Portlovchi materiallarni tashib keltirishning umumiy tartibi. Portlovchi materiallar temir yo‘l vagonlarida, suv yo‘lida, havo trans- portida (qo‘lda ko‘tarib olib kelinadiganidan tashqari) tashish ichki ishlar bo‘limlarining ruxsatisiz amalga oshirilishi mumkin. Avtomo- bil, ot-arava transporti, yuk tashuvchi hayvonlarda ishlab chiqaruv- chi zavoddan, korxona omborxonasidan turli vazirlik, boshqarma, mahkama omborxonasiga, ular joylashgan joydan qat’iy nazar, shu- ningdek, bir korxonaning turli viloyatlarda joylashgan bir ombori- dan ikkinchisiga tashib keltirish Ichki Ishlar vazirligining ruxsat- nomasi bilan amalga oshiriladi. Portlovchi materiallarni korxona va tashkilotlarga tashib keltirish uchun ruxsatnoma shahar, viloyat ich- ki ishlar boshqarmasi tomonidan beriladi. Bir korxona yoki tashkilot- ga qarashli bir omborxonadan ikkinchi omborxonaga tashib keltirish uchun, agar ular bitta viloyat chegarasida joylashgan bo‘lsa, maz- kur tashkilot rahbari tomonidan berilgan naryad-nakladnoyning o‘zi yetarli bo‘ladi, bunday holda ichki ishlar organlarining ruxsatnoma- si talab qilinmaydi.
Portlovchi materiallar omboridan portlatish ishlari olib boriladi- gan joyga naryad-yo‘llanma, naryad-nakladnoy bilan belgilangan tar- tibda rasmiylashtirilgandan so‘ng tashib keltirish mumkin. Portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashib keltirish avtomobil trans- portida tashib keltirish qoidasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Avtomobil transportida, ot-aravada, yuk tashuvchi hayvonlar- ga yuklab tashishda, albatta, kuzatuvchi javobgar shaxs (omborxona
mudiri yoki portlovchi materiallar tarqatuvchi shaxslar) va o‘t ochuv- chi qurol bilan qurollangan qo‘riqchi hamrohlik qilishlari shart.
Avtomobil haydovchisi yoki aravakash va qo‘riqchilar portlovchi materiallarni tashib keltirish, yuklash va ularni transport vositasidan tushirish qoidalari haqida ko‘rsatma olgan bo‘lishi shart.
Portlovchi materiallarni tashish uchun ajratiladigan avtomobil maxsus ko‘rikdan o‘tgan, shu maqsadda uskunalangan, texnikaviy holati sinab ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Portlovchi materiallar tashishga mo‘ljallangan avtomobil yo‘lga chiqishidan oldin yo‘l hujjatiga «Avto- mobil tekshirilgan, texnikaviy jihatdan ishga yaroqli va portlovchi material tashishga yaroqli», degan yozuv yozilgan bo‘lishi va bu av- tosaroy boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan bo‘li- shi shart. Avtomobil ikki dona o‘t o‘chiruvchi qurilma bilan jihozlan- gan bo‘lishi kerak.
Portlovchi materiallarni ishlab chiqargan zavoddan yoki bazis- li ombordan sarflovchi omborga olib kelishda yashiklarda zavodning plombasi bo‘lishi kerak, agar bazisli omborda tekshirish yoki sinab ko‘rish uchun yashik ochilgan bo‘lsa, bunday yashik bazisli ombor- ning plombasi bilan olib kelinadi. Yashikning ichida qancha portlov- chi material qolganligi haqida ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
O‘ta yuqori xavfli bo‘lgan portlovchi materiallarni, xususan, kap- sul-detonator va elektr detonatorlarni transport vositalariga yuklash, tushirish va tashib kelishda xavfsizlik qoidalariga to‘la rioya qilish shart bo‘lgan talablardan biridir. Portlovchi materiallarni yuklash, tushirish va tashib keltirish ishlarini juda yaxshi ko‘rsatma olgan ish- chilar yuqori malakali texnik rahbar kuzatuvida amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |