37
mum qalamlar, leykoplastir, steril paxta va hokazolar. Bundan tashqari boksga
har bir vazifani bajarish uchun ishlatiladigan materiallar va eritmalar olib kirilib,
ish tamom bo‘lgandan so‘ng olib chiqib ketiladi.
YAna bir maxsus xonada viruslarni toza preparatlarini olishda
ishlatiladigan har xil aylanish tezligida ishlaydigan sovutgichli sentrifuga va
ultratsentrifugalar bo‘ladi (minutiga 6-12 mingdan 30-60 ming.marta ayl.tez.).
Virusologiya laboratoriyasi yana elektron mikroskop, spektrofotometr,
elektroforez, avtoklav, xromatografiya asboblari (fraksiyalarni avtomatik
yig‘uvchi kollektorlar), distillangan suv olish asbobi, gomogenizator, texnik va
analitik tarozilar, quritish shkaflari, sovutgich, termostat, rN metr, diffuziya
nasosi, liofil quritgich va hokazolarga ega bo‘lishi lozim.
Virusologiya laboratoriyasining tuzilishining tashkillashtirish prinsiplari va
unda
ishlash
sharoitlari,
ishlash
joylarini
taqsimlanishi,
yuvish
va
dezinfeksiyalanadigan xona, asosiy asbob -uskunalar, reaktiv va oziqa muhitlar,
shishadan yasalgan idish va asbob-uskunalar, sterillash, antizardob olish va
tayyorlash, viruslarni saqlash, virusologiya laboratoriyasida dezinfeksiya va
sterilizatsiya shartlari, ayniqsa meditsina va veterenariya virusologiyalari
sohasidagi
amaliy
mashg‘ulotlar Gyunter Shtarkening "Prakticheskaya
virusologiya" (9) o‘quv qo‘llanmasi asosida bo‘lishi kerak. Hamda hozirgi
kunda chop etilgan adabiyotlarda ko‘rsatilgan asbob-uskunalar ko‘zda tutilishi
kerak (5;10; 27).
3.1.2.Viruslarni biologik tozalashda ishlatiladigan umumiy qoidalar
Viruslarni toza preparatlarini olishni shartli ravishda ikki bosqichga ajratish
mumkin
. Birinchi bosqichda
bizni qiziqtirgan narsa virusni biologik tozalash
ko‘zda tutiladi, ya’ni mazkur virusni indikator o‘simliklar yordamida boshqa
viruslardan, bakteriyalardan, zamburug‘lardan va mikroskopda ko‘rinadigan
biologik organizmlardan ajratib olinadi (ammo u gohida ho‘jayin o‘simlikning
nekrozidagi hujayralari ichida, gohida ho‘jayin o‘simlik hujayrasida bo‘ladi). Bu
ish avvaldan xususiyati aniq bo‘lgan virusologiya amaliyotida ishlatilib
kelinayotgan har bir virus uchun uning spetsifikligiga mos indikator
(aniqlagich), differensiator (ajratuvchi) va to‘plovchi (virus o‘simlikni tizimli
kasallantiradi (ilova, 1-rasm va ilova, 17-rasmlar).
Demak, virusni birinchi ko‘paytirib olish uchun xo‘jayin o‘simlik kerak,
ikkinchidan bu virusni nekrozlar hosil qilish bilan kasallanadigan o‘simlik va
undagi hosil bo‘lgan nekrozdan ajratib olingan mononekrozdagi virus zarralarini
ko‘paytiradigan virus to‘plovchi o‘simliklar bo‘lishi taqazo etiladi. Agar TMV ni
oddiy shtammini O-VTM (adabiyotda “VTM vulgare” deb nomlanadi)
mononekrozdan ajratiladigan bo‘lsa unga Nicotiana sylvestris (differensiator),
Nicotiana glutinosa va Nicotiana tabacum ning Samsun navlari kerak bo‘ladi.
Masalan, tomat o‘simligidan TMV ning tomat shtammini va oddiy TMV ni
birinchi Nicotiana sylvestris ga yuqtirilganda TSH-VTM (VTMning
Do'stlaringiz bilan baham: |