ni yoritish va shamollatish. Barcha portlovchi materiallar doimiy ombori ikki xil usulda yoritilishi kerak: ishchi va avariya holatida- gi. Portlovchi materiallar omborlari hududini, saqlovchi omborlarni
yoritish tarmoqdagi kuchlanish 220 V bo‘lgan yoritish transformato- ridan olinadi. Avariya holatida omborxonalarni yoritish uchun shaxta va konlarda qo‘llaniladigan akkumulatorli yoritkichdan foydalanish- ga ruxsat etiladi.
Kamera va shaxtani portlovchi materiallar omborxonasiga olib boruvchi lahimlar gaz portlash xavfi bo‘lgan shaxtalarda va chang xavfi bo‘lgan qatlamlarni qazib olishda yoritish uskunalari portlashga xavfsiz etib ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak.
Gaz portlashi xavfi bo‘lmagan shaxtalarda yoritish uskunalari si- fatida ruda konlarida ishlashga moslangan yoritish turlari qo‘llaniladi. Yer osti omboriga keluvchi lahimlar, yordamchi kameralar lahim shiftiga osilgan yoritkichlardan yoritiladi. Portlovchi materiallar saqlovchi kamera (yacheyka) ombor oldidagi lahimlarning shiftiga yoritkich shunday osiladi-ki, har bir kamera eshigining yuqori qis- midagi shamollatish teshigidan tushgan yorug‘lik kamera (yacheyka) ichini yetarlicha yoritadi.
Portlovchi materiallar saqlanadigan xona, kamera, yacheyka shamollatilishi va suv kirishidan saqlanishi kerak. Yer osti omborla- rining alohida yo‘nalishdagi havo oqimi ombor va unga keladigan la- himlarning toza havo oqimi o‘tayotgan lahimiga yo‘naltirilishi xavf- sizlik qoidasiga muvofiq taqiqlanadi.
Yer sathidagi doimiy va vaqtinchalik portlovchi materiallar om- borlari va jangovar patron tayyorlanadigan binolar yashin qaytar- gich vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Har yili momaqaldiroq boshlanish davridan oldin yashin qaytargich yashin o‘tkazishga qar- shiligini va uning zanjirining butligini tekshirib turish zarur. Yashin qaytargich zararlangan bo‘lsa, qayta ta’mirlanib, uning qarshiligi tek- shirilib, tekshirish natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi shart. Portlovchi materiallarni omborxonalarga joylashtirish.
Tarkibida 15% dan ko‘proq nitroefirlar bo‘lgan portlovchi moddalar joylangan yashiklarning elektr detonatorlar ЭД va КЗДШ xillari faqat stellaj (portlovchi materiallarni qo‘yish uchun 2–3 qavat qilib yasal- gan yog‘och polka)larga qo‘yiladi. Stellajlar yoki shtabellar (taxlan- gan portlovchi materiallar) oralig‘idan o‘tish uchun kengligi 1,3 m bo‘lgan joy qoldiriladi. Stellaj bilan omborxona devori oralig‘i 0,2 m dan kam bo‘lmasligi, omborxona poligacha bo‘lgan masofa 0,1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Shtabel kengligi bo‘yicha uch qopdan yoki uch yashik portlovchi moddalar va ikki yashik elektr detonatorlar tax-
lanishi mumkin. Stellajlar yuqorigi polkasining balandligi pol sathi- dan 1,7 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Tayyorlangan o‘t o‘tkazuvchi (yondiruvchi) trubkalarni omborxonada metall yoki yog‘och yashik- larda saqlash mumkin. Uning ichki qismi yumshoq kigiz bilan, tash- qi qismi esa ruxlangan (osenkovanniy) polat bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Yashiklar qopqoq bilan yopilib, qulflab qo‘yiladi. O‘t o‘tkazuv- chi trubkalarni (bir sutkada sarflanadigan miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas) doira shaklida 10 donadan o‘rab, pol sathidan 1,2 m balandlikdagi qoziqchalarga osib qo‘yiladi, bino xonasi yumshoq ma- terial bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |