89
tushgan oqsil 5000 g da sentrifugalanadi so‘ngra suvda resuspenziyalanadi. Oqsil
yana ikki marta sulfat ammoniy bilai cho‘ktiriladi. 4°S ga suvga qarshi
dializlanadi. Suv dializ davomida bir necha marta almashtiriladi. Dializ oxirida
muhit pH ini 7,0 keltiriladi, "so‘ngra 60000—100000 g da sentrifuga qilinadi va
yirik zarrachalar yo‘qotiladi. Olingan oqsilni ultrabinafsha nurlarini maksimum
yutishini minimum yutishiga nisbati : A
280
/
250
=2,4 bo‘lishi bilan tavsiflanadi (10).
2. Virus oqsilini kislota bilan ekstraksiyalash.
Viruslarning ishqorga
nisbatan o‘ta chidamlilari ham bor. Bunday hollarda virus zarralarini buzish
uchun kislotadan foydalaniladi. Virusning suvli eritmasiga (10 - 30 mg/ml) ikki
hajm sovutilgan sirka kislotasini aralashtirib turgan holda quyiladi. CHo‘kmaga
tushgan nuklein kislotani sentrifuga yordamida ajratiladi, cho‘kmausti
suyuqligidagi oqsil 2 - 3 kun 4°S li suv yordamida dializlanadi (bu vaqt ichida
eritmadagi oqsil izoelektr nuqtasiga etib keladi). Dializ qopchasidagi oqsil ajratib
olinib sentrifugalanadi. Cho‘kma qaytadan suvda eritiladi, oqsilning pH i
suyultirilgan ishqor bilan pH 8,0 ga keltiriladi. Oqsil eritmasi 100 000 g da 1 soat
davomida sentrifugalanib parchalanmagan virus va denaturatsiyaga uchragan
oqsildan ajratiladi. Cho‘kma ustidagi oqsil eksperimentlarda ishlatilishi mumkin.
3. Issiq tuzli eritmalar yordamida virus oqsilini ajratish.
Bu usul beda
mozaikasi virusi kabi 81% oqsil va 19% RNK-li tayoqchasimon virusdan oqsil
subbirliklarini ajratib olishda ishlatiladi. 0,01 M fosfat buferidan (pH 7,0) virusli
suspenziyaga (130 mg) teng hajmda 2 M NaCl solib aralashtiriladi va 20 minut
45°S da inkubatsiya qilinadi. Ajralib chiqqan oqsilni eruvchanligini pastligi
sababli eritma loyqalanadi. 20 minutdan so‘ng eritma sovutiladi va
sentrifugalanadi. Oqsil cho‘kmaga tushadi, RNK va uning parchalangan
bo‘laklari cho‘kmausti suyuqligida qoladi. Cho‘kmani 1 M NaCl bilan yuviladi
va sentrifugalanadi. Cho‘kmadagi oqsil 0,01 M fosfat buferi (pH 7) 0,005 M DDS
ishtirokidagi eritmada eritiladi. Eritma 24 soat distillangan suvda dializlanadi,
oqsilni 0,66 hajmdagi to‘yingan ammoniy sulfati bilan cho‘ktiriladi. Cho‘kma
qaytadan 0,05 M DDS tutuvchi fosfat buferida qaytadan eritiladi va 4 soat
davomida 0,005 M DDS tutuvchi fosfat buferida dializlanadi. Shu usulda
ajratilgan oqsilnining molekula massasi 34000 tashkil qiladi, oqsil serologik
faolligini to‘la saqlaydi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |