1. portlovchi moddalarni joylashtirish portlashni qo‘ZG‘atish vositalarini joylashtirish


Portlovchi materiallarni transport vositasiga yuklash va harakatlanish



Download 200,5 Kb.
bet6/7
Sana20.06.2022
Hajmi200,5 Kb.
#681272
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Portlovchi materiallarni sinash usullari

Portlovchi materiallarni transport vositasiga yuklash va harakatlanish. Portlovchi materiallarni avtomobilga yuklashda uning yuk ko‘tarish imkonidan to‘liq foydalanishga ruxsat etiladi. Elektr detonatorlar va tarkibida suyuq nitroefirlar bo‘lgan portlovchi materiallardan tashqari, bunday portlovchi materiallarni avtomobil yuk ko‘tarish qobiliyatining uchdan ikki qismi miqdorida yuklashga ruxsat etiladi, lekin avtomashina bortida yashiklar balandligi bo‘yicha ikki qatordan yuqori bo‘lmasligi kerak. Avtomobilning harakatla- nish tezligi yo‘l yaxshi ko‘rinadigan hollarda 40 km/soatdan oshmasli- gi kerak, ob-havo noqulay bo‘lgan sharoitda, transport tezligini ikki barobar qisqartirish zarur. Bir necha avtomobillar portlovchi materi- allar bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, ular oralig‘idagi masofa to‘g‘ri,
tekis yo‘lda hamda to‘xtaganida 50 m bo‘ladi. Avtomashinalar tog‘li yerda harakatlanganda balandlikka ko‘tarilish va pastlikka tushish- da interval 300 m bo‘lishi kerak. Portlovchi materiallar yuklangan avtomobilda: mashina haydovchisi, tashib keltirishga tayinlangan javobgar shaxs, qurollangan qo‘riqchilar, yuklovchi yoki portlatuv- chilardan tashqari birorta ham begona shaxslar bo‘lmasligi kerak. Portlovchi materiallar tashilayotgan avtomobillarga maxsus yashik- larga joylashtirilgan portlatish asboblaridan boshqa yuklarni yuklash qat’iyan taqiqlanadi.


5-§. PORTLOVCHI MATERIALLARNI SHAXTAGA TUSHIRISH VA YER OSTI LAHIMLARI BO‘YLAB TASHIB KELTIRISH


Portlovchi materiallarni shaxtaga kletda va badyada tushirishga ruxsat etiladi. Qiya shaxta stvollarida esa odamlarni tushirib chiqa- rishga mo‘ljallangan maxsus vagonetkalarda, odam tashishga ruxsat etilgan osma kanat va monorelsli yo‘lda tashirish mumkin. Shaxta ichidagi ish joyiga portlovchi materiallar kanat (sim arqon) bog‘lan- gan vagonetkalarda osma kanatli va monorelsli yo‘llarda usta-port- latuvchi va uning yordamchi yuk tashuvchi ishchisi xavfsizlik qoi- dasi talabiga muvofiq tashib keltiradi. Har bir shaxtada portlovchi materiallarni shaxtaga tushirish va ish joyiga tashib keltirish tarti- bi shaxta boshlig‘i yoki korxona rahbari tasdiqlagan yo‘riqnomaga muvofiq ijro etiladi. Shaxtaga tushirish uchun keltirilgan portlovchi materiallar belgilangan tartibda maxsus jihozlangan vagonetkalarga yuklanadi.


Portlovchi materiallarni ishlatiladigan kavjoyga hamma turda- gi mavjud relsli transportlarda va qo‘lda tashib keltirish mumkin. Shaxta ishchilarini tushirib chiqarish vaqtida portlovchi materiallarni shaxta yo‘laklari bo‘ylab tashish qat’iyan taqiqlanadi. Shaxta stvolida portlovchi materiallarni yuklash, tushirish chog‘ida stvol oldi lahim- larida usta-portlatuvchi, uning yordamchisi, operator, tarqatuvchi, portlovchi materiallarni yuklovchi va tushiruvchi, stvol oldi lahimi- da yuklarni qabul qiluvchi va uzatuvchi shaxs va shaxtada portlovchi materiallarning harakatini nazorat etuvchi texnazoratchidan bosh- qa hech kim bo‘lmasligi kerak. Portlatish ishlariga aloqasi bo‘lmagan barcha shaxslar xavfsiz joyga uzoqlashtiriladi. Portlovchi materiallar-
ni tushirishda kletda, bade (kajava)da yoki vagonetkada usta-portla- tuvchi va uning yordamchisidan boshqa hech kim bo‘lmasligi kerak. Har bir kishiga klet polining 1 m2 foydali maydoni to‘g‘ri kelishi ke- rak. Portlovchi materiallarning tik shaxta stvolida harakatlantirilishi- ga shaxta dispetcheri, ko‘tarish qurilmasi mashinisti, yuk qabul qiluv- chi (yuqorida va shaxta stvoli oldidagi lahimda) shaxslar xabardor qilingandan so‘nggina ruxsat etiladi.
Portlovchi materiallar joylangan yashiklar, qoplar va paketlar klet balandligining ko‘pi bilan 2/3 qismini egallashi mumkin. Bu balandlik klet eshigidan yuqori bo‘lmasligi kerak. Birinchi guruh portlovchi moddalar yashikda bir qator joylashtiriladi. Elektr deto- natorlar va boshqa portlovchi vositalar kletda portlovchi moddalar yashigidan alohida tushirilib, klet poliga yoki maxsus vagonetkaga bir qator qo‘yiladi.
Qiya lahimlarda kishilarni tushirib chiqaradigan maxsus vagon- larda portlovchi materiallarni tushirishda, vagonning har bir o‘rin- dig‘ida faqat bittadan usta-portlatuvchi yoki uning yordamchisi bo‘lishi kerak, bunda portlatish ishi bilan aloqasi bo‘lmagan boshqa shaxslarning tushirilishiga ruxsat etilmaydi.
Portlovchi materiallarni kon lahimlarida tashishda transport vo- sitasining tezligi 5 m/s dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunda mashinist ko‘tarish mashinasini, lebedkani, elektrovozni tekis, silliq yurgizishi va to‘xtatishi kerak.
Portlovchi materiallarni yer osti sharoitida relsli transportda tashiganda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: portlovchi materi- allarni vagonetkaga va boshqa sig‘imlarga yuklash portlovchi materi- allar omboriga keladigan lahimlarda va bevosita sarflovchi ombor la- himida amalga oshiriladi; portlovchi materiallarni konning gorizontal lahimlarida tashishda akkumulatorli va kontaktli elektrovozlarda amalga oshirishga ruxsat etiladi, bunda portlatish vositalari kontaktli elektrovozda tashilganda vagonetka yog‘och qopqoq bilan zich yopil- gan bo‘lishi kerak.
Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini maxsus yoki shu yo‘nalishda harakatlanuvchi bo‘sh vagonetkalarda tashib keltirish mumkin, lekin bunda portlovchi modda ortilgan vagonetka bilan portlatish vositalari ortilgan vagonetkalar ortida kamida ikkita bo‘sh vagonetka bo‘lishi kerak, bu vagonetkalar bilan elektrovoz oralig‘i 3 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Portlovchi materiallar yuklangan
poyezdning boshqa vagonetkalari bo‘sh bo‘lishi shart, ya’ni boshqa bo‘sh vagonetkalarga yuk ortilmasligi kerak.
Portlovchi materiallarning I va IV guruhlari kuzovi yog‘och, ki- giz (rezina) bilan futirovka qilingan odatdagi vagonetkalarda yoki ku- zovi yog‘ochdan yasalgan usti berkitiladigan vagonetkalarda tashili- shi mumkin. Portlovchi materiallar solingan yashiklar kigiz, rezina yoki qop materiallari to‘shalgan vagonetkalarga yuklanganida ular vagonetka kuzovining balandligidan yuqori bo‘lmasligi va bir qa- tor joylashtirilishi lozim. Boshqa guruhdagi portlovchi materiallarni odatdagi vagonetkalarga, vagonetka bortidan pastroq joylab tashish mumkin. Portlovchi materiallar yuklangan tarkibning orqa qismi- da va elektrovozning oldi qismida yoritiladigan shaxtada ishlaydigan hamma kishilarga tanish bo‘lgan «belgi» bo‘lishi kerak. Portlovchi materiallar kon lahimlari bo‘ylab tashilayotgan payitda boshqa barcha transport vositalarining haydovchilari boshqarayotgan transport vositalarini to‘xtatishi va shu lahimda harakatlanayotgan kishilar to‘xtab chetga chiqib, portlovchi materiallar yuklangan poyezdni o‘tkazib yuborishlari talab etiladi.
Portlovchi materiallar tashilayotgan poyezdning oldidagi va orqa- sidagi poyezdlarning oralig‘i kamida 50 m bo‘lishi kerak.
Portlovchi materiallarni tashishda uni usta-portlatuvchi va uning yordamchisi kuzatib borishi kerak.
Yer osti sharoitida usta-portlatuvchi bir necha kavjoyda portlatish uchun portlovchi moddalarni bir yo‘la olishi mumkin, bunda ular- ni portlatiladigan kavjoyga uning yordamchisi (yuklatuvchi) mus- taqil ravishda tashib borishiga va uning saqlanishiga to‘liq javobgar bo‘lishiga ruxsat etiladi. U kishi naryad-yo‘llanmaga o‘zi bilan olgan portlovchi modda miqdori haqida imzo qo‘yadi.
Usta-portlatuvchi, tashuvchi yordamchisidan qabul qilib olgan portlovchi moddalar uchun naryad-yo‘llanmaga imzo qo‘yib, qabul qilib olganligini tasdiqlaydi.
Portlovchi materiallar zavod upakovkasida yoki tarmoq tex- nikaviy talablariga javob bera oladigan sig‘im (sumka, kasetalar)da tashiladi.
Portlovchi moddalar va elektr detonatorlar alohida-alohida sig‘im- larda olib kelinadi, bunda elektr detonatorlar, jangovar patronlar, o‘t oldiruvchi trubkalar faqat usta-portlatuvchi tomonidan olib kelinadi. Elektr detonator va portlovchi moddalarni birgalikda olib kelishda us-
ta-portlatuvchi 12 kg dan ko‘p bo‘lmagan portlovchi modda va 150 dona elektr detonatori olib kelishga haqli. Portlovchi modda elektr detonatorsiz alohida sumka yoki kasetada olib kelishsa, bu me’yorni 24 kg gacha ko‘paytirish mumkin. Usta-portlatuvchi portlovchi mod- dasiz 500 donagacha elektr detonatorni olib kelishi mumkin.
100 kg gacha bo‘lgan portlovchi moddani qo‘l aravachasi yor- damida tashib kelishga ruxsat etiladi.

Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish