1. Ozbekistonning eng yangi tarixining organishning siyosiy va ijtimoiy ahamiyati?



Download 126,79 Kb.
bet71/75
Sana08.06.2022
Hajmi126,79 Kb.
#645073
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Tarix imtixon javoblari.WPS Office

8. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
qisqartirilgan nomi — Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Agency for the development of small business and entrepreneurship under the Ministry of Economy and Industry of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Agency for the development of small business and entrepreneurship;
v) rus tilida:
to‘liq nomi — Agentstvo po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Agentstvo po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva.
9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, 1-uy (11- qavat).
2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, biznes muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etish;
ishbilarmonlik muhitining joriy holatini o‘rganish, shu jumladan, so‘rovnomalar o‘tkazish asosida, hamda yer uchastkalari taqdim etish va qurilish-montaj ishlarini bajarish tartib-taomillarini soddalashtirish, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish infratuzilmasi, boshqa moddiy-xomashyo va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
biznesni kengaytirishni rag‘batlantirishga, qo‘shimcha qiymat yaratishning yaxlit zanjirlarini shakllantirishga, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga, eksportni ko‘paytirishga, doimiy ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan natijaga qaratilgan vositalarni joriy etish;
kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslariga kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatish;
yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan kichik va o‘rta korxonalar — oraliq tovarlar va xizmatlar (xomashyo, butlovchi qismlar va boshqalar)ni yetkazib beruvchilar faoliyatini, shu jumladan, tijorat banklarida maqsadli depozitlar ochish hisobiga moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish;
kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik, yangi texnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash (bepul telefon va onlayn-maslahat xizmatlari, o‘quv markazlari, biznes-inkubatorlar, axborot xizmatlari va boshqalar) tizimini shakllantirish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat ko‘magini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish;


Download 126,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish