Fotoprinterlar. Fotoprinterlar – bu printerning maxsus turi bo‘lmay, balki raqamli fotoapparatlar bilan
7-rasm. EPSoN
ishlashga mo‘ljallangan oqimli prin- korporatsiyasining PictureMate terlardir (7-rasm). Fotoprinterlar- fotoprinteri.
ning asosiy vazifasi – kompyuterdan foydalanmasdan, tezkor fotosuratni bosmaga chiqarishdir. Bunday prin terlardan an’anaviy usul bilan ham foydalanish mumkin.
Anchagina rivojlangan fotoprint erlar fotosuratlarni kompyuter yorda misiz tahrirlash imkoniyatini beruvchi SK (suyuq kristalli) – ekran va «himoyalangan» dasturiy ta’minot bilan jihozlangan bo‘ladi. Rangli SK – ekran kerakli fotosuratni tanlash, bosmaga chiqar ish sohasini o‘zgartirish, o‘lchamini belgilash, yorqinlik va ravshanliklarni sozlash imkonini beradi. Maxsus funksional tugmalar yordamida foydalanuvchi tasvirni masshtablashi va kerak bo‘lmagan sohasini olib tashlashi mumkin. Bundan tashqari bosmaga chiqarishda turli effektlarni, masalan, rangli suratni oq-qora rangda bosmaga chiqarish, monoxrom tasvirni iliq rang chegaralarida jilo berishi mumkin.
Fotoprinterlar USB interfeysi va deyarli barcha turdagi flesh kartalarini ulash uchun mo‘ljallangan slotlar bilan jihozlangan – bu, raqamli fotokamerani va flesh kartalarni bevosita printerga ulash imkonini beradi. Fotoprinterlar ko‘pincha I va II tipdagi CompactFlash, SmartMedia, Sony Memory Stick, Secure Digital va MultiMedia Cards xotira kartalarini o‘qiy oladi.
Fotoprinterlarning takomillashgan modellarining ruxsat berish xususiyati 4800×1200 dpi gacha yetkazildi (real, ruxsat berish xususiyati bari-bir 600×600 dpi ligicha qoladi).
Lazerli printerlar. Lazerli printerlar bosmaning fotosurat sifatiga yaqin bo‘lgan ancha yuqori sifatga ega.
Baraban
Tonerli rolik
Lazer
8-rasm. Lazerli printer 9-rasm. Lazerli printerning
C anon LBP-2900. ishlash prinsipi.
Bunday apparat ichida (8-rasm) baraban joylashgan, bu barabanga bosib chiqarilishi kerak bo‘lgan tasvir yoki matnga tegishli elektr zaryad yo‘naltiradi.
Bu zaryad o‘ziga tonerni tortadi (toner – maxsus kukun, printer modeliga qarab – qora yoki rangli). So‘ngra bu kukun qog‘oz varag‘iga (yoki oraliq axborot tashuvchiga, so‘ngra qog‘ozga)
o‘tkaziladi. Tasvir qog‘oz varag‘idan 10-rasm. Yorug‘lik diodli to‘kilib ketmasligi uchun toner qog‘ozga printer.
mahkamlaydigan maxsus isitgich orqali o‘tkaziladi. Shuning hisobiga bosma jarayoni uzoq vaqt davom etganda noxush hid paydo bo‘ladi. Umuman, nafaqat maxsus isitgich o‘zidan noxush xid chiqaradi, balki lazerli printerlar ishlash jarayonida zararli ozon gazi ajratadi.
Lazerli printerlarning afzalliklariga uning sifatining va bosma tezligining juda yuqoriligini kiritish mumkin (9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |