1. Pul islohotini amalga oshirishning zarurligi. Pul islohoti turlari va ularni amalga oshirish usullari


O‘zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi



Download 35,31 Kb.
bet5/5
Sana10.07.2022
Hajmi35,31 Kb.
#770259
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5262743880146622380

4. O‘zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi
O’zbekiston Respublikasi zaminida, ya’ni Buxoro davlatida birinchi metall pullar zarb qilingan. Metall pullar zarb qilingunga qadar Buxoro davlatida savdo-sotiqda pul birligi sifatida bug‘doy va qog‘oz material ishlatilgan. Birinchi metall pullar Buxoro davlatida 700 yillarda zarb qilingan. Bu pullar kumush tangalar bo‘lib, Buxoro davlati shohi Kana Buxoro xudot tomonidan chiqarilgan. Tanga yuqori sifatga ega bo‘lgan toza kumushdan zarb qilingan.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi
Ma’lumki, har bir davlat o‘zining pul tizimiga ega bo‘ladi. O‘zbe-kistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo‘lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so‘m-kupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O‘zbekiston pul tizimini qurish-ning ikkinchi bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta–«so‘m »ning muomalaga chiqarilishi bo‘lib, u O‘zbekiston tarixida juda katta ahamiyatga ega.
Alohida olingan davlatning pul tizimi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, uning elementlari u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin.
Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko‘zgusi hisoblanadi, desak xato bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pul tizimini ob’ektiv talablar, ya’ni pul tizimining yagona bo‘li-shi, pul birligi qiymatining doimiyligi va pul muomalasining talabga qarab o‘zgarib turishi kerakligini qo‘yadi.
Sobiq SSSRning davlat sifatida tarqalib ketishi markaz-lashgan pul tizimining ham tugashiga olib keladi. Natijada ba’zi respublikalar rublni milliy valyutasi sifatida ishlatib turgani holda, o‘z pul siyosatini olib bordi. Estoniya, Latviya, Litva, Ukrai-na birinchi bo‘lib rubl zonasidan chiqib o‘z milliy valyutasini qabul qilishdi. Keyinchalik, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Moldaviya respublikalari bu yo‘nalishni davom ettirdilar. Rubl tizimida vujudga kelgan tartibsizliklar, milliy valyutalar va kuponlarning muomalaga chiqarilishi, yagona pul–rubl zonasining tugashiga, uning har xil kursga ega bo‘lishiga olib keladi.
1992 yil oxiriga kelib Rossiyada tovarlar bahosining oylik o‘sishi 25-30 foizgacha ko‘tarildi. Moskva valyuta birjasida rubl-ning nominal qiymati bir dollarga 125 rubldan, 1992 yil dekabrda 485 rublgacha, 1993 yil martda 1 dollar 660 rublgacha tenglashdi. Pul qadrining tushishi, naqd pul yetishmovchiligiga, oxiri esa ish xaqi, nafaqalarni to‘lashda qiyinchiliklar bo‘lishiga olib keldi. SSSR davridagi oxirgi banklar to‘g‘risidagi qonunga asosan davlat banki o‘rniga Markaziy bank, mustaqil davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi.
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarish huquqini o‘z qo‘liga oldi. Bundan tashqari, davlat pul belgilarini bosib chiqaruvchi muassasa Rossiyada joy-lashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy banklarining pul muoma-lasini olib borish bo‘yicha harakatlari cheklagan edi. Natijada pul taqchilligi yuzaga keldi va u alohida olingan respublikalarda har xil darajada namoyon bo‘ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muoma-laga chiqargan pullarda Rossiyaning salmog‘i 1991 yil dekabrda 64 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1992 yil iyunga kelib emissiyaning 77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan. Qolgan barcha Respublikalarni naqd pul bilan ta’minlash uchun muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog‘i tushib ket-gan. Masalan, Belorussiya, Gruziyaning salmog‘i 3 foizdan 1,5 foizga-cha, Ukraina va Boltiqbo‘yi respublikalarining salmog‘i yanada ko‘p-roq qisqargan. O‘zbekistonda ham pul resurslari taqchilligi naqd pulga bo‘lgan talabning qondirilmaganligida namoyon bo‘lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo‘yicha mustaqil davlatlar oldida ikki muqobil yo‘l turardi.
– Yagona pul tizimi zonasi – rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini olib borish;
– O‘z milliy valyutasini muomalaga chiqarib, o‘z pul tizimiga ega bo‘lish va qo‘shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o‘zini himoya qilish.
Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo‘lmagan sharoitda pul taqchilligini yo‘qotish maqsadida ko‘pgina respublikalar, jumladan, O‘zbekistonda ham mustaqillikning birinchi yillarida pul tizimini shakllantirish loyihasi tuzildi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi va keyincha-lik O‘zbekiston o‘zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi.
O‘zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo‘lmish so‘m jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson bo‘lmagan vazifa. O‘zbekistonning o‘z iqtisodiyotini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qara-tishi, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mamlakatimizning o‘ziga xos xusu-siyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo‘lishini taqozo qiladi.
Hozirgi kunimiz, iqtisodiyotimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalash-tirishlar O‘zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun to‘g‘ri yo‘l tanlaganini ko‘rsatib turibdi. Zero, mustaqil pul tizimiga ega bo‘lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat barpo etish mumkin emas.
Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarining uch asosiy turi xalqaro bank amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Ular quyidagi operatsiyalardan iboratdir:
1. Valyuta intervensiyasini amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiyalar. Valyuta intervensiyasi doirasida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari xorijiy valyutani milliy valyutaga sotib olish va sotish operatsiyalaridan iboratdir. Respublikamizda intervensiya vositasi sifatida ishlatilayotgan bazaviy valyuta AQSH dollari bo‘lganligi sababli, shu maqsadda amalga oshirilayotgan operatsiyalar AQSH dollarini sotib olish va sotish operatsiyalaridan iboratdir.
2. Hukumatning tashqi qarzini to‘lash bo‘yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari.
3. Markaziy bankning balansidagi oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish operatsiyalari.
Xalqaro bank amaliyoti tajribalarini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, hozirgi davrda, Markaziy bank o‘zining balansidagi oltin valyuta zaxiralarini boshqarishda asosan quyidagi usullardan foydalanadi:
– valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish usuli;
– valyutaviy svop operatsiyalaridan foydalanish;
– Gold svop operatsiyalaridan foydalanish;
– ochiq valyuta pozitsiyalarini qisqartirish.
Halqaro hisob-kitoblar banki markaziy banklarga valyutalar va oltindagi zaxiralarni svop sharti bo‘yicha joylashtirish, depozit-ssuda operatsiyalarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Oʻzbekistonda valyuta sohasini erkinlashtirishga qaratilgan ulkan islohotlar kutilmoqda. Hukumat portalida joylashtirilgan yangi qonun loyihasi xoʻjalik subʼyektlari orasida pul-valyuta munosabatlarini erkinlashtirish, Oʻzbekiston korxona va banklarining raqobatbardoshligini kuchaytirish va mamlakatda sarmoyalar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
Valyuta siyosati erkinlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagicha belgilangan:
— Barcha davlat organlari tomonidan qoʻllanilayotgan choralar nazorat-cheklov turidan himoya-ragʻbatlantirish turiga oʻzgartirilishi kerak. Xoʻjalik subʼyektlari xususiy valyuta mablagʻlaridan oʻz xoxishi boʻyicha foydalanish huquqiga ega boʻlishi kerak. Sarmoyalar kiritish va biznes faoliyati olib borish uchun qulay sharoitlar yaratilishi kerak.
Valyuta islohotlari – koʻplab iqtisodiy muammolarni hal qiladi — Respublika eksport potentsialini kuchaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligi oshirilishi kerak; — valyuta operatsiyalari amalga oshirish uchun tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga teng sharoitlar yaratilishi kerak. Alohida korxona va sohalarga imtiyozlar berish taʼqiqlanishi kerak;
— milliy valyutaning boshqa valyutalarga nisbatan kursi faqat bozor mexanizmlari yordamida belgilanishi kerak;
— milliy valyuta barqarorligiga taʼsir qiladigan qonuniy normalar qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik kerak;


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. ”Pul va banklar” maruzalar matni.

2. Abdullayeva Sh.Z ”Pul, kredit va banklar” T. ”Moliya”-2000

3. ”Iqtisodiyot nazariyasi” Shodmonov.



4. www.arxiv.uz
5.www.ziyonet.uz
Download 35,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish