2-§. PORTLASHNI QO‘ZG‘ATISH VOSITALARINI JOYLASHTIRISH (UPAKOVKALASH)
Kapsul-detonatorlar karton qutichaga 100 donadan tik holda joy- lashtiriladi. Qutichalar esa 5 tadan karton g‘ilofga, ular esa o‘z navbati- da 10 tadan ruxlangan (osenkovanniy) metall qutiga solinadi. Metall
quti penal turdagi qopqoq bilan berkitiladi. Metall quti esa yog‘och- dan yasalgan yashiklarga joylanadi. Metall qutilarning, karton g‘ilof- larning qopqoqlariga va yashiklar devorlariga GOST da ko‘rsatilgan ma’lumotlarni yozib yoki etiketka yopishtirib qo‘yiladi.
Kapsul-detonatorlar 50 000 donagacha partiyalarda ishlab chiqa- riladi. Kapsul detonatorlar uchun kafolatlangan foydalanish muddati 2 yil deb belgilangan.
Bir zumda ishga tushadigan elektr detonatorlar ularning elektr zanjiriga ulanadigan simlarining uzunligi va ularning izolatsiyasiga bog‘liq ravishda har bir karton qutichaga 40–70 donadan joylashtirila- di, ular o‘z navbatida metall qutilarga taxlanadi. Metall qutilar esa yog‘och yashiklarga joylanadi. Bir zumda portlaydigan elektr detona- torlarning kafolatlangan saqlash muddati 2 yil.
Qisqa muddatga sekinlatib va sekinlatib portlatiladigan elek- tr detonatorlar karton qutichalarga 30–80 donadan joylashtirila- di. Metall qutilar qopqog‘iga etiketka yopishtiriladi, unda ish- lab chiqarilgan zavodning indeksi, elektr detonatorlarning turi, qarshiligi, markasi, simlarining uzunligi, sekinlashish vaqtlari oraliqlari, qutidagi elektr detonatorlar soni, ishlab chiqargan parti- ya nomeri, ishlab chiqargan vaqti, GOST yoki ТУ nomeri, qo‘lla- nish shartlari (quruq yoki suvli kavjoylarda, qanaqa elektr detona- torlar bilan birga qo‘llanilishi) ko‘rsatiladi. Qutichalar ruxlangan (osenkovanniy) metall qutilarga zich joylashtiriladi, ular esa o‘z navbatida yog‘och yashiklarga joylashtiriladi. Bitta yashikka 1080 tadan 1200 tagacha elektr detonator joylashtiriladi. Qisqa sekin- latuvchi elektr detonatorlardan foydalanishning kafolatlangan muddati 2 yil.
Detonatsiyalanuvchi pilik 50 yoki 100 m dan qilib o‘ramlar- ga o‘raladi. Detonatsiyalanuvchi pilikning ДША turi 10 yoki 20 o‘ramdan qilib yog‘och yashiklarga joylanadi, ДШВ turidagi pilik o‘ramlari esa zich yopiladigan metall bankalarga, ular esa yog‘och yashiklarga joylanadi. Ishlatishga kafolatlangan muddati me’yoriy ombor sharoitida saqlanganida ДША turi uchun 2 yil, ДШВ turi uchun 10 yil, ДШ turi uchun zich yopilmaydigan yashiklarda saqlanganida 3 yil.
O‘t o‘tkazuvchi pilik 10 m bo‘laklari doira shaklida har xil dia- metrdagi o‘lchamlarga o‘raladi. Tayyorlangan o‘ramlar 25 donadan,
birini ustiga ikkinchisini qo‘yib dastalab bog‘lab, ikki qator qilib yog‘och yashiklarga joylanadi. O‘t o‘tkazuvi pilik omborda odat- dagi sharoitda saqlansa, kafolatlangan saqlash va ishlatish mudda- ti ОШР turi uchun 5 yil, ОША turi uchun bir yil. Har bir yashik- ka o‘t o‘tkazuvchi pilikni saqlash va uni ishlatish haqida yo‘riqnoma solinadi.
Portlovchi moddalar va portlatish vositalari solingan yashiklar plombalab qo‘yilishi kerak. Har bir yashikka o‘chmaydigan rangda GOST va ТУ da belgilangan ko‘rsatmalar yozib qo‘yiladi yoki etiketa yopishtiriladi. Masalan, portlovchi moddalar solingan yashikda ish- lab chiqargan zavodning indeksi, portlovchi moddaning shartli nomi, partiya nomeri, yashik nomeri, ishlab chiqarilgan oyi, yili, massasi (netto, brutto, kg) temir yo‘l belgisi, elektr detonator bilan yuklanma- si, belgilangan rangdagi chiziq, shu portlovchi moddaning GOST no- meri yozib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |