Bahslashish. O‘yindan chiqariladigan xulosa.
Bahslashish (Musobaqalashish)
Kattalarda ham va bolalar ruhiyatida ham musobaqalashishga bo‘lgan moyillik kuzatiladi. Ana shu moyillikdan foydalangan holda, trener ishtirokchilarda o‘yinga xos kayfiyatni vujudga keltirish uchun guruhlar o‘rtasida raqobat hissini uyg‘otishi yaxshi natija beradi. Masalan, "Qayta qurish" kabi o‘yinlarda, ("Mumyo" yoki "Minora" kabi) agar trener topshiriqni musobaqa holatida tashkil qila olsa, (ya’ni "qani qaysi guruh tezroq bajaradi?"ga o‘xshagan ko‘rinishlarda bersa), o‘yin jadalroq va qiziqarliroq o‘tadi. Albatta, barcha o‘yinlarda bu taktikani qo‘llash maqsadga muvofiq emas, biroq o‘rni kelganda foydalanish yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |