Matritsali printerlar. Tasvirni qog‘ozga tushirishda eng arzon usul – matritsali printerdan foydalanishdir. Matritsali printer qurilmalari eski yozuv mashinkalaridan uncha katta farq qilmaydi (3-rasm).
Printer ichida bo‘yoqli tasma yoki rangli bezak (naqsh yoki shakl) larni tasvirlash uchun bir nechta rangli tasmalar tortilgan. Rasmni qog‘ozda aks ettirish uchun ignalar bilan jihozlangan bosmaga chiqarish moslamasi tasma ustidan o‘tadi. Ignalarning har biri belgi-
B osmaga chiqarish signallaridan tashkil topgan
3-rasm. Matritsali printer4-rasm. Matritsali ko‘rinishi. printerning ishlash tamoyili. langan vaqtda tasmaga zarba bilan uriladi va qog‘ozga nuqta bosib chiqariladi.
Matritsali printerlarning shunday deb nom olishiga sabab ularning bosmaga chiqarish moslamalaridagi ignalar o‘ziga xos matritsani tashkil etadi, ba’zi adabiyotlarda esa bunday qurilmalarni «nuqtali» deb nomlashni ma’qul ko‘radilar.
Bosmaga chiqarish moslamasida joylashgan ignalar soni bosma sifatini belgilaydi. Narxi qimmat bo‘lmagan printerlar 9 ta ignali matritsa bilan jihozlangan, bunda belgilar matritsasi 7×9 yoki 9×9 o‘lchamga ega. Zamonaviy matritsali printerlar 18 yoki 24 ignali bosmaga chiqarish moslamasi bilan jihozlangan.
Matritsali printerlarda bosmaga chiqarish ish tartibi ham turlicha amalga oshiriladi. Bosmaga chiqarishning eng tez ishlash tartibi deganda – bosmaga chiqarish moslamasining satr bo‘ylab bir marta o‘tishi bilan bosmaning (satr bosmasi) amalga oshirilishi tushuniladi (Draft ish tartibi).
NLQ (Near Letter Quality – deyarli bosmaxona sifati) ish tartibida bosmaga chiqarish moslamasining satr bo‘ylab ikki marta o‘tishi bilan satr bosib chiqiladi. Matritsali printerlarning Draft ish tartibida matnlarni bosmaga chiqarish tezligi 100 dan 500 cps gacha bo‘ladi, bu taxminan minutiga ikki bet sahifani bosmaga chiqarish bilan teng. Eng yaxshi matritsali printerlarning tezligi 1000 cps gacha yetadi. Aniqlik xususiyati 360×360 dpi ni tashkil etadi.
Tektronix firmasi tomonidan qattiq-siyoh texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu texnologiya o‘zida boshqa texnologiyalarning eng yaxshi sifatlarini mujassamlashtirdi. Bo‘yoqlar turli ranglardagi qattiq kub shaklida bo‘lib, har bir rang kubi alohida shaxsiy bo‘limlariga ega. Siyoh eritilib, keyingi bosmaga chiqarish moslamasiga uzatiladi. Moslama esa aluminli barabanda tasvirni hosil qiladi va undan qog‘ozga ko‘chiriladi. Siyohlar barabanda qotib qolmasligi uchun ular qizdiriladi. Bosmaga chiqarish moslamasining kengligi qog‘oz kengligi bilan teng. Bosmaga chiqarish moslamasi – bu, pyezoelementlar bilan ta’minlangan soplo blokidan (har bir rang uchun 112 tadan) iborat. Pyezoelement ishga tushishi bilan siyoh tomchilari barabanga tushadi.
Qattiq siyohli bosmaning asosi shundaki – siyohlar bevosita qog‘ozga bosilishidan oldin eritiladi. Siyohlarning asosiy tashkil etuvchisi juda tez eriydigan, barabanga tushganda esa birdaniga qotib qoladigan oddiy mumdir. Umuman bu texnologiya oqimli texnologiyani takrorlaydi: turli xil rangli mikroskopik nuqtalar qog‘ozga bosiladi va unda naqsh hosil bo‘ladi. Rangli bosma tezligi 14 ppm gacha yetadi.
Qattiq siyohli printerlar turiga termik bosma texnologiyasiga tegishli sublimatsion printerlar kiradi. Bunda bosmaga chiqarilgan tasvirning optimal sifati nuqtalarning qog‘ozga aniq va to‘g‘ri tushirilishi hisobiga emas, balki qo‘shni nuqtalarning aralashmasi, bir-birlariga ustma-ust tushirilishi evaziga erishiladi.
Sublimatsiyali printerlarda asosan to‘rt qatlamli tasmali kartridjlar qo‘llaniladi. Maxsus rolikda uchta asosiy rang va himoya qatlami tushirilgan tasma joylashtirilgan. Printer ketma-ket tasmaning har bir rangli qatlamini qizdiradi va siyohlar bug‘lanib, fotoqog‘ozga tushadi. Bosmaning ishlatilish chog‘ida rangli qatlamlar o‘chib ketmasligi uchun siyohlar ustiga himoya qatlami yotqiziladi.
S ublimatsiyali printerlar ixcham va oddiy bo‘ladi.