156
3) DNK ni virus RNK si replikatsiyasida qatnashmasligini ko‘rsatadigan
uchinchi fikr bu aktinomitsin D virus RNK sini hosil bo‘lishini umuman
to‘xtataolmaydi, ammo DNK matritsada RNK larni sintezi butunlay to‘xtab
qoladi.
RNK-tutuvchi hayvon viruslarining aktinomitsin D ga bo‘lgan rezistentligi
keyinchalik o‘simlik viruslarida va RNK tutuvchi faglarda ham aniqlandi.
RNK sintezlanadigan sistema to‘la DNKazaga rezistentligini ko‘rsatadi va
matritsa sifatida esa RNK ni ishlatadi.
Hamma olingan natijalar asosida virus RNK si sintezida matritsa bo‘lib faqat
virus RNK si qo‘llanilishi isbotlandi. Keyingi masala bu bir zanjirli matritsa
qanday qilib o‘z funksiyasini amalga oshirishidir. Bir zanjirli RNK
replikatsiyasida komplementarlik prinsipi mexanizmi asosida replikatsiya
amalga oshadigan bo‘lsa virus bilan kasallangan hujayrada “manfiy” zanjirni
bo‘lishi shart bo‘ladi (nukleotid ketma-ketligi virus RNK si nukleotid ketma-
ketligiga komplementar bo‘lgan RNK molekulasi). 1963 yilda RNK-tutuvchi
viruslar bilan kasallangan hujayralarda alohida shaklli virus-spetsifik RNK ni
borligi aniqlanadi. Bu forma RNK virus RNK sidan ba’zi xususiyatlari bilan
farqlanadi: bu RNKni konstanata sedimentatsiyasini kichikligi, sulfat seziyda
suzish zichligini (plavuchaya plotnost) kichikligi (kamligi) konsentrlangan tuzli
eritmalarda cho‘kmaga tushmasligi, (m., 2 M NaCl) va xromatografik
ko‘rsatkichlari bilan ham farqlanadi. SHunday xususiyatlariga asosan bu RNK
ajratib olinishi va tozalanishi mumkin. Ko‘p xususiyatlari bu RNK ni
komplementar zanjirlardan (“musbat” virusli zanjir va “manfiy” zanjir) tuzilgan
qo‘shspiralli ekanligidan dalolat beradi. Bu RNK ni nukleotid tarkibi ikki spiralli
polinukleotidlarga xos bo‘lgan Chargaff qoidasiga bo‘ysunadi. O‘rtacha va
konsentrlangan tuzli eritmalarda replikativ forma molekulalari pankreatik
RNKazani gidrolitik ta’siriga chidamli, bu ham bu RNK ni ikki zanjirliligidan
dalolat beradi. Denaturatsiya qilingandan so‘ng (qizdirilganda) RNK ning
molekulalari RNK-azaga sezgirligi namoyon bo‘lib qoladi. Uning ikki spiralligi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri rengenostruktura analizi yordamida tasdiqlandi.
Hamma olingan natijalar RNK ning replikativ formasini bir-biriga
komplementar qo‘sh spiralli ekanligini ko‘rsatdi. Ammo bu faktlar bu ikki
polinukleotidlarni birini virus RNK si molekulasi ekanligini ko‘rsatmaydi. Bu
holatni birqancha usullar yordamida isbotlanadi. Replikativ formani molekulyar
massasi virus RNK sini molekulyar massasidan ikki marta ko‘pligi. Replikativ
formani uni denaturatsiyasidan so‘ng hosil bo‘ladigan “manfiy” zanjiri virus
zarrasidan ajratilgan RNK bilan kompleks hosil qiladi. Replikativ forma holida
ham hayvon viruslarida yuqumlilik xususiyatini namoyon qiladi, faglarda esa
denaturatsiya qilingandan so‘ng (ikki zanjirli holatdan bir zanjirli holatga
o‘tganidan so‘ng) yuqumlilik xususiyatini ko‘rsatadi.
Demak, kasallangan hujayradagi replikativ forma bu hujayrada RNK
sintezi mexanizmi borligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda replikativ formani