3. PORTLOVCHI MATERIALLAR SAQLANADIGAN OMBORLAR
Portlovchi materiallar faqat maxsus qurilgan omborlarda saqla- nishi kerak. Xonalarda, yashiklarda, seyflarda yoki shu maqsad uchun moslashtirilgan portlatish ishlari olib borishda yagona xavfsiz- lik qoidasida belgilangan talablarga muvofiq keladigan joylarda qisqa muddatga saqlash mumkin. Portlovchi materiallarni saqlash sharoi- ti shunday bo‘lishi kerakki: saqlash davomida ular buzilib qolmasli- gi, o‘z-o‘zidan portlamasligi, o‘g‘irlikka yo‘l qo‘yilmasligi, portlovchi materiallarni qabul qilish va tarqatishning qulay, xavfsiz bajarilishini ta’minlash imkonini beradigan bo‘lishi kerak. Portlovchi materiallar- ni saqlash uchun maxsus omborxonalar tipovay yoki individual loyi- ha asosida qurilishi kerak.
«Portlovchi materiallar ombori» degan atama ostida bir yoki bir necha portlovchi materiallar omborxonalari va yordamchi inshoot- larining umumiy tikonli sim to‘siq bilan o‘ralgan hududi tushuniladi. Yer osti omborlariga kamera va yacheykalardan iborat portlovchi materiallar saqlanadigan va yordamchi kameralar va omborxonalar- ga olib boruvchi yer osti lahimlaridan iborat yer osti inshootlari ki- radi.
Portlovchi materiallar omborlari yer yuzasi relefiga nisbatan joy- lashishiga qarab quyidagicha bo‘linadi: yer sathida joylashgan, yarim chuqur va yer osti omborlari.
Yer sathidagi omborlarga asosiy omborxonalari yer yuzasida joy- lashgan omborlar kiradi, yarimchuqurlariga omborlari karniziga qa- dar yer ostiga chuqurlashganlari, chuqurlariga omborxonalari ustida- gi yerning qalinligi 15 m ga qadar bo‘lganlari, yer osti omborlariga omborxonalari ustidagi yer qatlami 15 m dan chuqurroqda joylash- ganlari kiradi.
Omborxonalar xizmat muddatiga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi: Doimiy – xizmat qilish muddati 3 yildan ortiq.
Vaqtinchalik – xizmat muddati 3 yilgacha.
Qisqa muddatli – bir yilgacha, bu muddat portlovchi materiallar- ning olib kelingan kunidan boshlab hisoblanadi.
Portlovchi materiallarni saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar
bazisli va sarflovchi kabi turlarga bo‘linadi.
Bazisli ombor sarflovchi omborni portlovchi materiallar bilan
ta’minlashga xizmat qiladi.
Bazisli omborda portlovchi materiallarni usta-portlatuvchilarga tarqatish maqsadida ularning yashiklarini ochish qat’iyan taqiqlanadi. Ba’zi bir hollarda bazisli ombor bitta korxonagagina xizmat qiladigan bo‘lsa, Kontexnika inspeksiyasining ruxsati bilan sarflovchi ombor- xona vazifasini ham bazisli omborxonaga yuklash mumkin. Buning uchun portlovchi materiallar sarflaydigan maxsus omborxona ajratili- shi va u boshqa omborxonalardan maxsus to‘siq bilan to‘silishi hamda unga kirib chiqadigan alohida yo‘l bo‘lishi kerak. Har bir bazisli om- bor portlovchi materiallarni sinab ko‘rish va ularning yaroqsizlarini tugatish (yo‘q qilish) uchun o‘zining laboratoriyasi va poligoniga ega bo‘lishi zarur.
Sarflovchi omborlar portlovchi materiallarni usta-portlatuvchilar- ga tarqatishga xizmat qiladi.
Bazisli omborlarning umumiy sig‘imi cheklanmaydi. Bazisli om- borlar alohida saqlovchi xonalarining sig‘imi 7.2-jadvalda keltirilgan o‘lchamlarga muvofiq kelishi kerak.
7.2-jadval
-
Birga qo‘shiladigan
guruhlar
|
Portlovchi moddalar va mahsulotlar
|
Sig‘imi, t
|
1
|
2
|
3
|
В
С
D
|
Kapsul-detonatorlar, elektr detonatorlar (yuqori
|
120
|
voltlilardan tashqari) pirotexnik relening КЗДШ
|
|
turi (brutto massasi)
|
|
Poroxlar (netto massasi) va ular aralashgan mah-
|
120
|
sulot (brutto massasi)
|
|
O‘t o‘tkazuvchi pilik, o‘t oldirish vositasi ОШ va
|
cheklan-
|
poroxlar, signal va porox patronlari
|
magan
|
Tarkibida 15% dan ko‘p suyuq nitroefir bo‘lgan
|
60
|
portlovchi modda, flegmatizatsiyalanmagan gek-
|
|
sogen, ТЭН, tetril (netto massasi)
|
|
Detonatsiyalanuvchi pilik, yuqori, voltli elektr
|
120
|
detonatorlari (brutto massasi)
|
|
Tarkibida 15% dan ko‘p bo‘lmagan suyuq nitro
|
240
|
efirli portlovchi moddalar, trotil va uning nitro
|
|
birikmalar bilan qotishmasi, flegmatizatsiyalan-
|
|
gan geksogen, tarkibida suyuq nitroefir bo‘lma-
|
|
gan portlovchi moddalar, kukunsimon, sochi-
|
|
luvchi, patronlangan, varroqli, shnurlangan
|
|
(pilikli), shlangali va, shuningdek, plastik va suv
|
|
saqlovchi (netto massasi) portlovchi moddalar,
|
|
tarkibida portlovchi modda saqlovchi portlash
|
|
qo‘zg‘ash vositasisiz yoki itqituvchi zaryadlarsiz
|
|
mahsulot (brutto massasi)
|
|
Kontex davlat nazorati inspeksiyasi tomonidan
|
420
|
ruxsat etilgan, mexanizatsiyalashtirilgan usulda
|
|
zaryadlashga mo‘ljallangan sochma granullan-
|
|
gan portlovchi modda
|
|
Tarpendalash uchun tayyorlangan portlovchi
|
|
modda tarkibida portlovchi modda va portlashni
|
120
|
qo‘zg‘ovchi vositalar bo‘lgan otuvchi apparatlar
|
|
Portlovchi moddalarni sarflovchi doimiy omborlarning saqlay- digan xonalarining umumiy sig‘imi quyidagi miqdordan oshib ket- masligi kerak:
portlovchi moddalar 120 t
elektr detonatorlar va kapsul-
detonatorlar 250 000 dona
detonatsiyalanuvchi piliklar 100 000 m
o‘t o‘tkazuvchi piliklar cheklanmagan miqdorda
Portlovchi materiallarni sarflovchi vaqtinchalik omborlarning
umumiy sig‘imi:
portlovchi moddalar 75 t
elektr detonatorlar, kapsul-
detonatorlar 100 000 dona
detonatsiyalanuvchi piliklar 50 000 m
o‘t o‘tkazuvchi piliklar cheklanmagan o‘lchamda
Portlovchi materiallarni qisqa muddatda sarflovchi omborlarning
umumiy sig‘imi:
portlovchi moddalar 54 t
elektr detonatorlar, kapsul-
detonatorlar 75 000 dona
detonatsiyalanuvchi piliklar 35 000 m
o‘t o‘tkazuvchi piliklar cheklanmagan o‘lchamda
Portlovchi materiallarni sarflovchi doimiy omborlarning har bir saqlovchi xonasining sig‘imi 60 t bilan cheklanadi, vaqtinchalik om- borning sig‘im chegarasi 50 t va qisqa muddatli omborlarning sig‘im chegarasi esa 18 t bilan cheklanadi.
Omborxonaning har bir xonasida militsiya organi tomonidan berilgan ruxsatnomadagi miqdorda portlovchi materiallar saqlanadi.
Yer sathida joylashgan doimiy va vaqtinchalik sarflovchi ombor- larda portlovchi materiallarni usta-portlatuvchilarga tarqatish uchun portlovchi materiallar solingan yashiklarni shu ish uchun mo‘ljallan- gan alohida xonalarning birida yoki portlovchi materiallar saqlanadi- gan omborxonaga kiraverishdagi yo‘lakda (tamburda) ochib tarqatish- ga ruxsat etiladi.
Omborxonalar hududi – maydoncha deyiladi. Shu maydonchaga joylashgan barcha omborxona va yordamchi binolar tikanli sim bi- lan aylanasiga o‘ralgan bo‘lishi va uning balandligi 1,8 m dan kam bo‘lmasligi zarur.
Yer sathidagi barcha portlovchi materiallar omborxonalari atrofi
eniga kamida 50 m changal sim devor bilan o‘ralishi va sirtqi qismi-
da «Taqiqlangan hudud» degan belgi o‘rnatilishi kerak, changal sim devordan omborxonalarning eng yaqin devoriga qadar kamida 40 m bo‘lishi kerak.
O‘t o‘tkazuvchi pilik, uni yondirish vositalari va porox, signal va porox patronlarini «B» va «D» guruhdagi portlovchi materiallar bi- lan birga saqlash mumkin. Detonatsiyalanuvchi pilik va yuqori voltli elektr detonatorlarni «B» guruhdagi portlovchi materiallar bilan bir- ga saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Bitta omborxonada «D» guruhiga mansub bo‘lgan portlovchi ma- teriallarni saqlashda uning umumiy sig‘imi eng xavfli komponentlarni saqlash uchun belgilangan sig‘imidan katta bo‘lmasligi kerak.
Yer osti sharoitida portlovchi materiallarni maxsus tashkil etil- gan lahimlar – kamera yoki yacheykalarda saqlash mumkin. Bun- day kamera yoki yacheykalar shunday joylashtirilishi kerak-ki, bi- rorta kamera yoki yacheykada portlash yuzaga kelsa, boshqa qo‘shni kamera yoki yacheykada detonatsiyani uyg‘otishga imkon tug‘ilma- sin. Yer osti portlovchi materiallar omborida portlovchi materiallarni saqlash uchun maxsus kamera yoki yacheykasimon lahimlar o‘tkazi- ladi. Bulardan tashqari omborga olib boruvchi lahimlar va portlovchi materiallarni tarqatish uchun yordamchi kamera, elektr detonatorlar- ni tekshirish yoki yondiruvchi trubkalar (bo‘laklar), elektr alangalan- tiruvchi vositalarni tekshirish va yong‘inga qarshi vositalarni saqlay- digan lahimlar majmuasidan iborat inshootlar bo‘lishi kerak.
Kamerasimon omborlarning har bitta kamerasida saqlanadigan portlovchi modda miqdori 2 tonnadan, har bitta yacheykada saqla- nadigan portlovchi modda miqdori 400 kg dan va 15 000 dona elektr detonator (kapsul-detonator)idan oshmasligi shart.
Yer osti sarflovchi portlovchi materiallar omborining sig‘im che- garasi yetti kunlik portlovchi modda sarfidan oshmasligi va elektr detonatorlarning o‘n besh sutkalik sarfidan oshmasligi kerak.
Portlatish ishlari olib borishda qisqa sekinlatuvchi va sekinlab portlatuvchi elektr detonatorlar qo‘llanilganda, yer osti sarflovchi om- borda shu shaxta uchun qo‘llanishga ruxsat etilgan. Elektr detonator- lar seriyalarining hamma turidan kamida bir yashikdan bo‘lishi kerak. Yer osti va yer sathidagi portlovchi materiallar omborlari-
Do'stlaringiz bilan baham: |