1. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari
Pedagogik faoliyat oqituvchining oquvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi talimiy va tarbiyaviy tasirini oz ichiga qamrab oladi.
Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yonalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina tarifiga kora, pedagogik faoliyatning muhim jihati bu uning mahsuldorligidir. Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib korsatiladi:
I. (minimal) reproduktiv: pedagog ozi bilgan narsalarni boshqalarga etkazib bera oladi;
II. (quyi) moslashgan: pedagog oz fikrlarini auditoriyaga oziga xos jihatlari bilan malum qila oladi.
III. (orta) lokal modellashtirilish: oqituvchi fanning malum bir bolimi boyicha oquvchilarda bilim, konikma va malakalarning strategiyasini egallaydi.
IV. (yuqori) oquvchilar bilimini sistemali modellashtirish; oqituvchi oquvchilarda fan malakalarini shakllantirishning yol-yoriqlarini biladi.
V. (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va oquvchilar xulq-atvori. Bunda pedagog oz fanini orgatishdagi yol-yoriqlarni shunday egallaydiki, natijada u oquvchi ehtiyojlarida oz-ozini tarbiyalash, oz-oziga talim berish, oz-ozini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
2.Pedagog shaxsi va unga qoyiladigan talablar
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida oqituvchining Yosh avlodga talim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi. Oqituvchining orni va uning vazifalari osib kelayotgan Yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan etibor karalishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.
Jamiyatning oqituvchilik kasbiga qoyadigan asosiy talablari quyidagichadir:
- shaxsni manaviy va marifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uygonish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik goyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, oz Vatani, tabiatga va oilasiga bolgan muhabbati;
- keng bilim saviyasiga ega bolishi, turli bilimlardan xabardor bolishi;
- Yosh pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, Yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bolishi;
- ozi dars beradigan fan boyicha mustahkam bilimga ega bolib, oz kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bolishi; talim va tarbiya metodikasini egallashi;oz ishiga ijodiy yondoshishi; bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
- pedagogik texnikani (mantiq, nutq, talimning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bolishi;
- Oqituvchining oz bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Bolajak pedagog shaxsiga bir qator jiddiy talablar qoyilar ekan, ular ichidan asosiy, yani uni qanoatlantirmasdan turib, yuqori malakali oqituvchi yoki tarbiyachi bolib etishish mumkin bolmagan va ikkinchi darajali, yani pedagog uchun zarur bolmagan, ammo uni shaxs sifatida shakllanishiga va shaxsga talim-tarbiya berishiga yordam beruvchi talabni ajratish mumkin.
Bosh, asosiy talablar singari, ikkinchi darajali talablar ham pedagogning faoliyati psixologiyasiga va muloqotiga, SHuningdek, uning qobiliyati, bilimi, malaka va konikmasi, mahorati, bolalarni tarbiyalash va talim berish uchun zarur bolgan sifatlarga bogliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |