Yaratuvchi xayol – bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so‘z orqali ta’riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va boshqalar) ga tayangan holda tasavvur qilish. Xayolning bu turi insonning turli xil faoliyatida, shu bilan birga, ta’limda ham keng qo‘llaniladi. Xuddi shunday, yaratuvchi xayol ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar bo‘yicha bajarishga yordam beradi.
Ijodiy xayol – bu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga tayanmagan holda yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda boshqa odamlar yoki jamiyat uchun qadrli bo‘lgan, faoliyatning aniq o‘ziga xos mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g‘oyalar yaratadi. Ijodiy xayol inson ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo‘lib hisoblanadi. Antitsipatsiyaviy xayol—insonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh» yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi.Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada to‘plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi. Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida
3. Иқтисодий психологияда иқтисодий категориялар.
Shu uchala kategoriyalarning mutanosibligi, bir-biriga munosabatlarini aniq faoliyat hamda ishlab chiqarish jarayonlarida namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganish katta amaliy ahamiyatga egadir.
Iqtisodiy ong - o’z qarashlari, maqsadlari, dunyoqarashiga ega bo’lgan inson ongida bevosita ishlab chiqarish, o’zlashtirish va foyda olishga aloqador obyektlarning aks etishidir. Ya’ni iqtisodiy ong mavjud bo’lgani uchun ham biz moddiy, ma’naviy ehtiyojlarimizga aloqador bo’lgan ne’matlarni topish, ko’paytirish yo’llarini hamda jamiyatda o’z mehnatimiz bilan moddiy ishlab chiqarishga ulush qo’shishga oid bilim, tasavvur va hissiyotlarga ega bo’lishimiz mumkin.
Iqtisodiy xulq - iqtisodiy ta’sirotga javob beruvchi, ishlab chiqarish shart-sharoitlari, vositalari va turtkilari ta’sirida namoyon bo’ladigan xatti-harakat va xulq-atvordir. Iqtisodiy xulqning subyektlari hisoblangan insonlar - ijtimoiy guruhlar hamda jamiyat bilan psixologik tuzilmalar shaklida bo’lib, ular o’zaro tabiiy ravishda bir-biri bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham, shaxs iqtisodiy xulq-atvorining namoyon bo’lishi yuzasidan tovarning iste’molchi didiga mos kelishini aniqlash, uni har tomonlama bashorat qila olish, hamkor va raqobatchilarning individual-psixologik xususiyatlarini bilish zarur bo’ladi. Demak, u iqtisodiy ong hamda ishlab chiqarish vaziyatlarining shaxs harakatlarida namoyon bo’lishi sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |