Mavzu: O’zbekiston hayvonotining landshaf zonalari bo’ylab tarqalishi.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. O’zbekistonning hayvonot olami.
2. Kamayib ketyotgan hayvonlar.
3. O’zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar.
4. O‘zbekiston hayvonotining landshaft zonalari bo‘ylab tarqalishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O’zbekistonning hayvonot olami.
Yer yuzining zoogeografik rayonlashtirilishi tizimida O’zbekiston hududi Palearktika o’lkasining Markaziy Osiyo kichik o’lkasi tarkibiga kiradi. Respublika hayvonot dunyosi juda boy va xilma-xil. Uning daryolarida, ko’llarida, suv omborlarida baliqlarning 60 dan ortiq turi yashaydi. Cho’llarida, daryo qayirlarida, vohalarida va tog’larida sudralib yuruvchilarning 57 turi, sut emizuvchilarning 97 turi va qushlarning 410 dan ortiq turi tarqalgan. O’zbekiston hayvonot dunyosi juda boyligi va tarkibining turli-tumanligi, endemiklarning ko’pligi, cho’l hayvonlarining xilma-xilligi, har-xil landshaftlar hayvonlarining keskin farqlanishi, hayvonot dunyosining juda qadimiyligi bilan ajralib turadi.
O’zbekistonda o’ziga xos endemik hayvon turlari bilan birga o’rta dengiz, evropa, Sibir, Mugiliston, Hindiston, Tibet, Qozog’iston, SHimoliy Afrika faunasinig vakillarini ko’plab uchratamiz.
O’rta Osiyoda paydo bo’lgan hayvon turlariga orol shipi va katta o’rakburun baliqlar, turkiston agamasi (kaltakesagi), turkiston gekkoni, qum bug’ma iloni, xo’jasavdogar, Babrinskiy qushoyog’i, ingichka barmoqli qushoyoq, ko’k sug’ur va boshqa ko’pgina turlar kiradi. Ular boshqa joylarda deyarli uchramaydi.
O’rta Osiyoga shimoldan va shimoli-sharqdan o’tgan hayvonlarning katta guruhi Qozog’iston tekisliklari hayvonot dunyosiga o’xshash. Bular orasida katta qum sichqoni, kichik qushoyoq, qo’ngir yumronqoziq, antilopa sayg’oq, kichik tulki qorsoq, qora sassikko’zan, yovvoyi mushuk va boshqalar bor.
Cho’llarda yashaydigan jayron, barxan mushugi va qorakal Old Osiyo va SHimoliy Afrika cho’llari hayvonlaridan qadimda kirib kelgan turlardir. O’zbekistonning janubida uchraydigan burama shoxli echki, afg’on dala sichqoni, mayna, kunduz va boshqalar Afgoniston faunasiga xosdir.
Tog’li hududlarning hayvonot dunyosiga Markaziy Osiyoning tog’li hududlaridan ko’p turlar o’tgan. Bular himolay ulari, tibet ko’zguni, sibir echkisi, ilvirs. O’zbekistonning tekislik qismida Hindistondan kelgan turlar-yo’lbars, sirtlon chiyabo’ri, asalxo’r va boshqalar tarqalgan.
O’zbekiston tabiati xilma-xil bo’lganligi uchun uning hududida har bir joyning o’ziga xos turli-tuman hayvonlarni uchratish mumkin. Ular respublikamiz tabiatining zonal va regional xususiyatlariga mos tarqalgan.
O’zbekiston hayvonlari cho’llarda, tog’ oldi va tog’lar oraligidagi tekisliklarda, tog’larda, suv havzalarida yashaydi. Ular suvsizlikka, issiqqa, sovuqqa, noqulay tuproq-relef sharoitlariga, baland tog’ tabiatiga moslashgan.
Cho’l hayvonlari. Ular xilma-xil bo’lib, qurg’oqchilikka va jazirama issiqqa, qumli, gilli, toshli va sho’rxoq yerlarda yashashga moslashgan. Ba’zilari suvni nihoyatda oz talab etsa, ba’zilari butunlay suv ichmay, avji yoz issig’idan qochib uyquga kiradi. Ayrim hayvonlar esa kunduzgi issiqdan qochib, inlaridan chiqmaydilar va faqat kechasi faol hayot kechiradilar. Qumda yashaydigan hayvonlar tez yugiradigan, ko’zlari o’tqir, ranglari ham qumnikiga o’xshash bo’ladi. Cho’lda yumronqoziqlar, qum sichkonlari, qo’shoyoqlar, yirtqichlardan tulki, chiyabo’ri, yovvoyi mushuk va boshqalar yashaydi. Ustyurtda qadimda kulon, oqquray va jayron nihoyatda ko’p bo’lgan, endi esa ularni ahyon-ahyonda uchratish mumkin. Ustyurtning chinklari atrofida yovvoyi qo’y yashaydi. Qumli cho’llarda jayron, xongul, saksavul turgayi, xo’jasavdogar, saksovul chumchug’i yashaydi. Qumli cho’llar-sudralib yuruvchilar makoni: toshbaka, kaltakesaklar juda ko’p. Ko’pchilik kaltakesaklarning gavdasi cho’ziq va ingichka, qo’l- oyoqlari uzun, panjalari keng bo’lib qumda tez yugurishga, uni kavlab qirishga moslashgan. Rangining qum tusida bo’lishi ularni dushmandan saqlaydi. Kalta kuloqli dumaloq kaltakesaklar, qum kaltakesagi, o’rta Osiyo agamasi, ko’rak barmoqli gekkon, chopqir chipor kaltakesaklar cho’lda keng tarqalgan. Kaltakesaklarning eng kattasi bo’z echkiemardir, uning o’zunligi 1,5 metrgacha boradi, faqat kunduzi issiqda juda harakatchan bo’ladi. Harorat 150 ga tushganda uning badani uvishadi, 10C da esa sovib qotib qoladi. Qumli cho’llardagi 22 xil kaltakesaklarning 13 xili endemikdir.
Ilonlar qumli cho’llarda yashovchi tipik hayvon hisoblanadi. Ular qumga birdan kirib keta oladi va qumda tez yuguradi. Qumli cho’lda qum bo’g’ma iloni ko’p, u endemik, zaharsiz, Qizilqumda keng tarqalgan, o’zunligi 80-90 sm ga etadi. O’zunligi 1 metrga boradigan, ixcham va tez harakatlanadigan o’qilon cho’llarda, tog’larning o’t bosgan yonbag’irlarida yashaydi. O’zbekistonda qum charxiloni, ko’lvor ilon, ko’zoynakli ilon, dasht qora iloni, qalqonbosh kabi zaharli ilonlar ham yashaydi. Qumli cho’llarda o’rgimchak simonlardan juda zaharli qoraqurt, falanga, chayon kabi hashoratlar ko’p.
Cho’lda qushlar nisbatan kam: asosan xo’jasavdogar, boyqush, chumchuk, turg’ay yashaydi.
Cho’ldagi to’qaylar ko’pchilik hayvonlarning yashashi uchun qulaydir. To’qaylarimizda to’ngiz, bug’u, to’qay mushugi, xongul, qo’yon, suv kalamushi, sichkon, chiyabo’ri, qirgovul, qarqunoq, chumchuk, tulki va bo’ri yashaydi. Suvli yerlarda o’rdak, g’oz, loyxo’rak, baliqchi qush-baklan, saqoqush, qizil g’oz ko’p uchraydi. Bir vaqtlar to’qayning tipik hayvoni bo’lgan turon yo’lbarsi yo’q bo’lib ketgan. Uni oxirgi marta Amudaryoning Yuqori qismida 1953 yilda ko’rishgan.
O’zbekistonda vohalar alohida ko’zga tashlanib turadi. Bu yerlarda hayvon va qushlarning Odamga yaqin, uning himoyasida yashashga moslashgan turlarigina yashaydi. Bular orasida ko’k baqa, har xil rangli kaltakesak, turkiston yaydoq barmoqli gekkoni va boshqalar bor. Vohalarda uy va dala chumchuklari, tuya qaldirgoch va dala qaldirgochlari, musicha, mayna, qorashaqshaq, qarqunoqlarning bir necha turi va boshqa ko’pgina qushlar bor. Ko’rshapalak, kulrang kalamush va turkiston kalamushi, uy sichqoni, ko’rsichkon, sariq ilon, qorachipor ilon, har xil hashoratlar va boshqalar vohada yashashga moslashgan.
Adir hayvonot dunyosi cho’l hayvonlaridan kam farq qiladi, Lekin cho’ldagiga nisbatan turlari kambag’alroq. Adir mintaqasida qo’shoyoq, yumronqoziqlar, sug’ur, dala sichkonlari, yirtqichlardan tulki, bo’ri, bo’rsiq ko’p uchraydi. Kaltakesaklarning xilma-xil turlari, ilonlar, hatto falanga, qoraqurt, chayon kabi hashoratlar ham yashaydi. Bahorda toshbaqa va yumronqoziqlar faol hayot kechiradi. Dehqonchilik qilinadigan joylar atrofida jayra, bo’rsiq, tipratikonlar uchraydi. Parrandalar adirda cho’lga nisbatan ko’proq, sufiturg’ay, buzdak, ko’k qarga, kaklik kabi qushlar ko’p.
Tog’ mintaqasi hayvonot dunyosi boy va juda xilma-xil. Bu yerda qoyalarda yashaydigan tipik hayvonlarni-turkiston agamasi, tog’ fotma chumchugi, kaklik, tog’ suvsari, sibir echkisi, bo’rma shoxli echki va boshqalarni kurish mumkin. Qoyalarda ko’pgina yirtqich qushlar- burgut, jurchi uya ko’radi. Archazor o’rmonlarda archa boltatumshug’i, sariq tirnoq chittak, qizilbosh chumchuk, kosulya yashaydi. Tog’ o’rmonlarida jayra, bo’rsiq, olmaxon, kalamush, o’rmon sichkonlari, ilonlar bor, qushlar juda ko’p, yirtqich hayvonlardan qo’ngir ayik, bo’ri, oq suvsar, ba’zan silovsin ham uchraydi. Kemiruvchilardan Piskom, Ugam Ohangaron daryolarining Yuqori qismida ko’k sug’ur, Chotqol Piskom va Hisor tog’larida qizil sug’ur yashaydi.
Subalp va alp (yaylov) mintaqasi iqlimi sovuq, relefi murakkab bo’lganidan hayvonlar ko’p emas. Bu yerlarda yirik hayvonlardan arhar, bug’u (elik) va kiyiklar, kemiruvchilardan sug’ur qor qoploni, oq tirnoqli ayiq yashaydi. Bu mintaqaning o’ziga xos kemiruvchisi qizil sug’urdir. 2000-4500 m balandlikda to’da-to’da bo’lib yashaydi va o’z hayotining ko’p qismini uyquda o’tkazadi. Alp mintaqasidagi doimiy qorlar va muzliklar chegarasida himolay ularni, alp zag’chasini, ilvirs va boshqalarni uchratish mumkin.
Doimiy qorlar va muzliklar mintaqasida hayvonlar juda kam, asosan qor qoploni, tog’ echkisi yashaydi.
O’zbekistondagi suv havzalarida, ko’llarda, daryolarda ko’plab baliq turlarini uchratish mumkin. Bular katta ko’rakburun, amudaryo foreli, oddiy cho’rtan baliq, oddiy oqkayroq, marinka, kumush rang tovonbaliq, zog’ora baliq, sudak, lakka, ilon baliqlardir.
Hayvonot dunyosi har xil xomashyo, go’sht, teri manbai hisoblanadi. Har yili respublikamizda suv havzalarida ko’plab baliq ovlanadi, mo’ynali hayvonlar terisi tayyorlanadi, o’rtacha 200 000 ta atrofida suv parrandalari ovlanadi. O’zbekistonda ovlanadigan eng qimmatli muynali hayvonlarga tog’ tulkisi, keyin chiyabo’ri, bo’ri, bo’rsiq, silovsin, cho’l va qamishzor mushugi, ondatra va kalamushlar kiradi. Go’sht uchun respublikamizda tuyoqli hayvonlardan sayg’oq, yovvoyi cho’chka va tog’ echkisini maxsus ruxsatnoma bo’lgandagina ovlash mumkin.
O’zbekistonda zaharli ilonlarning beshta turi yashaydi. Bular ko’zoynakli ilon (kobra), dasht qora iloni, (gadyuqa) ko’lvor (gurza) ilon, qum charhiloni (efa), qalqonbosh (shitomordnik). Ularning zaharidan qimmatli dori preparatlari (vibrotoqs, vipraksin va boshqalar) tayyorlanadi va oqsilning tarkibini o’rganishda ishlatiladi. Zahar olish uchun ilon tutiladi va maxsus pitomniklarda saqlanadi. Keyingi yillarda zaharli ilonlarning juda ko’plab ovlanishi ular sonining keskin kamayib ketishiga olib keladi. Ilonlarni saqlab qolish, ulardan zahar olish, pitomniklarda ko’paytirishni ilmiy asosga quyish maqsadida UR FA ning Zoologiya va parazitologiya institutida 1960 yilda zaharli ilonlar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etilgan.
Har yili respublikamizda eksport uchun bir necha o’n minglab dasht toshbaqalari, meditsinada ishlatish uchun 100 000 dan ortiqko’l baqalari tutiladi.
Umo’trqali hayvonlar tabiatda va qishloq xo’jaligida juda katta ahamiyatga ega. Hashoratxo’r turlar zararkunanda hashoratlarning haddan tashqari ko’payib ketishining oldini olsa, boshqalari esa o’tloqlarga yoqi don o’simliklari hosiliga, uzumzor va bog’’larga zarar etkazadi. O’zbekistonda kasal tarqatuvchi hayvonlar ham etarli. Ular kemiruvchilar, chivin, kana va boshqalar. Uy va yovvoyi hayvonlar respublikamizda 30 dan ortiq yuqumli kasalliklarning (kuydirgi, o’lat, leshmaniyoz, paratif va boshqalar) tarqalishiga sabab bo’ladi
O’zbekiston hayvonlari paleoarktika zoogeografi oblastning Markaziy Osiyo kishik oblastiga kiradi. Respublika hayvonot dunyosi juda qadimiyligi bilan ajralib turadi. Ba’zi hayvon turlari respublika hududining o’zida paydo bo’lsa, ba’zi turlari Turkistonning boshqa joylaridan o’tgan. O’zbekiston hududida paydo bo’lgan hayvon turlariga ingishka barmoqli yumronqoziq, ko’k sug’ur, Bobrinskiy qushoyog’i, xujasavdogar, qum bug’ma iloni, Turkiston gekkoni, Turkiston agamasi, katta kurakburun baliqlar, Orol shipi va boshqalar kirib, ular boshqa joylarda deyarli ushraymaydi. O’zbekistondagi ba’zi hayvon turlari, shunonshi katta qumsishqon, tamaris qumsishqoni, kishik qushyooq, qung’ir yumronqoziq, antilopa, sayg’oq, korsak, qora sassiqquzan, olakuzan, yovvoyi mushuk manul (dala mushugi) kabi hayvonlar Qozog’iston tekisliklaridan kirib kelgan. Jayron, barxon mushugi, qorakol Old Osiyo va Shimoliy Afrika cho’l laridagi xayvonlarga aloqasi bor. Burama shoxli eshki, qunduz, afg’on dala sishqoni, mayna kabi hayvonlar esa Afg’oniston faunasiga xosdir. O’zbekiston tog’larida yashovshi Himoliy ulari, Tibet Quzg’uni, Sibir eshkisi, ilvirs Markaziy Osiyodan kirib kelgan. O’zbekiston hududida yashovshi sirtlon, shnyaburi, kobra (kuz-oynakli ilon) kabi hayvon turlari Hindistondan kirib kelsa, oq sishqon va qung’ir ayiq yevropaning shimoli uchun xosdir. O’zbekiston tabiati xilma-xil bulib, uning shul qismida bir xil tabiiy muhit mavjud bo’lsa, tuqaylarda ikkinshi xil, adir va tog’larda yana boshqasha muhit vujudga kelgan. Binobarin, o’sha tabiiy sharoitga bog’liq holda shulga, tuqayga, voxaga, adirga, tog’da, yaylovga moslashgan hayvonlar yashaydi. Cho’l hay vonlari . Cho’l hayvonlari uzoq davom etgan quruq, jazirama yozga, qumli, shurxok, gilli, toshloq sharoitga moslashgan. Shu sababli ba’zi xayvonlar uzok, davom etgan qurg’oqshil, nihoyatda issiqda, yozga shidamli bo’lib, umrida suv iste’mol qilmay o’simliklar tarkibidagi namlik bilan sheklansa, (yumronqoziqlar, qushoyoqlar, kursishqon) ba’zilar, shunonshi oqquyruq, jayron shopqir bo’lib, uzoqdagi suvloqlardan foydalanadi. O’zbekistonda 3000 dan ortiq zaxarli ilonlar farmasevtika maqsadlarida ishlatiladi. Shulardan qulvor ilon, ko’k ilon, sharxilon, qorailon, va ko’zoynakli ilonlarni cho’l va tog’ etaklaridan ovlanadi, hattoki, Toshkent va Jizzaxdagi maxsus ilon xonalarda zaxarli ilonlarni ko’paytiriladi. Ularni zaxarlari juda qimmat turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |