1. portlovchi moddalarni joylashtirish portlashni qo‘ZG‘atish vositalarini joylashtirish



Download 200,5 Kb.
bet1/7
Sana20.06.2022
Hajmi200,5 Kb.
#681272
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Portlovchi materiallarni sinash usullari


Portlovchi materiallarni sinash usullari

Reja:

1. PORTLOVCHI MODDALARNI JOYLASHTIRISH

2. PORTLASHNI QO‘ZG‘ATISH VOSITALARINI JOYLASHTIRISH (UPAKOVKALASH)


3. PORTLOVCHI MATERIALLAR SAQLANADIGAN OMBORLAR
4. PORTLOVCHI MATERIALLARNI TASHIB KELTIRISH VA YETKAZIB BERISH

PORTLOVCHI MODDALARNI JOYLASHTIRISH


Texnikaviy shart-sharoitlar va GOST talablariga muvofiq ko‘mir shaxtalarida portlatish ishlarini olib borishda faqat potronlangan port- lovchi moddalarni qo‘llashga ruxsat etiladi.


7.1-jadval



Portlovchi moddalar



Patrondagi PM zichligi, g/sm3

Patron diametri,
mm

Patron massasi,
g

Patron uzunligi,
sm

1


Ammonitlar ПВЖ-20; T-19; АП-5ЖВ

1,1-1,2


36-37


200
250
300

18-16
22-20
26-24

2


Uglenitlar Э-6; №5



1,1-1,3


36-37


200
250
300

18-15
22-19
26-22

3

Ammonit 6-ЖВ; dinof- tolit-200



1,1-1,2


36-37


200
250
300

18-16
22-30
26-24

1,1-1,2


31-32


200
250
300

23-27
29-27
35-32

4


Ammonal, skalniy am- monal (tog‘ jinslari
uchun)

0,95-1,1


36-37


200
250
300

20-18
25-22
30-26

5


Ammonal №3



0,95-1,1


31-32


200
250
300

27-23
34-29
40-35

6

Detonit M

1,1-1,3


36-37


200
250
300

18-15
22-19
26-22

1,1-1,3


31-32


200
250
300

23-29
29-25
35-30

7


Skalniy ammonit №1
(tog‘ jinslari uchun) (presslangan)

1,43-1,56
1,43-1,56

36-37
44-45

250
400

17-16
18-17

Portlovchi moddalar texnik shart-sharoitlar va GOST talablariga muvofiq 150±7, 200±10; 250±12 va 300±15 gramm massali patronlar- da ishlab chiqariladi. Saqlagichli portlovchi moddalar 36–37 mm dia- metrli patronlarda ishlab chiqariladi.
Saqlagichsiz portlovchi moddalarda detonit patronining dia- metri 23–24 mm dan kam bo‘lmasligi, qolgan boshqa portlovchi moddalarda esa 31–32 mm dan kam bo‘lmasliga kerak. Tik shax- ta stvollarini o‘tishda diametri 45 mm bo‘lgan maxsus patronlar- dan foydalaniladi. Patron uzunligining uning diametri, og‘irligi va portlovchi moddalarning zichligiga bog‘liqligi 7.1-jadvalda keltiril- gan.
Portlovchi moddalar 2–2,5 o‘ramli qog‘oz gilzaga, detonitlar faqat pergamentli qog‘ozga patronlanadi. 100 g portlovchi moddani diametri 31–32 mm etib patronlash uchun 2 g qog‘oz sarflanadi, pat- ron diametri 36–37 mm bo‘lsa, 3 g dan ko‘p bo‘lmagan, detonit pat- roni uchun 2,5 grammdan ko‘p bo‘lmagan qog‘oz sarflanadi.
Portlovchi modda patroni yupqa qatlamda yoppasiga nam o‘tkazmaydigan 20–30% petrolatumli parifin aralashmasi bilan qoplanadi. Namdan izolatsiyalovchi qoplamaning og‘irligi patron- da 2,5 g dan ko‘p emas va 100 g portlovchi moddalar uchun 1,3 g dan ko‘p emas.
Har xil guruhdagi portlovchi moddalarning farqlanishini oson- lashtirish uchun ularning patronlari turli rangdagi qog‘ozlar- ga o‘raladi: ko‘mir va tog‘ jinslarini portlatish uchun ruxsat etilgan saqlagichli portlovchi moddalar patroni sariq rangda, faqat tog‘ jinsla- rini portlatishga yo‘l qo‘yilgani saqlagichli portlovchi modda patroni ko‘k tusda, metan gazi va chang portlash xavfi bo‘lmagan kavjoy va shaxtalarda qo‘llaniladigan saqlagichsiz portlovchi moddalar patroni qizil rangda, faqat ochiq usulda ishlatiladigan konlarda portlatish ish- lari olib borishda qo‘llanishga ruxsat etilgan portlovchi moddalar pat- roni oq rangdagi qog‘ozga o‘raladi yoki shunday etiketka yopishtiril- gan qoplarda ham bo‘lishi mumkin.
Portlovchi moddalar patronini tayyorlashda tabiiy tola rangida- gi qog‘oz gilzaning tashqi qatlamiga mazkur portlovchi modda uchun belgilangan rangdagi belgi qo‘yiladi. Har bir patronning sirtqi qis- miga o‘chmaydigan rangda portlovchi moddani ishlab chiqaradigan zavodning indeksi, portlovchi modda nomi yoki markasi, chiqaril- gan partiya nomeri, tayyorlangan oy, sana, yil, patronning og‘irligi va
uning nomeri yozib qo‘yiladi. Bir pachkadagi patronlarning massasi- ga bog‘liq holdagi soni:



Patron massasi, g 200

250

300

Pachkadagi patronlar soni 10; 15

8; 10; 12

10

Pachkadagi PM massasi, kg 2; 3

2,2; 5,3

3



Portlovchi modda pachkasi o‘ralgan qog‘ozga o‘chmaydigan rang bilan PM tayyorlaydigan zavodning indeksi, portlovchi moddaning nomi, pachkaga joylashtirilgan patronlar nomeri va shu portlovchi modda uchun belgilangan, boshqalardan farq qiluvchi rangli chiziq bo‘lishi shart. Barcha portlovchi moddalar joylashtirilgan pachka- lar namlikdan izolatsiyalovchi 20–30% li petrolatum va parafin ara- lashmali tarkib bilan qoplanadi. So‘ng qalinligi 100–150 mm bo‘lgan polietilen qopga joylashtiriladi. Qopning choklari va og‘zi germetik yopiq bo‘lishi kerak. Portlovchi modda pachkalari solingan polietilen qoplar yog‘och yashiklarga joylashtiriladi. Har bir yashikdagi port- lovchi moddalar massasi patronlar massasi 200–250 g bo‘lganda 30 kg, massasi 300 g bo‘lganda 33 kg bo‘lishi kerak. Portlovchi modda- lar solingan yashiklar ishlab chiqaruvchi zavodning plombasi bilan iste’molchilarga jo‘natiladi.
Kafolatlangan foydalanish muddati uch oy bo‘lgan portlovchi moddalarda namlik miqdorining ortishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunday namlik miqdorining yer osti portlatish ishlarida qo‘llaniladigan ammiak-selitrali portlovchi moddalar uchun 0,5% gacha ortishi- ga yo‘l qo‘yiladi. Tarkibida nitroefirlar bo‘lgan detonitlar, uglenit- lar namlik miqdorining 0,75% gacha ortishiga ruxsat etiladi. Za- voddan ishlab chiqarilgan kunidan boshlab, kafolatlangan muddati saqlagichli portlovchi moddalar uchun kamida 6 oy belgilangan bo‘lsa, saqlagichsiz portlovchi moddalar uchun kamida 12 oy deb belgilangan.



Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish