon shahar-davlatlarining vakillari Korinfga yig'iladilar?
A) Mil. avv. 340-yil B) Mil. avv. 339-yil
C) Mil. avv. 338-yil D) Mil. avv. 337-yil
4. Makedoniyalik Aleksandr kimning o'g'li?
A) Antiox B) Mitridat I
C) Diodot D) Filipp II
5. Falanganing nechanchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muhofaza etardi?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
6. Kim Ellada shaharlarini kezib, ularning aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da'vat etadi?
A) Demokrit B) Femistokl
C) Gippokrat D) Demosfen
7. Qaysi shahar aholisi Filipp II qo'shinlariga qarshi Afina shaharlari ittifoqiga qo'shiladi?
A) Afina B) Fiva C) Korinf D) Sparta
8. Qachon yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari to'qnashadilar?
A) Mil. avv. 340-yil B) Mil. avv. 339-yil
C) Mil. avv. 338-yil D) Mil. avv. 337-yil
9. Makedoniya podshosining piyoda qo'shinlari necha qatordan iborat falangada saflanardi?
A) 13 B) 14 C) 15 D) 16
10. "Yunonlar ozodligi halok bo'lganlar bilan birgalikda dafn qilindi", degan edi ...?
A) Demokrit B) Femistokl
C) Gippokrat D) Demosfen
11. Qaysi jangdan keyin Yunoniston Makedoniyaga qaram bo'lib qoldi?
A) Salamin jangi B) Xeroneya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
12. "Qayerdagi jangda halok bo'lganlarning jasadlari bilan birga yunonlarning erki va ozodligi ham dafn etilgandi"?
A) Salamin jangi B) Xeroneya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
13. Mil. avv. 337-yilda qayerdan tashqari barcha yunon shahar-davlatlarining vakillari yig'ildilar?
A) Afina B) Fiva C) Korinf D) Sparta
27-§. Fuqaro tarbiyasi
1. Olimpiya o'yinlari qachon qayta tiklangan?
A) 1893-yil B) 1894-yil
C) 1895-yil D) 1896-yil
2. Beshkurash qaysi sport o'yinlaridan iborat bo'lgan?
1. Uzunlikka sakrash. 2. Disk uloqtirish.
3. Nayza uloqtirish. 4. Yugurish. 5. Kurash. 6. Ot choptirish. 7. Koptok tepish. 8. Arqon tortish. 9. Chang'ida uchish. 10. Suzish.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 6, 7, 8, 9, 10
C) 1, 3, 5, 7, 9 D) 2, 4, 6, 8, 10
3. Yunonistondagi Olimpiya o'yinlari kimning sharafiga bag'ishlab o'tkazilgan?
A) Afina B) Zevs C) Dionis D) Gerakl
4. Olimpiya o'yinlari necha yilda bir marta o'tkazilgan?
A) 1 yil B) 2 yil C) 3 yil D) 4 yil
5. Yunonistonda bolalikdanoq o‘g‘il bolalarga nimalarga muhabbat hissi singdirilardi?
A) She’riyat va adabiyot
B) She’riyat va musiqa
C) Vatan va ona
D) Vatan va kurash
6. Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda ... yoshga to‘lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan?
A) 20 B) 30 C) 35 D) 40
7. Gerakl necha boshli ajdar bilan jang qilgan?
A) 3 B) 5 C) 7 D) 9
8.Olimpiya o'yinlari qachon to'xtatilgan?
A) 393-yil B) 394-yil C) 395-yil D) 396-yil
9. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Umumiy ta’limdan tashqari, yigitlar ikki yil harbiy ta’lim ham olishgan
B) Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo‘lishni o‘rganishardi
C) Ikkinchi yili esa ayrimlari Sparta chegara qal’alarida harbiy xizmatni o‘tashgan
A) Ikkinchi yili ayrimlari Pirey bandargohida dengizchilik san’ati asoslarini o‘rganishar edi
10.Qadimgi Olimpiya o’yinlariga oid ma’lumot noto’g’ri keltirilgan javobni belgilang?
A) Yunonlar yil hisobini ham Olimpiya o‘yinlariga qarab yuritganlar
B) Olimpiya o’yinlari asoschisi sifatida Gerakl e’tirof etiladi
C) Musobaqalarda to’rt karra g’alaba qozongan sportchi Olimp tog’ida o’z haykalini o’rnattirish huquqiga ega bo’lgan
D) Olimpiya o’yinlarida sha’niga dog’ tushirmagan ozod yunonlar ishtirok etishi mumkin bo’lgan.
11. Olimpiya o'yinlari asoschisi kim?
A) Afina B) Zevs C) Dionis D) Gerakl
12. Nima uchun xudo Zevs sharafiga bag`ishlangan Olimpiya o`yinlari man qilinadi?
A) Xristian dini tarqalishi natijasida
B) Sodir bo`lgan zilzila oqibatida
C) Makedoniyaliklar Yunonistonni bosib olishi
D) Iqtisodiy tushkunlik oqibatida
13. Gerakl kimning yovvoyi otlarini bo’ysundirgan?
A) Yunon-baqtriya podshosi Diodotning
B) Finikiya podshosi Diomedning
C) Makedoniya podshosi Aleksandrning
D) Frakiya podshosi Diomedning
14.Ilk Olimpiya o'yinlari qachon o'tkazilgan?
A) Mil. avv. 776-yil B) Mil. avv. 775-yil
C) Mil. avv. 774-yil D) Mil. avv. 773-yil
28-§. Qadimgi Yunoniston madaniyati
1. Qadimgi Troya shahri hozirgi qaysi davlat hududida joylashgan?
A) Turkiya B) Eron C) Suriya D) Misr
2. Qaysi ibora nozik joyni anglatadi?
A) "Gektor tovoni" B) "Axilles tovoni"
C) "Paris tovoni" D) "Odissey tovoni"
3. Qadimgi Yunonistonda qaysi toifadagi fuqarolarga teatrga borish uchun pul berilar edi?
A) strateglarga B) qashshoqlarga
C) siyosatchilarga D) ajnabiylarga
4. "Shoh Edip" asarining muallifi?
A) Exsil B) Aristofan C) Gomer D) Sofokl
5. Kim Troya xarobalarini topdi?
A) F. Rixtgofen B) G. Shlimann
C) F. Shampolyon D) A. Dyuperron
6. Tarixiy yodgorlik hisoblangan Parfenon qaysi shaharda joylashgan?
A) Skopyeda B) Parijda
C) Afinada D) Salonikida
7. Ajoyib qochiriqlar, quvnoq sahnalar, nozik yumorga boy komediyalar inson nuqsonlari ustidan kuladi. Kim komediyalar ustasi edi?
A) Aristobul B) Sofokl
C) Aristotel D) Aristofan
8. Axillesning onasi chaqalog'ini qaysi daryoga botirib oladi?
A) Tibr daryosi B) Po daryosi
C) Stiks daryosi D) Don daryosi
9. Troya homiysi?
A) Afina B) Zevs C) Dionis D) Gerakl
10. Yunonlar necha yil Troyani behuda qamal qiladilar?
A) 9 yil B) 10 yil C) 11 yil D) 12 yil
11. Kimning maslahati bilan yunonlar ichi bo'm-bo'sh ulkan yog'och ot yasashadi?
A) Gektor B) Axilles C) Paris D) Odissey
12. Kim Afinada Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga boshchilik qilgan?
A) Dedal B) Fidiy C) Miron D) Poliklet
13. Qaysi ibodatxona yorug'lik tushishiga qarab o'z rangini oltin rangidan havorang yoki kulranggacha o'zgartirib, tuslanib turgan?
A) Parfenon B) Artemida
C) Panteon D) Galikarnas
14. Axilles qaysi dostonning bosh qahramoni?
A) "Iliada" B) "Gomer"
C) "Odisseya" D) "Troya"
15. Qaysi ibora xosiyatsiz sovg'a-salom ma'nosini anglatadi?
A) "Rodos oti" B) "Troya oti"
C) "Milet oti" D) "Frakiya oti"
16. Kim Minos degan podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan?
A) Dedal B) Fidiy C) Miron D) Poliklet
17. "Antigona" asarining muallifi?
A) Exsil B) Platon C) Gomer D) Sofokl
18. "Iliada" degan mashhur yunon dostoni Troya urushining nechanchi yili haqida hikoya qiladi?
A) 9-yil B) 10-yil C) 11-yil D) 12-yil
19. Olimpiyalik Zevs haykali muallifi?
A) Dedal B) Fidiy C) Miron D) Poliklet
20. Yunonistonda ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari ... dan barpo etilgan(1). Xususiy uylar esa ... va ... dan qurilgan(2). Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A) 1-tosh, 2-guvala va yog’och
B) 1-marmar, 2-paxsa va yog’och
C) 1-tosh, 2-g’isht va guvala
D) 1-tosh, 2-g’isht va paxsa
21. Bundan ... yil muqaddam Yunonistonda teatr dunyoga keldi?
A) Ikki ming B) Ikki yarim ming
C) Uch ming D) Uch yarim ming
22. Sparta podshosi rafiqasini o'g'irlab ketgan Troya podshosining o'g'li?
A) Gektor B) Axilles C) Paris D) Odissey
23. Yunon-Troya urushiga sabab bo'lgan Sparta podshosi rafiqasining ismi?
A) Yelena B) Kleopatra
C) Mariya D) Viktoriya
24. “Teatr” so’zi qaysi tildan qanday ma’noni beradi?
A) Yunoncha, ko’raman
B) Yunoncha, tomoshaxona
C) Lotincha, tomoshalar joyi
D) Yunoncha ishtirok
25. «Iliada» va «Odisseya» poemalari muallifini aniqlang.
A) Gomer B) Aristofan
C) Anaksimandr D) Esxil
29-§. Qadimgi Yunoniston olimlariva mutafakkirlari
1. Sirakuza kimning jonajon shahri?
A) Aristobul B) Arximed
C) Aristotel D) Aristofen
2. Kim bizni qurshab turgan hamma narsa ko'zga ko'rinmaydigan mayda-mayda zarralar - atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan edi?
A) Demokrit B) Femistokl
C) Geraklit D) Demosfen
3. "Mening donishmandligim, hech nimani bilmasligimni bilishimda" iborasini kim aytgan?
A) Suqrot B) Protagor C) Diogen D) Geraklit
4. Quyidagi iboralar qaysi faylasuflarga tegishli ekanligini aniqlang?
1) Hamma narsa oqadi, hech narsa bir joyda turmaydi;
2) Bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan zarrachalar atomlardan tashkil topgan;
3) Menga tayanch nuqtasini topib bering, yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman;
4) O’z ozingni angla.
a) Geraklit; b) Demokrit;
c) Suqrot; d) Arximed.
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c
5. Richag qonunini kim ishlab chiqdi?
A) Aristobul B) Arximed
C) Aristotel D) Aristofen
6. Suqrotning g'oyalari kimning muloqotlariorqali bizgacha yetib kelgan?
A) Exsil B) Platon C) Gomer D) Sofokl
7. Makedoniyalik Aleksandr kimdan: "Senga qanday yordam berishim mumkin?" deb so'ragan?
A) Suqrot B) Diodot C) Diogen D) Geraklit
8. Quyidagi fikrlar qaysi alloma haqida ekanligini aniqlang.
1. “Evrika” qiyqirig’i
2. U, ayniqsa, ochko’zlik va molparastlik singari nuqsonlarni qattiq tanqid qilgan.
3. Yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan degan g’oyani ilgari surgan.
a) Arximed; b) Sokrat; c) Geraklit.
A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-a, 3-b
C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-a
9. Kim hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechib bir bochkada kun kechirgan?
A) Suqrot B) Protagor C) Diogen D) Geraklit
10. "Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas", "Hamma narsa oqadi, hamma narsa o'zgaruvchandir" degan mashhur gaplar kimga tegishlidir?
A) Suqrot B) Protagor C) Diogen D) Geraklit
11. Frakiyalik faylasuf kim?
A) Demokrit B) Arximed
C) Geraklit D) Demosfen
12. Kim "Insonda hach qanday ehtiyojlar bo'lmasligi shart" degan fikrni o'z ta'limotiga asos qilib oldi?
A) Suqrot B) Suqrot C) Diogen D) Geraklit
13. Kim to'plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta'riflab berdi?
A) Aristobul B) Arximed
C) Aristotel D) Aristofen
14. O'z-o'zingni angla!" hikmati qaysi ibodatxonaning bitigi?
A) Olimpiya B) Frakiya
C) Delfiya D) Beotiya
15. Kim tarixda odamiylik, sabr-matonat va jasurlik timsoli bo'lib qolgan?
A) Suqrot B) Protagor C) Diogen D) Geraklit
16. Kim bozor bo'ylab sayr qilib yurganida shunday degan ekan: "Bularsiz ham kun kechirish mumkin bo'lgan shuncha narsalar borligi qandoq yaxshi!"?
A) Suqrot B) Protagor
C) Diogen D) Geraklit
17. “Tarix” asari muallifi Gerodot qachon yashagan?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. V asr
C) Mil. avv. VI asr D) Mil. avv. VII asr
18. “Arastu” bu ...
A) Arximeddir B) Suqrotdir
C) Aristoteldir D) Demokritdir
30-§. Qadimgi Yunoniston afsonalari
1. Qadimgi yunonlarning olamga hukmronlik qilgan uch xudosi?
A) Nika, Ares, Germes B) Atlas, Okean, Gefest
C) Uran, Geya, Femida D) Zevs, Poseydon, Aid
2. Azalda Yer hamma tomonidan dengizlar bilan o'ralgan edi. Dastlab ularning hukmdori qaysi titan bo'lgan?
A) Uran B) Atlas C) Geya D) Okean
3. Yunonlarda adliya ilohasi?
A) Gelios B) Femida C) Afina D) Dionis
4. Titanlarni dunyoga keltirgan xudolar?
A) Zevs va Eros B) Aid va Afrotida
C) Geya va Uran D) Okean va Atlas
5. Apollon xudosiga taalluqli bo’lmagan xususiyatni aniqlang.
A) Musiqa xudosi B) Sevgi xudosi
C) Sheriyat xudosi D) Yorug’lik xudosi
6. Yunonlarda uzumchilik xudosi?
A) Gelios B) Femida C) Afina D) Dionis
7. Ulkan osmon gumbazi Yerning bir chekkasida turguvchi qaysi titan yelkalariga suyanib turgan?
A) Uran B) Atlas C) Geya D) Okean
8. Yunonlarda o'rmonlar va ovchilik xudosi?
A) Germes B) Afrotida
C) Gipnos D)
Artemida
9. 12 jasorati tufayli kim Olimp tog'idagi xudolar saltanatida faxrli o'ringa ega bo'lgan ekan?
A) Gerakl B) Axilles C) Tesey D) Ayaks
10. Yunonistonda yarim qush, yarim ayollar qanday atalgan?
A) Sirena B) Kentavr C) Siklop D) Titan
11. Yunonlarda yer xudosi?
A) Uran B) Atlas C) Geya D) Okean
12. Yunonlarda temirchilar va hunarmandlar xudosi?
A) Gefest B) Demetra C) Xronos D) Apollon
13. Yunonistonda yarim otlar, yarim odamlar qanday atalgan?
A) Sirena B) Kentavr C) Siklop D) Titan
14. Yunonlarda urush xudosi?
A) Nika B) Eros C) Ares D) Mars
15. Yunonistonda o`rmonlar, daryolar va to`g`larda yashagan deb tasavvur etilgan xudolar?
A) Sikloplar va Titanlar
B) Sirenalar va Kentavrlar
C) Satirlar va Nimfalar
D) Avgurlar va Pontifiklar
16. Yunonlarda osmon xudosi?
A) Uran. B) Atlas C) Geya D) Okean
17. Yunon rivoyatlarida naql qilingan yunon bahodirlari qaysi javobda berilgan?
A) Gerakl, Axilles
B) Gerakl, Axilles, Gilgamesh va Ayaks
C) Gerakl, Maksimilian, Tesey va Gektor
D) Gerakl, Axilles, Odissey
18. Yunonlarda oliy xudo va qolgan barcha xudolarning rahnamosi?
A) Zevs B) Poseydon C) Aid D) Gratsiya
19. Yunonistonda peshonasida bitta ko'zi bo'lgan afsonaviy mavjudotlar qanday atalgan?
A) Sirena B) Kentavr C) Siklop D) Titan
20. Yunonlarda Quyosh xudosi?
A) Gelios B) Femida C) Afina D) Geya
21. Yunonlarda Zevsning inisi, dengiz hukmdori?
A) Zevs B) Poseydon C) Aid D) Gratsiya
22. Yunonlarda Zevsning qizi, jangari ayol, donishmandlik ilohasi?
A) Gelios B) Femida C) Afina D) Dionis
23. Yunonlarda dehqonchilik va hosildorlik ilohasi?
A) Gefest B) Demetra C) Xronos D) Apollon
24. Zevsning inisi marhumlar saltanati xudosi?
A) Apollon B) Poseydon C) Aid D) Gratsiya
31-§. O‘rta Osiyoda ahamoniylar hukmronligi
1. Oltindan yasalgan ot-arava nusxasi nechanchi asrlarga oid?
A) Mil. avv. V-IV asrlarda
B) Mil. avv. IV-III asrlarda
C) Mil. avv. III-II asrlarda
D) Mil. avv. II-I asrlarda
2. Kimlarning hukmronligi davrida bosib olingan viloyatlardan O'rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida ham qatnashdilar?
1. Kir II 2. Kserks 3. Kambiz 4. Doro I
A) 1-2 B) 3-4 C) 1-3 D) 2-4
3. Nechanchi asrlarda O'rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan?
A) Mil. avv. V-IV asrlarda
B) Mil. avv. IV-III asrlarda
C) Mil. avv. III-II asrlarda
D) Mil. avv. II-I asrlarda
4. Gerodotning ma'lumotlarida baqtriyaliklar, xorazmiylar va so'g'diylar qanday qurol-aslahalari bilan jangga kirishgan?
1. Kamon 2. Nayza 3. Xanjar 4. Oybolta
A) 1-2 B) 3-4 C) 1-3 D) 2-4
5. "Bu jang ... barcha janglardan ham dahshatlirog'i edi" - deb tarixchi kimlar o'rtasidagi jangni aytgan?
A) Doro I va Skunxa
B) Aleksandr va Spitamen
C) Kir II va To'maris
D) Jaloliddin va Temuchin
6. Doro I ning saklar ustiga yurishi haqidagi ma'lumot qayerda keltirilgan?
A) Behistun bitiklarida B) Tabriz bitiklarida
C) Persepol bitiklarida D) Sheroz bitiklarida
7. Kim O'rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko'rgan ilk fors podshosi bo'lgan?
A) Kir II B) Kserks C) Kambiz D) Doro I
8. Poliyen qachon yashagan?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. III asr
C) Mil. avv. II asr D) Mil. avv. I asr
9. Amudaryo xazinasi qayerda saqlanadi?
A) Peterburgdagi Ermitaj muzeyida
B) Madriddagi Prado muzeyida
C) Londondagi Britaniya muzeyida
D) Parijdagi Luvr muzeyida
10. Frada qo'zg'oloni haqidagi ma'lumot qayerda keltirilgan?
A) Behistun bitiklarida B) Tabriz bitiklarida
C) Persepol bitiklarida D) Sheroz bitiklarida
11. O'rta Osiyo xalqlari ustidan ahamoniylar hukmronligi necha yildan ko'proq davom etdi?
A) 100 yil B) 200 yil C) 300 yil D) 400 yil
12. Dastlab Kir II qayerlarni bosib oldi?
1. So'g'diyona 2. Midiya 3. Xorazm
4. Parfiya 5. Baqtriya 6. Marg'iyona
A) 1-2-3 B) 4-5-6 C) 1-3-5 D) 2-4-6
13. Gerodotning ma'lumotlarida saklar qanday qurol-aslahalari bilan jangga kirishgan?
1. Kamon 2. Nayza 3. Xanjar 4. Oybolta
A) 1-2 B) 3-4 C) 1-3 D) 2-4
14. Qachon Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi?
A) Mil. avv. 532-yil B) Mil. avv. 531-yil
C) Mil. avv. 530-yil D) Mil. avv. 529-yil
15. Doro I hukmronligining birinchi yili fors istilochilariga qarshi Frada boshchiligidagi yirik xalq qo'zg'oloni qayerda ko'tarildi?
A) Parfiya B) So'g'diyona
C) Baqrtiya D) Marg'iyona
16. Amudaryo xazinasi qachon topilgan?
A) 1877-yil B) 1878-yil C) 1879-yil D) 1880-yil
17. Massagetlar mamlakati qanday qilib bosib olingani to'g'risida kim hikoya qilb bergan?
A) Gerodot B) Poliyen C) Strabon D) Arrian
18. Doro I qachon saklar ustiga yurish qiladi?
A) Mil. avv. 520-yil B) Mil. avv. 519-yil
C) Mil. avv. 518-yil D) Mil. avv. 517-yil
19. Frada qo'zg'oloni qachon bo'lgan?
A) Mil. avv. 524-yil B) Mil. avv. 523-yil
C) Mil. avv. 522-yil D) Mil. avv. 521-yil
20. Kim Shiroq jasorati haqida rivoyat keltirgan?
A) Gerodot B) Poliyen C) Strabon D) Arrian
21. Kimlarning suvoriylari Kserks armiyasida eng yaxshi jangchilardan bo'lishgan?
A) Xunn va so'g'diy B) Skif va parfiya
C) Dak va xorazmiy D) Sak va baqtriya
22. "Xshatra" so'zi qanday ma'noni anglatadi?
A) Davlat B) Viloyat C) Tuman D) Qishloq
23. Mashhur Marafon jangida fors qo'shinlari markazida muvaffaqiyatli urushgan kimlar o'zini ko'rsatadi?
A) Saklar B) Xunnlar
C) Baqtriyaliklar D) Skiflar
24. O'rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari necha satraplikka bo'lingan?
A) 3 B) 5 C) 7 D) 9
25. Shiroq forslarni necha kun cho’l-biyobon bo’ylab yo’l bosishga majbur qiladi?
A) 3 B) 5 C) 7 D) 9
32-§. O‘rta Osiyo xalqlarining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi
1.Yunon-makedon askarlarining siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida qurollantirilgan qaysi davlat yoshlari hisobiga to'ldiriladi?
A) Sak va massagetlar
B) Sak va So’g’diyonaliklar
C) Massaget va Baqtriyaliklar
D) Baqtriyaliklar va So’g’diyonaliklar
2. Qachon Makedoniyalik Aleksandr Sharqqa yurish boshladi?
A) Mil. avv. 336-yil B) Mil. avv. 335-yil
B) Mil. avv. 334-yil D) Mil. avv. 333-yil
3. Aleksandr Makedonskiy Amudaryoning narigi tarafida yashovchi elatlarni nima maqsadda bo'ysundirmoqchi bo'lgan?
A) Oksiartning qizi Ravshanakka uylanish uchun
B) Hindistonga yurish qilishdan oldin o'z qo'shini orqasini xavfsizlantirish maqsadida
C) O'rta Osiyo xalqlarining boyliklariga egalik qilish uchun
D) Baqtra satrapi Bess o'sha tarafga qochib unga qarshi qo'zg'olon boshlagani uchun
4. Aleksandr qachon Makedoniya podshosi bo'ladi?
A) Mil. avv. 336-yil B) Mil. avv. 335-yil
B) Mil. avv. 334-yil D) Mil. avv. 333-yil
5. Makedoniyalik Aleksandr nima uchun Sirdaryo bo'yida, Xo'jand yaqinida Aleksandriya Esxata qal'asini barpo etish to'g'risida buyruq beradi?
A) Saklarga qarshi kurash
B) Xunnlar va o'g'uzlarga qarshi kurash
C) Daklar va qipchoqlarga qarshi kurash
D) Skiflar va mo'g'ullarga qarshi kurash
6. O`rta Osiyo xalqlari orasida ” aqinak” nomi bilan yuritilgan jang qurolini aniqlang?
A) Xanjar B) Nayza C) Oybolta D) Qilich
7. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga qancha qo’shin yuboradi?
A) 3 ming B) 4 ming
C) 8 ming D) 7 ming
8. Xoriyen va Oksiartning qal'alari qayerda joylashgan?
A) Zagros tog'larida B) Pomir tog'larida
C) Kavkaz tog'larida D) Hisor tog'larida
9. Makedoniyalik Aleksandr kimning Amudaryodan ikki podsho - Kir II va Doro I kechib o'tgani, ikkalasi ham mag'lubiyatga uchragani, shunung uchun u yurishga yaxshi tayyorgarlik ko'rishi lozimligi to'g'risidagi maslahatini yodda tutar edi?
A) Aristobul B) Arximed
C) Aristotel D) Aristofan
10. Kurushkat shahriga kim asos solgan?
A) Kir II B) Kserks C) Kambiz D) Doro I
11. Qachon Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi janggi bo'lib o'tdi?
A) Mil. avv. 328-yil qishida
B) Mil. avv. 328-yil bahorida
C) Mil. avv. 328-yil yozida
D) Mil. avv. 328-yil kuzida
12. Qachon Makedoniyalik Aleksandr fors shohi qo'shinlarini tor-mor keltirdi?
A) Mil. avv. 332-yil B) Mil. avv. 331-yil
C) Mil. avv. 330-yil D) Mil. avv. 329-yil
13. Aleksandr Makedoniya podshosi bo'lganida necha yoshda edi?
A) 17 yosh B) 18 yosh C) 19 yosh D) 20 yosh
14. Makedoniyalik Aleksandr qayerlarni egallamagan?
A) Xorazm B) Toshkent C) Farg'ona D) A, B, C
15. Makedoniyalik Aleksandrni birinchi bo'lib yo'lini to'sgan shahar?
A) Peshovar B) Taksila
C) Baqtra D) Nautaka
16. Politimet qaysi daryoning qadimgi nomi?
A) Sirdaryo B) Zarafshon
C) Amudaryo D) Chirchiq
17. O'rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Makedoniyalik Aleksandr necha yil urindi?
A) 1 yil B) 2 yil C) 3 yil D) 4 yil
18. Nautaka shahri qaysi viloyatda joylashgan?
A) Samarqand B) Surxondaryo
C) Xorazm D) Qashqadaryo
19. Makedoniyalik Aleksandrning O'rta Osiyoga yurishi paytida So'g'diyona ...?
A) Mustamlaka bo'lgan edi
B) Qabilalarning ittifoqi edi
C) Mustaqilligicha turar edi
D) So'g'diylar yashamas edi
20. "Sagaris" nima?
A) Xanjar B) Kamon C) Oybolta D) Nayza
21. Makedoniyalik Aleksandr saklar va massagetlarga qarshi kurashda tayanch bir manzilga ega bo’lish maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida “Aleksandriya Esxata” qal’asini barpo ettirgan?
A) O’ratepa yaqinida B) Xo’jand yaqinida
C) Jizzax yaqinida D) Toshkent yaqinida
22. O'rta Osiyo aholisining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashiga kim boshchilik qiladi?
A) Spitamen B) Shiroq
C) Dodarshish D) Frada
23. Ravshanak kimning qizi?
A) Xoriyen B) Oksiart
C) Nikator D) Spitamen
24. Baqtra satrapi Bess qaysi suloladan edi?
A) Sosoniylar B) Ahamoniylar
C) Salavkiylar D) Arshakiylar
25. Qachon Makedoniyalik Aleksandr o'z lashkarlarini uch qismga bo'lib, So'g'diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va ko`plab kishilarni qatil etadi?
A) Mil. avv. 328-yil qishida
B) Mil. avv. 328-yil bahorida
C) Mil. avv. 328-yil yozida
D) Mil. avv. 328-yil kuzida
26. Spitamen qaysi daryo bo'yida makedonlarga pistirma qo'ygan?
A) Sirdaryo B) Zarafshon
C) Amudaryo D) Chirchiq
27. Kim O'rta Osiyoda Ravshanakka uylanadi?
A) Konstantin B) Aleksandr
C) Salavka D) Gannibal
28. Oks qaysi daryoning qadimgi nomi?
A) Sirdaryo B) Zarafshon
C) Amudaryo D) Chirchiq
29. Ancha qo’shin to’plagan Spitamen qaysi shaharni qamal qiladi?
A) Baqtra B) Maroqanda
C) Nautaka D) Kurushkat
30. Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishi necha yil davom etdi?
A) 9 yil B) 10 yil C) 11 yil D) 12 yil
31. Ahamoniylar sulolasining so'nggi shohi?
A) Doro I B) Doro II C) Doro III D) Doro IV
32. Qachon Makedoniyalik Aleksandr qo'shinlari Amudaryodan o'ta boshladi?
A) Mil. avv. 332-yil B) Mil. avv. 331-yil
C) Mil. avv. 330-yil D) Mil. avv. 329-yil
33. Qachon Makedoniyalik Aleksandrning qo'shinlari Maroqandani egalladi?
A) Mil. avv. 332-yil B) Mil. avv. 331-yil
C) Mil. avv. 330-yil D) Mil. avv. 329-yil
33-§. Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi
1. Makedoniyalik Aleksandr vafot etgach u yaratgan davlat uch qismga: ... bo'linib ketdi?
1. Eron 2. Misr 3. Yunoniston
4. Makedoniya 5. Turkiya 6. Suriya
A) 1-2-3 B) 4-5-6 C) 1-3-5 D) 2-4-6
2. Qachon Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi?
A) Mil. avv. 324-yil B) Mil. avv. 323-yil
C) Mil. avv. 322-yil D) Mil. avv. 321-yil
3. Baqtriyaliklardan yunonlar nimalarni o'zlashtirdilar?
A) Hunarmandchilik va san'at buyumlarini
B) Savdo-sotiq, kulolchilik
C) Yozuv, og'irlik o'lchov birliklari, pul munosabatlarini
D) Binosozlik va hunarmandchilik an'analarini
4. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik kimga o'tdi?
A) Demetriy B) Geleokl
C) Yevtidem D) Andragor
5. Elliniashtirish davrida yunonlar... binosozlik va hunarmandchilik an'analarini o'zlashtirdilar.
A) Marg'iyona B) So'g'diyona
C) Parfiya D) Baqtriya
6. Salavkiylar davrida davlat mudofaasi va qo'shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan ... shug'ullanar edi?
A) Arxont B) Diktator C) Konsul D) Strateg
7. Kimning hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo'ldi?
A) Demetriy B) Geleokl
C) Yevtidem D) Andragor
8. Qachon Parfiya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan?
A) Mil. avv. 252-yil B) Mil. avv. 251-yil
C) Mil. avv. 250-yil D) mil. avv. 249-yil
9. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga qayerlar kirgan edi?
A) Ossuriya va Mesopotamiya
B) Kappadokiya va Araxosiya
C) So'g'diyona va Marg'iyona
D) Makedoniya va Karmaniya
10. Kim Yunon-Baqtriya davlati tarixida sezilarli iz qoldirmagan?
A) Demetriy B) Geleokl
C) Yevtidem D) Diodot
11. Qachon Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi?
A) Mil. avv. 252-yil B) Mil. avv. 251-yil
C) Mil. avv. 250-yil D) mil. avv. 249-yil
12. Kim o'zini mingta Baqtriya shahri hukmdori, podsho deb e'lon qiladi?
A) Antiox B) Mitridat I C) Diodot D) Filipp II
13. Salavka davlati tarkibiga qayerlar kirgan?
1. Makedoniya 2. Misr 3. Finikiya
4. Midiya 5. Ossuriya 6. Kappadokiya
7. Mesopotamiya 8. Eron 9. Parfiya
10. Baqtriya 11. So'g'diyona 12. Marg'iyona
A) 1-2-3-4-5-6 B) 7-8-9-10-11-12
C) 1-3-5-7-9-11 D) 2-4-6-8-10-12
14. Qaysi davlat Baqtriyaning raqibiga aylanadi?
A) Parfiya B) Yahudiya
C) Midiya D) Ossuriya
15. Parfiyada hokimiyat kimning qo'liga o'tishi bilan Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi?
A) Antiox B) Mitridat I C) Diodot D) Filipp II
16. Makedoniyalik Aleksandr vafot etgach u yaratgan davlat uch qisimga bo'linib ketdi. Bu davlatlar kimlar tomonidan boshqarilar edi?
A) Makedoniyaning eng buyuk zamindorlari
B) Aleksandrning eng ishbilarmon o'g'illari
C) Makedoniyaning eng kambag'al kishilari
D) Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari
17. Salavkiylar davrida qayerlar yirik shahar va madaniyat markazlariga aylandi?
1. Qiziltepa 2. Uzunqir 3. Marv
4. Baqtra 5. Maroqanda 6. Termiz
A) 1-2-3 B) 3-4-5-6 C) 1-3-4-5 D) 3-4-6
18. Ko'chmanchi yuechji qabilalari qachon Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar?
A) Mil. avv. 160-150-yillarda
B) Mil. avv. 150-140-yillarda
C) Mil. avv. 140-130-yillarda
D) Mil. avv. 130-120-yillarda
19. Kimlarning istilolaridan keyin O'rta Osiyo tarixida antik yoki ellinlashtirish davri boshlandi?
A) Ahamoniylar B) Fors-arab
C) Yunon-makedon D) Rim-slavyan
20. Marg'iyona Antioxiyasi bu qaysi shahar?
A) Balx B) Xiva C) Marv D) Agra
21. Kimning hukmronligi davrida Hindistonning bir qismi Yunon-Baqtriya davlatiga qo'shib olingan edi?
A) Demetriy B) Geleokl
C) Yevtidem D) Andragor
22. Kimning hukmronligi davridan Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlandi?
A) Antiox B) Mitridat I C) Diodot D) Filipp II
23. Qachon Salavka Bobil davlati hukmdori bo'ldi?
A) Mil. avv. 312-yil B) Mil. avv. 311-yil
C) Mil. avv. 310-yil D) Mil. avv. 309-yil
24. Qaysi hol Yunon-Baqtriyaning kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi?
A) O’zaro ichki kurashlar
B) Tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo‘lgani
C) Toju-taxt uchun kurash
D) Sulolaviy nizolar
34-§. Qadimgi Xorazm, Qang‘ va Davan davlati
1. Qachon Farg'ona yuksak taraqqiy etgan, aholisi ko'p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko'rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo'lgan?
A) Mil. avv. V-IV asrlarda
B) Mil. avv. IV-III asrlarda
C) Mil. avv. III-II asrlarda
D) Mil. avv. II-I asrlarda
2. Oybo'yirqal'a yodgorligidan xum sirtiga chekilgan yozuv nechanchi asrlarga oid?
A) Mil. avv. V-IV asrlar
B) Mil. avv. IV-III asrlar
C) Mil. avv. III-II asrlar
D) Mil. avv. II-I asrlar
3. Jonbosqal'a va Qo'yqirilganqal'a shaharlari nechanchi asrlarga oid?
A) Mil. avv. V-IV asrlar B) Mil. avv. IV-III asrlar
C) Mil. avv. III-II asrlar D) Mil. avv. II-I asrlar
4. Qaysi davlat manbalarida Qang' davlati Qang'yuy deb atalgan?
A) Xitoy manbalarida B) Rim manbalarida
C) Yunon manbalarida D) Eron manbalarida
5. Qayerdan O'rta Osiyo bo'yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan?
A) Toshkent B) Buxoro
C) Xorazm D) Farg'ona
6. Qachon Xorazm Ahamoniylar davlatidan mustaqil davlatga aylandi?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. III asr
C) Mil. avv. II asr D) Mil. avv. I asr
7. Qang’ davlatining poytaxti bo’lgan Qang’dez shahriga qachon asos solingan?
A) miloddan avvalgi I asrda
B) miloddan avvalgi II asrda
C) miloddan avvalgi III asrda
D) miloddan avvalgi IV asrda
8. Xorazm hududida joylashgan qadimiy shaharlarni va ularga oid ma’lumotlarni to’g’ri muvofiqlashtiring.
1) Qo’yqirilganqal’a; 2) Tuproqqal’a;
3) Oybo’yirqal’a; 4) Qal’aliqir.
a) O’rta Osiyodagi eng qadimiy yozuv na’munalari topilgan;
b) mahalliy hukmdorning qarorgohi bo’lgan ulkan qal’a bunyod etilgan;
c) aylana shaklida qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan;
d) qasrdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, shuningdek, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan.
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
9. Qaysi davlat So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht ko‘chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o‘rnatgan?
A) Qang’ B) Xorazm C) Davan D) Kushon
10. Xorazm aholisi xo‘jaligining asosini ... tashkil etgan?
A) Chorvachilik B) Savdo-sotiq
C) Dehqonchilik D) Hunarmandchilik
11. Xorazmda shaharsozlik boshlanishi nechanchi asrga borib taqaladi?
A) Mil. avv. VIII asr B) Mil. avv. VII asr
C) Mil. avv. VI asr D) Mil. avv. V asr
12. Xorazmda mahalliy taqvimdan nechanchi asgacha foydalanganlar
A) Mil. avv. VI asr B) Mil. VIII asr
C) Mil. avv. VII asr D) Mil. avv. IV asr
13. Qang' davlatining asosiy shaharlari qaysi daryo sohillari bo'ylab joylashgan edi?
A) Sirdaryo B) Zarafshon
C) Amudaryo D) Chirchiq
14. Xorazmdagi miloddan avvalgi III-II asrlarga oid yodgorliklarni aniqlang.
A) Qal’aliqir, Tuproqqal’a
B) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a
C) Oybo’yirqal’a, Jonbosqal’a
D) Qal’aliqir, Jonbosqal’a
15. Milodiy II-III asrlarda Xorazmda qadimgi qaysi shahar bo'lgan?
A) Jonbosqal'a B) Qo'yqirilganqal'a
C) Oybo'yirqal'a D) Tuproqqal'a
16. Ko'zaliqir shahri xarobalari nechanchi asrga oid?
A) Mil. avv. VIII asr B) Mil. avv. VII asr
C) Mil. avv. VI asr D) Mil. avv. V asr
17. Tuproqqal'a shahri xarobalari nechanchi asrlarga oid?
A) I-II asrlar B) II-III asrlar
C) III-IV asrlar D) IV-V asrlar
18. Qachon Qang' qabilalarining eng qudratli davlat birlashmasiga aylanadi?
A) Mil. avv. II asr boshida
B) Mil. avv. II asr oxirida
C) Mil. avv. I asr boshida
D) Mil. avv. I asr oxirida
19. Davan davlatining poytaxti qaysi shahar bo'lgan?
A) Choch B) Quva C) Ershi D) Axsi
20. Xorazmning qadimiy qaysi shahrida mahalliy hukmdorning qarorgohi bo'lgan ulkan qal'a bunyod etilgan edi?
A) Qal'aliqir B) Ko'zaliqir
C) Jonbosqal'a D) Qo'yqirilganqal'a
21. Qachon Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. III asr
C) Mil. avv. II asr D) Mil. avv. I asr
22. Qang' davlatining qaysi hududida o'troq ziroatchi va savdo-hunarmandchilik madaniyati vujudga keldi?
A) Toshkent B) Buxoro
C) Xorazm D) Farg'ona
23. Qaysi shahar xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan?
A) Jonbosqal'a B) Qo'yqirilganqal'a
C) Oybo'yirqal'a D) Tuproqqal'a
24. Qang' davlatidan Buyuk Ipak yo'lining qaysi tarmog'i o'tgan?
A) Janubiy B) Sharqiy C) Shimoliy D) G'arbiy
25. Qachon Qang' davlati parchalanib ketdi?
A) Mil. avv. IV asr B) III asr
C) Mil. avv. II asr D) I asr
26. Qaysi qal'adan O'rta Osiyo bo'yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan?
A) Jonbosqal'a B) Qo'yqirilganqal'a
C) Oybo'yirqal'a D) Tuproqqal'a
27. Qang' davlati aholisini qanday atashgan?
A) Eftallar B) Kushonlar
C) O'g'uzlar D) Qang'arlar
28. Quyidagi qaysi madaniy yodgorlikdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, mug’anniylar, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan?
A) Qal’aliqir B) Qo’yqirilganqal’a
C) Tuproqqal’a D) Ko’zaliqir
29. Farg'ona davlati Xitoy manbalari Davan deb atalgan bo'lib, unga qachon asos solingan?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. III asr
C) Mil. avv. II asr D) Mil. avv. I asr
30. Qachon Farg'ona davlati barham topdi?
A) I asr B) II asr C) III asr D) IV asr
31. Xitoy tarixchilari Qang'dezni nima deb atashgan?
A) Guyyan B) Xayyan C) Bityan D) Dalyan
32. Qo'yqirilganqal'a yodgorligidan topilgan ayrim mahalliy yozuvlar nechanchi asrlarga oid?
A) Mil. avv. V-IV asrlar B) Mil. avv. IV-III asrlar
C) Mil. avv. III-II asrlar D) Mil. avv. II-I asrlar
33. Qang' davlatiga qachon asos solingan?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. III asr
C) Mil. avv. II asr D) Mil. avv. I asr
34. Qachon Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqilgan?
A) I asr B) II asr C) III asr D) IV asr
35. Quyidagi qadimiy shaharlardan qaysi biri Davan davlatiga taalluqli emas?
A) Sho’rabashat B) Bityan
C) Uchqo’rg’on D) Ershi
35-§. Kushon davlati
1. Qaysi yodgorlikdan Kushon hukmdorlari saroyi topilgan?
A) Qo'rg'ontepa B) Ayritom
C) Dalvarzintepa D) Xolchayon
2. Qaysi davlatda suv tegirmoni, chig'ir turlaridan keng foydalanildi?
A) Dovon B) Qang' C) So'g'd D) Kushon
3. Kimning hukmronligi davrida Kushon davlatining poytaxti Baqtriyadan Peshovarga ko'chiriladi?
A) Vima Kadfiz B) Kanishka
C) Kudzula Kadfiz D) Vasishka
4. Oromiy yozuvi qanday ko'rinishda bo'lgan?
A) Mixxat B) Tugunli C) Alifbo D) Shaklli
5. Surxko’tal yodgorligi qayerda joylashgan?
A) Afg’onistondagi Qunduz shahrida
B) Eski Termizdan
C) Surxon vohasidan
D) Qadimgi Baqtradan
6. Qayerdan do‘mbirachi hamda ud cholg‘u asbobini chalayotgan musiqachilar tasvirlari topilgan?
A) Xolchayon B) Dalvarzintepa
C) Ayritom D) Qoratepa
7. Kushon davlati iqtisodiyotining asosini nima tashkil etgan?
A) savdo-sotiq, baliqchilik, chorvachilik, dehqonchilik
B) dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik
C) chorvachilik, temirchilik, dehqonchilik
D) hunarmandchilik, sug`orma dehqonchilik, savdo-sotiq
8. Qaysi yodgorlikni o'rganish natijasida oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari topilgan?
A) Qadimgi Termiz B) Ayritom
C) Qadimgi Baqtra D) Surxko'tal
9. Kushon davlatiga qachon ko'chmanchi yuechji qabilalari tomonidan asos solingan?
A) I asr B) II asr C) III asr D) IV asr
10. Kushon davlatining qaysi shaharlarida muhtasham buddaviylik ibodatxonalari bo'lgan?
1. Eski Termiz 2. Ayritom 3. Dalvarzintepa
4. Eski Baqtra 5. Xolchayon 6. Surxko'tal
A) 1-3 B) 4-5-6 C) 1-3-5 D) 2-4-6
11. Birlashgan yuechji qabilasining birinchi hukmdori kim bo'ldi?
A) Vima Kadfiz B) Kanishka
C) Kudzula Kadfiz D) Vasishka
12. Qaysi davlatda O'rta Osiyoda qadimgi oromiy yozuvi keng tarqaladi?
A) Dovon B) Qang' C) So'g'd D) Kushon
13. Kushon davlati qanday sabab oqibatida zavolga yuz tutgan?
A) to’xtovsiz urushlar oqibatida
B) yirik xalq qo’zg’oloni oqibatida
C) bosqinchi xalqlarning tinimsiz hujumlari natijasida
D) mamlakat xo’jaligidagi ketma-ket hosilsizliklar sababli
14. Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya, So'g'diyonaning asosiy aholisi qaysi dinda edi?
A) Xristianlik B) Zardushtiylik
C) Shomonlik D)
Buddaviylik
15. Qachon Kushon davlati inqirozga yuz tutdi?
A) I asr B) II asr C) III asr D) IV asr
16. Oromiy yozuvi qayerda paydo bo'lgan?
A) G'arbiy Osiyoda B) Shimoliy Osiyoda
C) Sharqiy Osiyoda D) Janubiy Osiyoda
17. Kimning hukmronligi davrida Afg'oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo'shib olingan?
A) Vima Kadfiz B) Kanishka
C) Kudzula Kadfiz D) Vasishka
18. Quyidagi qaysi yozuvda harflar burchakli, to’rtburchakli va aylana shaklda bo’lgan?
A) baqtriya yozuvida B) eftallar yozuvida
C) Sanskrit yozuvida D) kushon shaklli yozuvida
19. Qaysi yodgorlikdan yunon alifbosidagi kushon bitiklari topilgan?
A) Qadimgi Termiz B) Ayritom
C) Qadimgi Baqtra D) Surxko'tal
20. Kushon yozuvi qanday ko'rinishda bo'lgan?
A) Mixxat B) Tugunli C) Alifbo D) Shaklli
21. Buddaviylik va zardushtiylik dinlari qachongacha O’rta Osiyoda mavjud bo’ldi?
A) milodiy VI asrgacha B) milodiy VII asrgacha
C) milodiy VIII asrgacha D) milodiy IX asrgacha
22. Kimning hukmronligi davrida oltin, kumush va misdan tanga pullar zarb ettirilgan edi?
A) Kanishka B) Xuvishka
C) Kudzula Kadfiz D) Vima Kadfiz
23. Kimning hukmronligi davrida Kushon podsholigi o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishganligini aniqlang.
A) Vima Kadfiz B) Kanishka
C) Kudzula Kadfiz D) Vasishka
24. Kimning hukmronligi davrida Kushon davlatiga Hindistonning bir qismi qo'shib olingan?
A) Vima Kadfiz B) Kanishka
C) Kudzula Kadfiz D) Vasishka
25. Kushon davlatining qaysi hududi orqali buddaviylik butun O'rta Osiyo bo'ylab tarqala boshladi?
A) Surxon vohasi B) Eski Termiz
C) Qashqadaryo D) Zarafshon
26. Kimning hukmronligi davrida Kushon davlati ulkan saltanatga aylanadi?
A) Vima Kadfiz B) Kanishka
C) Kudzula Kadfiz D) Vasishka
27. Kushon podsholigi davrida O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan yozuvlardan qaysi biri oromiy yozuvi asosida vujudga kelmaganligini aniqlang.
A) so’g’diy yozuvi B) kushon shaklli yozuvi
C) xorazmiy yozuvi D) kushon-baqtriya yozuvi
28. Kimning hukmronligi davridan Kushon podsholigida hukmdor nomi ko'rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi?
A) Vima Kadfiz B) Kanishka
C) Kudzula Kadfiz D) Vasishka
29. Nimalar Kushon podsholigining jahondagi ko‘plab davlatlar bilan keng ko‘lamdagi aloqalaridan guvohlik beradi?
A) Tangalar
B) Yozuvning turli ko‘rinishlariga oid topilmalar
C) Budda haykallari
D) Zargarlik buyumlari
36-§. Buyuk Ipak yo‘li
1. Qaysi Xitoy imperatori o'z saroyi yaqinida beda ektiradi?
A) Chen Tan B) U Di C) Lyu Ban D) Pu I
2. Qayerdan Xitoyga jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan?
A) Parfiya B) So'g'diyona
C) Baqtriya D) Marg'iyona
3. Buyuk ipak yo’lining yo’nalishini to’g’ri ketma-ketlikda ko’rsating.
A) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Mesopotamiya, Eron, O’rtayer dengizi sohillari
B) Sariq dengiz sohili, O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Eron, Mesopotamiya, O’rtayer dengizi sohillari
C) Sariq dengiz sohili, O’rta Osiyo, Eron, Sharqiy Turkiston, Mesopotamiya, O’rtayer dengizi sohillari
D) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya, O’rtayer dengizi sohillari
4. Kim Xitoyga Farg'ona otlaridan birini va beda urug'idan olib kelgan edi?
A) Chjan Xe B) Sim Syan
C) Lyu Ban D) Chjan Syan
5. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni belgilang?
1) J. F. Shampolyon Misr iyerogliflarini o’qish sirini kashf etdi
2) Ahamoniylar davri O’rta Osiyo madaniyatiga oid “Amudaryo xazinasi” topildi.
3) Nemis olimi Genrix Shlimann Troya shahri xarobalarini ochishga muvaffaq bo’ldi.
4) Nemis geograf olimi F. Rixtgofen “G’arbiy meridianal yo’li” ga “Buyuk ipak yo’li” nomini berdi.
A) 1, 3 B) 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 2
6. Buyuk Ipak yo'li qaysi dengiz sohiligacha borgan?
A) Qora dengiz B) Arabiston dengizi
C) Sariq dengiz D) O'rtayer dengizi
7. Qadimda savdo yo’llari orqali So’g’diyonadan Xitoyga qanday mahsulotlar olib borilgan?
A) jun gazlama, gilam
B) shisha buyumlar va gilamlar
C) zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar
D) A va C
8. Buyuk Ipak yo'lida Farg'onadan nima olib borilgan?
A) Tuyalar B) La'l C) Guruch D) Otlar
9. Ipak yo'li degan nom qaysi nemis geografi tomonidan berilgan?
A) F. Rixtgofen B) G. Shlimann
C) F. Shampolyon D) A. Dyuperron
10. Chjan Syan qayerda o'zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi?
A) Toshkent B) Buxoro
C) Xorazm D) Farg'ona
11. Hindistondan O'rta Osiyoga qanday mahsulotlar olib kelingan?
1. Ip-gazlama 2. Ipak mato 3. Paxta chigiti
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,2,3 D) 2,3
12. Xitoyda qaysi sulola hukmronligi davridan beda ekini ekila boshlagan bo’lib, keyinchalik u butun Shimoliy Xitoy bo’ylab keng tarqalgan?
A) Shan sulolasi B) Chjou sulolasi
C) Sin sulolasi D) Xan sulolasi
13. Buyuk Ipak yo'li qachon vujudga kelgan?
A) Mil. avv. IV asr B) Mil. avv. III asr
C) Mil. avv. II asr D) Mil. avv. I asr
14. Qaysi Xitoy imperatori elchi Chjan Syanni ko'chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo'natadi?
A) Chen Tan B) U Di C) Lyu Ban D) Pu I
15. Qaysi yo'l "Buyuk meridianal yo'l" deb atalgan?
A) "Ipak yo'li" B) "Shoh yo'li"
C) "La'l yo'li" D) "Somon yo'li"
16. Buyuk Ipak yo'lida Badaxshondan nima olib borilgan?
A) Tuyalar B) La'l C) Guruch D) Otlar
17. Kimning yurgan yo'li Buyuk Ipak yo'liga asos bo'ldi?
A) Chjan Xe B) Sim Syan
C) Lyu Ban D) Chjan Syan
18. "Ipak yo'li" degan nom qachon berilgan?
A) 1877-yil B) 1878-yil
C) 1879-yil D) 1880-yil
19. Buyuk Ipak yo'li qaysi dengiz sohilidan boshlangan?
A) Qora dengiz B) Arabiston dengizi
C) Sariq dengiz D) O'rtayer dengizi
20. Buyuk Ipak yo'lida Baqtriyadan nima olib borilgan?
A) Tuyalar B) La'l C) Guruch D) Otlar
21. Buyuk Ipak yo'lida Xitoydan nima olib keltirilgan?
1. Ip-gazlama 2. Ipak mato
3. Paxta chigiti 4. Guruch
A) 1,4 B) 1,3,4C) 1,2,3 D) 2,4
22. Buyuk Ipak yo'li necha ming kilometrcha uzunlikda bo'lgan?
A) 9 ming km B) 10 ming km
C) 11 ming km D) 12 ming km
23. Nechanchi asrga qadar Sharq bilan G‘arb xalqlari o‘rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan edi?
A) Milodiy XV asr B) Milodiy XVI asr
C) Milodiy XVII asr D) Milodiy XIV asr
24. Buyuk Ipak yo’li qaysi shahardan boshlangan?
A) Sian B) Loyan
C) Dunxuan D) Chayan
37-§. Qadimgi Italiya
1. Karfagen qaysi davlatning koloniyasi bo’lgan?
A) Frakiya B) Finikiya
C) Sitsiliya D) Afina
2. Rimdagi qaysi tepalikda dushmanlardan himoyalanish uchun qal'a bunyod etiladi?
A) Palatin B) Kapitoliy C) Vatikan D) Akropol
3. Etrusklar Italiyaning qaysi qismida yashaganlar?
A) Shimoli sharqi B) Janubi sharqi
C) Shimoli g’arbi D) Janub g’arbi
4. ... Rim shahrining timsoli hisoblanadi?
A) Qo'ng'iz B) Mushuk
C) Ona bug'u D) Ona bo'ri
5. Laqabi Mag'rur bo'lgan kishi?
A) Tarkviniy B) Numitor
C) Askaniy D) Ssipion
6. Rim nechta tepalikda joylashgan?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
7. Ilgari rimliklarda qanday lavozim ham harbiy boshliq, ham sudya, ham kohin bo`lgan?
A) Senat B) Konsul C) Diktator D) Hukmdor
8. Qachon Rim respublika deb e'lon qilindi?
A) Mil. avv. 512-yil B) Mil. avv. 511-yil
C) Mil. avv. 510-yil D) Mil. avv. 509-yil
9. Apennin yarimorolida joylashgan davlat?
A) Angliya B) Italiya C) Ispaniya D) Fransiya
10. Qachon Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan?
A) Mil. avv. 756-yil B) Mil. avv. 755-yil
C) Mil. avv. 754-yil D) Mil. avv. 753-yil
11. Tarixiy Neapol shahri qayerda joylashgan?
A) Angliya B) Italiya C) Ispaniya D) Fransiya
12. Etrusklarning asosiy mashg'uloti nima bo'lgan?
A) Hunarmandchilik B) Chorvachilik
C) Dehqonchilik D) Savdo-sotiq
13. Etrusklar Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalaribilan kurash boshladilar. Qaysi mamlakat ularga qo'shildi?
A) Galliya B) Marokash
C) Numibiya D) Karfagen
14. Qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg'uloti nima bo'lgan?
A) Chorvachilik va savdo-sotiq
B) Dehqonchilik va chorvachilik
C) Dehqonchilik va savdo-sotiq
D) Hunarmandchilik va ovchilik
15. Quyidagi qadimiy xalqlardan asosiy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik bo’lganlarini belgilang.
1. etrusklar 2. ossurlar 3. yunonlar
4. italiyaliklar 5. hindlar 6. mesopotamiyaliklar 7. xettlar.
A) 1, 4, 5, 6 B) 3, 4, 6, 7
C) 3, 4, 7 D) 1, 2, 3, 5
16. Tarixiy Piza shahri qayerda joylashgan?
A) Angliya B) Italiya C) Ispaniya D) Fransiya
17. "Italiya" so'zi
yunonchadan qanday tarzda tarjima qilinadi?
A) "Buqa,buzoqcha" B) "Qo’zichoqlar o’lkasi"
C) "Buzoqchalar o'lkasi” D) "Dengiz malikasi"
18. Lig’urlar nima bilan shug’ullanganlar?
A) Hunarmandchilik B) Chorvachilik
C) Dehqonchilik D) Savdo-sotiq
19. Tarixiy Sirakuz shahri qayerda joylashgan?
A) Kanxva orolida B) Sitsiliya orolida
C) Korsika orolida D) Sardiniya orolida
20. Apennin yarimorolidagi eng katta daryo?
A) Tibr daryosi B) Po daryosi
C) Stiks daryosi D) Don daryosi
21. Qachon etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishadi?
A) Mil. avv. VIII asr B) Mil. avv. VII asr
C) Mil. avv. VI asr D) Mil. avv. V asr
22. Rim shahri qaysi daryo bo'yida joylashgan?
A) Tibr daryosi B) Po daryosi
C) Stiks daryosi D) Don daryosi
38-§. Rim respublikasi
1. Rim respublikasida konsullar boshqaruviga oid to’g’ri javoblarni belgilang.
1) konsullar ikki nafar bo’lib, muhim masalalarni hal etishda maslahatlashib olishi lozim edi
2) ular rimliklarni sud qilardilar
3) harbiy davrlarda qo’shinga qo’mondonlik qilishgan
4) har yili Xalq majlisiga hisobot berar edilar
5) qonunlar qabul qilinishiga “veto” (taqiq) qo’yish huquqiga ega bo’lishgan
6) ular konsullik mansabini vorislik asosida egallashgan.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 5
2. Nechanchi asrga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qat'iy nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilindi?
A) Mil. avv. IV asr o'rtalarida
B) Mil. avv. III asr boshlarida
C) Mil. avv. II asr o'rtalarida
D) Mil. avv. I asr o'rtalarida
3. Qaysi lavozim yil davomida Rim respublikasini boshqarib rimliklarni sud qilar edilar?
A) Arxont B) Diktator C) Konsul D) Strateg
4. Qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma'nosini beruvchi so'z qaysi so'zdan kelib chiqqan?
A) "Kandida" B) "Diktatura"
C) "Armada" D) "Senzura"
5. Rimda har bir konsulni qo'riqlab yuradigan faxriy qorovul nima deb atalgan?
A) Liktor B) Goplit C) Ritsar D) Konung
6. "Senat" so'zi qanday ma'noni anglatadi?
A) "Aslzodalar to'dasi"
B) "Mag'rurlar jamoasi"
C) "Ruhoniylar majlisi"
D) "Oqsoqollar kengashi"
7. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni tasdiqlar va bekor qilar, barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlar edi.
B) Mil. markaziy qismi avv. VI asr oxiridan Rim davlati respublika deb atala boshlangan.
C) Yunonchadan tarjima qilinganda «respublika» so‘zi «xalq ishi, umumiy ish» degan ma’nolarni anglatadi
D) Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati sifatida liktorlar yelkalariga o‘rtasiga boltacha sanchilgan qayishqoq arqonchalardan bog‘lama taqib yurishardi.
8. Rimda qaysi lavozim qashshoq rimliklar manfaatlarini ifoda etar edilar?
A) Xalq konsuli B) Xalq tribuni
C) Xalq liktori D) Xalq senatori
9. 12 jadval qonunlari qayerda qabul qilingan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
10. Qaysi so'z "xalq ishi, umumiy ish" degan ma'nolarni anglatadi?
A) Demokratiya B) Monarxiya
C) Respublika D) Aristokratiya
11. Plebeylar talabiga ko`ra necha patritsiydan iborat hayat tuzilib, ular qonunlar yozma majmuasini tuzishlari kerak bo`lgan?
A) 6 B) 8 C) 10 D) 12
12. Senat dastlab qayerda paydo bo'lgan?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
13. Rimda qaysi lavozim cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lgan?
A) Arxont B) Diktator C) Konsul D) Strateg
14. Rimda diktator hokimiyatda necha oydan ko'p tura olmas edi?
A) 5 oy B) 6 oy C) 7 oy D) 8 oy
15. Rimda Senat necha kishidan iborat?
A) 100 B) 200 C) 300 D) 400
16. Rimda qaysi lavozim "veto" so'zini aytishi mumkin bo'lgan?
A) Xalq konsuli B) Xalq tribuni
C) Xalq liktori D) Xalq senatori
17. Rimda urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo'zg'oloni ro'y berganda qaysi lavozim boshlig'i tayinlanar edi?
A) Arxont B) Diktator C) Konsul D) Strateg
18. Rimda har bir konsulni qo'riqlab yuradigan faxriy qorovul necha kishidan iborat bo'lgan?
A) 9 B) 10 C) 11 D) 12
19. "Veto" so'zi qanday ma'noni anglatadi?
A) "Taqiqlayman" B) "Takrorlayman"
C) "Tasdiqlayman" D) "Tabriklayman"
20. Kimlar Rim atrofidagi Muqaddas tog`ga ketib qoladilar va o`z qonunlariga ega bo`lgan yangi shahar tashkil qilamiz, deb ogohlantiradilar?
A) Qullar B) Harbiylar
C) Asosan plebeylardan iborat bo`lgan Rim qo`shini
D) Spartak qo`zg`olonchilari
21. Rimning tub aholisi qanday nomlangan?
A) Periyek B) Plebey C) Patritsiy D) Patriarx
22. Quyidagi qaysi javob xato?
A) Qadimgi Rim qonunchiligi og‘zaki qonunlarga asoslangan edi. Sudlarda ko‘pincha adolatsiz qarorlar chiqaruvchi patritsiylar majlis tuzar edilar
B) 12 ta mis lavhaga o‘yib yozilgan qonunlarni hamma ko‘rishi uchun Rimning markaziy maydoni – Agoraga joylashtiradilar.
C) Mazkur qonunlar xususiy mulkni daxlsiz deb e’lon qildi, ammo ular asosan plebeylar va patritsiylar tengsizligini qonunlashtirgan.
D) Rim boshqaruvida faqat patritsiylar ishtirok eta olar edi.
23.Rimga ko’chib kelganlar va ularning avlodlari qanday nomlangan?
A) Periyek B) Plebey C) Patritsiy D) Patriarx
39-§. Rim respublikasining hayoti
1. Rimliklarda olov xudosi?
A) Vulkan B) Neptun C) Yupiter D) Morfey
2. Rimliklarda dengiz xudosi?
A) Vulkan B) Neptun C) Yupiter D) Morfey
3. Rimning taqdir ilohasi hisoblangan xudo?
A) Merkuriy B) Furiya
C) Yustitsiya D) Fortuna
4. Rimliklarda nima hayot mavjudligini bildirgan?
A) Suv B) Havo C) Yer D) Olov
5. Rimliklarda savdo-sotiq xudosi?
A) Merkuriy B) Furiya
C) Yustitsiya D) Fortuna
6. Rimda yig'ilish joyi va bozor maydoni bo'lib xizmat qilgan shahar markazi nima deb atalgan?
A) Forum B) Senat C) Agora D) Villa
7. Rimning odil sudlov ilohasi?
A) Merkuriy B) Furiya
C) Yustitsiya D) Fortuna
8. Xom suvoqqa ishlangan rasm nima deb atalgan?
A) Freska B) Ikona C) Mozaika D) Altar
9. Rimliklarda urush xudosi?
A) Venera B) Diana C) Mars D) Baxus
10. Qadimgi rimliklar kimlarni xudolar bilan maslahatlashib olib, uzil-kesil xulosa beradi, deb hisoblashgan?
A) hukmdorlarni B) buyuk pontifiklarni
C) avgurlarni D) vestachi kohinalarni
11. Rimliklarda qaysi xudo osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi hisoblangan?
A) Vulkan B) Neptun C) Yupiter D) Morfey
12. Ustida shaharga suv keladigan anhori bo'lgan baland ko'prik nima deb atalgan?
A) Akveduk B) Ajnabiy
C) Akropol D) Apostol
13. Rimliklarda bahor xudosi?
A) Venera B) Diana C) Mars D) Baxus
14. 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylar jamlangan pontifiklar hay'atiga kim rahbarlik qilar edi?
A) Buyuk agur B) Buyuk vestalka
C) Buyuk pontifik D) Buyuk magistr
15. Rangli sopol yoki shisha parchalaridan devorda yoki polda ishlangan suvoqqa qadalgan manzarali rasm nima deb atalgan?
A) Freska B) Ikona C) Mozaika D) Altar
16. Rimliklarda may xudosi?
A) Venera B) Diana C) Mars D) Baxus
17. Rimliklarda uyqu xudosi?
A) Vulkan B) Neptun C) Yupiter D) Morfey
18. Rimda o'g'il bolalar necha yoshga kirganlarida ular voyaga yetgan shaxs hisoblanar edi?
A) 13 yosh B) 14 yosh C) 15 yosh D) 16 yosh
19. Rimliklarda qaysi xudo Rim davlatining homiysi hisoblangan?
A) Vulkan B) Neptun C) Yupiter D) Morfey
20. Rimliklarda qurbonlik baxshida etiladigan ko'tarma joy nima deb atalgan?
A) Freska B) Ikona
C) Mozaika D) Altar
21. Rimliklarda bosh xudo?
A) Vulkan B) Neptun C) Yupiter D) Morfey
22. Rimda o'g'il bolalar 14 yoshga to'lgunga qadar qanday toga kiyishgan?
A) Oppoq yo'llik toga B) Qora yo'llik toga
C) Pushti yo'llik toga D) Qizil yo'llik toga
23. Rimliklarda ov xudosi?
A) Venera B) Diana C) Mars D) Baxus
24. Rimda muqaddas olovni saqlash ... majburiyatlari sirasiga kirar edi?
A) Avgur B) Vestalka C) Pontifik D) Magistr
25. Rimliklarda sevgi xudosi?
A) Venera B) Diana C) Mars D) Baxus
26. Rimda o'g'il bolalar necha yoshga kirganlarida ular oppoq toga kiya boshlar edilar?
A) 13 yosh B) 14 yosh C) 15 yosh D) 16 yosh
27. Rimliklarda temirchilar xudosi?
A) Vulkan B) Neptun C) Yupiter D) Morfey
28. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Shohona bo‘lgan uy-joylar – Villalardir
B) Agorada bozor maydoni, xalq yig‘ilishlari uchun joy va markaziy ibodatxona bo‘lgan
C) Rim bozorlarida katta tovar bo‘lmish qullarga talab ko‘p edi. Har bir shaharning qullar sotiladigan bozorlari bo‘lgan.
D) Odamlar kiyib yuradigan liboslari ularning jamiyatdagi mavqeini bildirgan.
29. Rimda fol ochish ... yordamida amalga oshirilgan?
A) Avgur B) Vestalka C) Pontifik D) Magistr
40-§. O‘rtayer dengizida hukmronlik uchun kurash
1. Rimliklar Karfagen bilan necha marotaba urushdilar?
A) 3 B) 5 C) 7 D) 9
2. Kann yaqinidagi jangda necha ming rimlik legioner halok bo'ldi?
A) 50 ming B) 60 ming C) 70 ming D) 80 ming
3. Senturiylar necha jangchidan iborat bo'lgan?
A) 50 B) 60 C) 70 D) 80
4. Quyidagi qaysi davlat chegaralarida tosh qal’alar qurilgan edi?
A) Franklar imperiyasida
B) Mo’g’ullar imperiyasida
C) Ahamoniylar imperiyasida
D) Qadimgi Rim imperiyasida
5. Gannibal lashkari qaysi sarkarda boshliq rimliklar tomonidan tor-mor etildi?
A) Tarkviniy B) Numitor
C) Askaniy D) Ssipion
6. Rim armiyasida necha yoshga yetgan erkak fuqarolar xizmat qila olgan
A) 20 yosh B) 16 yosh
C) 17 yosh D) 18 yosh
7. Bosib olingan yerlarni boshqaradigan noiblarni rimliklar nima deyishgan?
A) Koloniya B) Prokonsul
C) Shtatgalter D) Feldmarshel
8. Qachon Karfagen butunlay vayronaga aylantirildi?
A) Mil. avv. 148-yil B) Mil. avv. 202-yil
C) Mil. avv. 146-yil D) Mil. avv. 216-yil
9. Qachon Gannibal lashkari Zama yaqinidagi jangda rimliklar tomonidan tor-mor etildi?
A) Mil. avv. 148-yil B) Mil. avv. 202-yil
C) Mil. avv. 146-yil D) Mil. avv. 216-yil
10. Rim va Karfagen o'rtasidagi urushlar tarixga qanday nom bilan kirgan?
A) Piza urushlari B) Paro urushlari
C) Puni urushlari D) Pero urushlari
11. Puni urushida Karfagen armiyasiga kim boshchilik qilar edi?
A) Desebal B) Mark Krass
C) Spartak D) Gannibal
12. Rim armiyasida bir necha senturiylar nima deb atalgan?
A) Legion B) Kogorta C) Falanga D) Drujina
13. Qaysi qadimgi davlatda harbiy guruhlar imperiya hududi bo’ylab tezroq harakatlanishi uchun mamlakatda sozgina yo’llar tarmog’i barpo etilgan edi?
A) Karfagen davlatida
B) Qadimgi Rim imperiyasida
C) Kushon imperiyasida
D) Franklar imperiyasida
14. Qachon Rim butun Italiyani zabt etishga erishdi?
A) Mil. avv. III asr oxirida
B) Mil. avv. III asr o'rtalarida
C) Mil. avv. III asr boshida
D) Mil. avv. I asr o'rtalarida
15. Qaysi javobda faqat harbiy soha bilan bog’liq atamalar berilgan?
A) term, senturiy, agora
B) aqinak, senturiy, amfora
C) amfora, legion, term
D) katapulta, kogorta, sagaris
16. Qachon Gannibal Kann yaqinidagi jangda rimliklar armiyasini tor-mor etdi?
A) Mil. avv. 148-yil B) Mil. avv. 202-yil
C) Mil. avv. 146-yil D) Mil. avv. 216-yil
17. Puni urushida Rim armiyasini kim boshqargan?
A) Tarkviniy B) Mark Krass
C) Pompey D) Ssipion
18. Rim armiyasida xizmat muddati necha yil bo'lgan?
A) 10 yil B) 15 yil C) 20 yil D) 25 yil
19. Qaysi orol Rim va Karfagen o'rtasidagi urushlar sababiga aylandi?
A) Kanxva oroli B) Sitsiliya oroli
C) Korsika oroli D) Sardiniya oroli
20. Kann jangidan necha yil o'tib Karfagen butunlay vayron etilgan?
A) 70 yil B) 146 yil C) 14 yil D) 33 yil
21. Bosib olingan yerlarni rimliklar nima deyishgan?
A) Koloniya B) Provinsiya
C) Shtatgalter D) Feldmarshel
22. Rim armiyasida eng yirik jangovor birlik qanday atalgan?
A) Legion B) Kogorta C) Falanga D) Drujina
23. Sitsiliyadagi yo'qotishlar uchun o'zlarini taqdirlash va qanoatlantirish uchun Karfagen quldorlari qayerning katta qismini bosib oldilar?
A) Angliya B) Italiya C) Ispaniya D) Fransiya
24. Uchinchi Puni urushida Karfagen shahri aholisi necha yil o'z shahrini mudofaa qildi?
A) 1 yil B) 2 yil C) 3 yil D) 4 yil
25. Rim armiyasida nechta kogorta legionni tashkil etardi?
A) 10 B) 15 C) 20 D) 25
26. Rimliklar qayerni Puna deb atashardi?
A) Galliya B) Marokash
C) Numidiya D) Karfagen
27. Karfagen qaysi hududlarni o’z ichiga olgan?
1. Sitsiliya 2. Neapol 3. Sardiniya 4. Korsika
5. Shimoliy Afrika
A) 1,2,3 B) 3,4,5 C) 1,3,4 D) 2,3,4
28. Quyidagi qaysi hududlar Rim provinsiyasi bo’lgan?
1. Sitsiliya 2. Neapol 3. Sardiniya 4. Korsika
5. Ispaniya 6. Frakiya
A) 1,2,4, 5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4, 5 D) 3,4,5,6
41-§. Qullar va gladiatorlar
1. Changak nima?
A) Jangovar oybolta B) Uchli ayrili nayza
C) O'tkir xanjar D) Oq rangli qoplon
2. Spartak qo'zg'oloni qachon bo'lgan?
A) Mil. avv. 77-74-yillarda
B) Mil. avv. 76-73-yillarda
C) Mil. avv. 75-72-yillarda
D) Mil. avv. 74-71-yillarda
3. Rimda mayda yer ijarachilari nima deb atalgan?
A) Domen B) Kolon
C) Senor D) Allod
4. Kolizey amfiteatriga necha ming tomoshabin sig'gan?
A) 50 ming B) 60 ming
C) 70 ming D) 80 ming
5. Nima Rim hukmdorlari ramzi hisoblangan?
A) Kalxat B) Arslon C) Burgut D) Qoplon
6. Spartak boshchiligidagi qo'zg'olonchilar qaysi tog'dagi qoyaga chiqib oladilar?
A) Golgof B) Olimp C) Vezuviy D) Lasko
7. Spartak qayerlik qul bo'lgan?
A) Finikiya B) Frakiya
C) Korsika D) Sitsiliya
8. Qachon Spartak lashkari tor-mor qilindi?
A) Mil. avv. 71-yil qishida
B) Mil. avv. 71-yil bahorida
C) Mil. avv. 71-yil yozida
D) Mil. avv. 71-yil kuzida
9. Spartak qo'zg'olonida qatnashgan 6 mingdan ziyod asirlar qaysi shaharlar oralig'idagi yo'l bo'ylaridagi xochlarga mixlab tashlandi?
A) Rim-Neapol B) Rim-Astiya
C) Rim-Messana D) Rim-Kapuya
10. Spartakka qarshi kurashgan Rim sarkardasi?
A) Yuliy Sezar B) Pompey
C) Mark Krass D) Trayan
11. Kim Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun Kapuya shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan?
A) Desebal B) Andrisk
C) Spartak D) Gannibal
42-§. Rim respublikasining qulashi
1. Qachon Yuliy Sezar hukmronligi tugadi?
A) Mil. avv 45-yil B) Mil. avv. 46-yil
C) Mil. avv. 47-yil D) Mil. avv. 44-yil
2. Qaysi mamlakat qirg'oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o'rtasida jang bo'ldi?
A) Italiya B) Mesopotamiya
C) Misr D) Yunoniston
3. Trayan kolonnasida qanday manzara tasvirlangan?
A) Saklar bilan urush manzaralari
B) Xunnlar bilan urush manzaralari
C) Daklar bilan urush manzaralari
D) Skiflar bilan urush manzaralari
4. Trayan zamonida qaysi hududlar Rim imperiyasi tarkibiga kirdi?
A) Suriya va Mesopotamiya
B) Suriya va Frakiya
C) So'g'diyona va Marg'iyona
D) Makedoniya va Suriya
5. Sezar Rim taxtini egallaganidan 20 yil o’tib, …
A) Yunoniston qirg’og’i yaqinida Oktavian va Mark Antoniy flotlari o’rtasida jang bo’lib o’tdi.
B) Mark Antoniy halok bo’ldi va Oktavian butun Rimning hukmdoriga aylandi.
C) Oktavian imperator deb, Rim esa imperiya deb e’lon qilindi.
D) Sezar Senat yig’ilishiga borganida fitna oqibatida o’ldirildi.
6. Qachon Trayan imperator taxtini egalladi?
A) 97-yil B) 98-yil C) 99-yil D) 100-yil
7. Kim Misr malikasi Kleopatraga uylanadi?
A) Mark Antoniy B)
Flaviy Vespasian
C) Oktavian Avgust D) Tiberiy Grakx
8. Rimda galliya urushlaridagi g'alabalar tufayli kimning nufuzi va obro'yi ancha ortdi?
A) Yuliy Sezar B) Pompey
C) Mark Krass D) Trayan
9. Yuliy Sezarni o'ldirish fitnasiga kim boshchilik qiladi va uning tarafdorlari qayerga qochib ketishga majbur bo'ladilar?
A) Mark, Italiya B) Bess, Mesopotamiya
C) Maks, Misr D) Brut, Yunoniston
10. Kimning davrida Rimda ko'plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi?
A) Mark Antoniy B) Flaviy Vespasian
C) Oktavian Avgust D) Tiberiy Grakx
11. Yuliy Sezar dinori nechanchi yillarga tegishli?
A) Mil. avv 46-45-yy B) Mil. avv. 47-46-yy
C) Mil. avv. 48-47-yy D) Mil. avv. 49-48-yy
12. Trayan ustuni qayerda qurilgan?
A) Parij B) London C) Rim D) Berlin
13. Yakkahokimlik uchun oshkora kurash boshlab yuborilgan paytda Pompeyning qo'shinlari qayerda edi?
A) Angliya B) Italiya
C) Ispaniya D) Fransiya
14. Kim Rimda mil. avv. 49-yilda yakkahokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yubordi?
A) Yuliy Sezar B) Pompey
C) Mark Krass D) Trayan
15. Trayan zamonida Dunay daryosi bo'ylarida yashovchi kimlar bilan urushlar olib borildi?
A) Saklar B) Xunnlar C) Daklar D) Skiflar
16. Kim Rim imperiyasi asoschisiga aylandi?
A) Mark Antoniy B) Flaviy Vespasian
C) Oktavian Avgust D) Tiberiy Grakx
17. Rim imperiyasining "oltin asri"?
A) I asr o'rtalari B) II asr boshlarida
C) III asr o'rtalari D) IV asr o'rtalari
18. Nikoh sovg'asi tariqasida kim Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini beradi?
A) Mark Antoniy B) Flaviy Vespasian
C) Oktavian Avgust D) Tiberiy Grakx
19. Kimlarning hukmronligi davrida Rim imperiyasi inqirozi boshlandi?
A) Tiberiy va Klavdiy
B) Kaligula va Neron
C) Trayan va Adrian D) Antoniy va Kommod
20. Qachon Oktavian Senatdan imperator unvoni va Avgust laqabini oldi?
A) Mil. avv. 32-yil B) Mil. avv. 31-yil
C) Mil. avv. 30-yil D) Mil. avv. 29-yil
21. Kim Rimga boruvchi yo'ldagi Rubikon daryosidan kechib o'tar ekan, u shunday degan: "Qur'a tashlandi!"?
A) Yuliy Sezar B) Pompey
C) Mark Krass D) Trayan
22. Qachon Antoniy va Oktavian flotlari o'rtasida jang bo'ldi?
A) Mil. avv. 32-yil B) Mil. avv. 31-yil
C) Mil. avv. 30-yil D) Mil. avv. 29-yil
23. Qachon Oktavian qo’shin bilan Misrga yetib keldi?
A) Mil. avv. 32-yil B) Mil. avv. 31-yil
C) Mil. avv. 30-yil D) Mil. avv. 29-yil
24. Kleopatra va Antoniy qaysi shaharga qochadilar?
A) Trapezund B) Gekatompil
C) Aleksandriya D) Sirakuza
25. Sezarning hokimiyatga erishishdagi g’alabasiga nima hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi?
A) Pompeyning qo’shinlari boshqa yerdaligi
B) Sezarning qattiqqo’l siyosati
C) Aholining qo’llab-quvvatlashi
D) Senat va Sezarning kelishib olganligi
26. Yunonistonning qaysi qismida Brut qo’shin tuzib, Rimga jiddiy xavf solib turadi?
A) Shimoliy B) G’arbiy
C) Janubiy D) Sharqiy
27. Qachon Rimda muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar?
A) Mil.avv. I asrda B) II asr boshlarida
C) III asr o'rtalari D) Mil. I asrda
28. Oktavian Sezarning kimi edi?
A) Nevarasi B) O’g’li
C) Jiyani D) Ukasi
29. Spartak qo‘zg‘oloni tor-mor etilganidan keyin kimlar hokimiyat uchun ancha vaqt kurash olib bordilar?
A) Oktavian va Pompey
B) Krass va Pompey
C) Antoniy va Pompey
D) Krass va Antoniy
30. Mark Antoniy va Oktavian bilan ittifoq tuzdi, shundan keyin ...
A) Oktavian Rimning G‘arbiy qismini, Antoniy esa Sharqiy qismini o’z qo’liga oldi
\B) Oktavian Rimning Sharqiy qismini, Antoniy esa G’arbiy qismini o’z qo’liga oldi
C) Oktavian Rimning Janubiy qismini, Antoniy esa Shimoliy qismini o’z qo’liga oldi
D) Oktavian Rimning Shimoliy qismini, Antoniy esa Janubiy qismini o’z qo’liga oldi
43-§. Rim imperiyasining qulashi va zavolga yuz tutishi
1. Iso payg'ambarni o'lim jazosiga mahkum etgan Rim noibi?
A) Pontiy Pilot
B) Emiliy Pavel
C) Fulviy Flakx
D) Ovidiy Nazon
2. IV asrning oxirida Rim imperiyasi ikkiga bo’linib ketgach,G’arbiy Rim imperiyasiga qaysi hududlar kirgan?
1) Yevropa 2) Kichik Osiyo
3) Shimoliy Afrika 4) Misr 5) Italiya
6) Bolqon yarimoroli.
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 6
3. So'nggi Rim imperatori?
A) Maksim B) Simon C) Valent D) Romul
4. Milodiy 476-yilda german qabilalarining Rimdagi yollangan qo`shini sarkardasi ...... so`nggi imperator Romulni taxtdan ag`darib tashladi va imperator unvoni nishonini qayerga jo`natdi?
A) Alarix. Galliyaga
B) Attila, Yunonistonga
C) Odoakr, Konstantinopolga
D) Kaligula, Suriyaga
5. Qachon xunnlar Italiyaga bostirib kirdilar?
A) 410-yil B) 455-yil
C) 451-yil D) 452-yil
6. Qaysi shaharni "boqiy shahar" deya ta'riflashgan?
A) Sparta B) Afina C) Rim D) Suza
7. Quyida berilgan Rim imperatorlarining hukmronlik yillariga qaysi voqealar yuz berganligi to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang.
1) Konstantin 2) Troyan
3) Yuliy Sezar 4) Oktavian
a) Rim imperiyasiga asos solindi
b) Suriya va Mesopotamiya Rim imperiyasi tarkibiga kirdi
c) Rim imperatori va diktatoriga aylandi
d) Shahardagi barcha eski binolar buzib tashlandi
A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a
C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b
8. Qachon Rim imperiyasi G'arbiy va Sharqiy qismlarga taqsimlandi?
A) 393-yil B) 394-yil C) 395-yil D) 396
9. Kimlar Rimda o'zlari bilan olib ketolmaydigan hamma narsani nobud qildilar?
A) Xunnlar B) Franklar
C) Gotlar D) Vandallar
10. Qachon Rimga germanlarning vandal qabilalari hujum qildi?
A) 453-yil B) 454-yil
C) 455-yil D) 456-yil
11. Kimlar ikki hafta davomida Rimni taladilar?
A) Xunnlar B) Franklar
C) Gotlar D) Vandallar
12. Qachon Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi?
A) I asr B) II asr C) III asr D) IV asr
13. IV asrning oxirida Rim imperiyasi ikkiga bo’linib ketgach, Sharqiy Rim imperiyasiga qaysi hududlar kirgan?
1) Yevropa 2) Kichik Osiyo 3) Shimoliy Afrika 4) Misr 5) Italiya 6) Bolqon yarimoroli.
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 6
14. Kimning zamonida Rim imperiyasining poytaxti deb Bosfor bo'g'ozidagi Vizantiy shahri e'lon qilindi?
A) Konstantin B) Adrian
C) Feodesiy D) Trayan
15. Qachon Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni qurshab oldilar?
A) 409-yil B) 410-yil
C) 411-yil D) 412-yil
16. Rim imperatorlariga oid fikrlarning qaysi birida xatolik mavjudligini aniqlang.
A) Trayan davrida Dunay bo’ylarida yashovchi daklar bilan urushlar olib borildi.
B) Oktavian Senatdan imperator unvonini va Avgust laqabini olgan
C) Miloddan avvalgi I asr o’rtalarida Sezar Rim imperatori va diktatoriga aylandi.
D) Imperator Konstantin vafotidan keyin Rim imperiyasi uning ikki o’g’li tomonidan taqsimlab olindi.
17. Kimning o'limidan so'ng Rim imperiyasi uning ikki o'g'li o'rtasida G'arbiy va Sharqiy qismlarga taqsimlandi?
A) Konstantin B) Adrian
C) Feodesiy D) Trayan
18. Qaysi sanadan O'rta asrlar tarixi boshlanadi?
A) 473-yil B) 474-yil
C) 475-yil D) 476-yil
19. Xunnlar kim boshchiligida Italiyaga bostirib kirdilar?
A) Antiox B) Alarix C) Attila D) Alkuin
20. Qachon Rim imperiyasining poytaxti deb Bosfor bo'g'ozidagi Vizantiy shahri e'lon qilindi?
A) 329-yil B) 330-yil
C) 331-yil D) 332-yil
21. Rim imperiyasi chegaralarining qaysi tarafidan jangovar qabilalar paydo bo‘ldilar?
A) Janubi-g’arbiy B) Shimoli-g‘arbiy
C) Shimoli-sharqiy D) Janubi-sharqiy
22. Rimliklar kimlarga “varvarlar” deyishgan?
A) Nisbatan madaniy rivojlanish jihatidan ancha quyi pog‘onasida turuvchi qabilalarni
B) Rim tilidan boshqa tilda so’zlashuvchilarni
C) Buzg’unchi qabilalarni
D) Qullarni
44-§. Qadimgi Rim madaniyati
1. Rimda fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati qaysi tilda yozilgan edi?
A) Lotin B) Yunon C) Nemis D) Ispan
2. Xristian dini qachon vujudga kelgan?
A) I asr B) II asr C) III asr D) IV asr
3. Rim tarixchilari?
1. Pompey Trog 2. Ktesiy 3. Arrian
4. Tit Liviy 5. Tatsit 6. Plutarx
A) 1-2-3 B) 4-5-6 C) 1-3-5 D) 2-4-6
4. Iso payg'ambar necha nafar havoriylari bilan Falastin bo'ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi?
A) 9 B) 10 C) 11 D) 12
5. Rimda badavlat xonadon farzandlari necha yoshdan maktabga qatnar edi?
A) 5 yosh B) 6 yosh C) 7 yosh D) 8 yosh
6. Kimning shogirdlari havoriylardir?
A) Muso B) Nuh C) Asad D) Iso
7. Rimda qaysi tilni o'rganishga alohida e'tibor qaratilgan?
A) Lotin B) Yunon C) Nemis D) Ispan
8. Betonni kimlar ixtiro qilishadi?
A) Yunonlar B) Xitoyliklar
C) Hindlar D) Rimliklar
9. Yunonchadan tarjima qilganda qaysi so'z "Xushxabar" ma'nosini anglatadi?
A) Urbanizatsiya B) Indilgensiya
C) Astrolyabiya D) Yevangeliya
10. "Barcha xudolar inodatxonasi" bu?
A) Parfenon B) Artemida
C) Panteon D) Galikarnas
11. "Xudoning o'g'li" nomini olgan Iso payg'ambar qaysi shaharda tug'ilgan?
A) Makka B) Vifleem
C) Nazaret D) Quddus
12. Qayerga yer yuzidagi ilk odam - Odam ato dafn etilgan?
A) Golgofa B) Olimp C) Vezuviy D) Lasko
13. Qayerlik ruhoniylar Iso payg'ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o'lim jazosiga mahkum etadilar?
A) Ossuriy B) Yahudiy
C) Mahalliy D) Eroniy
14. Iso payg'ambar shogirdlari qanday ataladi?
A) Yepiskop B) Patriarx
C) Apostol D) Kardinal
15. Iso Masih haqidagi rivoyatlar qanday nom olgan?
A) "Avesto" B) "Injil"
C) "Qur'on" D) "Bibliya"
16. Qachon Rim eng yirik va aholisi ko'p shahar edi?
A) I asr B) II asr C) III asr D) IV asr
17. Xristianlar jamoalariga kim peshvolik qiladi?
A) Yepiskop B) Patriarx
C) Apostol D) Kardinal
18. Qadimgi Rimdagi o’rta maktab – grammatikalarda qaysi fanlar o’qitilgan?
1) hisob va yozishni o’rganish 2) tarix
3) geometriya 4) ritorika 5) geografiya
6) musiqa 7) mantiq 8) astronomiya.
A) 1, 2, 3, 5, 6, 8 B) 2, 3, 4, 5, 6, 8
C) 2, 3, 5, 6, 7, 8 D) 2, 3, 5, 6, 8
19. Qaysi imperator xristianlik boshqa dinlar bilan teng bir din deb e'lon qilingan farmon chiqardi?
A) Konstantin B) Adrian
C) Feodesiy D) Trayan
20. Gumbaz shaklida ustunlarsiz qurilgan ibodatxona?
A) Parfenon B) Artemida
C) Panteon D) Galikarnas
21. Rivoyatga ko'ra qaysi imperator xristianlik ramzini o'z askarlari qalqonlariga chizishga buyurgan va g'alabaga erishgan?
A) Konstantin B) Adrian
C) Feodesiy D) Trayan
22. Quyidagi me’morchilik uslublaridan qaysi biri qadimgi Rim davlati davriga taalluqli emas?
A) Ion uslubi B) Korinf uslubi
C) Gotika uslubi D) Doriy uslubi
23. Iso payg'ambarni qaysi tog'da xochga tortganlar?
A) Golgofa B) Olimp C) Vezuviy D) Lasko
24. Siyosiy arbob bo‘lishni istagan har bir kishi ... ni o‘zlashtirgan?
A) Ritorika B) Grammatika
C) Dialektika D) Filosofiya
25. «Rim tarixi»ni kim yozgan?
A) Tit Liviy B) Plutarx
C) K. Kursiy Ruf D) Tatsit
26. Rimdagi ulug’vorlik namunasi sifatida hozirgacha saqlanib qolgan inshoot bu ...?
A) Parfenon B) Artemida
C) Panteon D) Kolizey
27. Milodiy asr boshlarida Rim shahri haqida to’qilgan bir maqolni belgilang.
A) “ Dunyo poydevori bu – Rim “
B) “ Rim dunyo poytaxti”
C) “Barcha yo’llar Rimga boradi”
D) “Hamma Rimdan qo’rqadi ”
28. Lotinchada “ L ” qaysi raqamni anglatgan?
A) 10 B) 30 C) 40 D) 50
29. Rimda ta’lim jarayonida bolalar mum qoplangan taxtachalarga nima bilan yozishgan?
A) Still B) Qilqalam
C) Yog’och tayoqcha D) A,C
30. Rimda suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o‘tkazish uchun qurilgan inshoot bu?
A) Akveduk B) Katapult
C) Exskavat D) Tramplin
31. Qaysi tarixchi yunon-rim sarkardalari hayoti haqida kitob yozib qoldirgan?
A) Tit Liviy B) Plutarx C) K. Kursiy Ruf D) Tatsit
32. Yunoncha “ termos” so’zi qanday ma’noni anglatgan?
A) Issiq B) Tezlik C) Kenglik D) Bug’
33. Qaysi tarixchi «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» asarini yaratgan?
A) Tit Liviy B) Plutarx C) K. Kursiy Ruf D) Tatsit
Takrorlash
1. Qaysi javobda davlat asoschilarining nomlari keltirilgan?
A) Lyu Ban, Menes, Kudzula Kadfiz, Kir II, Chandragupta
B) Menes, Menua, Priam, Diodot, Sin Shixuandi
C) Chandragupta, Salavka, Kserks, Perikl, Filipp II
D) Kir II, Antiox, Demetriy, Lyu Ban, Ashoka
2. Quyida keltirilgan qaysi qadimgi davlatlar aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik bo’lgan?
A) Xett, Tir Sidon, Yangi Bobil
B) Ossuriya, Moxenjodaro, Xarappa
C) Tir Sidon, Ossuriya
D) Moxenjodaro, Xarappa, Xett
3. Kim Yunon-rim sarkardalari hayoti haqida kitob yozgan?
A) Plutarx B) Tit Liviy
C) Kvint Kursiy Ruf D) Platon
4. Quyidagi davlatlarning barham topgan davrini to’g’ri belgilang?
1) So’nggi Misr podsholigi 2) Ossuriya davlati
3) Bobil podsholigi 4) Yahudiya podsholigi
a) mil. avv. 605-yil b) mil. avv. 525-yil
c) mil. avv. 539-yil d) mil. avv. 586-yil
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
5. Quyidagi janglarning qaysi biri Puni urushlari davrida yuz bergan?
A) Fermopil darasidagi jang
B) Kann qishlog’i yaqinidagi jang
C) Xeroneya shahri yaqinidagi jang
D) Salamin bo’g’ozidagi jang
6. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda O’rta Osiyoda …
A) ilk dehqonchilik manzilgohlari vujudga keldi.
B) ilk shahar-davlatlar vujudga keldi.
C) “Avesto” ning eng qadimiy qismlari yaratildi.
D) temirdan yasalgan buyumlar keng tarqaldi.
7. “Buyuk ipak yo’li”ga mazkur nom berilgan yili …
A) Turkistonda birinchi rus-tuzem maktabi faoliyat yurita boshlagan.
B) Dastlabki poezd Buxoroga yetib kelgan.
C) “Amudaryo xazinasi” topilgan.
D) Qo’qon xonligi tugatilgan.
8. Milodiy I asrda vujudga kelgan davlatni belgilang.
A) Parfiya B) Dovon
C) Kushon D) Yunon-Baqtriya
9. Aleksandr Makedonskiy qo’shini Maroqandni egallagandan uch asr o’tgach, …
A) Oktavianga Senat tamonidan Avgust laqabi berildi.
B) Ossuriya tarkibidan dastlab Bobil, so’ngra Midiya ajralib chiqishdi.
C) Rim hukmdori Yuliy Sezar fitna oqibatida o’ldirildi.
D) Xitoy imperatori U-Dining hukmronligi o’z poyoniga yetdi.
10. Qadimiy afsonalarga ko’ra, … osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach, Yer yuzida qurg’oqchilik poyoniga yetibdi.
A) Mitra B) Indra C) Poseydon D) Yupiter
11. Qadimgi dunyo tarixiga oid xudolar ichidan donishmandlik xudosi hisoblanganlarini aniqlang.
1) Tot 2) Ishtar 3) Yupiter 4) Ganesha
5) Afina 6) Shamash 7) Apollon.
A) 1, 4, 5 B) 3, 4, 5, 7 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 4, 7
12. Miloddan avvalgi II ming yillikda qaysi mintaqalarda ilk davlatlar vujudga kelganligini to’g’ri belgilang?
A) Xitoy, Falastin va Yunonistonda
B) Eron, Xitoy, Kavkazorti va Hindistonda
C) Old Osiyo, Italiya va Xitoyda
D) Eron, Old Osiyo va Hindistonda
13. Asrlar, davrlar, vaqt o'lchovi haqidagi fan?
A) Arxeologiya B) Metrologiya
C) Etnologiya D) Xronologiya
14. Davlatga oid hujjatlar saqlanadigan joy?
A) Arxitektura B) Arxiv
C) Muzey D) B,C
15. "Rim tarixi" nomli asar yozgan shaxs kim?
A) Plutarx B) Tit Liviy
C) Kvint Kursiy Ruf D) Platon
16. Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi qay tarzda tarjima qilinadi?
A) “ Xudoning o’g’li” B) “Jilolangan”
C) “ Nur tarqatuvchi” D) “Ma’rifatlangan”
17. Birin- ketin hukmronlik qiluvchi podsholar urug’i sulola vakillari ko’pincha bitta nom bilan aytilsa qanday atama bilan izohlanadi?
A) Nekropol B) Tiran
C) Dinastiya D) Diadoxlar
18. Qaysi so’z “qabriston, maqbara” ma’nosini beradi?
A) Nekropol B) Tiran
C) Dinastiya D) Diadoxlar
19. Qaysi so’z mutloq hokimiyatga ega bo’lgan hukmdor ma’nosini beradi?
A) Nekropol B) Tiran
C) Dinastiya D) Diadoxlar.
20. Quyidagi tarixiy shaxslarning qaysi birlari frakiyalik bo’lishgan?
1) Geraklit 2) Arximed
3) Demokrit 4) Spartak 5) Demosfen
A) 2, 4 B) 1, 5 C) 1, 3 D) 3, 4
21. Quyidagi mifologik xudolarning qaysi birlari musiqa xudosi ham hisoblanishgan?
1) Xatxor 2) Venera 3) Apollon 4) Ishtar.
A) 1, 3, 4 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 2, 4
22. Insoniyat hayotidagi o’zgarishlardan qaysi biri eneolit davriga oid?
1) Patriarxat davriga o’tildi
2) Ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tildi
3) Mikrolit qurollar yasala boshlandi
4) Kulolchilik xumdoni kashf etildi
5) O’rta Osiyo janubida ziroatchilik xo’jaligi boshlandi
6) Sharqda dastlabki shahar-davlatlar paydo bo’ldi.
A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 4, 5, 6
C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 5
23. Quyidagi hukmdorlarning qaysi davlatda hukmronlik qilganliklarini to’g’ri belgilang.
1) Yevtidem 2) Ashoka 3) Kiaksar
4) Salmanasar
a) Kushon b) Xett d) Ossuriya
e) Maurya f) Midiya g) Yunon-Baqtriya.
A) 1-g, 2-f, 3-e, 4-b, B) 1-a, 2-e, 3-f, 4-d,
C) 1-g, 2-e, 3-f, 4-d, D) 1-a, 2-e, 3-c, 4-d,
24. Asarlarida o’lkamiz haqida ma’lumotlar keltirgan quyidagi tarixchilarning yashagan davrini aniqlang.
1) Arrian 2) Geradot 3) Strabon
5) Kvint Kursiy Ruf.
a) mil. avv. II asr oxiri – I asr boshlari
b) mil. avv. V asr
c) milodiy II asr
d) mil. avv. I asr oxiri
e) milodiy I asr.
A) 1-e, 2-b, 3-d, 4-a, 5-c B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d, 5-e
C) 1-e, 2-b, 3-a, 4-d, 5-c D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a, 5-e
25. Quyidagi hukmdorlarning qaysi biri hali o’zi tirikligidayoq o’ziga atab maqbara qurishga farmon bergan edi?
A) U Di B) Ashoka
C) Sin Shi Xuandi D) Tutmos II
26. Quyidagi ijodkorlarning asarlarini to’g’ri belgilang.
1) Labirint saroyi 2) Zevs haykali
3) “Diskobol” haykali 4) “Nayzabardor” haykali.
a) Miron b) Poliklet c) Fidiy d) Dedal.
A) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d B) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
C) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
27. Quyidagilardan qaysi birlari qadimgi dunyoda muhabbat va sevgi ilohlari hisoblanganliklarini to’g’ri belgilang?
1) Xatxor 2) Demetra 3) Diana
4) Ishtar 5) Venera 6) Anaxita
7) Afrodita 8) Eros 9) Bastet.
A) 1, 4, 5, 7, 8 B) 2, 4, 6, 7, 8
C) 1, 3, 4, 6, 9 D) 1, 5, 7, 8, 9
28. Quyidagilardan qadimgi dunyo tarixida urush xudolari hisoblanganlarini aniqlang.
1) Maat 2) Ishtar 3) Set
4) Merkuriy 5) Artemida 6) Ares
7) Indra 8) Shiva 9) Mars.
A) 1, 2, 3, 6, 8, 9 B) 3, 4, 5, 6, 8
C) 2, 6, 9 D) 2, 3, 5, 6, 9
29. Insoniyat tarixining qaysi davrlarida ona urug’i davri hukm surgan?
1) o’rta qadimgi tosh davri
2) so’nggi qadimgi tosh davri
3) o’rta tosh davri 4) yangi tosh davri
5) mis-tosh davri 6) bronza davri.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5, 6
30. Qadimgi Mesopotamiya ilohlaridan biri Ishtarni xususiyatlariga ko’ra qaysi yunon xudolariga qisman qiyoslash mumkin?
A) Nika, Femida, Artemida, Demetra
B) Ares, Afrodita, Artemida, Eros
C) Ares, Nika, Afrodita, Demetra
D) Mars, Venera, Nika, Demetra
31. Quyidagi voqealardan yuz bergan vaqtlari orasida bir ikki asrdan ortiq farq bor javobni to’g’ri belgilang.
A) Drakont qonunlarining qabul qilinishi va Fradaning qatl etilishi
B) Fors shohi Kir II ning halok bo’lishi va Aleksandr Makedonskiyning Ahamoniylar davlatini bosib olishi
C) Salavkaning Bobil taxtini egallashi va Zama shahri yonidagi jangda Karfagen armiyasining tor-mor etilishi
D) Drakont qonunlarining qabul qilinishi va fors qo’shinlarining Plateya shahri yaqinidagi mag’lubiyati
32. Qadimgi dunyo tarixidagi ilohlarni ularga xos xususiyatlar bilan to’g’ri muvofiqlashtiring.
1) Venera 2) Demetra 3) Vesta
4) Artemida 5) Afrodita.
a) o’rmonlar va ovchilik xudosi b) bahor va sevgi xudosi
c) dehqonchilik va hosildorlik ilohasi
d) muhabbat va go’zallik ilohasi
e) xonadon o’chog’i ilohasi.
A) 1-b, 2-c, 3-e, 4-a, 5-d
B) 1-d, 2-c, 3-e, 4-a, 5-b
C) 1-b, 2-e, 3-c, 4-a, 5-d
D) 1-d, 2-a, 3-e, 4-c, 5-b
33. Ayni bir asrda yashagan tarixiy shaxslarni aniqlang.
1) Kambiz 2) Salmanasar 3) Sardur I
4) Solon 5) Tarkviniy 6) Perikl.
A) 1, 3, 6 B) 2, 3, 5 C) 4, 5, 6 D) 1, 4, 5
34. Quyidagi shaharlarning qaysilari davlat poytaxti bo’lganligini to’g’ri belgilang.
1) Ershi 2) Suza 3) Tushpa 4) Bityan.
a) Elam b) Dovon c) Qang’ d) Urartu.
A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
35. Quyidagi tarixchilarning yashagan davri qadimiyligiga ko’ra xronologik tartibda to’g’ri belgilang.
1) Strabon 2) Poliyen 3) Arrian
4) Kvint Kursiy Ruf.
A) 4, 2, 1, 3 B) 2, 1, 4, 3
C) 3, 4, 1, 2 D) 1, 2, 4, 3,
36. Qanday soha ilohi ekanligiga ko’ra, bir-biriga to’liq yoki qisman bo’lsa-da muvofiq keladigan qadimgi dunyo tarixiga oid xudolar qatori ko’rsatilgan javobni toping.
A) Tot, Sina, Ganesha, Afina
B) Neptun, Poseydon, Anaxita, Ishtar, Indra
C) Apis, Ishtar, Anaxita, Demetra
D) Ares, Mars, Ishtar, Xatxor
37. Qanday soha ilohi ekanligiga ko’ra, bir-biriga to’liq yoki qisman bo’lsa-da muvofiq keladigan qadimgi dunyo tarixiga oid xudolar qatori ko’rsatilgan javobni toping.
A) Tot, Ganesha, Afina, Vesta, Axuramazda
B) Shamash, Ra, Mitra, Gelios, Merkuriy
C) Xapi, Ea, Vulkon, Poseydon, Indra, Anaxita
D) Xatxor, Afrodita, Ishtar, Eros, Venera
38. Miloddan avvalgi III asrda vujudga kelgan davlatlarni ko’rsating.
1) Qang’ 2) Xorazm 3) Dovon 4) Parfiya
5) Maurya 6) Yunon-Baqtriya 7) Sin imperiyasi 8) Xan imperiyasi 9) Kushon imperiyasi.
A) 1, 3, 4, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
C) 1, 2, 3, 6, 8, 9 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8
39. Quyidagi atamalarning qaysilari qadimgi dunyo tarixida xorijiy o’lkalardan ko’chib kelgan kishilar va ularning avlodlariga nisbatan qo’llanilgan?
1) ilotlar 2) pontifiklar 3) meteklar
4) patritsiylar 5) plebeylar.
A) 1, 3, 5 B) 3, 5 C) 2, 4 D) 2, 3, 5
40. Kimlar o’z vatanini Ellada deya atashar edi?
A) Yunonlar B) Xitoyliklar
C) Hindlar D) Rimliklar
41. O`zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar nomi to`g`ri keltirilgan javob variantini aniqlang?
A) Qiziltepa, Yerqo`rg`on, Uzunqir, Ko`zaliqir
B) Bolaliktepa, Yerqo`rg`on, Oltintepa, Qiziltepa
C) Oltintepa, Uzunqir, Ko`zaliqir, Yerqo`rg`on
D) Sarazim, Ko`ktepa, Yerqo`rg`on, Jarqo`ton
42. Dunyo tarixida mil.avv VII asrda yuz bergan voqealarni aniqlang.
1. Misr yana yagona davlatga birlashdi
2. Yangi Bobil podsholigi tashkil topdi
3. Tir Sidon podsholigi Ossuriya tomonidan bosib olindi
4. Midiyada Kiaksar hukmronlik qildi
5. Qadimgi Baqtriya davlati tashkil topdi
6. Ko’zaliqir shahriga asos solindi
7. Drakont qonunlari qabul qilindi
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5, 7
C) 1, 2, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 5, 6, 7
43. Buyuk yunon faylasufi Suqrot qanday nuqsonni qattiq tanqid qilgan?
A) adolatsizlik va qonunbuzarlik
B) takabburlik va manmanlik
C) Ilmsizlik va yovvoyilik
D) ochko’zlik va molparastlik
44. Qadimgi dunyoning suv yoki suv manbasiga oid xudolari keltirilgan javobni aniqlang.
1) Ea 2) Geya 3) Xapi 4) Indra
5) Poseydon 6) Shamash 7) Neptun
8) Artimeda 9) Anaxita 10) Venera
A) 3, 5, 6, 7, 9 B) 3, 5, 6, 7, 8, 10
C) 1, 3, 4, 5, 7, 9 D) 1, 5, 7, 8, 9, 10
45. Makedoniyalik Aleksandr qo'shinlari Maroqandani egallaganidan 2206 yil keyin sodir bo'lgan voqeani aniqlang.
A) R. Okladnikov tomonidan Teshiktosh g'oridan neandertal odam suyak qoldiqlari topildi.
B) F. Shampalyon Misr iyerogliflarini o'qishga muyassar bo'ldi.
C) Olimpiya o'yinlari qayta tiklandi
D) F. Rixtgofen tomonidan "Ipak yo'li" atamasi muomalaga kiritildi
46. Ellinlashtirish davrida yunonlar... binosozlik va hunarmandchilik an'analarini o'zlashtirdilar.
A) Parfiya B) So'g'diyona
C) Marg'iyona D) Baqtriya
47. Qadimda oromiy alifbosi asosidagi Xorazmiy va so'g'diy yozuvlari qaysi hududlarda keng tarqalgan?
1) Amudaryoning quyi oqimi 2) Farg'ona vodiysi
3) Zarafshon vodiysi 4) Toshkent vohasi
5) Qashqadaryo vodiysi 6) Sirdaryoning quyi oqimi.
A) 2, 3, 4 B) 1, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
48. Qadimgi dunyoning urush xudolari keltirilgan javobni toping.
A) Mars, Shiva, Nika B) Yupiter, Zevs, Ares
C) Mars, Ishtar, Ares D) Amon, Nika, Femida
49. Xitoyda Sin Shixuandi hokimiyatga kelganidan 100 yil o'tib tarixda qanday voqea yuz berdi?
A) Korinfda kongress bo'lib o'tdi.
B) Karfagen butunlay vayron etildi.
C) Xitoy imperatori U-Di Chjan Szyanni Farg'onaga elchi qilib yubordi.
D) Yunon-Baqtriyaga yuechjilar bostirib kirdi.
50. Ahamoniylardan kim armiyani qaytadan tuzdi?
A) Kir II B) Kserks C) Kambiz D) Doro I